Авторы

  • Xaydarov Bobir Qudratqulovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96188

Ключевые слова:

Tayanch soʻzlar. Egri soliqlar soliq imtiyozlari soliq turlari soliq agenti soliq munosabatlari maxalliy byudjet davlat byudjeti.

Аннотация

 
Annotatsiya.  Har  qanday  iqtisodiy  kategoriyaning  funksiyasi  uning  mohiyati, 
ichki tarkibi va ahamiyatini ochib beradi. Soliq funksiyalari daromadlarni bir qismini 
davlat byudjetiga undirish va taqsimlash instrumenti sifatida jamiyatda oʻziga xos rolni 
amalga oshiradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

122

ISSN:3030-3613

SOLIQ FUNKSIYALARI VA ULARDAN IQTISODIYOTNI TARTIBGA

SOLISHDA FOYDALANISH MASALALARI

Xaydarov Bobir Qudratqulovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti


Annotatsiya.

Har qanday iqtisodiy kategoriyaning funksiyasi uning mohiyati,

ichki tarkibi va ahamiyatini ochib beradi. Soliq funksiyalari daromadlarni bir qismini
davlat byudjetiga undirish va taqsimlash instrumenti sifatida jamiyatda oʻziga xos rolni
amalga oshiradi.

Tayanch soʻzlar.

Egri soliqlar, soliq imtiyozlari, soliq turlari, soliq agenti, soliq

munosabatlari, maxalliy byudjet, davlat byudjeti.


Tahlil va natijalar.

Soliqlar uchun toʻlovlarni byudjetga ajratishning majburiylik

xarakteri oʻziga xos belgilaridan biridir, lekin aynan ularning barqarorligi yoki
doimiyligi davlat daromadining asosini yaratadi, ular yordamida ijtimoiy talablarini
qondirish imkonini beradi. Soliqning mazkur imkoniyati uning davlatchilik paydo
boʻlgandan buyon amal qilib kelishining obyektiv zaruriyatini va soliq mohiyatining
xarakterlovchi muhim xususiyati sifatida fiskal funksiyasining mavjudligi bilan
asoslanadi. Totalitar va iqtisodiy jihatdan rivoj topmagan davlatlarda soliqning fiskal
funksiyasi qolgan funksiyalaridan ustun boʻladi, lekin shu bilan soliq yukining haddan
ziyod yuqorilig va soliqqa tortishning davlat manfaatlariga toʻliq tobeligi soliq
toʻlovchilarning nafaqat oʻzlari zimasiga qoʻyilgan soliq majburiyatlarini
bajarmasligiga olib keladi, balki soliqdan qochishning qonuniy va noqonuniy yoʻllarini
qidiradi. Bu haqda klassik iqtisodchi olim D.Rikardo taʼkidlaganidek, “Bu holatda har
bir soliq toʻlovchi oʻzidagi soliq yukini toʻlashni boshqaga oʻtkazishdan
manfaatdordir. Bunday yukdan qutilish imkonini beradigan boshqa mamlakatga oʻz
kapitali bilan koʻchib ketish taskini oxir oqibatda kishini yutib chiqadi, shu taskin bilan
u oʻz vatanini va eski aloqalarni tark etadi”

Soliq nazariyasining tarixiy-tadrijiy rivojlanish jihatidan qaralganda iqtisodiyot

nazaraiyasini klassik namoyondalari (U.Petti, A.Smit, D.Rikardo) iqtisodiyotni
tartibga solishda soliqlardan foydalanish gʻoyasini faol iqtisodiy siyosat quroli sifatida
foydalanishga umuman salbiy yondashganlar, ularning taʼlimotlarida iqtisodiyotga
aralashuv shart emas, uni tabiiy-iqtisodiy qonunlar (“koʻrinmas qoʻllar”) tartibga
soladi. Xuddi shu gʻoyani P.Lerua-Bolye, A.Sturm va boshqalar ham ilgari surganlar.
Biroq, A.Vagner ijtimoiy-siyosiy yondashuvni ilgari surdi, bunga koʻra soliq siyosati
nafaqat fiskal, balki tartibga soluvchi ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni ham koʻzda tutishi
kerak. “Soliqlarga yaqin kelajakda, sof moliyaviy maqsad bilan bir qatorda, - deydi
A.Vagner, - yana bir boshqa farqli maqsad – xalq daromadlari va mulkini taqsimlashda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

123

ISSN:3030-3613

soliqlar yordamida tartibga soluvchi aralashuvni amalga oshirish va shuning asosida,
erkin ayirboshlash sharoitida yuzaga keladigan oʻzgarishlarni taʼminlash maqsadi
qoʻyilishi mumkin. Men bu nuqtai-nazarni nafaqat turli ziddiyatlarga qarshi turib
qoʻllayman, balki endi mazkur maqsadni alohida daromad va mol-mulkni isteʼmol
qilinishida ham tartibga soluvchi mazmundagi aralashuv yoʻnalishida kengaytiraman.
Koʻrsatilgan ushbu maqsadning bunday belgilanishidan kengaygan, yoki, aytish joiz
boʻlsa, soliqning sof moliyaviy mazmuni bilan birgalikda, ikkinchi ijtimoiy-siyosiy
mohiyati kelib chiqadi”.

Soliqlarning iqtisodiyotni ragʻbatlantirishi fiskal vazifalarda ham mujassam,

chunki soliq usuli bilan shakllangan byudjet resurslari noishlab chiqarish, ijtimoiy
sohasini rivojlantirishga, fan talabini qondirishga, sogʻliqni saqlash va madaniyatga
moʻljallangan. Byudjet resurslaridan ongli maqsadli foydalanish jamiyat taraqqiyotiga
xizmat qiladi. Lekin bunday ragʻbatlantirish bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida
amalga oshirilmaydi va faqat uzoq muddatdan keyin samarasi namoyon boʻlishi
mumkin. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun moliyaviy
resurslar ishlab chiqarishda shakllanadi, aynan shuning uchun ham ishlab chiqarish
soliqlar vositasida ragʻbatlantirishining bosh obyekti boʻlishi kerak.

Taʼkidlash joizki, nazariy jihatdan soliq vositasida ragʻbatlantirish keng

qamrovga ega boʻlishi mumkin. Lekin amalda xoʻjalik yurituvchi subyektlar har doim
ham soliqlar vositasida ragʻbatlantirilgan yoʻnalishga burilib ketavermaydi. Bu eng
avvalo soliq motivatsiyasi muammolari bilan bogʻliq. Bizningcha, sabablar va
ragʻbatlarni uzviy bogʻliqlikda qarash kerak, chunki korxonalar tomonidan qabul
qilinadigan qarorlar ichki va tashqi omillarning yaxlit taʼsiri ostida shakllanadi. Sabab
va ragʻbat oʻrtasida maʼlum bir boʻgʻinlar mavjud – davlat manfaatlar, mulkdor
manfaatlari, yollanma ishchi manfaatlari, ijtimoiy rivojlanish, ularni amalga oshirish
imkoniyatlari va usullari hamda pirovard natija. Soliqlar vositasida ragʻbatlantirish
iqtisodiy manfaatlar bilan optimal taqqoslanishi kerak. Shunday qilib, soliq vositasida
ragʻbatlantirishning konseptual asosida, taraqqiyotning iqtisodiy sharoitlaridan kelib
chiqib, manfaatlar uygʻunligi va ularni optimallashtirish gʻoyasi yotishi maqsadga
muvofiq.

Soliq funksiyalarini belgilashga oid muammoli yondashuvlarni shartli ravishda

uch guruhga ajratish mumkin. Ayrim tadqiqotchilarning soliqlarning faqatgina fiskal
funksiyasi mavjud degan fikrlarni ilgari suradi, shu jumladan I.V.Gorskiy. Uning
fikricha soliqlarning koʻp asrlik evolyutsiyasi davomida faqatgina fiskal funksiyagina
oʻzgarmay kelmoqda. Bu oʻzicha yetarli funksiya, iqtisodiyotning rivojida tabiiy
ravishda oʻz aksini topadi va "tartibga soluvchi" muvozanatga muhtoj emas deb
hisoblaydi.

Albatta, bunday soliq funksiyalariga nisbatan turfaxillik tasodifiy emas. U soliq

undirishga oid davlat gʻaznasiga olib qoʻyish va “yaxshilik” (tartibga solish,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

124

ISSN:3030-3613

ragʻbatlantirish va boshqalar) oʻlchovlari boʻyicha tarixiy jihatdan shakllangan turli
qarashlar bilan belgilanadi. Bundan tashqari koʻpincha, tartibga soluvchi funksiyani
fiskalligi yuqori deb qaraydiganlar bu funksiyani mohiyatini ochib berishda uning turli
segmentlarini aniqlaydilar. Soliq munosabatlarida taqsimlash, ragʻbatlantirish va
nazorat qilish jarayonlarini aks ettiruvchi ushbu segmentlar aslida shunga oʻxshash
funksiyalarni koʻpaytiradi, biroq pastki iyerarxik darajada, ularni yuqoridagi shu ikkita
asosiy funksiyaga boʻysinishni taʼkidlaydi. Koʻrinib turibdiki, ayrim funksiyalarning
boshqalarga bunday boʻysinishi doimiy emas, bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining turli bosqichlarida muqarrar ravishda farqlanadigan soliq siyosatining
ustuvor vazifalariga muvofiq oʻzgarishi kerak. Soliqlarning funksiyalari bir-biriga
bogʻliq va ularning har biri yaxlit boʻlakning bir qismidir, shu sababli soliqning biror
bir funksiyasi boshqasidan mustaqil holda vazifasini bajara olmaydi. Shu bilan birga,
bu yaxlitlik ularning oʻzaro va ichki qarama-qarshiliklarini inkor etmaydi, bir
funksiyani ustunlik bilan amalga oshirish boshqalariga zarar yetkazishi istisno
etilmaydi, bu esa yana bir bor har bir funksiyaning muayyan mustaqilligini va ularning
barcha xilma-xilligini oʻrganish istiqbolini aks ettiradi.

Soliqlarni quyidagi rasmda keltirilgan toʻrtta funksiyaga ajratish maqsadga

muvofiqdir.

1. Fiskal funksiya soliqlarning eng asosiy funksiyasi boʻlib, u oʻzida soliqqa

tortishning asosiy maqsadi, soliq toʻlovchilarning daromadlarining bir qismini davlat
byudjetiga majburiy undirishni aks ettiradi. Soliqqa tortishning har qanday koʻrinishida
barcha soliqlar fiskal funksiyani bajaradi. Soliqlarning fiskallik funksiyasi soliqlarning
paydo boʻlishining dastlabki davrlarida yagona boʻlgan, davrlar oʻtishi bilan u oʻz
kuchini yoʻqotmagan, balki iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi natijasida boshqa
funksiyalarni yaratilishiga asos boʻlgan. Shundan kelib chiqib, soliqlarning boshqa
funksiyalarini fiskal funksiyaning hosilasi deb atash mumkin.

2. Soliqlarning taqsimlash funksiyasi soliqning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini

soliq toʻlovchilarda shakllangan daromadlarni (soliq bazasini) dastlabki taqsimlash
munosabatlarining vositasi sifatida ifodalaydi va bozor qonunlari tartibga solishga
qodir boʻlmagan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni davlat tomonidan hal etish
imkonini beradi. Ushbu funksiya yordamida jamiyatning boy qatlamiga soliq yukini
oshirish hisobiga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini mablagʻ bilan
taʼminlashning manbasi yaratiladi. Mazkur holatda moliyani qayta taqsimlash va
soliqning taqsimlash funksiyalarini aralishtirib yuborish kerak emas, soliqning
taqsimlash funksiyasi daromadlar shakllangan davrdagi dastlabki taqsimlashni koʻzda
tutsa, moliyaning qayta taqsimlash funksiyasi soliqlar orqali taqsimlanib, yigʻilgan
byudjet daromadlarini qayta taqsimlashni nazarda tutadi.

3. Soliqlarning keyingi funksiyasi bu nazorat qilish funksiyasidir. Ushbu funksiya

orqali byudjetga undirilayotgan soliq toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq tushishi nazorat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

125

ISSN:3030-3613

qilinadi, shu bilan birga soliq qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlaydi. Soliqlarning
ushbu funksiyasi nafaqat tekshirish va jazolashni koʻzda tutadi, balki qonun
buzilishlarini oldini olishni ham nazarda tutadi.

4. Soliqlarning keyingi funksiyasi tartibga solish funksiyasidir. Tartibga solish

funksiyasi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (ishlab chiqarishni
ragʻbatlantirish, talab va taklifni mutanosibligini taʼminlash, aholi daromadlari va
omonatlarini, investitsiya hajmini kafolatlash)ga qaratilgan soliq tizimidagi chora-
tadbirlar yigʻindisidan iborat boʻladi. Soliqlarni tartibga solish funksiyasidan
ragʻbatlantirishda foydalanish maqsadli ravishda hukumat dasturlari asosida
iqtisodiyotni taraqqiy ettirishga ijobiy taʼsir etish maqsadida qoʻllaniladi.

Cheklovchi -

davlat tomonidan

soliq stavkalarini

koʻtarish bilan jamiyat uchun

foydasiz deb topilgan yoki aholi salomatligi uchun zararli boʻlgan mahsulotlar va baʼzi
faoliyat turlarini cheklashni nazarda tutadi.

Qayta (takror) ishlab chiqarish – foydalanilgan mablagʻlarni oʻrnini

qoplash

(mablagʻlarni ishlab chiqarishni kengaytirishda va yangilashda foydalanilgan holatlar
uchun imtiyoz berish).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirish

mumkin:

• iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda soliq stavkalarining

tabaqalanishi, soliqqa tortish subyektlari va obyektlari, soliqqa tortish mexanizmida
oʻzgartirishlar keng qoʻllaniladi. Bevosita va bilvosita soliqlar oʻrtasidagi soliq
imtiyozlari va oqilona nisbatlari iqtisodiy faollikni soliqlar orqali tartibga solishda
qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi va kengaytiradi. Iqtisodiy faollikni soliqlar
vositasida tartibga solishda mamlakatdagi muayyan iqtisodiy holatlar va tadbirkorlikni
rivojlantirish boʻyicha har bir davrda davlat oldida turgan muayyan maqsadlarga
bogʻliq;

• soliq yuki darajasining yuqoriligi korxonalarda bir necha salbiy oqibatlari yoki

asoratlari bilan xarakterlanadi. Bunday oqibatlarga soliq boqimandalarining oshishi,
xufyona iqtisod qamrovlarining kengayishi, korxonalarning davlat oldidagi va boshqa
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oldidagi majburiyatlarini bajara olmasligi, yaʼni
kreditorlik qarzdorliklarining oshishi kabilarni keltirish mumkin. Demak ushbu
sharoitda soliq yukining yuqoriligi natijasida byudjetga tushumlarning kamayishiga
uchragan davlat uchun eng maqbul strategiya bu soliqlarni kamaytirish,
korxonalarning iqtisodiy faolligini oʻstirishga imkon beruvchi soliqqa tortish
tamoyillariga amal qilish boʻladi;

• tadbirkor daromad olish istiqbollarini koʻrmasa yoki bozorda korxonalar

samarali faoliyat yuritayotib, yuqori va progressiv soliqlar koʻrinishidagi kuchli
toʻsiqqa toʻqnash kelsa, uning iqtisodiy faolligi pasayadi, tadbirkorni ishlab
chiqarishga jalb qilish borasidagi barcha saʼy-harakatlar behuda ketadi, Shuning uchun


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

126

ISSN:3030-3613

tadbirkorlikni rivojlantirishni dastlab bosqichlarida kengqamrovli va shu bilan birga
aniq maqsadli soliq imtiyozlarini joriy etilishi ijobiy samara berishi mumkin;

• rivojlangan mamlakatlarining soliq tushumlarida bevosita soliqlar salmogʻi

yuqori boʻlsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda byudjet daromadlarini bilvosita soliqlar
yordamida toʻldirish qulay va yengil. Qolaversa, rivojlanish jarayonida boʻlgan
mamlakatlarda bilvosita soliqlar – soliq tushumlari tushishining barqaror garovi boʻlib,
ularni byudjetga oson va arzon undirilish xarakteriga ega;

• samarali soliq mexanizmining yaratilishi takror ishlab chiqarish tamoyiliga

tayangan boʻlishi, takror ishlab chiqarish jarayonini ragʻblantirilishini, uni
mutanosibligini va bozor iqtisodiyotiga mos kelishini taʼminlashi shart. Bu turli sohalar
va faoliyat turlari oʻrtasida kapitalni qayta taqsimlanishiga davlatning soliqlar bilan
taʼsir koʻrsatishini nazarda tutishi va, avvalo, bozor talabi ehtiyojlariga mos keluvchi
optimal iqtisodiy tuzilmani tashkil etilishi bilan ifodalanishi lozim.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

1.

Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения.
Сочинения, том I. Государственное издательство политической литературы.
М.: - 2018.- С. 205.

2.

Титов А.С. Понятие, сущность и основные направления развития налоговой
политики //Финансовое право. – №5, 2022 – С.21.

3.

Налоговая политика России: проблемы и перспективы. Под ред.:

Горский

И.В.

Издательство: Финансы и статистика: Москва – 2023 г., 288 стр.

Библиографические ссылки

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения.

Сочинения, том I. Государственное издательство политической литературы.

М.: - 2018.- С. 205.

Титов А.С. Понятие, сущность и основные направления развития налоговой

политики //Финансовое право. – №5, 2022 – С.21.

Налоговая политика России: проблемы и перспективы. Под ред.: Горский

И.В. Издательство: Финансы и статистика: Москва – 2023 г., 288 стр.