Mualliflar

  • Toshmurodov Oybek Qorayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96189

Kalit so‘zlar:

Tayanch iboralar: Soliq nazorati soliqlar boshqa majburiy toʻlovlar bevosita soliqlar bilvosita soliqlar resurs toʻlovlari davlat byudjeti davlat soliq xizmati organlari investitsion iqlim soliq nazorati tamoyillari soliq maʼmuriyatchiligi soliq monitoringi kameral soliq tekshiruvi sayyor soliq tekshiruvi soliq auditi.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu ilmiy tezisda soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat 
soliq  xizmati  organlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  hamda  samaradorligini 
oshirish  va  rivojlanishi  boʻlgan  “raqamli  iqtisodiyot”ni  shakllantirish,  shuningdek, 
soliq nazorati sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy 
qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish aks ettirilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

117

ISSN:3030-3613

SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY

YOʻNALISHLARI

Toshmurodov Oybek Qorayevich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy tezisda soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat

soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini
oshirish va rivojlanishi boʻlgan “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek,
soliq nazorati sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy
qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish aks ettirilgan.

Tayanch iboralar:

Soliq nazorati, soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, bevosita

soliqlar, bilvosita soliqlar, resurs toʻlovlari, davlat byudjeti, davlat soliq xizmati
organlari, investitsion iqlim, soliq nazorati tamoyillari, soliq maʼmuriyatchiligi, soliq
monitoringi, kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi.


Tahlil va natijalar.

Oʻzbekiston Respublikasida soliq va tashqi savdo siyosati

sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va
investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar vositasida keng koʻlamli
islohotlar amalga oshirilmoqda.

Soliq maʼmuriyatchiligini isloh etish, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini

yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish va rivojlanishi boʻlgan
“raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek, soliq nazorati sohasidagi
umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka
implementatsiya qilishni jadallashtirish lozim.
Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm,
maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid

davlat

dasturida

belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini

taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni
rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish belgilab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan
boshlab koʻplab yangiliklar amaliyotga joriy etilishi taʼkidlab oʻtildi:

«Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab

koʻplab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga
kamaytirildi. Soliqlarni toʻlash muddatini uzaytirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat
berish boʻyicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

118

ISSN:3030-3613

Soliq kodeksi normalarini har bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq toʻlovchilar

puxta oʻzlashtirishi, buning uchun ularni muntazam ravishda oʻqitish zarur.

Soliq xizmati xodimlari dunyoqarashini tubdan oʻzgartirish va malakali

kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi qoshida Fiskal institutini tashkil
etishni taklif qilaman. Bu jarayonga katta tajribaga ega boʻlgan nufuzli xorijiy
ekspertlarni jalb etish zarur».

Hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyotini yetakchi soha va tarmoqlarining

zamon bilan hamnafas faoliyat yuritishiga barcha zarur sharoit yaratib berilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochib berilayotgani, ilgʻor axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda soliq nazoratini hayotimizga
izchillik bilan joriy etilayotgani erishilayotgan samarali yutuqlarimizning mustahkam
poydevorini tashkil etmoqda. Soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohatlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror suʼratlar bilan rivojlanib
ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilanishiga zamin yaratmoqda.

Mamlakatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida soliq siyosati va soliq

maʼmuriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq toʻlovchilarning soliq organlari
bilan oʻzaro munosabatlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga soliq maslahati davlatning yangi soliq siyosatini samarali

amalga oshirishning professional instituti va soliqlarni hisoblash va toʻlash
masalalarida soliq toʻlovchilarning ishonchli yordamchisi sifatida yetarlicha
shakllanmagan.

Davlatning samarali soliq sohasidagi islohatlarni amalga oshirishda soliq

tizimini rivojlantirish dasturlari ijrosi amaliyotining jahondagi ilgʻor tajribalari hamda
bu borada Oʻzbekistondagi mavjud imkoniyatlarning tadqiqi asosida soliq nazoratini
taʼminlashda mamlakatda va uning hududlarida, iqtisodiyot tarmoqlarida, yuridik va
jismoniy shaxslarni soliq tortishda soliq nazorati metodologiyasining samarali
vositalarini shakllantirish lozim.

Soliq nazorati soliq toʻlovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan

bogʻliq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.

Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarni,

soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni, byudjetga va davlat
maqsadli jamgʻarmalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari
vositasida hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
shakllarda amalga oshiriladi.

Vakolatli organlarning soliq toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq

toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati
soliq nazoratidir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

119

ISSN:3030-3613

Soliq organlari soliq nazoratini:
1. Soliq tekshiruvlari.
2. Soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.
Soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va soliq agentlari

tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
maqsadida oʻtkaziladi.

Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soliq organlarida mavjud boʻlgan

maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini oʻtkazadi:
1. Kameral soliq tekshiruvi.
2. Sayyor soliq tekshiruvi.
3. Soliq auditi.
Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq toʻgʻrisidagi qonun

hujjatlariga rioya etish, oʻziga nisbatan soliq monitoringi oʻtkazilayotgan yuridik shaxs
tomonidan soliqlar va yigʻimlarni hisoblashning toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida
toʻlanganligi.

Yangi tahrirdagi Soliq

kodeksida

soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat

soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qoʻllagan
holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek,
soliqlarni hisoblash va toʻlash tartiblari soddalashtirildi.

Davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazorati metodologiyasini amaliy

tahlil qilish va nazariy tadqiq etish quyidagi kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi:

-

soliq nazorati sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni

milliy qonunchilikka toʻliq implementatsiya qilinmagan.

-

davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida axborot almashish mexanizmlarining,

elektron soliq nazoratini amalga oshirish zamonaviy shakl va uslublari toʻliq
rivojlantirilmagan.

-

insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga

toʻsqinlik qiluvchi soliq nazorati faoliyatini amalga oshirish zamonaviy shakl va
uslublari yetarlicha tadbiq etilmagan.

Ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sogʻlom raqobat

muhitini shakllantirishga, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar yigʻiluvchanligining
zarur darajasini taʼminlashda soliq nazorati metodologiyasini takomillashtirish muhim
ahamiyatga ega.

Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari biri davlat soliq siyosatini

amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning
toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni
taʼminlash, soliqlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

120

ISSN:3030-3613

Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq hamda oʻz
vaqtida tushishini taʼminlashdan iborat.

Bayon etilganlaridan koʻrinib turibdiki, hozirgi paytda soliq nazorati

samaradorligini oshirishning yagona metodikasi mavjud emas. Biroq soliq nazoratidan
samarali foydalanishning zamonaviy metodlari va mexanizmlari joriy etish, soliq
tizimini xavfsizligini taʼminlash davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazoratida
ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda modernizatsiya
qilish, soliq nazoratini tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur
darajada samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.

Davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazorati samaradorligini oshirishda

quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

-

davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va

samaradorligini oshirishda “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek, soliq
nazorati sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy
qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish lozim.

-

soliq nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, tekshiruvdan oldingi tahlil va

masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun maʼlumotlarni toʻliq yigʻish
va qayta ishlashni taʼminlaydigan zamonaviy, ilgʻor axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish.

-

davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani rivojlantirish va

soliq nazorati samaradorligini oshirishda soliq qonunchiligi hujjatlarini ishlab chiqish
metodologiyasi takomillashtirish.

-

soliq nazorati jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

va tahlilning ilgʻor avtomatlashtirilgan uslublari tadbiq etish.

-

davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida axborot almashish mexanizmlarining,

elektron soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarini rivojlantirish.

-

insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga

toʻsqinlik qiluvchi soliq nazorati faoliyatini amalga oshirish shakl va uslubini tadbiq
etish.

-

soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash dasturiy mahsulotni qoʻllashni

yanada takomillashtirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения.
Сочинения, том I. Государственное издательство политической литературы.
М.: - 2018.- С. 205.

2.

Титов А.С. Понятие, сущность и основные направления развития налоговой
политики //Финансовое право. – №5, 2022 – С.21.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

121

ISSN:3030-3613

3.

Налоговая политика России: проблемы и перспективы. Под ред.:

Горский

И.В.

Издательство: Финансы и статистика: Москва – 2023 г., 288 стр.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения.

Сочинения, том I. Государственное издательство политической литературы.

М.: - 2018.- С. 205.

Титов А.С. Понятие, сущность и основные направления развития налоговой

политики //Финансовое право. – №5, 2022 – С.21.

Налоговая политика России: проблемы и перспективы. Под ред.: Горский

И.В. Издательство: Финансы и статистика: Москва – 2023 г., 288 стр.