T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
113
ISSN:3030-3613
UY-JOY QURILISHI SANOATINING RIVOJLANISHI
Majidov Saloxiddin Abdullayevich
Termiz iqtisodiyot va servis
universiteti magistranti
Annotatsiya.
Maqolada mamlakatimizda minglab yosh oilalar dastur doirasida
qurilayotgan arzon koʻp kvartirali uylarda yaqin yillar ichida kvartira sotib olish
istagini bildirib, hududiy komissiyalarga murojaat qilganliklari keltirilgan. Aholimiz,
ayniqsa yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash masalalari va ular bilan bogʻliq
muammolar bayon etilgan.
Tayanch soʻzlar
. Uy-joy fondi, isteʼmol krediti, ipoteka krediti, foizlar,
imtiyozli shartlar, boʻlib-boʻlib toʻlash, ish xaqi fondi, uy-joy bilan taʼminlanganlik
koʻrsatkichi.
Tahlil va natijalar.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, dasturni shakllantirishni
yanada takomillashtirish va uni bajarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi
yondashuvlar ishlab chiqilishini taqozo etuvchi arzon uy-joylar qurilishini tashkil etish
va oilalarni shunday uylar bilan taʼminlashda bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan:
birinchidan,
Toshkent shahrida (24 ta uy), Nukus shahrida (7 ta uy),
Buxoro shahrida (6 ta uy) va Urganch shahrida (4 ta uy) jami 41 ta arzon koʻp kvartirali
uylarda ishlarni bajarish jadvallaridan orqada qolingan;
ikkinchidan,
Nukus, Andijon, Buxoro, Termiz, Samarqand, Guliston,
Olmaliq, Chirchiq va Bekobod shaharlarida tashqi muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlari, infratuzilma obyektlari qurilishi hamda massivlar hududlarini
obodonlashtirishda qoloqlik kuzatilgan;
uchinchidan
, shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining buzilishiga,
qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilishiga, loyihadan chetga chiqishga yoʻl
qoʻyilgan, buning natijasida 761 ta (buyurtmachiga –205 ta, pudrat tashkilotlariga –
399 ta, loyiha tashkilot-lariga –157 ta) taqdimnoma berilgan, 34 ta obyekt boʻyicha
bajarilgan ishlar hajmidan 1,0 milliard soʻmdan koʻproq mablagʻ olib tashlandi.
Mazkur muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularning
ijobiy yechimini topish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini
samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
hamdamazkur uy-joylar qurilishini rivojlantirish dasturini moliyalashtirish uchun
xalqaro moliya institutlari qarz mablagʻlarini jalb qilish masalasi ham bir qator xalqaro
moliya tashkilotlari bilan hamkorlik olib borildi. Jumladan, Osiyo taraqqiyot
bankidan–700 mln. AQSH dollari, Islom taraqqiyot bankining–300 mln. AQSH
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
114
ISSN:3030-3613
dollari, Quvayt arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasining–30 mln. AQSH dollari,
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining–50 mln. AQSH dollari hamda “Ziraat” Turkiya
davlat bankining–200 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari yoʻnaltirildi.
Mamlakatimizda turar joy bilan taʼminlashda jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy
maydoni 12,4 kvadrat metrdan 15,7 kvadrat metrga oshirilgani qulay hayot
kechirish uchun muhim asos boʻlmoqda. Uy-joy fondining deyarli barchasi xususiy
mulk sifatida aholi tasarrufida ekanligi ham oilalar manfaatlariga xizmat qiladi.
Koʻplab rivojlangan davlatlarda oilalarning yarmidan koʻpi ijaraga olingan
xonadonlarda yashashini hisobga olsak, mamlakatimizda oilalar uchun yaratilayotgan
imkoniyatlarning ahamiyati nechogʻli yuksak ekanligini anglash qiyin emas.
Koʻpchilikka maʼlum, bugungi kunda Toshkent shahrida oddiy taʼmirdan chiqarilgan,
kerakli jihozlarsiz 1 yoki 2 xonali uyni ijaraga olishning oʻrtacha narxi 800 ming
soʻmdan boshlanib 1,5 million soʻmgacha borishi mumkin. Iqtisodiy faoliyat turlari
kesimida ish haqi koʻrsatkichlarini umumlashtirish natijasida, 2023-yil yanvar-mart
oylarida Oʻzbekiston Respublikasida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi
2465 ming soʻmni (ish haqiga ustama, mukofot, ragʻbatlantirish xususiyatiga ega
toʻlovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi toʻlovlar kiritilgan,
shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurta
va kasaba uyushmasiga toʻlovlar ham mavjud) tashkil etgan. Xalqaro ekspertlarning
xulosasi ham bunga hamohanglik kasb etadi. Ularga koʻra, odamlarning uy-joy
bilan taʼminlanganlik darajasidan qoniqish hissi oilaviy baxt-saodatga eltuvchi asosiy
omil sanaladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Xarob va fayzi
yoʻq joyda yashayotgan aholining kayfiyati ham, kelajakka intilishi ham
boʻlmaydi”. Prezidentimiz tashabbusi bilan uy-joy kommunal xoʻjaligi tizimida
amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi aholining yashash sharoitini
yaxshilash, turmush farovonligini yanada oshirish, shuningdek, yurtimizdagi barcha
oilalarni munosib turar-joy bilan taʼminlashdan iboratdir. Amerikalik mashhur olim
A.Maslou insonlarning ehtiyojlarini oʻrgangan holda piramidasida fiziologik asosga
ega boʻlganligi uchun moddiy ehtiyojlar muhimliginuqtai nazaridan birinchi oʻrin
berilgan. Tabiiyki, bunday ehtiyojlar ijtimoiy tizim shakli va ishlab chiqarish
kuchlari taraqqiyoti darajasidan qatʼi nazar, har qanday jamiyat uchun xos va birinchi
darajada qondirilishi lozim. Kishilar tirik mavjudot sifatida avvalombor, oziq-ovqat
isteʼmol qilishlari, kiyinishlari, turar-joyga ega boʻlishlari shart. Shundan keyingina
ular taʼlim, madaniyat sanʼat, sayohat va hokazolar bilan shugʻullanishlari mumkin
boʻladi.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari Shirkatlarida
“shaffoflik-ishonch-boshqaruv koʻmagi-toʻlov intizomini oshirish-uy ahli
faolligining oshishi” zanjiri natijani taʼminlaydi. Pullari chetga ketmay, ishlar
amalda bajarilayotganining guvohi boʻlgan odamlar badallarni bajonidil toʻlaydilar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
115
ISSN:3030-3613
Shu sababli ochiq-oydin ishlashini taʼminlash faqat foyda keltiradi. Sogʻlom fikrlovchi
kishi bunga hech qanday eʼtiroz bildirmaydi. Hozirgi kunda yuqorida keltirilgan
“zanjir” samarali ishlamayotganligi hech kimga sir emas. Uy-joy mulkdorlari oʻz
balanslarini istalgan paytda onlayn rejimda tekshirib, pullari hisob-kitob schyotiga
tushgani, belgilangan maqsadga, uydagi umumiy mol-mulkni yaxshilash ishlarini
bajarishga yoʻnaltirilganligiga Odamlarning takror koʻpayishiga, oziq-ovqatga, nafas
olishga, jismoniy harakatlarga, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga boʻlgan
fiziologik va jinsiy ehtiyojlari Ekzistensial ehtiyojlar-oʻz yashashining xavf-xatarsiz
boʻlishiga ehtiyoj, ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqaror shart-sharoitlari,
insonni qurshab turgan muhitning muayyan darajada doimiy va muntazam boʻlishiga
ehtiyoj, mehnat sohasida esa, kafolatlangan bandlikka, baxtsiz hodisalardan
sugʻurtalanishga va shu kabilarga boʻlgan ehtiyojdir. Jamoaga aloqadorlikka, unga
mansublikka, muomalada boʻlishga, boshqalar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga, oʻziga
eʼtibor berilishiga, birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etishga boʻlgan ijtimoiy
ehtiyojlar oʻz-oʻzini hurmat qilinishiga, obroʻ-eʼtiborga ega qadr-qimmatning
oshishiga, xizmat sohasida oʻsishiga, maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinish va yuqori
baho olishga boʻlgan ehtiyojdir. Shaxsiy, maʼnaviy ehtiyojlar oʻzining ijod orqali
faollashuvi, oʻzini namoyon qila olishida ifodalanadi. Buning uchun esa uy-joy fondini
boshqaruv tizimiga innovatsion boshqaruv tizimini joriy etish zarurligini ifodalaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal
xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat
koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarorining qabul qilinishi
bu sohadagi bir qator masalalarning yechilishiga asos boʻldi. Farmonga muvofiq,
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va uning
tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish
vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, Toshkent
shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi, tuman (shahar)
boʻlimlari tashkil etildi hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat
yoʻnalishlari etib belgilandi:
-uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish
va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
-koʻp xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq
etilishini taʼminlash, bunday uy-joylarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik
taʼminoti obyektlarini barpo etish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va
avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;
-uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, koʻp xonadonli uy-
joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatasiya xarajatlarini belgilash
talablariga, koʻp xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
116
ISSN:3030-3613
rioya etilishini nazorat qilish, tutash hududlarni sanitariya normalari, qoidalari va
gigiyena normativlariga muvofiq holatda saqlash;
-uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan
texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xoʻjalik
obyektlarini zamonaviy hisobga olish-oʻlchash priborlari bilan taʼminlash, qurilish-
montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan zamonaviy, sifatliqurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;
-uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga oid meʼyoriy-huquqiy bazani
takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning
ilgʻor tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunalxizmat koʻrsatishning
zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
-suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti boʻyicha xizmat koʻrsatish,
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini
mustahkamlashga doir kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tarif
siyosatini shakllantirish;
-uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash
boʻyicha takliflar kiritish, ularni, jumladan, xorijda oʻquv stajirovkalarini oʻtkazish
orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va
maʼlumotlar bazasini joriy etish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan
koʻrinib turibdiki, xususiy uy-joyga ega boʻlmagan fuqarolar daromadlarining asosiy
qismini turar joy ijarasi uchun sarflashga majbur boʻladi. Natijada koʻplab moddiy
va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini yoʻqotadi. Natijada oilalarda
qashshoqlashish, sogʻligʻini yoʻqotish kabi salbiy holatlar yuzaga keladi. Avvalo
aholining yaxshi yashashi uchun, tinch va baxtli hayot kechirishi uchun alohida uy-joy
zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori. 2017-yil 18-aprel.
2.
Нормуродов С.Н. Система показателей оценки эффективности и качества
услуг жилищно-коммунального хозяйства//По теме «Инновации,
интеграция, экономия в сфере архитектуры и строительства» международная
онлайн научно-практическая конференция 5-6 мая 2021 г.
3.
C.Н. Нормуродов., Р.А. Рафиқов, Digitization of housing construction in rural
areas and improvement of management efficiency// World Economics & Finance
Bulletin (WEFB), Available Online at: https://www.scholarexpress.net,