Mualliflar

  • Adilova Dilafruz Rustamjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96200

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: psixolog amaliyot jamiyat kasb professional etika estetika psixologik xizmat korreksiya.

Annotasiya

Ushbu  maqolada  amaliyotchi  psixologlarning  shaxs  sifatida  egallashi  lozim 
bo‘lgan vazifalari va muataxassis sifatida jamiyat hayotidagi o‘rni muhokama qilingan. 
Shuningdek,  amaliyotchi  psixologlarning  axloqiy  va  kasbiy  tamoyillari  yoritib 
berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

60

ISSN:3030-3613

MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING FAOLIYATI,AXLOQIY VA

KASBIY TAMOYILLARI

Adilova Dilafruz Rustamjonovna

Toshkent shahar Yashnobod tumani

23-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada amaliyotchi psixologlarning shaxs sifatida egallashi lozim

bo‘lgan vazifalari va muataxassis sifatida jamiyat hayotidagi o‘rni muhokama qilingan.
Shuningdek, amaliyotchi psixologlarning axloqiy va kasbiy tamoyillari yoritib
berilgan.

Kalit so‘zlar:

psixolog, amaliyot, jamiyat, kasb, professional, etika, estetika,

psixologik xizmat, korreksiya.

KIRISH

XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining

navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik
xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga
muvaffaq bo`ldilar. Shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish
muammosiga psixologiyaning amaliy tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish
zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikrmulohazalarini bildirganlar va bildirib
kelmoqdalar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Psixologik hizmatning asosiy mazmuni – sog`lom shaxsning o`sishini

ta`minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash
muammosidir. Birinchi bo`lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi.
Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo`lib tarbiyasi qiyin o`smirlar uchun ish olib
bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta
hissa qo`shgan. Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o`sha davlat hududida
yashovchi fuqarolarning ijodiy o`sishi va axloqiy potensialiga bog`liq bo`ladi.
Jumladan, bu kasb AQShda o`tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo`lib hozirgi
zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab
psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab psixologining
markaziy vazifalarida biri o`quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali
baholash hisoblanadi. Psixolog B.L.Vulfson Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik
muammolarini taxlil qilib yaqin vaqtlargacha test uslubi AQSH va Agiliyadagidek
keng tarqalmagan degan fikrni aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy
faoliyatlari va qobilyatlarini testlar orqali aniqlash o`tgan asrning 70-yillari boshidan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

61

ISSN:3030-3613

boshlaganligi ma`lum. Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan
emas balki shaxs bo`lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to`g`ri
keladi.

O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi. 1989-yilda O`zbekistonda

amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi
psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning
rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh.
R.Baratov,

E.H.Sattarov,

F.S.Ismagilova,

Z.T.Nizamova,

H.S.Safo

yev,

F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini
qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda.

NATIJALAR

Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining

psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha
psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga
psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo
psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa
o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima keragi bor?»
degan tipdagi savollar tug’iladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy
ish uchun psixolog o’rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach,
psixologlar ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan muammolaridan dovdirab
qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima
maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak.

MUHOKAMA

Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy

o’rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:

1.Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan

to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish
qobiliyatini shakllantirish:

2.Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik

o’rganilishini taminlash:

3.Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz

berishi mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.

Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu

psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib
o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila
olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z ishida
muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.

Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota - onalar bilan aloqa o’rnatish juda muhim.

Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan ota-onalar bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

62

ISSN:3030-3613

amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi
lozim. Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:

1.O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan

munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.

2.O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash

ekanini doim yodda saqlashi.

3.O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan

diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni
tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi. O’qituvchi psixologning
mijozi va yaqin hamkori sifatida O’qituvchilar ham alohida e’tibor talab qiladigan
ob’ektdir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar psixolog bilan hamkorlik
qilishga tayyor bo’ladilar. Hamma gap psixolog o’zini qanday tutishiga borib taqaladi.
Bunda psixologning o’qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozitsiyasi juda muhim rol
o’ynaydi.

Psixolog pozitsiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:
a) pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;
b) pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.
v) sub’ekt - sub’ekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi

munosabatlarga ustanovka.

Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo’lgan konstruktiv hamkorlikni

ta’minlay oladi. Dastlabki kezlarda psixolog o’qituvchilarga o’z yordamini haddan
tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo’lsa,
yordam berishga tayyorligini ma’lum qilsa, shuning o’zi kifoya. Kimdir darrov
hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so’ng kimgadir umuman psixolog yordami
kerak bo’lmaydi. O’qituvchilar bilan ishlashda bolada ro’y berayotgan ijobiy
o’zgarishlarga asosan o’qituvchi sababchi bo’layotganini ta’kidlab turishi kerak.
Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. SHunda u pedagoglar orasida tan olinadi.

O’qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan

seminarlar shaklida psixologik targ’ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad kimgadir o’z bilimlarini ko’z-ko’z qilish emas,
balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir.

Ushbu mashg’ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o’qituvchilar passiv

tinglovchi bo’lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma’lumotga ularni o’z
tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash
testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Har qaysi maktab psixologi
oldidagi savol shuki «O’zim yordamimni taklif qilaymi yoki o’qituvchilar murojaat
qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim o’z vaziyatidan kelib chiqib javob bera
qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki, o’qituvchilarning unga murojat qilishi
ularning pedagogik staji va tajribasiga bog’liq emas. Bu ko’proq ularning shaxsiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

63

ISSN:3030-3613

fazilatlariga: muloqatga kirishuvchanlik darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi
yangilikka ochiqligi va boshqalarga bog’liq.

XULOSA

Psixolog o`quvchilar xarakterida mavjud bo`lgan yutuqlarni rivojlantirish va

kamchiliklarni tuzatish, o`z xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash, o`zining
kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish haqida
tavsiyalar beradi. Umum o`rta ta`lim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi
psixologlar o`z faoliyati davomida ta`lim muassasining ijtimoiy muhitini
muvofiqlashtirishni ta`minlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zo`riqishlarini
yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o`rni beqiyos. Psixologik
xizmat faoliyati o`quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini
diagnostika qilishga, ta`lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni
aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo`qotish va oldini olishga
qaratiladi. Bunday psixologning aniqlagan va to`plagan ma`lumotlari o`quvchilarni
korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Boymurodov, N. (2008).

Amaliy psixologiya

. Yangi asr avlodi.

2.

Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

3.

Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of
research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41–
46.

4.

Samarova

Shoxista

Rabidjanovna,

Rakhmonova

Muqaddas

Qahramanovna,

5.

Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir

6.

Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and
the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi:
10.31838/jcr.07.17.69

7.

Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil
Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies,
15(1), 272274.

8.

Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor
of

9.

Increase of Education’s Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

10.

Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020).
Technologies for the Development of Competencies in Physics in General
Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of
Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.

11.

Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020).
Developing


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

64

ISSN:3030-3613

12.

Pupils’ Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments.
International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

13.

Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect
human category in the psychology.
European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences. 7(8). 16-22.

14.

НЖ Эшнаев, ТҒ Маратов, Г Мирзарахимова. (2020).

Ўзбек миллий кино

санъати ва маданиятида психопрофилактик хизмат тизимини жорий этиш
масалалари.

Oriental Art and Culture 03. 156-165.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Boymurodov, N. (2008). Amaliy psixologiya. Yangi asr avlodi.

Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of

research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41–

Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas

Qahramanovna,

Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir

Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and

the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi:

31838/jcr.07.17.69

Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil

Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies,

(1), 272274.

Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor

of

Increase of Education’s Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020).

Technologies for the Development of Competencies in Physics in General

Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of

Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.

Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020).

Developing

Pupils’ Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments.

International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect

human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences. 7(8). 16-22.

НЖ Эшнаев, ТҒ Маратов, Г Мирзарахимова. (2020). Ўзбек миллий кино

санъати ва маданиятида психопрофилактик хизмат тизимини жорий этиш

масалалари. Oriental Art and Culture 03. 156-165.