Mualliflar

  • Xamirxodjayeva Malika Djaferovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96207

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: psixologik xizmat individual yondashuv dinamik xususiyat intellektual taraqqiyot psixologik maslahat psixokorreksiya.

Annotasiya

Maqolada o‘smir shaxsining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, 
har  bir  o‘smir  o‘quvchining  individual  psixologik  xususiyatlarini  ilmiy  asosda 
tushunish  hamda  individual  yondashuvning  psixologik  xususiyatlari  haqida  so‘z 
boradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

29

ISSN:3030-3613

OʻSMIRLARDA SHAXS SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Xamirxodjayeva Malika Djaferovna

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani

36-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Maqolada o‘smir shaxsining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish,

har bir o‘smir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda
tushunish hamda individual yondashuvning psixologik xususiyatlari haqida so‘z
boradi.

Kalit so‘zlar:

psixologik xizmat, individual yondashuv, dinamik xususiyat,

intellektual taraqqiyot, psixologik maslahat, psixokorreksiya.

KIRISH

Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini,

bolaning imkoniyatlarini aniqlab, har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu
nuqtai nazardan olganda, individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga
emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo‘ladi. Kollej psixologlari bu
usulni u yoki bu shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyinchiliklar
bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga
yordam beradi.

Birinchidan, bu usulni qo‘llash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni amalga

oshirishning har doim ham iloji bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p vaqtni talab qilganligi uchun
faqatgina psixolog emas, «tarbiyasi qiyin» o‘quvchi ham charchaydi, tekshiruvda
ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o‘zi sezmagan holda nomiga bajaradi.
Tajribadan ma’lum bo‘lishicha, ayniqsa og‘zaki metodikalar qanchalik to‘liq
bo‘lmasin, qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni to‘liq
xarakterlash uchun yetarli bo‘lmaydi.

Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil

shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda individual tarzda tashkil qilinadi:

a)

amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o‘quvchilar va

talabalar bilan alohida o‘tkazilishi rejalashtiriladi;
b)

psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib,

bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi;

v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida

mashg‘ulotlar, tushuntirish ishlari olib borish nazarda tutiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

30

ISSN:3030-3613

Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki,

unda korreksion ishga jalb qilingan o‘smirning qadriyatga yo‘nalganligi,
etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o‘z aksini topsin. Dasturni xalq, etnos,
millat, elat tarixi, an’analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni hisobga
olgan xolda tuzish maqsadga muvofiq. O’rta maxsus ta’limi o‘quvchilari bilan
murabbiylar o‘rtasidagi nomutanosiblikni yo‘qotish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar
o‘tkazish: ulardagi o‘qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o‘rnidan, mavqeidan
qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o‘yinlari, psixodramadan
foydalaniladi. Emotsional zo‘riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida
maxsus xonalar jihozlash (xona jahon standartlariga javob berishi, boshqaruv pulti,
ekran vositalari, audiotrening, sotsial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy
metodikalarga ega bo‘lishi )ga ahamiyat qaratish zarur.

Korreksion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans

bo‘yicha o‘tkazilishi shart. Bunda emotsional zo‘riqishga uchragan shaxs millati,
yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak;
tuzatish ishlari mashg‘ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo‘lishi, ta’sir
o‘tkazish samaradorligini oshiradi.

Yondashuvning psixologik shartlari, ta’lim –tarbiyadagi nuqsonlarning oldini

olish omillari, yo‘llari yuzasidan yordam ko‘rsatishi zarur. Bolalar, o‘quvchilar,
talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko‘mak berishi darkor.
Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar berish, nizoli vaziyat
va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish orqali amaliy tavsiyalar beriladi. Ota-
onalarga farzandlarining tibbiy yordamga muxtojligi yoki boshqa muassasalarga
murojaat qilish zaruriyat ekanligini aytish, pedagogik odob bilan tushuntirish,
berilayotgan ko‘rsatmalarga ularni ishontirish shart.

Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish ruhiy jarayonlari,ya’ni, sezgi, idrok, diqqat,

xotira, tafakkur, tasavvurlari, individual-psixologik xususiyatlari, xarakteri,
temperamenti, qobiliyatlari, emotsional-irodaviy soxasi, hissiyoti, emotsiyalari,
irodaviy xulq-atvor xususiyatlari, faoliyat motivatsiyasiga ega bo‘ladi. Ma’lum
yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga
muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z
qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishini talab
qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri
keladigan va yaroqli bo‘lgan usul ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato
bo‘lishi mumkin. O’qituvchining bilishi mutlaqo zarur bo‘lgan individual farqlar har
bir yosh davrida turlicha yondashuvlarni talab qiladi.

Bu umumiy holat hozirgi kunda quyidagi

vazifalarni o‘z ichiga oladi:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

31

ISSN:3030-3613

1.

Ota-onalarni, o‘qituvchilarni va bola tarbiyasidagi ishtirok etadigan boshqa

shaxslarni bola psixik taraqqiyotining yosh va individual xususiyatlariga qarab jalb
qilish.

2.

Psixik taraqqiyot buzilishlarini va har-xil normadan chetga chiqishlarini o‘z

vaqtida aniqlash va ularni tibbiy, pedagogik maslahatlarga yo‘llash,

3.Jismoniy yoki nerv- psixik sog‘ligi kuchsizlangan bolalarda ikki marta

psixologik asoratlarning oldini olish va ularning psixogigiyenasi va psixoprafilaktikasi
bo‘yicha tavsiyalar berish.

4.

Patopsixologlar va vrachlar, pedagogik-psixologlar bilan birgalikda

o‘qituvchilar, ota-onalar va boshqa shaxslar uchun ta’limdagi qiyinchiliklarni
pedagogik va psixologik korreksiya qilish bo‘yicha tavsiyanomalar tuzish.

5.

Oilada bola tarbiyasi bo‘yicha tavsiyanomalar tuzish (oila psixoterapiyasi

mutaxassislari bilan birgalikda).

6.

Bolalarga va ota-onalarga maslahatlar berishda maxsus guruhlar bilan

maxsus tuzatish ishlarini olib borish.

7.

Ma’ruzalar va ishning boshqa shakllari xususida aholini psixologik bilimlar

bilan tanishtirish.

Individual psixologik maslahat berish psixolog amaliy faoliyatining eng

mas’uliyatli turlaridan biridir. Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyot bo‘yicha har bir
bahosi bolaning keyingi taraqqiyotiga, o‘qituvchilarning, ota-onalarning bolaga
nisbatan munosabatiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, Shuning uchun, individual
psixologik maslahat bola rivojlanishini boshidan diqqat bilan tahlil qilib, har xil
manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.

Ma’lumotlar manbasi sifatida ota-onalar bilan suhbat, o‘qituvchining

otaonalar hamda bolaning o‘zi bilan suhbati, bolaning o‘zi bilan suhbat, bolani uyda,
maktabda va boshqa hollarda kuzatish psixologik tajriba orqali tekshirish, ota-onalar
bilan tanishish, tibbiy hujjatlar bilan tanishish va boshqalardan foydalanish mumkin.

Ko‘pchilik mualliflar aniq hodisaga maslahat berishda quyidagi ketma-ketlikni

afzal ko‘radi:

1.

Ota-onalar bilan dastlabki suhbatda olingan ma’lumotni tahlil qilish hamda

shifokorlardan, pedagoglardan olingan ma’lumotlarni ham e’tiborga olish.

2.

Bolaning ilgarigi rivojlanish bosqichlari, oiladagi munosabat xaqida, sog‘ligi

xaqida ma’lumot olishi uchun ota-onalar bilan suxbat.

3.

Boshqa mussasalardan ma’lumot yig‘ish, sog‘ligi xaqida ma’lumot, bolani

maktabda, uyda boshqa hollarda kuzatish. Psixologik metodlar bilan tekshiruvga
muhim qo‘shimcha sifatida bolaning faoliyatini yoki rasmlari, qiziqadigan narsalarini
tahil qilish kiradi.

Bolani maktabda, uyda boshqa hollarda kuzatishda, psixolog olingan

ma’lumotlar asosida bola rivojlanishining umumiy darajasiga baho berishi, bola


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

32

ISSN:3030-3613

qiyinchiliklari mohiyatini tavsiflashi, qiyinchiliklardan kelib chiqqan omillarini
aniqlashi va psixokorreksion dasturini ishlab chiqishi kerak. Maslahat berish
amaliyotida juda ko‘p metodlar bor. Psixolog oldida turgan vazifa birinchidan bola
bilan yaxshi munosabat va o‘zaro tushunishdan iborat. Muammoli vaziyatlarni
shoshilmasdan, aniq hal qilish

kerak. Savolni bir necha marta takrorlamaslik kerak. Test olinayotgan vaqtda

bolaga o‘rgatish, tanqid qilish, hatto maqtash ham mumkin emas, tanqid bolani
chalg‘itadi, dilini og‘ritadi, ko‘pincha bolani topshiriqqa bo‘lgan qiziqishini
pasaytiradi.

Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotini

murakkablashtiradigan qator noto‘g‘ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelmoqda.
Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatishi
sezilarli o‘rin egallaydi. Masalan, ota-onalarning, ayniqsa onalarning ishlab
chiqarishda bandligi sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislarning fikricha, oilaning
buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo‘yadigan kuchli psixologik omil bo‘lib,
unga ko‘nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak. Xilma-xil psixologik muammolar
manbalari ichida maktab xam muhim o‘rin egallaydi. Misol uchun, tibbiyot
mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki
doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar
juda ko‘p: o‘quv motivatsiyasining yo‘qligi, past o‘zlashtirishi, o‘qituvchilar va
tengdoshlari bilan nizoli munosabatlar, o‘z-o‘zini past baholash, jamiyatga qarama-
qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. Yuqorida sanab
ko‘rsatilgan muammolarning ko‘pchiligi hozirgi maktablarda va jamiyatimizda shaxs
rivojlanish bosqichlarda, extiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni, yetarlicha hisobga
olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo‘yish natijasida ularning individual-
psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e’tiborga olmaslik sabab bo‘lmoqda.

Shunday qilib, bola taraqqiyotining yosh-psixologik xarakteristikasini quyidagi

3 asosiy tarkibiy qismlarni tahlil qilib, hosil qilish mumkin:

1.

Ijtimoiy vaziyat taraqqiyotini (kimlar bilan gaplashadi, oilada kattalar bilan

va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabat xarakteri) baholash;

2.

Berilgan yosh uchun muhim faoliyat turining taraqqiyoti darajasi (o‘yin,

o‘qish, rasm chizish va boshqalar), yosh normalariga mosligi;

3.

O’z-o‘zini anglash, bola psixik taraqqiyotini bilish va shaxsiy hissiy

sohalarida berilgan yoshga mansub o‘zgarishlarni aniqlash.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o‘smir shaxsini o‘rganish ga qaratilgan barcha

yondashuvlarga, tamoyillarga, yo‘l-yo‘riqlarga zamon ruhi orqali nazar tashlash talab
etiladi. O’smir hayotining kechishida ba’zan «ko‘z ilgamas o‘zgarishlar», ba’zan esa
favquloddagi «yangiliklar», «yorqinliklar» umumiy ta’sirida uning takdirini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

33

ISSN:3030-3613

o‘zgartiruvchi ma’naviy tushkunliklar ham ro‘y beradi. Bizni qiziqtirayotgan psixik
buzilishning boshlanishi va namoyon bo‘lish jarayoni, uni tashkil qiluvchi
xususiyatlari hamda kechishining asosiy variatsiyalarini chuhur tahlil qilish mahkum
qiluvchi xulq-atvor rivojlanishining nazariy "namunasi"ni tuzish, so‘ngra
shakllantiruvchi tajriba majmuasini yaratish, psixokorreksion ruhiy tuzatish va
tarbiyaviy ta’sirlar timizining asosi bo‘lib hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilgan umumiy fikr-mulohazalarga ko‘ra individual uslubning

shaxsda

darrov

paydo

bo‘lmasligi,

balki

ko‘pincha

stixiyali

tarzda

(yani,individualhissiy asab sifatlari yordamida) paydo bo‘lishi qayd etiladi. Demak,
har bir shaxsga psixologik xizmat davomida o‘z imkoniyatlari va faoliyat talabi
uyg‘unligini taminlash yo‘llarini izlash asosida yondashilsa mazkur shaxs faoliyatidagi
individual uslubning tarkib topishi tobora rivojlanib, takomillashib boradi. Bu esa, o‘z
navbatida shaxs va jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy tasir etmay qolmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Андреева Г.М. Социальная психология учебник для Вузов. – М.: Аспект-

2.

Пресс, 2001-378с.)

3.

Агеев В.С. Социально-психологические проблемы. – М.: МГУ, 1990. – 239 с.
3. Barotov Sh.R. Psixologik xizmatning nazariy va amaliy muammolari. Buxoro,
2008.

4.

Khudoykulova G.B. Psychological mechanisms of the formation of interpersonal
activity motivation for interactive activities in small groups.
Psixologiya № 1.2019.
Buxoro. 32-35.

5.

Xudoyqulova G.B

.

Guruhlarda psixologik treninglarni tashkil etishda etnik

xususiyatlarning ahamiyati

. Psixologiya № 3.2021. Buxoro.70-73.

6.

Бекмиров, Т. Р. (2021). Формирование эмоциональная устойчивость
личности.

Интернаука

, (1-2), 26-27.

7.

Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of
children with developmental disabilities.

Pedagogy and psychology in the modern

world: theoretical and practical research

, 125-129.

8.

Бекмиров, Т. Р. (2022). ПОНЯТИЯ НЕВРОЗА В ПСИХОЛОГИИ И ИХ
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ.

INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND

9.

PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL

,

3

(3), 90-93.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Андреева Г.М. Социальная психология учебник для Вузов. – М.: Аспект-

Пресс, 2001-378с.)

Агеев В.С. Социально-психологические проблемы. – М.: МГУ, 1990. – 239 с.

Barotov Sh.R. Psixologik xizmatning nazariy va amaliy muammolari. Buxoro,

Khudoykulova G.B. Psychological mechanisms of the formation of interpersonal

activity motivation for interactive activities in small groups. Psixologiya № 1.2019.

Buxoro. 32-35.

Xudoyqulova G.B. Guruhlarda psixologik treninglarni tashkil etishda etnik

xususiyatlarning ahamiyati . Psixologiya № 3.2021. Buxoro.70-73.

Бекмиров, Т. Р. (2021). Формирование эмоциональная устойчивость

личности. Интернаука, (1-2), 26-27.

Bekmirov, T. R. (2020). Psychological features of adaptation and integration of

children with developmental disabilities. Pedagogy and psychology in the modern

world: theoretical and practical research, 125-129.

Бекмиров, Т. Р. (2022). ПОНЯТИЯ НЕВРОЗА В ПСИХОЛОГИИ И ИХ

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND

PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 90-93.