T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
23
ISSN:3030-3613
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA XULQI OG‘IR OʻQUVCHILAR BILAN
KORREKSION MASHGʻULOTLAR OLIB BORISHNING SAMARALI
USULLARI
Bekmurodova Nargiza Qoryog'diyevna
Qashqadaryo viloyat Mirishkor tumani
11- sonli maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ta’lim muassasalarida xulqi og’ishgan bolalar bilan psixolog
faoliyati juda muhim va dolzarb masalalardan biri. Ta’lim muassasalarida xulqi
og’ishish holatlari hozirda juda ko’p kuzatilmoqda bu maqolada xulqi og’ishgan
bolalar bilan olib borilayotgan korreksion mashgʻulotlar haqida kerakli va qiziqarli
ma’lumotlar mavjud. Shuningdek bu maqolada olimlarning fikrlari tadqiqotlari joy
olgan. Shuningdek xulosalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so’zlar:
Og’ishgan xulq, psixolog, psixopatalogiya, jinoyatchilik, suitsidal
ahloq, deviant xulqqa yondashuvlar.
KIRISH
Insoniyat rivojlanish davrini kuzatar ekanmiz, biz jamiyat va tabiat o‘rtasidagi
munosabatlarni tadqiq etishga mo’ljallangan fanlardan biri psixologiya ekanligiga
guvoh bo‘lamiz. Inson xulq-atvori, psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar
insoniyatni qadim zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan. Bu sohada izlanish olib borgan
ko‘plab olimlar insonning tug‘ilganidan boshlab shakllanishi bilan bog‘liq barcha
hodisalarni o‘rganishni tadqiq qilish orqali, uning о‘tа murakkab jihatlarini kashf
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
24
ISSN:3030-3613
etgan. Haqiqatdan ham, inson xulq-atvorining jamiyatda belgilangan hayotiy normal
mezonlardan og‘ishi, buzilishi bilan bog‘liq muammoni psixologiya fani o‘rganadi.
Ta’lim muassasalarida xulqi og‘ishgan bolalar bilan ishlashda pasixologdan alohida
mas’ulyat talab qilinadi. Buning uchun avvalo xulqi o‘g‘ishganlik muammosini ajratib
olish zarurdir. Deviantlik, og‘ishgan xulq muammosi psixologlar, shifokorlar,
pedagoglar, huquq-tartibot organlari xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda qiziqish
uyg‘otib kelgan. Og‘ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega.
Yondashuvlarning turli-tumanligi bolalar xulqini og'ishganligini tashhis qilish, uni
profilaktika qilish va ijtimoiy psixologik yordam ko‘rsatish jarayonida uni bartaraf
etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko‘zga tashlanadi. Statistik mezonda
ifodalanish va hayot uchun xatar darajasi bo'yicha axloqning sifat-miqdoriy bahosi
bilan uyg'unlashadi. Masalan, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish aql chegaralarda
(katta bo’lmagan miqdor va chastotada) me’yoriy ko‘rinish deb tan olinadi, biroq uni
suiste’mol qilish og'ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan odamning o‘zi yoki
atrofdagilar hayoti uchun to‘g‘ridan-tog‘ri xavf tug‘diruvchi axloq uning chastotasi,
ba’zan esa ifodalanganlik darajasidan qat’iy nazar og‘ishgan sifatida baholanadi,
masalan, suitsid yoki jinoyat ko‘rinishida.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nizomida sog‘lik “kasallik va
jismoniy nuqsonlarning yo‘qligi sifatidagina emas, balki to‘liq jismoniy, ma’naviy va
ijtimoiy farovonlik holati” sifatida ta’riflanadi. Kasallik - “organizmning tuzilmasi va
funksiyasidagi zararlar uning to‘ldiruvchi-moslashuvchi mexanizmlarida sifatli - o'ziga
xos shaklida reaktiv mobillashuv davrida ichki va tashqi omillar ta’siri ostida o‘z
oqimida buzilgan hayot; kasallik ko‘pincha bolalar hayotiy faoliyatida ozodlikning
cheklanishi va muhitga moslashuvning umuman yoki qisman susayishi bilan
xarakterlanadi” Kasalliklar tasnifida og‘ishgan xulq alohida birlik sifatida
ajratilmagan, shubhasiz, u na patologiyaning shakli, na qat’iy belgilangan tibbiy
tushuncha hisoblanadi. Ayni damda og‘ishgan xulq me'yor va xarakter aksentuatsiyasi,
vaziyatli reaksiya, rivojlanishning buzilishi, kasallik oldi kabi patologiya o’rtasida
yorituvchi ko’rinishlar qatorida keng ko‘rib chiqiladi.
Qator hollarda aksentuatsiya qonunga qarshi harakat, suitsidal axloq, giyohvand
moddalarni iste'mol qilish kabi og’ishgan xulq bilan uyg‘unlashadi. Ayni damda
aksentuatsiyalangan
xarakterli
ko‘pchilik
odamlarning
axloqi
og‘ishgan
hisoblanmaydi. “K.Leongardning fikriga ko‘ra rivojlangan davlatlarda aholining 50
foizi aksentuatsiyali shaxsga taalluqlidir. Bunda ularning ko‘pchilik qismi me’yoriy
axloqni namoyish qiladi va hatto jamiyat oldida alohida xizmatlarga ega” Shunga
o’xshash psixik patologiya (psixopatiya, nevrozlar, psixozlar va h.k.) sohasidagi
istalgan parokandalik har doim ham og‘ishgan xulq bilan bog‘liq emas. Navbatdagi
ijtimoiy-me’yoriy mezon jamiyat hayotining turli sohalarida o‘ta muhim ahamiyatga
ega. Har bir odamning axloqi har kuni baholanadi va turli-tuman ijtimoiy me’yorlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
25
ISSN:3030-3613
yordamida boshqariladi. Ijtimoiy-me’yoriy mezonlarga muvofiq axloqning ayni damda
jamiyat talablariga mos tushishi me’yoriy deb anglanadi va ma’qullanadi. Og'ishgan
xulq esa aksincha, asosiy jamoaviy ko‘rsatmalar va qadriyatlarga ziddir.
Moslashmaganlik - bu shaxsiy ahamiyatli bo’lgani kabi muhit talablarini qabul qilish
va bajarishga shuningdek, o‘z individualligini aniq ijtimoiy sharoitlarda ro‘yobga
chiqarish sust layoqat holatidir.
Moslashmaganlikning ijtimoiy ko‘rinishlari quyidagilar hisoblanadi:
-
bolalarda past o‘zlashtirish, o‘z mehnati bilan mablag’ ishlab topishga
layoqatsizlik;
-
hayotiy muhim sohalarda bolalarda surunkali yoki yaqqol ifodalangan
omadsizlik (oilada, shaxslararo munosabatlarda);
-
qonun bilan nizolar;
-bolalarda yakkalanib qolish.
Odam turlicha tuyg'ularni yengil xavotir va o’ziga ishonchsizlikdan tortib,
chidab bo’lmas darajadagi nochorlik, qo’rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan
kechirishi mumkin. Bunda shaxsning real ijtimoiy maqomi va uning individual ongi
o'rtasida bo'linishi yuzaga kelishi mumkin. So'nggi mezon - individual psixologik
mezon har bir shaxs, uning individualligining bosib boruvchi barcha qadriyatlarini aks
ettiradi. Ushbu mezonga muvofiq insonga zamonaviy talablar ijtimoiy me'yorlarni
bajarishga uning qobiliyatini cheklamaydi, biroq shaxsning o’z-o’zini anglashi va
o’ziga xosligini ham ko’zda tutadi.
Bolalarda og‘ishgan xulq - bu umumqabul qilingan yoki rasman o‘rnatilgan
ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu harakat mavjud
qonunlar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmaydigan harakatkardir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
26
ISSN:3030-3613
Deviant axloqni me’yordan og‘ishgan axloq sifatida baholashda ijtimoiy me’yorlar
o‘zgarishini inobatga olish lozim. Bolalarda deviant axloq, uning namoyon bo‘lishi
boshqa odamlar tomonidan salbiy baholanadi. Salbiy baho jamoatchilik muhokamasi
yoki ijtimoiy sanksiya bo’lishi mumkin. Dastavval, sanksiyalar istalmagan axloqning
oldini olish vazifasini bajaradi. Biroq, boshqa tomondan ular shaxs stigmatizatsiyasi
— unga tamg‘a osish kabi salbiy ko‘rinishga olib keladi. Insonning yangi hayot
boshlashga intilishi ko‘pincha atrofdagi odamlaraing ishonmasligi va ularni rad etishi
natijasida barbod bo’ladi. Deviant (giyohvand, jinoyatchi, o’z-o‘zini o‘ldiruvchi va
h.k.) tamg‘asi sekin-asta deviant tenglikni (o‘z-o‘zini his qilish) shakllantiradi.
Shunday qilib, axmoqona shuhrat xavfli yakkalanishni kuchaytiradi, ijobiy
o‘zgarishiarga to‘sqinlik qiladi va deviant axloqning takrorlanishini chaqiradi.
Og‘ishgan xulqning xususiyatlari bolalarning o‘zi yoki atrofdagilarga ahamiyatli
tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi. Bu mavjud
tartibning noturg‘unligi, ma'naviy va moddiy zarar keltirish, jismoniy zo‘rlik va
dardalam yetkazish, sog’lig’ining yomonlashishi bo‘lishi mumkin.
Bolalarda deviant axloq o‘zining eng so‘nggi ko’rinishlarida hayot uchun
bevosita xavf tug'diradi, masalan, suitsidal axloq, zo‘ravonlik jinoyatlari, mayda
o’g’irliklar. O‘smirlarda esa axloqi barcha uchta tendensiyani o‘zida aks ettiradi.
Pirsing, tatuirovka yoki hatto chandiq bilan eksperiment o‘tkazgan o‘smirni, albatta,
deviantlar guruhiga kiritish mumkin emas. Biroq geroin iste’mol qiluvchi o'smir hayot
uchun yuqori xatarli og‘ishgan xulqni yaqqol namoyish qiladi. O’smir tomonidan
sistematik tarzda anglangan holda pul o‘g‘irligi sodir etilsa - bu og‘ishgan xulq
shakllaridan biri hisoblanadi, hodisalar qatorida spirtli ichimlik iste’mol qilish to’liq
yo‘l qo’yilgan yoki hatto foydali deb tan olinadi. Ushbu qoida istisnoga ega. Masalan,
hatto bir martalik suitsidal urinish jiddiy xavf tug'diradi va shaxsning og'ishgan xulqi
sifatida baholanishi mumkin. Og’ishgan xulqning oxirgi belgisi sifatida uning
ifodalangan individual va yosh-jinsiy o‘ziga xosligini ta’kidlash mumkin. Og‘ishgan
xulq dastavval, shaxsning jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U “ichki” jihatdan
o’ta turli-tuman bo’lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil odamlarda
turli yoshda turlicha ko‘zga tashlanadi. “Og‘ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik
bo’lmagan bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin, qat’iy ma’noda esa 9 yoshdan keyin.
5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar
bo’lmaydi, o’z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat
910 yoshidagina bolada ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining
mavjudligi haqida gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo’lgan bolalarda axloqi
yosh me’yoridan ahamiyatli tarzda og‘sa, bunda uni yetilmaganlikning, asabiy reaksiya
yoki psixik rivojlanish buzilishining bir ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir. Ta’lim muassasasi psixologi o‘z ish faoliyati davomida xulqi og‘ishgan
bolalarni doimo kuzatib borishi ularni ota-onalari va mahalla faollari bilan hamkorlik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
27
ISSN:3030-3613
qilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek ish jarayonida bolani bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkillashtirishga ko‘mak berish, sog‘lom muhitda yashashi uchun
tavsiyalar ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. Albatta hamkorlik ishlari davomida
xulqi og‘ishgan bolalar bilan ishlashda eng samarali va natijaga erishish uchun to‘g‘ri
yo‘ldir.
XULOSA
.
Tarbiya hamma zamonlarda jiddiy mas’ulyat talab qiladigan jarayondir.
Bugungi kunda har bir ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslar o‘z ishiga
ma’sulyat bilan yondashmasalar, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning o‘tish davri
bilan bog‘liq muammolari, ijtimoiy sabablar, do‘stlar ta’sirida yuzaga kelgan xulqidagi
og‘ishlar murakkablashib borishi mumkin. bolarlarda tarbiyasi qiyinlik, xulqida
og‘ishlarni o‘z vaqtida aniqlab yordam ko‘rsatilsa bu enga xavfli holatlarni oldini
olishga erishish hisoblanadi. Psixologik treninglar, guruhli terapiyalar, individual
tarzda olib boriladigan psixologik ko‘mak, xulqi og‘ishgan bolalar bilan olib
boriladigan psixologik tuzatish jarayonlaridir. Psixologlar ish jarayonida aniq maqsad
va reja asosida uzoq muddatli faoliyatlarini olib borishlari zarur hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M.atadjanov, D.A.Saliyeva. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi. Qo‘qon 2020
2.
E.G’oziyev “Psixologiya”
3.
Dyuj Dj “Psixologiya va pedagogika”
4.
E.G’oziyev “Umumiy psixologiya”
5.
Asilova, S. X. (2023). O ‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO
‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZIMLARI.
6.
Alijon, M., Rahmonjon, A., & Asilova, S. (2023). TA'LIM JARAYONIDA ISH
STRESSI BILAN BOG'LIQ MUAMMOLARGA PSIXOLOGIK YECHIM.
QO
‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
, 854-860.
7.
Asilova, S., & Abdulxaqov, N. (2024). MAKTAB BITIRUVCHILARINI KASB-
HUNAR
TANLASH
MUAMMOLARIGA
PSIXOLOGIK
YORDAM.
Interpretation and researches
.
8.
Xatamboyevna, A. S. (2024). O ‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO
‘NALTIRISDA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YORDAM.
JOURNAL OF
MULTIDISCIPLINARY BULLETIN
,
7
(1), 16-20.
9.
Asilova, S. X. (2023). MAKTAB BITIRUVCHILARINI KASB TANLASH
MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI.
YOUTH,
SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND
INNOVATIONS
,
2
(8), 12-16.
10.
Rahmonjon,
A.,
&
Asilova,
S.
(2023).
BILISH
JАRАYONLАRI
PАTOLOGIYАSI.
QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
, 770-772.
11.
Alijon, M., Iqlimaxon, A., & Asilova, S. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O
‘QUVCHILARINI
12.
MAKTABGA MOSLASHUVIDA PSIXOLOGIK YORDAM.
QO ‘QON
UNIVERSITETI XABARNOMASI
, 861-864.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_3-to’plam_May-2025
28
ISSN:3030-3613
13.
Xatamboyevna,
A.
S.
(2023).
MAKTABGACHA
TA
‘LIM TASHKILOTLARIDA
14.
TARBIYALANAYOTGAN 6-7 YOSHLI BOLALARNI IJTIMOIY-HISSIY
RIVOJLANISHINING
SHARTSHAROITLARI.
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR
15.
JURNALI
,
2
(17), 344-350.
16.
Raximjonovna, U. N. (2023). O ‘SMIR YOSHIDAGI O ‘QUVCHILARDA
“TARBIYA” FANINI O ‘QITISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O
‘RGATISH. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science
& Humanities, 11(6), 232-237.
17.
Asilova, S. X. (2023). O ‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO
‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZIMLARI.
18.
Xursanov, O. (2023). TALABALARNI HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI
ASOSIDA
O‘QUV
-
MA’NAVIY
MOSLASHUVCHANLIK
IMKONIYATLARINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI (1 - KURS
19.
TALABALARI MISOLIDA). Educational Research in Universal Sciences, 2(12),
264–269. Retrieved from
http://erus.uz/index.php/er/article/view/5519
20.
Umarov Tokhirjon. (2024). PROVISION OF PSYCHOLOGICAL SERVICES IN
EXTREME
21.
SITUATIONS IS SOCIAL. International Multidisciplinary Journal of Universal
Scientific
Prospectives,
2(2),
1–6.
Retrieved
from
https://izlanuvchi.uz/index.php/iz/article/view/28
22.
Умаров
Тoхиржон.
(2024).
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ
ПРИНЦИПЫ
ОТНОШЕНИЙ МЕЖДУ ПРЕДСТАВИТЕЛЯМИ РАЗНЫХ РЕЛИГИЙ.
Yosh
Tadqiqotchi
Jurnali
,
3
(2),
18–25.
Retrieved
from
https://2ndsun.uz/index.php/yt/article/view/655
23.
Умаров,
Т.
(2024).
ВЛИЯНИЕ СОВРЕМЕННЫХ
ИГРУШЕК НА ДЕТСКУЮ
ПСИХОЛОГИЮ.
Integration of Economy and
Education in the 21st century
,
2
(2), 18-21.