Authors

  • Shamsiddinov Bahodir Mirzaxmad o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96214

Keywords:

Kalit so’zlar: Tarixiy madaniy meros etnoan'ana madaniyat baxshichilik milliy qadriyatlar moddiy-madaniy meros ob'yekti milliy madaniyat yodgorlik va obidalar madaniy qiymatga ega bo’lgan binolar.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada tarixiy-madaniy boyliklar va ularga bo’lgan munosabat, 
ma'naviy  va  madaniy  merosdan  foydalanish,  ularni  asrab-avaylashga  bo’lgan 
munosabat, horijiy sayyohlarni jalb qilish muammolari yoritiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

336

ISSN:3030-3613

TARIXIY OBIDALAR – O‘ZBEK XALQINING MILLIY BOYLIGI

Shamsiddinov Bahodir Mirzaxmad o’g’li

Toshkent KIMYO XALQARO

UNIVERSITETI

Namangan filiali

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya.

Maqolada tarixiy-madaniy boyliklar va ularga bo’lgan munosabat,

ma'naviy va madaniy merosdan foydalanish, ularni asrab-avaylashga bo’lgan
munosabat, horijiy sayyohlarni jalb qilish muammolari yoritiladi.

Kalit so’zlar:

Tarixiy madaniy meros, etnoan'ana, madaniyat, baxshichilik, milliy

qadriyatlar, moddiy-madaniy meros ob'yekti, milliy madaniyat, yodgorlik va obidalar,
madaniy qiymatga ega bo’lgan binolar.


Har bir davlatda xalqining o’tmishi va ulug’vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy

obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa
oladi, o’z davlatining tarixidan faxrlanadi va g’urur tuyg’usini his etadi. Dunyoda inson
qo’li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o’z jozibasini yo’qotmay
kelayotgan tarixiy obidalar ko’plab uchraydi. Ammo har birining alohida o’rni, nufuzi
va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go’zallikka
intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qo’llari bilan aqlga sig’dirib bo’lmas
darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari, san’at sohasidagi ishlar
va albatta me’morchilik joy oladi.

Inson bugungi kun bilangina yashab moziyga nazar solmas ekan o’tmishi va

an’analarini unutib qo’yadi. O’z tarixini bilmagan xalqning esa kelajagi yo’qdir.
Qadimgi Misr tarixiga nazar tashlasak, ular o’z rivojlanishi davomida asriy an’ana va
qadriyatlariga sodiq qolib, chetdan kirgan yangiliklarni o’z an’analariga moslab
keraklilarinigina qabul qilganlar. Qurilish, fan, tabobat sohalarida ham qadriyatlariga
sodiq qolganlar.

Vatanimiz hududida ham o’tmishdan sado beruvchi ko’plab tarixiy me’moriy

obidalar bizgacha yetib kelgan. Ular mahobati, o’ziga xos me’moriy uslubi va did bilan
ishlangan naqshlari orqali nafaqat ichki sayyohlarni, balki xorijiy san’atsevarlarni ham
jalb etmoqda. Ushbu obidalarni ziyorat qilish yosh avlod qalbida ham g’urur, ham
iftixor tuyg’usini uyg’otadi. Vatanining o’tmishidan faxrlangan inson esa o’z oldiga
ajdodlarga munosib avlod bo’lishni maqsad qilib oladi. Qadimda yaratilgan har bir
tarixiy obida bizni kechagi kun bilan chambarchas holda bog’lab turadi va ana shu davr
nafasini his etishimizga ko’maklashadi. Inson ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi kuchlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

337

ISSN:3030-3613

qatorida tarixiy obidalar o’rni alohida ta’kidlanayotgani bejiz emas. Bunday binolar
inson qo’l mehnati, nozik didi va betakror g’oyalari mahsulidir. Inson omili esa
bugungi kungacha jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholab kelinadi. Tarixda
bunday loyihalarni qudratli davlatlargina mablag’ bilan taminlay olgan
xolos. Sohibqiron Amir Temur aytganlaridek: “Kuch-qudratimizga shubha qilsang,
biz qurgan binolarga boq”. Bu jumlaning o’zi ham ulug’ davlatchilik tariximizni bizga
eslatib turadi. Tarixiy obidalarga tashrif buyurgan inson xuddi o’tmishga, sehrli
diyorga tushib qolgandek his qiladi o’zini va ana shu davr hayot tarzi ko’z oldida
gavdalanadi. Tarixiy obidalar barpo etilishida ishlatilgan zarra qumdan tortib, mislsiz
darajada betakror naqshlar va zarhal bezaklargacha bo’lgan barcha unsurlar go’yo tilga
kirib ana shu davr haqida tashrif buyuruvchiga so’zlab bergandek tuyuladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tarixiy obidalarga bo’lgan e’tiborning yuqori
darajada bo’lishi ham ularning kelajak avlod uchun nechog’lik ahamiyatli ekanligidan
nishonadir. Yoshlarni ushbu obidalarning har bir qismini mukammal o’rganishi va
qalban his etishiga imkon yaratish borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning
talabalarning o’qish yili davomida amaliyot soatlarini oshirishga doir qarorlari
ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha tahsil olayotgan yoshlar uchun katta imkoniyatlar
darvozasini ochib berdi. Bunday obidalarni ko’rish orqali har kim ma’naviy ozuqa
oladi, shu bilan birga ruhan tetiklashadi.

Birgina Samarqand misolida olib qarasak, u yerni “Sayqali ro’yi zamin” deb

atalishi bejiz emas. Bu hududda Sherdor, Tillakori, Ulug’bek, Bibixonim madrasalari
va ko’plab boshqa tarixiy binolar joylashgan. Ularning har biri takrorlanmas
go’zallikka ega. Shu xususiyatlar orqali Registon maydoni butun dunyo xalqlarini
o’ziga jalb etib kelmoqda. Ushbu maydonda joylashgan Tillakori madrasasi tarixiga
nazar tashlasak, madrasa 1646-1660-yillar davomida qurib bitkazilgan bo’lib, qurilish
ishlariga Samarqand hokimi Bahodir Yalangto’sh homiylik qilgan. Madrasa
karvonsaroy asosi ustiga qurilgan. Dastlab “Yalangto’shbiy kichik madrasasi” deb
nomlangan. Madrasa qurilishida yana boshqa bir maskan qurishga yetadigan
miqdordagi mablag’ ishlatilgani uchun “ Tillakori” deb yuritila boshlangan. Madrasa
aql bovar qilmas darajada serhashamligi bilan boshqalaridan ajrab turadi. Har bir
peshtoq chuqur ravoqli qilib ishlangan va o’z navbatida bu katta mehnat va mahorat
talab etgan. Qurilishda eng mohir pardozchilar, me’morlar ishtirok etgan. Yana bir ajib
tomoni xonaqoh to’riga marmardan jimjimadar mehrob va zinapoyali minbar
ishlangan. Bino ravoqida marmarga pardoz ishlari 1659-1660-yillar tugatilgani o’yib
yozilgan. Birgina pardoz ishi bunday uzoq vaqat talab qilganligi ham madrasa yuqori
did bilan bezatilganining isbotidir. Tashrif buyuruvchini birinchi navbatda zarhal va
ko’zni qamashtiruvchi bezakli naqshlar o’ziga rom etadi. Koshinlarning rangi esa
takrorlanmas darajada go’zaldir, tadqiqotlar davomida ham bunga o’xshash rang yarata
olinmadi. Baland gumbazlaridagi koshinlari feruza rangda bo’lib, o’ziga xos


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

338

ISSN:3030-3613

ulug’vorlik kasb etgan. Har bir bezak takrorlanmasligi va uyg’unligi bilan inson ko’zini
qamashtiradi. Bezak mavzularining boyligi, naqshlarning haddan tashqari xilma-xilligi
va bo’rtma yozuvlarning jozibasi boshqa hech bir binoda takrorlanmaydi. Mehrobdagi
o’yma kosachalar zarhallanib Qur’oni Karim oyatlaridan olingan yozuvlar orqali
bo’rtma shaklda to’ldirilgan. Madrasaning eshiklaridan tortib ravoqlarigacha alohida
did va e’tibor bilan bezatilgan. Har bir eshik murakkab naqsh va xattotlik uslubidagi
yozuvlar bilan pardozlangan. Hali obida ichiga kirmasdanoq inson ko’zi zarhal
bezaklardan qamasha boshlaydi. Hovli sahni 50x50 metr bo’lib, hammayoq noyob
marmarlar bilan qoplangan. Hujralar tobadoniga panjaralar ishlangan. Har bir hujra
yoz kunlari salqin, qishda esa iliq bo’lgan. Madrasani ko’rgan insonning me’mor
mahoratiga tan bermasdan iloji yo’q.

Yurtimizdagi ertaknamo shahar hisoblanmish Ko’hna Xivada ham ko’plab

o’tmish ulug’vorligidan sado beruvchi obidalar mavjud. Ulardan biri Kalta Minordir.
Minora yurtimizdagi barcha binolardan sir-sinoati, jozibasi, asl holda saqlanganligi va
hashamdorligi bilan ajralib turadi. Minora 1853-yildan bunyod etila boshlagan va
oxiriga yetkazilmagan. Shunday bo’lsa ham hanuz tarixnavislarni jalb etmoqda.
Tashrif buyuruvchini lol qoldiruvchi jihatlardan biri poydevorning 15 metr chuqurlikda
joylashganligidir. Minora balandligi 29 metr. Agarda oxirigacha qurilganda 100 metrni
tashkil etgan bo’lardi. Minoraga quyosh nurlari to’liq tushadi. Shunga qaramasdan
birorta bezakning tovlanish xususiyati yo’qolmagan. Quyosh tik chiqqan payt naqshlar
nuri ko’zni qamashtiradi. Bino mustahkam bo’lishi uchun pastdan yuqoriga qarab
torayib borgan. Har bir qarich joy takrorlanmas, nafis geometrik naqshlar bilan
bezatilgan. Nomlanishi esa uning konussimon ko’rinishiga qarab belgilangan. Inson
ko’ziga juda ham bahaybat va salobatli bo’lib ko’rinadi. Minoraga yog’och zinalar
orqali 2-qavatdan kiriladi. Bezash jarayonida ishlatilgan ranglar tarkibi hanuz
sirligicha qolmoqda. Zukko pardozchilarning hech bir ishi qayta takrorlanmagan.
Hududda shunday muhit yaratilganki, u yerga kirgach, barcha narsani unutib o’tmish
zarvaraqlari uzra hayol sura boshlaysiz.

Insonni lol qoldiruvchi jihatlardan yana biri, ayrim binolarda butun boshli bir

xona devor ichiga o’yib ishlangan tokchlarga qo’yilgan sham orqali isitilgan. Hatto
Xorazmdagi Juma masjidda imomning so’zlari devor teshiklari orqali butun hududga
tiniq holda yetib borgan. Hududlarda yerdan zax ko’tarilmasligi uchun inshoot
hovlisiga tut daraxti ekilgan. Bularning bari o’sha davr me’morlarining zakovati,
uzoqni ko’ra olishi va o’z kasbining fidoiysi ekanligini isbotlaydi. Turli vositalarning
sinoati hanuz topilmagani esa har bir bino qurilishidagi ishlar qayta takrorlanmaganligi
va kasb siridan dalolat.

Har bir hududda o’zgacha me’morchilik uslubi bor. Vodiy ham bundan mustasno

emas. Har bir tarixiy obida singari Qo’qon shahrining ramzi hisoblangan Xudoyorxon
o’rdasi ham maxsus jihatlari bilan boshqalaridan keskin farq qiladi. Inshoot XIX asr 2-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

339

ISSN:3030-3613

yarmida Xudoyorxon farmoniga asosan me’mor Mir Ubaydulla rahbarligida bunyod
etilgan. Koshinlarni rishtonlik mohir usta Abdulla mahorat bilan ishlagan. Bino
tepalikda baland g’ishtin poydevor bilan qurilgan. O’ziga xos tomonlaridan biri u yerda
100 ga yqain katta-kichik xonalari borligidadir.

Markazda xon qarorgohi, salommxona joylashgan. Ikkinchi hovlida haram bo’lib,

har birida nozik did bilan bezatilgan o’tish ayvonlari bo’lgan. Quyma ganchdan ko’p
foydalanilgan. O’rda devorlari pishiq g’ishtdan ko’tarilgan bo’lib, ko’plab ravoqlar
qoldirilgan. Obida ustalik bilan handasiy naqshlar va parchinlar bilan pardozlangan.
Har bir xona o’yma ganchkori qilinib, shiftlarga nafis va rangdor gullar ishlangan.
Devorlar noyob va takrorlanmas naqshlar bilan ziynatlangan. Ayvonlar sahniga
qimmatbaho marmarlar mohirlik bilan yotqizilgan. Tashrif buyurgan inson dabdaba va
shohonalik og’ushida o’zini bir lahza xon deb his etadi.

Vatanimiz hududida bularga o’xshash yuzlab obidalar mavjud. Agarda yoshlarni

bu qadamjolarga olib borilsa, ular naqadar buyuk yurt farzandlari va dono insonlarning
avlodlari ekanligini yana bir bor anglab yetadi. Bunday obidalar nafaqat o’sha davr
uchun, balki hozirgi davr uchun xizmat ko’rsatib kelmoqda. Ularning bugungi kundagi
o’rni yurtimizga sayyohlarni jalb etayotgani va butun dunyoga O’zbekiston nomini
tanitayotgani bilan baholanadi.

Qadimgi Sharq falsafasida, urf-odati va turmush tarzida tarixiy madaniy merosni

ezozlash katta o’rin tutadi. Ulug' alloma Konfuziy (er.avv. 531-479 yillar) fikricha:
"Urf-odatlardan foydalanish kishilarni murosaga keltiradi. Qadimgi hukmdorlarning
odatlari go’zal edi. Ular o’zlarining katta va kichik ishlarini urf-odatlarga muvofiq
amalga oshirganlar. Mutafakkir "Urfodatlar, ota-ona, ular merosi insonparvarlikka
o’rgatadi, insonparvar bo’lmay boshqaruv bilan shug'ullanib bo’lmaydi", - degan fikrni
ilgari suradi.

Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli ilk tarixiy-

madaniy merosga oid ilmiy asarida shunday yozadi: "Mendan so’ralgan savollarga olib
keladigan sabablardan yaqinrog'i o’tmish millatlarning va ilgarigi voqealarni
bilmoqdir. Chunki xabarlarning aksari o’tmish millatlarning ahvollari, rasm va
shariatlarining bayonidan iborat bo’lib, uni bilmak aqliy narsaga suyanish, seziladigan
narsalarga solishtirish bilangina bo’lmay, balki kitob ahllarini va turli ra'y egalariga
asoslanishini talab etadi. Tarix isbotida ularning so’z va ra'ylarini bir-biriga solishtirish
kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning sa'yharakati
bilan etnoan'analarimizdan unumli foydalanish va ularni jahonga yoyish maqsadida
ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, "Sharq taronalari, xalqaro musiqa
festivalini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish chora tadbirlari to’g'risida" (2019 yil 26
fevral), "Halqaro maqom san'ati anjumani o’tkazishga tayyorgarlik chora-tadbirlari
to’g'risida" (2019 yil 26 fevral), "Halqaro hunarmandchilik festivalini o’tkazib
borishga oid chora-tadbirlar to’g'risida" (2019 yil 3-oktayabr), "O’zbekiston


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

340

ISSN:3030-3613

Respublikasida zargarlik tarmog'ini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to’g'risida"
(2019 yil 18 may), "Halqaro baxshichilik fetsivalini o’tkazish to’g'risida" (2018 yil 1-
noyabr) kabi Farmon va Qarorlarida tarixiy madaniy merosga mutloq yangicha e'tibor
yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularda tarixiy-madaniy meros "noyob va buyuk san'at",
"tengsiz ma'naviy boylik" ekani ta'kidlanadi. “Mana shunday kasb va buyuk san'at, -
deydi afsus bilan Sh.M.Mirziyoyev. -Bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik
namunasiga aylanib ko’p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj
bo’lib turgani, bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Shu sababli tengsiz madaniy
boyligimiz bo’lmish mumtoz baxshilik san'atini, xalq ijodining nodir namunalarini
asrab avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi
ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning shuningdek davlat va jamoat arboblari, barcha
madaniyat ahlining burchidir"

O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga ham "Davlat va jamiyat,

milliy qadriyatlarni himoya qilish, o’zbek xalqi ma'naviy va madaniy merosining
uzluksizligini ta'minlash to’g'risida g'amxo’rlik qiladi", - deyilgan 49-moddani
kiritilishi madaniy merosimizga befarq bo’lmagan barchani quvontirdi.

So’nggi yillarda ma'naviy va madaniy boyliklarimizni asrab-avalashga qaratilgan

ishlar faol olib borilmoqda. Masalan, o’tgan yillar davomida Respublikamizda
"Madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g'risida"
hamda "Arxeologiya merosi ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to’g'risida"gi qonunlari qabul qilindi. Umumjahon madaniy va tabiiy merosni
muhofaza qilish to’g'risidagi konvensiyada halqaro shartnoma imzolandi. Ushbu
konvensiya doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlari tarixiy
markaz Yuneskoning umumjahon merosi ro’yhatiga kiritildi.

Turizm va madaniy meros vazirligi va uning huzuridagi madaniy meros agentligi

tashabbusi bilan 5-6 oktyabr kunlari Samarqandda ilk bor O’zbekistonda restovratsiya
san'atini qayta tiklash, madaniy meros va madaniy yodgorliklarni asrashga doir dolzarb
masalalar muhokama qilindi. Tadbirda o’zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini aks
ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosni asrab-avaylashni kuchaytirish haqida so’z
yuritildi. Sohani raqamlashtirish, innovatsion va moddiy texnika bazasini
mustahlamlash, jahonning ilg'or tajribalarini samarali qo’llash choralari kelishib olindi.

O’zbekiston Respublikasi bosh vazir o’rinbosari, turizm va madaniy-meros vaziri

Aziz Abdulhakimov "Tarixiy obidalar faqatgina turizm ob'yekti emas, birinchi
navbatda xalqimizning boyligidir, ularda millatning tarixi, madaniyati aks etadi"-degan
edi.

Haqiqatdan ham, barcha tarixiy obidalar, yodgorliklar xalqimizning milliy

boyligidir. Buyuk sohibqiron Amir Temur ham "Bizning kimligimizni bilmoqchi
bo’lsang, qurgan imoratlarga boq" - deb bejiz aytmagan. Shuning uchun tarixiy, ilmiy,
badiiy va o’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan ayrim imoratlar, binolar, diqqatga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

341

ISSN:3030-3613

sazovar joylarni asrab-avaylash, har bir imonli va vijdonli kishining burchidir. Lekin
so’nggi paytlarda madaniy yodgorliklardan turli maqsadda foydalanishlar avj olmoqda.
Masalan, Samarqanddagi tarixiy bino qoldiqlarini buzib tashlash, qo’pol texnika
vositalarini ishlatish, tarixiy obidalarni turli maqsadlarda foydalanish. Horijiy
sayyohlar bizning yurtimizga tarixiy yodgorliklarni, ma’naviy-madaniy ob’yektlarni,
merosimizni, o’ziga xos milliy binolarimizni ko’rish uchun sayohatga keladi. Ularga
qo’tidek bir xil imoratlarni ko’rishning ahamiyati yo’q. Shuning uchun milliy
boyligimiz bo’lgan ma’naviy-madaniy merosimizni, milliy xususiyatlarni saqlagan
obida va inshoatlarni asrabavaylamog’imiz, kelajak avlodga ham bus-butun qoldirish
har bir ziyoli odamning oldidagi burch va majburiyatidir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qachonki inson o’zligini, azaliy qadriyat va

an’analarini unutar yoki ularga ularga biroz bo’lsa ham befarqlik bilan qarar ekan
ma’naviy tahdidlarga duch keladi va unga yengiladi. Shu sababdan ham yurtimizda bu
kabi tarixiy obidalar doimo yosh avlodga biz kim ekanligimiz, kimning
avlodlariligimiz va albatta kelajakda nimalarga erisha olishimiz mumkinligini eslatib
turuvchi qo’ng’iroq singari bong urib turaveradi. Obidalar qurilishida tarbiyaviy
jihatlar ham alohida e’tiborga olingan bo’lib, bunga yorqin misol tariqasida
obidalardagi har bir hujraning eshiklari inson bo’yidan past qilib yasalganligi, bu esa
xonaga kirayotganda u yerda o’tirgan shaxsga nisbatan egilib xurmat bajo qilishga
inson beixtiyor majbur bo’lganini anglatganligidir. Bu ham sharq ma’naviy
tarbiyasining o’ziga xos tomonlaridan biridir. Obidalarni o’z ko’zi bilan ko’rgan inson
esa ko’plab bunday ajoyib va tarbiyaviy holatlarga duch keladi. Shu bois mana shunday
ishlarni izchil amalga oshirish uchun yoshlarni tarixiy obidalar bilan yaqin
tanishtirishimiz va ularni asrab-avaylashga o’rgatishimiz lozim. Ular bunday obidalar
tarixini ming marta o’qib o’rgangandan ko’ra, bir marta borib ko’rganlari mqasadga
muvofiqdir. Yoshlarni o’z yo’llaridan odimlab borishida bu kabi inson ruhiyatiga
ma’naviy ozuqa beruvchi obidalarning o’rni beqiyosdir va buni hech narsa bilan
baholab bo’lmaydi. Biz ularni asrashimiz, dovrug’ini yetti iqlimga yoyishda
ko’maklashishimiz va kelajak avlodlarga asl holda yetkazishimiz zarur. Zero, bu
yurtning har bir farzandi ushbu obidalar orqali o’tmish ulug’vorligidan ozuqa olishga
haqlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O’zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoyevning "Halqaro baxshchilik san'ati festivali
ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi". //Xalq so’zi, 2020 yil, 7-
aprel.

2.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axbarotnomasi 2001 yil, 9-10 son.

3.

Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. 21.04.2021 yil. 03/21/683/0375-son,
18.05.2022 yil.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

342

ISSN:3030-3613

4.

Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlar: Tarixiy, ma'naviy-madaniy va tabiiy
meros davlat muhofazasidadir. daryo.uz

5.

Ma'naviy meros. forum.oyina.uz

6.

Мудрецы поднебесной. -Симферополь, Pеноме, 1998 г.

7.

Norqulov.D.T. Tarixiy madaniy-meros ijtimoiy falsafiy muammo sifatida.

8.

O’zbek progressiv ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixiga oid materiallar-Toshkent, Fan,
1959 yil.

9.

Sara Nashadi Ba'zi davlatlarda madaniy-meros yo’qolib bormoqda m.aniq.uz

10.

Tarixiy obidalar faqatgina turizm ob'yekti emas. xabar.uz

11.

Tarixiy madaniy obidalar. https://www.oqdaryo.uz

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

O’zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoyevning "Halqaro baxshchilik san'ati festivali

ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi". //Xalq so’zi, 2020 yil, 7-

aprel.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axbarotnomasi 2001 yil, 9-10 son.

Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. 21.04.2021 yil. 03/21/683/0375-son,

05.2022 yil.

Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlar: Tarixiy, ma'naviy-madaniy va tabiiy

meros davlat muhofazasidadir. daryo.uz

Ma'naviy meros. forum.oyina.uz

Мудрецы поднебесной. -Симферополь, Pеноме, 1998 г.

Norqulov.D.T. Tarixiy madaniy-meros ijtimoiy falsafiy muammo sifatida.

O’zbek progressiv ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixiga oid materiallar-Toshkent, Fan,

yil.

Sara Nashadi Ba'zi davlatlarda madaniy-meros yo’qolib bormoqda m.aniq.uz

Tarixiy obidalar faqatgina turizm ob'yekti emas. xabar.uz

Tarixiy madaniy obidalar. https://www.oqdaryo.uz