Mualliflar

  • Ziyoydinov Hasanboy Abdumajid oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96238

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: ekologiya tabiatni muhofaza qilish Oʻzbekiston atrof-muhit ifloslanish ekologik muammolar qonunchilik barqaror rivojlanish.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududida tabiatni muhofaza qilish 
bilan bogʻliq asosiy muammolar, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilinadi. Ekologik 
muvozanatning buzilishi, sanoat va qishloq xoʻjaligining salbiy taʼsiri, shuningdek, 
aholining ekologik madaniyat darajasini oshirish zarurati yoritiladi. Muammoni hal 
etishda  davlat  siyosati,  qonunchilik  va  jamoatchilik  ishtirokiga  alohida  eʼtibor 
qaratilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

216

ISSN:3030-3613

OʻZBEKISTON TABIATINI MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI

Ziyoydinov Hasanboy Abdumajid oʻgʻli

Andijon davlat pedagogika instituti

Geografiya yo‘nalishi talabasi.


Annotatsiya:

Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududida tabiatni muhofaza qilish

bilan bogʻliq asosiy muammolar, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilinadi. Ekologik
muvozanatning buzilishi, sanoat va qishloq xoʻjaligining salbiy taʼsiri, shuningdek,
aholining ekologik madaniyat darajasini oshirish zarurati yoritiladi. Muammoni hal
etishda davlat siyosati, qonunchilik va jamoatchilik ishtirokiga alohida eʼtibor
qaratilgan.

Kalit soʻzlar:

ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, Oʻzbekiston, atrof-muhit,

ifloslanish, ekologik muammolar, qonunchilik, barqaror rivojlanish.

Аннотация:

В статье рассматриваются основные проблемы охраны

природы в Узбекистане, анализируются причины и последствия экологического
дисбаланса.

Особое

внимание

уделяется

негативному

воздействию

промышленности и сельского хозяйства, а также необходимости повышения
уровня

экологической

культуры

населения.

Рассматриваются

роль

государственной политики, законодательства и участия общественности в
решении экологических проблем.

Ключевые слова:

экология, охрана природы, Узбекистан, окружающая

среда, загрязнение, экологические проблемы, законодательство, устойчивое
развитие.

Annotation:

This article explores the main environmental protection issues in

Uzbekistan, analyzing the causes and consequences of ecological imbalance. It
highlights the negative impact of industry and agriculture, and emphasizes the need to
raise public ecological awareness. The role of government policy, environmental
legislation, and community participation in addressing these issues is also examined.

Keywords:

ecology, environmental protection, Uzbekistan, environment,

pollution, ecological problems, legislation, sustainable development.


Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga,

tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va
umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga
qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga
davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va
maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

217

ISSN:3030-3613

Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy

muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning
birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami,
aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va
oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti
taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp
omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir
joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer
yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va
boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef,
tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy
muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan,
tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta
oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni

paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik,
sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy
maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat
boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi.
Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda
tutiladi.

Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va

tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga
erishadi.Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan
jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta
ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga,
tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday
oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas.

Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va

faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud:

1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan,

oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron
komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi;

2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi.

Bu xayot asosi;

3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik,

yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik);

4) zonallik;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

218

ISSN:3030-3613

5) regionallik.Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab

chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning
boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni
oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda
mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur
oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni
foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi
mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi.

Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta

boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.20-asrning
2yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi.da turli xil
kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil
ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi,
shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi
tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni

muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga
kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha
qonunlar qabul qilindi.

Bular „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan

foydalanish toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari toʻgʻrisida“ (1994-yil
23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini muhofaza
qilish toʻgʻrisida“ (1996-yil 27-dekabr), „Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish toʻgʻrisida“ va „Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish toʻgʻrisida“ (1997-yil 26 dekabr), „Davlat kadastrlari toʻgʻrisida“ (2000-
yil 15 dekabr), „Oʻrmon toʻgʻrisida“ (1999-yil 15-aprel), „Chiqindilar toʻgʻrisida“
(2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida

Tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi
50moddasida „Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga
majburdirlar“, deb koʻrsatilgan. 55-moddasida „Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik
va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir“, deyilgan. Mamlakatimizda
„Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi“ tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi
vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va
ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish;Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini
tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilish hamda resurslarni tejash
borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

219

ISSN:3030-3613

holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.Oʻzbekiston Tabiatni
muhofaza qilish sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va
dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok
etadi.

YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik

xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar
ishlab chikildi. 1993-yil mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta
Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari
boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish
xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik
sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud
sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.

Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir

qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan
oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda
tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston
jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va
ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilish haqidagi
bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va
muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik
madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatni,
uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus
va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar
sifatida oʻqitilmoqda.

Xulosa:

Oʻzbekiston tabiati noyob va xilma-xil resurslarga boy boʻlishiga

qaramay, uni muhofaza qilish bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Sanoat va qishloq xoʻjaligi faoliyatining keskin rivojlanishi, suv va havo ifloslanishi,
choʻllanish jarayonlari, oʻrmon va hayvonot dunyosining kamayib borishi ekologik
muvozanatni izdan chiqarmoqda.

Ushbu muammolarni hal etishda davlat siyosatini kuchaytirish, mavjud

qonunlarni amalda qoʻllash, aholining ekologik madaniyatini oshirish va
jamoatchilikni faol jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatni asrash — faqat
hukumat emas, balki har bir fuqaroning burchidir. Shunday ekan, barqaror rivojlanish
va sogʻlom kelajak uchun har birimiz ekologik masʼuliyat bilan yashashimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov I.A.

Tabiat – umumiy boyligimiz

. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2013.

2.

Joʻraev M., Tojiev N.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi asoslari

. –

Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_3-to’plam_May-2025

220

ISSN:3030-3613

3.

Oʻzbekiston Respublikasi “Atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi
Qonuni. – 2016-yil, 27-dekabr.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
oʻzgarishi vazirligining rasmiy veb-sayti:

https://eco.gov.uz

5.

Rasulov Sh.

Barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik

. – Toshkent: Ilm Ziyo,

2019.

6.

United Nations Environment Programme (UNEP).

Environmental Performance

Reviews: Uzbekistan

. – 2022.

7.

World Bank.

Uzbekistan Country Environmental Analysis

. –

Washington: World Bank Publications, 2023.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Karimov I.A. Tabiat – umumiy boyligimiz. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2013.

Joʻraev M., Tojiev N. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi asoslari. –

Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

Oʻzbekiston Respublikasi “Atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi

Qonuni. – 2016-yil, 27-dekabr.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim

oʻzgarishi vazirligining rasmiy veb-sayti: https://eco.gov.uz

Rasulov Sh. Barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik. – Toshkent: Ilm Ziyo,

United Nations Environment Programme (UNEP). Environmental Performance

Reviews: Uzbekistan. – 2022.

World Bank. Uzbekistan Country Environmental Analysis. –

Washington: World Bank Publications, 2023.