Mualliflar

  • Eshimov Doniyor O‘tkir o‘gli
  • Sanakulov Akmal Lapasovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96875

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Transpiratsiya turgorosentlik so‘lish suv taqchilik krotolaria.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA.  Butun  dunyoda  bugungi  kunning  asosiy  masalasi 
hisoblangan  oziq-ovqat  xafsizligi  muammosini  hal  etishda,  asosiy  yechim  deb 
hisoblanayotgan  no-ananaviy  dukakli-don  ekinlari  bilan  juda  ko‘p  ilmiy  tatqiqotlar 
olib  borilmoqda.  Shunday  ekinlardan  biri  Krotolaria  juncea  o‘simligi  hisoblanadi. 
Ushbu ilmiy maqolada Krotolaria juncea o‘simligining barglarini turgorosentlik va suv 
taqchilik darajasini aniqlash uchun o‘tkazilgan tajriba haqida ma’lumotlar keltirilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

89

ISSN:3030-3613

KROTOLARIA JUNCEA O‘SIMLIGINING BARGLARINI

TURGOROSENTLIK VA SUV TAQCHILIGI DARAJASI

Eshimov Doniyor O‘tkir o‘gli

Samarqand davlat universiteti magistri

Sanakulov Akmal Lapasovich

Samarqand davlat universiteti

q.x.f.d., professor

Tel:+998979154647

ANNOTATSIYA.

Butun dunyoda bugungi kunning asosiy masalasi

hisoblangan oziq-ovqat xafsizligi muammosini hal etishda, asosiy yechim deb
hisoblanayotgan no-ananaviy dukakli-don ekinlari bilan juda ko‘p ilmiy tatqiqotlar
olib borilmoqda. Shunday ekinlardan biri Krotolaria juncea o‘simligi hisoblanadi.
Ushbu ilmiy maqolada Krotolaria juncea o‘simligining barglarini turgorosentlik va suv
taqchilik darajasini aniqlash uchun o‘tkazilgan tajriba haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Transpiratsiya, turgorosentlik, so‘lish, suv taqchilik, krotolaria.

АННОТАЦИЯ

Во всем мире проводится множество научных

исследований нетрадиционных бобовых культур, которые рассматриваются как
основное решение проблемы продовольственной безопасности, которая сегодня
считается актуальной. Одной из таких культур является растение Crotolaria
juncea. В данной научной статье представлена информация об эксперименте,
проведенном по определению тургорного давления и уровня дефицита воды в
листьях растения Crotolaria juncea.

Ключевые слова

: Транспирация, тургор, увядание, дефицит воды,

Crotolaria.

ABSTRACT

There are many scientific studies being conducted around the

world on non-traditional legumes, which are considered as the main solution to the
problem of food security, which is considered urgent today. One of such crops is the
Crotolaria juncea plant. This scientific article presents information about an experiment
conducted to determine the turgor pressure and the level of water deficit in the leaves
of the Crotolaria juncea plant.

Keywords

: Transpiration, turgor, wilting, water deficit, Crotolaria

O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra oziq-ovqat va xom-ashyo beruvchi

o‘simliklarni yetishtirish uchun

qulay

mintaqa hisoblanadi

Bugungi kunda

dunyoning barcha davlatlarida oziq-ovqat ta’minoti masalasi ustuvor vazifalardan
biriga aylangan. Shu bilan birga eng asosiy muammolardan biri bu oqsil masalasi, ya’ni
insoniyatning oqsilga bo‘lgan talabini qondirishdir. Bu masalani yechishda dukkakli-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

90

ISSN:3030-3613

don ekinlarining ahamiyati katta. Respublikamizda

qishloq xo‘jaligi amaliyotida

so‘nggi yillarda ekinlarni biologik xususiyatlarini e’tiborga olib, tuproq-iqlim
sharoitiga mos ekinlar turi tanlanib almashlab ekish tizimlarida ekinlar strukturasini
yangilab borish, hamda agrotexnologiyalarini ishlab chiqish orqali tuproq
unumdorligini yaxshilash, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan samarali
foydalanish natijasida yerlarning unumdorlik xususiyatlarini saqlash va oshirish,
ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda ma’dan o‘g‘itlarni tejalishi hisobiga paxta
yetishtirishda ishlab chiqarish tannarxining kamaytirishga erishilmoqda
Mintaqamiz uchun yangi introduksiya qilinadigan dukkakdoshlar oilasiga mansub
Krotalariya(juncea) o‘simligi no’annaviy dukakli don ekinlari sirasiga kiradi.

Krotalariya(juncea) o‘simligini biologik va fiziologik xususiyatlarini

o‘rganish orqali o‘simlikning potensial imkoniyatlari, hosildorligi, biomasa va
tuproqni azot bilan boyitish darajasini kashf qilamiz.Bizni talablarimizni qondira
oladigan har qanday o‘simlikning mamlakatimizning iqlim va tuproq sharoitiga mos
kelishini o‘rganish tatqiqotchi olimlar oldida turgan muhum vazifalardan biri dir.

Ush bu maqolada Krotalariya(juncea) o‘simligi Samarqand viloyatining tipik

bo‘z tuproqlari sharoitlarida barglarini turgorosentlik va suv taqchilik darajasi
o‘rganildi.

Madaniy o‘simliklarda tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv

miqdorining bir-biriga to‘g‘ri kelishi hosildorlikni oshishida muhim omil hisoblanadi.
O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Lekin
yozning ochiq kunlarida quyosh nurlari ta’siridan transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik
qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi.
Oqibatda, suv defitsitligi (taqchilligi) ro‘y beradi. Aksariyat hollarda defitsitlik 5-
10%ga teng bo‘ladi va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi, asosan, tush vaqtida
bo‘ladigan bunday suv taqchilligi odatdagi hodisa hisoblanadi. O‘simlik uning ta’sirida
transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv
taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.[1]

Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori kamayib

qolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi va
o‘simliklarning suv muvozanati qattiq buziladi. Bu ayniqsa sutkaning eng issiq
soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib qoladi.

So‘ligan o‘simlik o‘z vaqtida suv bilan ta’minlansa, u yana (normal) turgor

holiga qaytadi. O‘simliklar vaqtincha yoki uzoq vaqtgacha so‘lishi mumkin. Vaqtincha
so‘lish havo juda issiq va quruq bo‘lganida ro‘y beradi. Ya’ni suv muvozanati
buziladi, lekin kechga tomon transpiratsiya pasayib qolishi bilan o‘simlikka o‘tadigan
suv miqdori bilan undan chiqib ketadigan suv miqdori yana baravarlashadi va
o‘simliklar o‘zlarining avvalgi holatiga qaytadi. Vaqtincha so‘lish o‘simlikka ko‘p


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

91

ISSN:3030-3613

zarar qilmasa ham hosilni kamaytiradi. Chunki bu paytda fotosintez va o‘sish
to‘xtaydi. [3]

Tuproqda suv miqdori kamayganda esa, so‘lish uzoq vaqtgacha davom etadi.

Bunday holatda hujayralardagi suv kamchiligi tezda tiklanmaydi va hatto kechasi ham
normal fiziologik jarayon boshlanmaydi. Kechasi tiklanmay qolgan suv miqdori
qoldiq defitsit deyiladi. Bunday holga uchragan o‘simliklar ko‘proq zararlanadilar
Uzoq davom etgan so‘lish qaytmas o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi va bunday hujayralar
sug‘organdan keyin ham qurib qolishi mumkin.[1]

So‘lish o‘simlikning, ayniqsa, yosh generativ organlariga ko‘proq ta’sir etadi.

Gul organlarining shakllanishi kechikadi, generativ organlarning to‘kilishi kuchayadi
va hosildorlik keskin kamayadi. Donli o‘simliklarda boshoqlar yaxshi yetilmaydi,
donlar soni kam va puch bo‘ladi. G‘o‘zada esa shonalar, gullar va yosh ko‘saklar
ko‘proq to‘kiladi.[3]

Umuman, suv taqchilligining zararli ta’siri hamma o‘simliklarda bir xil emas.

Bunday chidamlilik o‘simlik turlariga bog‘liq. Masalan, yorug‘liksevar o‘simliklar
(kungabohar, kartoshka) tanasidagi suvning 25-30% ni yo‘qotganda ham ularda
so‘lishning tashqi belgilari yaxshi sezilmaydi. Soyaga chidamli o‘simliklar suvlarini
13-15% yo‘qotishi bilan so‘lib qoladilar. Botqoqlikda yashovchi o‘simliklar eng
chidamsiz bo‘lib, suv taqchilligi 7% bo‘lganda qurib qoladi.[2]

Aniqlash uchun tajriba dala maydonimizda o‘stirilayotga tatqiqot obektim

Crotalaria juncea o‘simligining tanasining o‘rta qismidan 3-4 donadan 3ta variant
uchun barg qaychi yordamida kesib olinadi va barglarning og‘irligi tezlik bilan analitik
tarozida o‘lchanadi. Og‘irligi aniqlangan barglar chinni yoki shisha kristalizatorlardagi
toza suvga botirilib ko‘yiladi. Suvga botirilib ko‘yilgan barg to‘qimalari etarli
miqdorda suvni shimib olishini ta’minlash maqsadida 2 soat kuzatiladi. Mo‘ljallangan
vaqt tugagandan so‘ng, barglar suvdan olinib, ikki qavat filtr qog‘ozi o‘rtasiga solinadi
va barg yuzasidagi suv tomch shimitilib olinadi. Yuzasidan ortiqcha suv tomchilaridan
xolis qiligan barglarning og‘irligi yana analitik tarozida aniqlanadi ho‘l og‘irligi
aniqlangan barglarning quruq massasini aniqlash maqsadida ular uchta qog‘ozdan
tayyorlangan paketlarga joylashtirilib, quritgich shkaflarida 105° da to‘la quritiladi.
Quritilgan barglarning og‘irligi ham analitik tarozida aniqlanadi. Olingan barcha
ma’lumotlar ( 3.3-jadvalga )yoziladi

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib o‘simlik barglarining

turgorosentlik (barglardagi suv miqdori) va suv taqchilligini aniqlash mumkin.
Barglarning turgorosentlik darajasini: Aniqlash uchun biz olingan namunalarni
natijalarini tegishli formula yordamida hisob-kitob qildik dastlabki olchashlarda 1-
variant 1.32g, 2- variant 0.72g, 3- variant 0.94g namunalar olinib 2 soat davomida
suvda saqlandi va suvdan olingandan keyin har bir namuna analitik tarozida o‘lchab
olindi olchash natijalariga ko‘ra: 1- variant 2.04g ,2- variant 1.20g , 3-variant 1.48g ni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

92

ISSN:3030-3613

tashkil qildi bu korsatgichlar 2 soat suvda saqlash natijasida barglar suvni shimib olishi
bilan tajriba varinatlarimizni massa jihatdan ortganligini kuzatdik

3.3-jadval

Barglarning turgorosentlik darajasi: Aniqlash uchun biz olingan namunalarni

natijalarini tegishli formula yordamida hisob-kitob qildik dastlabki olchashlarda 1-
variant 1.32g, 2- variant 0.72g, 3- variant 0.94g namunalar olinib 2 soat davomida
suvda saqlandi va suvdan olingandan keyin har bir namuna analitik tarozida o‘lchab
olindi olchash natijalariga ko‘ra: 1- variant 2.04g ,2- variant 1.20g , 3-variant 1.48g ni
tashkil qildi bu korsatgichlar 2 soat suvda saqlash natijasida barglar suvni shimib olishi
bilan tajriba varinatlarimizni massa jihatdan ortganligini kuzatdik .

Bu ho‘l og‘irligi aniqlangan barglarning quruq massasini aniqlash maqsadida

ular uchta qog‘ozdan tayyorlangan paketlarga joylashtirilib, quritgich shkaflarida 105°
da to‘la quritildi. Quritish barcha variantlarda apsolyut o‘zgarmas massaga kelguncha
davom etirildi Quritilgan barglarning og‘irligi ham analitik tarozida aniqlanadi
olingan natijalar quyidagilar 1-variant 0.28g, 2- variant 0.17g, 3- variant 0.19g ogirlik
larni ko‘rsatdi . Bu olingan natijalar asosida turgorosentlikni hisoblash uchun tegishli
formuladan foydalanib quyidagi natijalar olindi:1- variant uchun turgorosentlik 59 %
ni, 2- variant uchun turgorosentlik 53% ni ,%ni3- variant uchun turgorosentlik 58% ni
tashkil etdi. Bu ko‘rsatgichlarning umumiy o‘rtachasi 57%ni tashkil etdi .Bu olingan
natijalarda tatqiqot obektimni suv taqchiligini ham aniqladim
Variantlar kesimida 1- variant uchun 40.9% ni,2-variant uchun 46.6%ni,3- variant
uchun 41.8% ni tashkil etdi.Bu natijalarni o‘rtacha qiymati 43.3%ni tahshkil etdi

Xulosa

tajribada turgorosentlik darajasining barcha namunalarda 50 % dan

yuqori ekanligi hamda suv taqchillik darajasi 40 % dan yuqori ekanligi aniqlandi .
Bu natija asosida Krotalariya(juncea) o‘simligining qurg‘oqchil iqlimga qanchalik
moslashganligi ko‘rinadi . Bunday yuqori qurg‘oqchilikga chidamli dukakli-don ekini

O‘simlik

nomi

takrorlanish

Barglarning og‘irligi,g

turgorosentlik taqchilligi

dastlabki

Suvga

botirilgan

quruq

Crotalaria
juncea

1

1.32

2.04

0.28

59%

40.9%

2

0.72

1.20

0.17

53%

46.6%

3

0.94

1.48

0.19

58%

41.8%

o‘rtacha

2.98

4.72

0.64

57%

43.3%


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_5-to’plam_May-2025

93

ISSN:3030-3613

mamlakatimizning qurg‘oqchil hududlari hisoblangan Qoraqlpoqiston respublikasi,
Xorazm , Navoyi, Buxoro viloyatlari hududida ekib yetishtirilishga munosib ekin
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiotlar

1.

Boboqulov Z.R. Avazov M.M. (2022) “Globallashuv davrida ozoq - ovqat ta’minoti
xavfsizligini ta’minlashning dolzarb vazifalari”. Respublika miqyosidagi ilmiy -
amaliy konfirensiyaning ilmiy maqolalar to‘plami. Samarqand QK KMTM, – B.
213-215

2.

Xo‘jayev J.X., Keldiyorov X.O., Jo‘rayeva Z.J., Atayeva Sh.S. O‘simliklar
fiziologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. Samarqand 2019

3.

B.S.Avutxonov. O‘simliklarning noqulay omillarga chidamlilik fiziologiyasi
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU
nashri, 2019. 91 bet

4.

Hasanov I.A., G‘ulomov P.N. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. (1-qism)- Toshkent,
UzMU-2009. -176 b

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiotlar

Boboqulov Z.R. Avazov M.M. (2022) “Globallashuv davrida ozoq - ovqat ta’minoti

xavfsizligini ta’minlashning dolzarb vazifalari”. Respublika miqyosidagi ilmiy -

amaliy konfirensiyaning ilmiy maqolalar to‘plami. Samarqand QK KMTM, – B.

-215

Xo‘jayev J.X., Keldiyorov X.O., Jo‘rayeva Z.J., Atayeva Sh.S. O‘simliklar

fiziologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. Samarqand 2019

B.S.Avutxonov. O‘simliklarning noqulay omillarga chidamlilik fiziologiyasi

fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU

nashri, 2019. 91 bet

Hasanov I.A., G‘ulomov P.N. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. (1-qism)- Toshkent,

UzMU-2009. -176 b