T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
215
ISSN:3030-3613
QIPCHOQ LAHJASIDA OZIQ-OVQATGA XOSLANGAN SO’ZLARNING
IRRODIATSIYASI
Farangiz Abdurahmonova
Termiz davlat universiteti
O’zbek filologiyasi fakulteti
2-bosqich talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Surxondaryo vohasining qipchoq lahjasida
muloqot qiladigan aholi vakillari orasida kulinariya va oziq-ovqatga doir
leksemalrning irrodiatsiyasi ko’rsatib beriladi. Binobarin, ushbu izoglassalarning
leksik hamda areal lingvistik xususiyatlari dialektik jihatdan tahlil qilingan.
Kalit so’zlar
: irrodiatsiya, izoglossa, kulinariya, leksema, sheva.
Annotation
: This article shows the irrodiation of culinary and food lexemes
among the representatives of the population who communicate in the Kipchak dialect
of the Surkhandarya valley. Furthermore, the lexical and areal linguistic properties of
these isoglasses were analyzed dialectically.
Keywords
: irrodiation, isoglossa, culinary, lexema, dialect.
Аннотация
: В данной статье рассматривается распространение
кулинарных и связанных с едой лексем среди представителей населения
Сурхандарьинского оазиса, общающихся на кипчакском диалекте. В то время,
когда речь идет о том, как это делается для того, чтобы услышать, как это может
быть сделано.
Ключевые слова
: иррадиация, изоглосса, кулинарный, лексема, диалект.
O'zbek tilini butun bir shajar , ya'ni daraxtga qiyoslasak, undan juda ko'p shoxlar
-tilning turli sohalari kurtak yozgan. Bu yoʻnalishlarning har biri o'zbek tilshunosligida
shunday muhim oʻrin olganki, xususan, dialektologiya - shevashunoslik sohasi ham
alohida ahamiyatga molik. Har bir sheva bir-biridan o’ziga xos izoglossalari bilan
ajralib turadi. Shuning uchun ham o’zbek dialektologiyasida shevalarning lugʻat
tarkibi juda xilma-xilki, hatto leksemalarni alohida tarmoqlariga ajratish mumkin.
Shuningdek, o'zbek tilining dialektal leksikasi juda ko'p semantik guruhlarni
hosil qiladi, ularning har biri shevaning leksikasida o'ziga xos o'rin egallagan. Quyida
turli sohalarning ba'zilarini keltiramiz:
1.
Inson tana aʼzolarini bildiruvchi leksemalar: mongnay- (peshana), put – (oyoq)
2.
Qarindosh - urugʻchilikka xoslangan so’zlar: bo’la – (xolavachcha), ena – (ona)
3.
Tabiat hodisalari, hayvonot va oʻsimlik olamiga doir so’zlar: hova – (yomg’ir),
jerbaqa – (buzoqboshi), nozboy – (rayhon)
4.
Oziq-ovqatga doir izoglossalar: g’ilmindi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
216
ISSN:3030-3613
5.
Xalq etnografiyasi: marosim va an`analar: is (yig’in), nonjiya – (marosimning bir
turi)
6.
Uy-ro'zg'or buyumlari, turarjoyga oid leksemalar: do’bag’a- (kosa), cherdak –
(tom), teraska – (dahliz)
7.
Fan-texnika, tibbiyot va ilmga xoslangan so’zlar: duxtir – (shifokor), aypat –
(sensoeli telefon), pirillaq – (ventilyator)
8.
Vaqt , masofa, makonga oid so'zlar: soratan – (yoz), trama – (kuz)
9.
Turli kasbga xoslangan so'zlar: o’g’ariq , chikanka (dehqonchilik), gumnashka
yoki lalab, cholka, zulpak (kosmetologiya) kurra, tona, mocha, hanggi
(chorvachilik)
10.
Rang bildiruvchi soʻzlar: gulobi (pushti), sori (sariq)
Ushbu semantik guruhlar orasida oʻziga xos jihatlari bilan alohida ajralib turadigan
hamda butun dunyoda, viloyatlarda, tumanda, hatto qishloq va mahallalarda ham bir-
biridan keskin farq qiladigan leksemalarni o’ziga jamlagan soha - bu oziq-ovqat va
oshpazlikdir. Ushbu birliklar turli dialektal zonalarda turfa versiyalarda uchraydi, bu
hodisani oʻziga xos irrodiaditsiya deb bemalol ayta olamiz.
Irrodiatsiya- hodisaning tarqalish tushunchasi bo’lib, arealning xarakterli belgilaridan
biridir.
1
Avvalambor, irrodiatsiya hodisasi butun bir viloyatlarni qamrab olsa-da, biroq
izoglossalar bir hududda joylashgan tumanlar, hatto mahalla va qishloqlar orasida ham
bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin.
Izoglossa. Bu so’z lotincha so’z bo’lib, izo – teng, glossa-til degan ma’nolarni bildiradi
va bir dialekt, lahja doirasidagi yoki qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik
xususiyatlar mosligi darajasiga ko’ra tarqalishini ko’rsatadigan shartli belgidir.
2
Shuning uchun quyida biz qipchoq lahjasi asosiy rol o’ynaydigan Surxondaryo
viloyati tumanlari aro kulinariya va oziq-ovqatga doir ko'plab leksik birliklarni ko'rib
o’tamiz.
1.Shavla
Goʻsht, sabzi-piyoz va guruch solib pishiriladigan boʻtqasimon ovqat.
Shevadagi variantlari:
Jalama - ǯälämä (Qumqo’rg’on)
Yalama - yälämä (Denov)
Shavla – šävlä , shuvala - šüvälä (Boysun, Darband)
Shulla - šüllä (Qumqo’rg’on, Sherobod)
2.Kesgan osh
1
O’zbek dialektologiyasi. X.Fayziyeva. ”Kitobnashr”. Termiz-2024. 68-b
2
O’zbek dialektologiyasi. X.Fayziyeva. ”Kitobnashr”. Termiz-2024. 69-b
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
217
ISSN:3030-3613
Qaynagan suvga ingichka kesilgan xamirni solib keyin qatiq qo’shiladigan va
tayyorlanadigan ovqat.
Keskan osh – keskän āš ( Sariosiyo, Qumqo’rg’on)
Shulla- šüllä (Qumqo’rg’on)
Keskan shulla - keskän šüllä (Denov)
Qatiqli osh - qätiqli āš ( Qumqo’rg’on)
3. Guruch osh
Guruchni suvda qaynatib tayyorlanadigan va qatiq qo’shib iste’mol qilinadigan taom.
Guruch osh - gürüč āš ( Qumqo’rg’on)
Guruchli shulla - gürüčlï šüllä (Denov)
Oq shulla - āq šüllä ( Sariosiyo)
4. Shilpildoq
Qaynagan suvga toʻrtburchak qilib kesilgan yupqa xamir tashlab pishirib, shoʻrvali
qayla bilan tayyorlanadigan taom.
Gulobito’ppa - gülābïtӧppä, momosholpilloq – māmāšālpïllāq (Qumqo’rg’on)
Ko’lobito’ppa - kӧlābïtӧppä (Denov)
To’ppa – tӧppä (Sariosiyo)
5. Baqlajon salat
Baqlajon qovurilib, alohida go’sht va kartoshka qovuriladi, so’ng sabzili salat bilan
hammasi aralashtiriladi va ta’bga ko’ra ziravor hamda sarimsoq qo’shiladi.
Baqlajon salat – bāqläǯān sälät ( Sariosiyo)
Boyimjon salat - bāyimǯān sälät (Denov)
6. Shirguruch — sut va guruchdan tayyorlanadigan quyuq taom.
Shirguruch - širgürüč (Qumqo’rg’on)
Sirguruch - sirgürüč (Sariosiyo)
7. Xonim
Xamirga qaymoq surtib, ta’bga ko’ra go’shtli, qovoqli, ko’katli qiyma solinib bu’g’da
pishiriladigan taom.
Xonim – xānim (Qumqo’rg’on)
O’rama – ӧrämä (Sariosiyo)
8. Holvaytar
Un va suv qaynatilib, shakar yoki novvot yo shinni solinib tayyorlanadigan quyuq
taom, shirinlik turi.
Holvaytar – hālväytär (Qumqo’rg’on)
Holvordin – hälvārdin (Sariosiyo)
Hayhay - häyhäy (Qumqo’rg’on)
9. Zardob
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
218
ISSN:3030-3613
Qatiq yoki ivigan sutdan ajralib chiqadigan sargʻish suyuqlik.
Sorisuv- sārisüv (Qumqo’rg’on)
Zardob- zārdāb (Denov)
10. Go’ja
Bug’doy tuyib, ivitiladi va deyarli barcha dukkakli mahsulotlar solininb qaynatiladi.
Go’ja osh - gӧjä āš (Qumqo’rg’on)
Ko’cha osh – kӧčä āš ( Sariosiyo)
11. Konservalangan pomidor salat
Pomidor to’g’raladi va bulg’or qalampiri, sarimsoq, qalampir, lavr bargi, ta’bga ko’ra
rayhon yoki ziravorlar qo’shib qaynatiladigan va konservalanadigan taom.
Zibravoy - zibrävāj (Qumqo’rg’on)
Zeravoy – zerävāj (Denov)
Chimchim – čimčim (Sariosiyo)
12. Sabzili salat
Sabzini qirg’ichdan chiqarib qalampir bilan aralashtirib tayyorlanadigan salat.
Chimchi - čimči (Qumqo’rg’on)
Sabzi salat - säbzi sälät (Sariosiyo)
Chimchim – čimčim (Bandixon)
13. Ushbu ovqat piyoz qovurilib, un va suv bilan yaxshilab qaynatib tayyorlanadigan
ovqat. ( Adabiy normada ushbu leksemani bildiragigan so’z yo’q)
Ordob - ārdāb (Denov)
Qizil atala - qïzïl ätälä (Sariosiyo)
14. Nonbosdi
Sho’rvaga non solinib tayyorlanadigan quyuq ovqat.
Nonpalov – nānpälāv (Qumqo’rg’on)
Nonto’shama - nāntӧšāmā (Qiziriq)
15. Moshkichiri
Sabzi, piyoz qovurilib, suv solinib qaynatyiladi hamda mosh solinib dimlab
tayyorlanadigan taom.
Moshkichiri- māškiriči (Qumqo’rg’on)
Moshtalla- (Qumqo’rg’on)
Moshpalov- māšpälāv (Bandixon)
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi dialektik birliklarni o’rganishning va ularni leksik,
morfologik, grammatik jihatdan tahlil qilishning o’ziga xos sabab va maqsadlari
mavjud. Avvalambor, dialektik birliklar, umuman olganda, dialektologiya, ya’ni
shevani o’rganishning eng katta va muhim vazifasi – milliy tilni, milliyligimizni,
o’zbek mentalitetini saqlab qolish va ularni avloddan avlodga, ayniqsa XXI asr
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
219
ISSN:3030-3613
farzandlari – texnika va innovatsiyalar quli bo’lib qolishdek xavfdan qutqarish va
ularga o’zligini anglatishdir. Shunday ekan dialektologiyani o’rganish nafaqat bugungi
yosh avlod, balki kelajak avlod uchun eng muhim va birlamchi vazifa bo’lib qolajak.
Foydalanigan adabiyotlar:
1.
O’zbek dialektologiyasi. X. Fayziyeva. ”Kitobnashr”. Termiz-2024
2.
Areal lingvistika. N. Yo’ldosheva, N. Kurbannazarova. “Fan”. Toshkent-2024
3.
O’zbek xalq shevalari lug’ati. O’zbekiston SSR “Fan” nashriyoti. Toshkent –
1974.
4.
O’zbek tili Surxondaryo shevalari (Fonetika, Leksika). S. Rahimov.
O’zbekiston SSSR “Fan” nashriyoti. Toshkent – 19865.
5.
Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. A. Hojiyev. “O’zbekiston milliy
ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent