T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
211
ISSN:3030-3613
TIJORAT BANKLARIDA ICHKI AUDIT XIZMATI VA UNI
TAKOMILLASHTIRISH.
“Mikrokreditbank” ATB Amaliyot boshqarmasi
Personal bilan ishlash bòlimi bosh mutaxassisi
Normurodova Dilnoza Erdon qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tijorat banklarida ichki audit faoliyatini tashkil
etish, uning nazorati, kamchiliklari va yutuqlari hamda uni takomiUashtirishning o'ziga
xos xususiyatlari Bank, auditorlik, auditorlik ko'rib chiqilgan shuningdek, mavzu
yuzasidan xulosa va faoliyati, tijorat banklari, ichki takliflar ishlab chiqilgan. audit,
auditning xalqaro standarti.
Kalit so'zlar:
Bank, audit, auditorlik faoliyati, tijorat banklari, ichki audit,
xalqaro audit standarti.
O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarini transformatsiyalash sharoitida, ular
faoliyatini xalqaro miqyosida rivojlantirish choralarini amalga oshirish, shuningdek,
kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega
bo'lishlarini ta'minlashda muhim masalalardan biri ularning faoliyatini xolisona
nazorat qilish hisoblanadi. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi va buxgalteriya
hisobi tizimiga baho berishda ichki audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga egadir.
Umuman olganda, ushbu masalalarni ko'rib chiqishda bank ichki auditining iqtisodiy
mohiyatiga to'xtalish lozim.
• Ichki audit — bankning ichki nazorat tizimi, shu jumladan tavakkalchiliklarni
boshqarish va korporativ boshqaruv tizimi va jarayonlarining sifati, ularning
monandligi va samaradorligiga oid mustaqil bahoni taqdim etish bilan bog'liq faoliyat;
• ichki audit xizmati — bankda ichki auditni doimiy tarzda amalga oshiruvchi
mustaqil tarkibiy bo'linma;
• ichki audit standartlari — Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining
Banklarda ichki auditga oid tamoyillari, Ichki auditorlar institutining Ichki auditning
xalqaro kasbga oid standartlari, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Auditning
xalqaro standartlari.
Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- ichki audit tekshiruvi natijalari asosida bankning real holati va ichki nazorat
samaradorligining aniq holati to'g'risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan bank
kengashini ta'minlash;
• tavakkalchilikni boshqarish jarayonini qo'llanilishini va avakkalchilikni baholash
metodologiyasining samaradorligini kuzatish;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
212
ISSN:3030-3613
• moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot izimi va elektron bank
xizmatini kuzatish;
• buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini kuzatish;
Bank kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni 'tkazish yoki o'tkazishga
amaliy yordam berish va Audit izmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan
qonunbuzarlik holatlari to'g'risida bank kengashiga axborot berish.
Ichki audit bankning moliyaviy operatsiyalari, risklari va moliyaviy-hisob-
kitoblari bilan bog'liq jarayonlarni tekshirish uchun muhimdir. Ichki audit bankning
faoliyatini samaradorligini oshirishga yordam beradi va moliyaviy hisob-kitoblarni
to'liq va aniqroq hisoblash imkoniyatini ta'minlaydi. Ichki audit bankning moliyaviy
risklarini identifikatsiya qilish, ularni baholash va ularni boshqarishda ham
ahamiyatlidir. Shuningdek, ichki audit bankning moliyaviy operatsiyalarining to'g'ri va
samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun ichki
auditorlar bankning moliyaviy hisob-kitoblari, operatsiyalari va risklarini tahlil qilish,
tekshirish va baholash uchun ko'nikmalar va metodologiyalardan foydalanadi. Ichki
audit bankning moliyaviy faoliyatini samaradorligini oshirishga yordam beradi va
bankning moliyaviy risklari bilan ishlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan
tavsiyalarni ko'rib chiqish imkoniyatini beradi. Ayni paytda, bank ichki auditini olib
borish, uning faoliyatida mummolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Iqtisodiyotni yuqori sur'atlarda rivojlanishi bank tizimi, shuningdek undagi ichki audit
tuzilmalari faoliyatiga yangi talablar belgilamoqda. Birinchidan, ichki nazorat tizimini
axborotning ishonchliligi, qonun hujjatlariga muvofiqligi, aktivlarning saqlanishi,
alohida operatsion va tarkibiy bo'linmalar faoliyatining samaradorligi va samaradorligi
nuqtai nazaridan baholash uchun mo'ljallangan. Ikkinchidan, u risklarni boshqarish
tizimlarining samaradorligini tahlil qilishi va baholashi va xavflarni kamaytirish
usulini taklif qilishi kerak. Uchinchidan, tijorat banklarinigning boshqaruv tizimining
korporativ boshqaruv tamoyillari, maqsadlari va vazifalari muvofiqligini baholash
vazifasi yuzaga kelmoqda.
Umuman olganda Barcha korxonalar uchun sifatli va doimiy nazorat zarur.
Nazoratning yolga qoʻyilgan tizimi ish faoliyati davomida yuzaga keladigan xatolarga
toʻsqinlik qilishi va shundan kelib chiqib notoʻgʻri, foydasiz yechimlarni qabul qilish
va zararlar kelib chiqishining oldini olishi mumkin. Koʻpchilik mutaxassislarning
fikricha, ichki nazorat tizimi korxonada ichki audit xizmati tomonidan amalga
oshirilsagina, yaxshi va aksincha taftish komissiyasiga yuklatilganda yomon ishlaydi.
Boshqa mutaxassislar esa — ichki audit — bu ichki nazorat tizimining bir boʻgʻini,
deb hisoblaydilar. Shu jumladan, ichki auditni tashkil qilishdagi muhim jihatlardan biri
auditorlar hisoblansa, yana bir mahalliy olimimiz B.Xasanov ichki audit va auditorlar
tushunchalarini umumlashtirgan holda quyidagi: “xalqaro amaliyotga muvofiq holda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
213
ISSN:3030-3613
ichki auditorlar xoʻjalik subyektlari (tizimi) xizmatchilari hisoblanadilar. Shu
munosabat bilan ichki auditni ichki xoʻjalik auditi deb atash mumkin” degan fikrni
ilgari surgan. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarini transformatsiyalash
sharoitida, ular faoliyatini xalqaro miqyosida rivojlantirish choralarini amalga oshirish,
shuningdek, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati toʻgʻrisida aniq
maʼlumotlarga ega boʻlishlarini taʼminlashda muhim masalalardan biri ularning
faoliyatini xolisona nazorat qilish hisoblanadi. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi
va buxgalteriya hisobi tizimiga baho berishda ichki audit tekshiruvlari muhim
ahamiyatga egadir. Ichki nazorat — doimiy, kundalik faoliyat boʻlib, oʻz navbatida,
buxgalteriya hisobini toʻgʻri olib borish, korxona resurslaridan boshqarma rejalariga
mos ravishda foydalanish imkonini beradi. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va
umumiy tamoyillari Xalqaro audit standartlari toʻplamining alohida hujjatlarida
keltirilgan va Hisobot haqqoniyligini tasdiqlovchi tamoyillar standarti deb ataladi
(International Framework for Assurance Engagements, ISQC). Mazkur hujjatda hisob
haqqoniyligini tasdiqlovchi vazifalarning maqsadi va elementlari qayd etilgan. Asosiy
tamoyillar audit oʻtkazishdagi meʼyor va amallarni bajarilishini belgilamay umumiylik
xarakteriga ega. Audit oʻtkazish meʼyor va amallari 200 — AXS “Moliyaviy hisobot
auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi umumiy tamoyillar” nomli standart bilan
boshqariladi. Ammo, shuni qayd etish kerakki audit moliyaviy hisobotni tasdiqlovchi
vazifalarning koʻrinishlaridan birigina bolishiga qaramay uning tasdigʻi salmoqlidir.
Moliyaviy hisobot haqqoniyligini tasdiqlovchi boshqa vazifalar Moliyaviy hisobot
haqqoniyligini tasdiqlovchi vazifalar (International Standards cn Assurance
Engagements, ISAE) va Umumiy nazorat boʻyicha vazifalarning xalqaro standartlari
(International Standards cn Review Engagements,ISRE) bilan tartibga solinadi.
Xalqaro talablarga koʻra ichki auditni tashkil etishda professional buxgalter- auditor
tomonidan maʼlumot haqqoniyligini tasdiqlash vazifasi olinsa u quyidagilarga ishonch
hosil qilishi kerak:
- axloqiy meʼyorlarga rioya etish mumkinligi (asosan mustaqillik va professional
kompetentlik);
- vazifa barcha zarur xarakteristikalarga egaligi;
- obyekt vazifasini tekshirish vazifasiga uygʻunligi;
- vazifada foydalaniladigan mezonlarning foydalanuvchilar uchun mosligi;
- professional buxgalter tomonidan dalillarni yigʻish imkoniyatlari;
- professional buxgalter tomonidan toʻliq xulosa yoki cheklangan xulosa berish
yozma hisobotda aks ettirilishiga;
- mazkur vazifani qabul qilish uchun professional buxgalterda yetarli asos
mavjudligi;
- mazkur standartlar asosida belgilangan qoʻshimcha talablarga amal qilinishiga.
Foydalangan adabiyotlar royxati:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_5-to’plam_May-2025
214
ISSN:3030-3613
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori 2020-
yil 24-fevraldagi PQ-4611-son,http://lex.uz/docs/3107040
2.
Mirziyoyev Sh.M. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatnomasi. 2020-
yil 25yanvar/. –Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2020 – 30 b.
3.
Rizayev Nurbek Qodirovich “Banklarda ichki auditni xalqaro audit standartlari
asosida takomillashtirish” Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali 04/2024 maxsus
son. 131-b
4.
A.N.Toʻrayev “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ichki auditni tashkil etish va
uning uslubiyotini takomillashtirish” iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi avtoreferati Toshkent – 2019 5-b
5.
Sh.A.Rajabov “Tijorat banklarida ichki audit xizmati va uni takomillashtirish”
magistrlik dissertatsiyasi Toshkent – 2019 5-b
6.
Axmadjonov K.B. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ichki audit
metodologiyasini takomillashtirish. i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dis.
avtoref. – T.: 2016. – 76 b