Mualliflar

  • Mamajonova Nozilaxon Abdullajon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96922

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar. ekologiya atrof-muhit muhofazasi barqaror rivojlanish ekologik ong tabiatni muhofaza qilish chiqindilarni qayta ishlash ekologik muvozanat iqlim o‘zgarishi yashil texnologiyalar biologik xilma-xillik.

Annotasiya

Ushbu maqola ekologik ta’limning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini 
o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik tushunchalar, tabiatni muhofaza qilish, 
ekologik  ongni  shakllantirish  metodlari  va  bolalarda  ekologik  mas’uliyatni 
rivojlantirish  yo‘llari  tahlil  qilinadi.  Shuningdek,  bolalarda  ekologik  bilimlarni 
shakllantirish  jarayonida  tarbiyachilarning  metodik  yondashuvlari,  ekologik 
faoliyatning  tarbiyaviy  ahamiyati  va  ekologik  etikaning  roli  keltirilgan.  Maqola 
ekologik ta’lim va tarbiya orqali bolalarning tabiatga nisbatan ongli va mas’uliyatli 
munosabatini  rivojlantirishning  zarurligini  ta’kidlaydi.  Ekologik  ta’limning 
muvaffaqiyatli tashkil etilishi nafaqat ilmiy, balki axloqiy va estetik jihatlarni ham o‘z 
ichiga oladi, bu esa bolalarni tabiatni asrab-avaylashga, uning resurslaridan oqilona 
foydalanishga undaydi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

118

ISSN:3030-3613

MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI

KATTA YOSHDAGI GURUH BOLALARIDA EKOLOGIK

TUSHUNCHALARNI SHAKILLANTIRISH MAZMUNI

Mamajonova Nozilaxon Abdullajon qizi

Qo’qon universiteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya

Ushbu maqola ekologik ta’limning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini

o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik tushunchalar, tabiatni muhofaza qilish,
ekologik ongni shakllantirish metodlari va bolalarda ekologik mas’uliyatni
rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalarda ekologik bilimlarni
shakllantirish jarayonida tarbiyachilarning metodik yondashuvlari, ekologik
faoliyatning tarbiyaviy ahamiyati va ekologik etikaning roli keltirilgan. Maqola
ekologik ta’lim va tarbiya orqali bolalarning tabiatga nisbatan ongli va mas’uliyatli
munosabatini rivojlantirishning zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik ta’limning
muvaffaqiyatli tashkil etilishi nafaqat ilmiy, balki axloqiy va estetik jihatlarni ham o‘z
ichiga oladi, bu esa bolalarni tabiatni asrab-avaylashga, uning resurslaridan oqilona
foydalanishga undaydi.

Kalit so’zlar.

ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, barqaror rivojlanish, ekologik

ong, tabiatni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik muvozanat, iqlim
o‘zgarishi, yashil texnologiyalar, biologik xilma-xillik.


KIRISH.

So’ngi yillarda dunyo miqyosida ekologik muammolar, tabiiy

resurslarning kamayishi, iqlim o’zgarishi va atrof-muhitga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa
salbiy omillar kuchayib borayotganligi sir emas. Ko’plab davlatlar va jahon miqyosida
ekologik inqirozlar va tabiatning barqarorligini ta’minlash masalalari global
muammolarga aylanmoqda. Bu holatlar atrof-muhitni saqlash va tabiatni muhofaza
qilish borasida ijtimoiy ongni shakllantirish zaruratini oshiradi. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida katta yoshdagi bolalarda ekologik tushunchalarni shakllantirish
ekologik mas’uliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Ekologik tarbiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
bo’yicha ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori (2017
yil 18 aprel) mamlakatda ekologik tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat
bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ekologik ongini shakllantirishga
e’tibor qaratadi. Ushbu qaror ekologik ta’limni kuchaytirish, ekologik bilimlarni
bolalarga erkin va o’zlashtiradigan tarzda berish hamda tabiatga bo’lgan mas’uliyatli
munosabatni shakllantirishni taqozo etadi. Mazkur qaror, maktabgacha ta’limda
ekologik tushunchalarni bolalar ongida shakllantirishni zaruriy yo’nalish sifatida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

119

ISSN:3030-3613

belgilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik bilimlarni berish orqali, ularni
atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli, ongli va tabiiy resurslarni asrashga bo’lgan
hurmatini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda pedagoglar ekologik
tarbiyaning barcha jihatlarini e’tiborga olib, bolalar bilan ishlashda samarali metod va
texnikalardan foydalanishlari lozim.

ADABIYOTLAT TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida katta yoshdagi guruh bolalarida ekologik
tushunchalarni shakllantirishga oid dastlabki tadqiqotlarda ekologik tarbiyaning
rivojlanishi va uning metodik asoslari alohida o‘rin tutadi. Xususan, ekologik tarbiya
sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida Рахимкулова М.Б.. Расулова М.,
Абдуллаева Д., Охунжонова С. kabi ilmiy tadqiqotlari ekologik tushunchalarni
shakllantirish va ekologik ongni rivojlantirishda muhim ilmiy asoslarni taqdim etadi.
Ushbu tadqiqotlarda bolalar tarbiyasida ekologik tushunchalar va uning shakllanishiga
e’tibor qaratilgan. Yuqoridagi tadqiqotlar ekologik tarbiyaning turlari, metodikasi va
pedagogik yondashuvlarini tahlil qilishda ahamiyatli bo‘lgan bo‘lsa, maktabgacha
ta’lim muassasalarida ekologik tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari
faqatgina ma’lum tadqiqotlarda keng yoritilgan. Mazkur sohada ekologik tarbiyaning
metodik va psixologik jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun ekologik tushunchalarni shakllantirish, ayniqsa, tabiiy
resurslarga bo‘lgan hurmatni, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatni va ekologik ongni
rivojlantirish maqsadida zaruriy pedagogik usullarni belgilashda alohida ahamiyatga
ega.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiy, tizimlashtirish,
xronologik va qiyosiy tahlil kabi metodlaridan foydalanildi. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish jarayonida pedagogik,
psixologik va metodik adabiyotlar, arxiv materiallari va tajribalar nazariy asos bo‘lib
xizmat qilgan. Tadqiqotlarda foydalanilgan manbalardan olingan ma’lumotlar
ekologik tushunchalarni shakllantirishda xolisona yondashuvni ta’minlashni talab
etadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va

Respublika Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab,
aholi e’tiborini tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni tiklashga qaratilgan
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirishni davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb e’tirof etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, tabiatni muhofaza
qilish va ekologik muvozanatni tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
ularni samarali amalga oshirishni davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb
e’tirof etgan. Ayniqsa, 2017-yil 9-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlangan “Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

120

ISSN:3030-3613

foydalanishni samarali boshqarish” to‘g‘risidagi qaror, davlatimizning ekologik
barqarorlikni ta’minlashga bo‘lgan jiddiy yondashuvini ifodalaydi. Mazkur yil nomini
“ Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili “deb e’lon qi;inganligi ham
gapimizning yaqqol istobi bo’la oladi. Bugungi kunda, bu dolzarb masalani ijobiy hal
qilishda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik ta’lim-tarbiyani olib borish, uning
samaradorligini ta’minlash va yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish
asosiy vazifalardan biriga aylangan. Bu masala zamonaviy pedagogika nazariyasi va
amaliyotida hal etilishi zarur bo‘lgan muhim muammolar qatorida turadi. Mazkur
masalaning ilmiy nuqtai nazardan to‘g‘ri hal etilishi, birinchi navbatda, maktabgacha
yoshdagi bolalarda tabiatga bo‘lgan muhabbatni oshirishga, ikkinchidan, ularning
tabiat haqidagi bilimlarini kengaytirishga, eng muhimi esa, bolalarni tabiat olami bilan
tanishtirishga yordam beradi. Ekologik muammolarni ilmiy jihatdan hal etish, inson
salomatligiga zarar yetkazmaydigan usullarni ishlab chiqish, hozirgi kunda ilm-fan va
texnika rivojlanishining ajralmas yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab, tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni
tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni samarali amalga
oshirishni davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb e’tirof etgan. Ayniqsa,
2017-yil 9-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan
“Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabiiy resurslardan foydalanishni samarali
boshqarish” to‘g‘risidagi qaror, davlatimizning ekologik barqarorlikni ta’minlashga
bo‘lgan jiddiy yondashuvini ifodalaydi. Ekologik tushunchalarni shakllantirishda
davlatimizning

asosiy huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining moddalaridagi ekologik normativ me’yorlar muhim ahamiyatga
ega. Ularning aholi ongiga singdirilishi, ekologik immunitetni shakllantirish, iroda,
burch, vijdon va mas’uliyat hissini mustahkamlash, shuningdek, tabiatga bo‘lgan
qiziqish, uning saqlanishiga intilish kabi tuyg‘ularning rivojlanishi ekologik
madaniyatning shakllanishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, ekologik tushunchalar
har bir yosh guruhining umumiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos
uslub va metodlarni talab qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta yoshdagi
guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish tarbiyaviy jarayonning asosiy
poydevorini tashkil etadi. Chunki katta yoshdagi bolalarda ekologik ong, his-tuyg‘u va
bilimlar shakllanayotgan davrda, bu tushunchalar bolalar faoliyatining, ularning
tengdoshlar va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarining asosini tashkil etadi. Ekologik
tarbiyaning samarali olib borilishi bolalarning tabiatni sevish, unga nisbatan mas’uliyat
hissini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, inson hayoti uchun zarur
bo‘lgan barcha narsalar tabiatda mavjuddir. Shuning uchun ham bolaning shaxsiy
rivojlanish davrida uning taraqqiyoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabiat bilan bog‘liqdir.
Tabiyatni asrash, uni muhofaza qilish va tejash inson ehtiyojlarini qondirishda muhim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

121

ISSN:3030-3613

ahamiyatga ega. Bunda jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa yoshlar, Vatanning
ekologik xavfsizligini ta’minlash va uning kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olishlari kerak. Tabiyat va inson o‘rtasidagi ekologik muammo har doim dolzarb bo‘lib
qolmoqda, chunki bu masala barcha jamiyat a’zolari uchun ham farz, ham qarzdur.
Maktabgacha ta’lim yoshi — bu shaxsning dastlabki shakllanish davridir. Olti
yoshda bolaning shaxsiy rivojlanish yo‘nalishi, ayniqsa uning axloqiy rivojlanish
darajasi aniq kuzatiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta yoshdagi guruh
bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish ikki tomonlama jarayon sifatida
qaraladi. Bir tomondan, bu jarayon bolalarga kattalar — ota-onalar va tarbiyachilarning
faol ta’siri orqali amalga oshadi, ikkinchi tomondan esa, tarbiyalanayotgan bolalarning
faoliyati (ularning harakatlari, his-tuyg‘ulari va munosabatlari orqali) muhim rol
o‘ynaydi. Ekologik tushunchalarni shakllantirish prinsip va qoidalari axloqiylikni
shakllantirishning asosini tashkil etadi. Bu normativ qoidalar odamlarning
harakatlarida, xulq-atvorida namoyon bo‘lib, axloqiy munosabatlarning rivojlanishiga
olib keladi. Vatanga bo‘lgan muhabbat, jamiyatning baxt-saodati uchun fidokorona
mehnat qilish, o‘zaro yordam va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish kabi ekologik
tushunchalar bolaning ongida, his-tuyg‘ularida va xulq-atvorida shakllanadi. Bu
jarayonning ildizi bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bog‘liqdir. Bolaning
ekologik jihatdan rivojlanishida jamiyat hayoti jarayonida shakllanib, avloddan-
avlodga o‘tib boradigan, suvni, tabiatni asrash kabi insoniy qadriyatlarni o‘zlashtirish
katta ahamiyat kasb etadi. Demak, ekologik tushunchalarning har bir bolaning ongiga
singib borishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir mashg‘ulot jarayonida
uzluksiz amalga oshirilishi zarur. 5-6 yoshli bolalar ekologik tasavvurlar va
tushunchalar mazmunini yaxlit holda idrok etish, eslab qolish hamda bu tushunchalar
bo‘yicha fikr va mulohazalar yuritishda individual yondashuvni talab qiladi. Tabiyat
hodisalarini, voqealarini bevosita tasvirlab aks ettirgan rasmlar, o‘yinchoqlar, ekologik
mavzudagi o‘yinlar, ob-havoni kuzatish va tabiatda sayohatlar kabi shakllarda
ekologik

tushunchalarni

shakllantirish

mumkin.

Ekologik

tushunchalarni

shakllantirish jarayonida tabiat va inson o‘rtasidagi aloqani ilmiy jihatdan izohlovchi
bilimlar orqali tegishli ko‘nikma va malakalar izchil ravishda shakllantiriladi. Bu
jarayon teatrlashtirilgan sahnalar, ekologik didaktik o‘yinlar, badiiy kechalar, ekologik
rebuslar, ekologik belgilar, ekologiya bo‘yicha maqolalar, topishmoqlar, hadisalar,
xalq ijodi, urf-odatlar, bahs-munozaralar, ertaklar, she’rlar va rivoyatlardan
foydalanish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, “O‘zbekiston
mening Vatanim”, “Daraxt ekib bog‘ yarat”, “Tabiat mening Vatanim”, “Yaxshidan
bog‘ qoladi”, “Jonajon ulkam tabiatim”, “Sen tabiatni qanday sevasan”, “Tabiat
mening rizq-ruzim”, “Tabiat mening borlig‘im”, “Jajji ekologlar”, “Shahrimizdagi
ekologik muammolar” kabi mavzularda tashkil etilgan tarbiyaviy tadbirlar bolalarda
ekologik tushunchalarni rivojlantirishga mustahkam zamin yaratadi. Bolaning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

122

ISSN:3030-3613

ekologik tushunchalarini shakllantirishda suhbatlar, mashg‘ulotlar, turli didaktik
o‘yinlar va ko‘ngilochar kechalar tashkil etish ularda tabiat boyliklarini asrab-
avaylash, ekologik ongni rivojlantirish va tushunchalarini shakllantirishga xizmat
qiladi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda ekologik tushunchalarni shakllantirish
jarayonlari oila muhiti, ijtimoiy muhit, irsiy omillar, biologik omillar, tarixiy an’analar,
milliy g‘oya va mafkura, ta’lim-tarbiya, olimlarning fikr-mulohazalari, bolalarning
yosh xususiyatlari, tarixiy davrlar asosiy o‘rin egallaydi.
Bolalarda o‘simliklar va hayvonlar haqida, tabiatdagi mavjud resurslarning inson
uchun ahamiyatini anglash, ular uchun ekologik tushunchalarni shakllantirish hamda
bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan,
5-6 yoshli bolalarda ekologik tushunchalarni o‘yinchoqlar, rasmlar, tabiat manzaralari,
ob-havoni kuzatish, rasmlar chizish va ekologik mazmundagi didaktik tadbirlar orqali
izchil shakllantirish zarur. Ushbu yoshdagi bolalar uchun xalq ertaklari, qo‘shiqlari,
ekologiyaga oid maqollar yordamida ekologik tushunchalarni shakllantirish samarali
natijalar berishi mumkin. Shuningdek, davlatimizning ramzi bo‘lgan gerb, bayroq va
ularning mazmunida aks etgan ranglar, buyoqlar, qushlar, yulduzlar va oy tasvirlari
bolalarda ona vatanga, tabiat go‘zalligiga, koinot jismlari bilan inson o‘rtasidagi
aloqadorlikning mohiyatini anglash, hodisa va tushunchalarni shakllantirishga yordam
beradi. Shu bilan birga, tabiatda mavjud bo‘lgan ob’ektlar va tabiiy resurslar bilan
bog‘liq kommunikatsiya va ekologik me’yorlarni bolalar ruhida ekologik immunitetni
shakllantiradi. Darhaqiqat, bolalar avvalo maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat
haqida boshlang‘ich bilimlarni olishadi. Bolalarda Vatanga, uning jonajon tabiatiga
faol munosabatni rivojlantirish, tabiat haqida aniq tasavvur va tushunchalarga ega
bo‘lish maktabgacha ta’lim muassasasining 5-6 yoshli katta guruh bolalarida alohida
ahamiyat kasb etadi. “Orolni qaytarish mumkinmi?”, “Suv – hayot manbai”, “Sog‘lom
muhit – sog‘lom avlodni tarbiyalaydi”, “Ekologik madaniyat – jahon madaniyati va
ekologik xavfsizlikni ta’minlash omili”, “Inson salomatligiga nima xavf soladi?”,
“Go‘zal diyorimizni yana-da go‘zallashtiraylik”, “Atrof-muhit va bolalar”,
“Salomatlikni saqlash sirlari”, “Yurtimizni yana-da go‘zal qilamiz”, “Salomatlik – bu
sizning kulgingizda”, “Tabiat – mening sevimli joyim” kabi mavzularda tadbirlar
tashkil etish, shuningdek “Jonajon ulkamiz rassomlar nazarida”, “Rassom va atrof-
muhit” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasini o‘tkazish, mashhur ekolog olimlar, jamoat
arboblari, mahalla faoliyati bilan davra suhbatlari o‘tkazish bolalar ekologik bilim va
tushunchalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Seriallar”, “O‘rta Osiyo qorixonalari” kino-filmi va o‘quv filmlarini namoyish
etish, respublika botanik bog‘i va hayvonot bog‘iga sayohatlar tashkil etish katta
yoshdagi bolalar uchun atrof-muhit bilan tanishish imkoniyatlarini yaratadi. Bizning
tajriba-sinov ishlarimizda maktabgacha ta’lim muassasalarida tematik kechalar,
adabiy-musiqiy kompozitsiyalar, ko‘rik-ko‘rgazmalar, festivallar tashkil etildi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

123

ISSN:3030-3613

Navoiyning 6-24-maktabgacha ta’lim muassasalarida “Gullar bayrami”, “Tabiat
inoyati”, “Qushlar bayrami”, “Qovun sayli”, “Hosil bayrami”, “Yosh tabiatsevarlar”
ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar katta yoshdagi guruh bolalarida ekologik
tushunchalarni shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
ayrim tarbiyachilar ekologiyaning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va axloqiy mohiyatini
to‘liq tushunib yetmaydilar. O‘kilonali foydalanish yo‘llari haqida hali to‘liq
tasavvurga ega emaslar. Tabiat bilan insonning uyg‘unligi haqida bilimlari yetarli
darajada emas. Bazi bir tarbiyachilar esa tabiatni muhofaza qilish, uni sevish, atrof-
muhitni toza saqlash, tabiatni boyitishga hissa qo‘shish kerakligi haqida tushunchaga
ega bo‘lsalar ham, o‘z faoliyatlarida bu printsiplarga har doim rioya qilmaydilar.
Shuning uchun, bizning tadqiqot ishlarimizda katta guruh bolalariga ekologik
tushunchalarni berish, ularni axloqiy xulq-atvorga aylantirish va o‘z faoliyatlarida
rioya qilishlariga alohida e’tibor qaratdik. O‘quv yili boshida har bir guruhning
tarbiyaviy imkoniyatlari inobatga olingan holda, ekologik bilimlarni taqdim etishga
qaratilgan mavzular aniqlanib, katta yoshdagi guruh bolalariga beriladigan ekologik
g‘oyalar shakllantirildi va mashg‘ulot ishlanmalari dastur mazmuniga kiritildi.
Mashg‘ulot jarayonida bolalar uchun ekologik bilimlarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan mavzularni o‘rganish metodlari va shakllari ishlab chiqildi.
Mashg‘ulotlarda faqatgina ekologik tushunchalarni berish bilan cheklanib qolmay,
o‘rganilayotgan mavzular mazmunidan kelib chiqib, bolalarni mustaqil va ijodiy fikr
yuritishga undovchi savollar va topshiriqlardan, tasviriy san’at asarlaridan foydalandi.
Bolalarning fikr va mulohazalari kichik ijodiy ishlarda aniq bayon etildi.
Mashg‘ulotlarda olingan bilimlarni mustaqil ravishda egallash uchun tavsiya etilgan
rasmlar, ko‘rgazmalar va ularga oid o‘tkazilgan suhbatlar mustahkamlandi. Shuni
ta’kidlash lozimki, ekologik tushunchalar – bu ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga
doir nazariy va amaliy bilimlarni egallashdan iboratdir. Shunday ekan, tarbiyachilar
har bir mashg‘ulotda beriladigan ekologik tushunchalar haqida to‘liq ma’lumotni
egallashlari zarur. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyachilarga ekologik ta’lim jarayonini
samarali o‘tkazish imkonini beradi.
1. Ekologik madaniyat — tabiatning asl holatini saqlash va muhofaza qilishning asosiy
tamoyillarini bilish.
2. Tabiat qonuniyatlari va tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishning asosiy
shartlarini anglash.
3. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish tushunchasiga ega bo‘lish va boshqalar.
Ushbu jarayon natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilarida
ekologik ong shakllanadi. Atrof-muhitni anglash darajasi rivojlanadi, bu esa dunyo
haqidagi ob’ektiv bilimlarni egallash, unga to‘g‘ri munosabatlar bildirish, tahlil qilish
va imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Darhaqiqat, ekologik ong orqali
ekologik bilimlar tarbiyaning kundalik faoliyatida mustahkamlanadi. Ekologiyaga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

124

ISSN:3030-3613

nisbatan etik va axloqiy qoidalar rivojlanadi. Bunda tarbiyachining turli ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy munosabatlarining ekologik mazmunini faoliyatiga
singdirish zarur bo‘ladi. Ekologik ong ekologik madaniyatning asosini tashkil etadi.
Ekologik ongni shakllantirishda umuman, ijtimoiy ongning qonun-qoidalariga
asoslaniladi. Inson tabiat qonunlarini, biosferaning ichki murakkab bog‘lanishlarini,
jamiyatning tabiatga ta’sirini anglamasdan, uni o‘z ongida idrok etmasdan, tabiatni
muhofaza qilish va undan samarali foydalanish yo‘llarini bilmaydi. Ekologik ong
tarbiyachining o‘zini anglashiga, o‘z faoliyatiga va bola shaxsiga ongli munosabatda
bo‘lishini ta’minlaydi. Tabiatda, vatanning moddiy va ma’naviy boyliklariga nisbatan
axloqiy munosabatni tarbiyalay olmagan inson ekologiyaga ongli munosabatda bo‘la
olmaydi. Ekologik madaniyat — bu tabiatni muhofaza qilish bilan moddiy ishlab
chiqarish o‘rtasidagi zidiyatlarning asosiy mohiyatini tushunish, yangi ekologik
texnologiyalarni qo‘llash demakdir. Ekologik madaniyatli inson his-tuyg‘ularini, tabiat
hodisalariga va ob’ektiv dunyoga nisbatan munosabatlarini ko‘rsatish bilan birga,
tabiat go‘zalliklarini ko‘ra biladi va his qiladi. Inson tabiatdan olingan aniq bilimlarga
ega bo‘lganida va tabiat hodisalarini chuqur estetik hissiyot bilan anglaganida, u tabiat
bilan ijobiy munosabatga kirishib, uni yanada go‘zalroq qilishga intiladi. Tabiatga
mehr-muhabbat, uni tushunish asosida uning go‘zalliklarini anglash va tabiat bilan
uyg‘unlikda bo‘lish jarayoni boshlanadi. Ana shu paytda tabiat bilan bo‘lgan
munosabat shunday darajaga yetadiki, u inson shaxsiyatining madaniyatli va muhim
belgisiga aylanadi. Ekologik etika — ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik etika, bu tabiat tomonidan yaratilgan va asrlar
davomida shakllangan tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, ularni ko‘paytirish, ularning
qiymatini anglashdir. Ona tabiatni, atrof-muhitni kuzatish, uni muhofaza qilishda
bo‘lgan intilish, faoliyat va qat’iy ishontirishdir. Ushbu jarayon, insonning ekologiya
bo‘yicha olgan barcha bilimlarini chuqur idrok etib, etika darajasiga ko‘tarilishida,
malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishda samarali bo‘ladi. Ekologik madaniyatni
shakllantirish malakasi, zaruriy bilim va tajriba egallashni talab qiladi. Bu bilimlarga
ega bo‘lgan tarbiyachilar, maktabgacha ta’lim muassasalarida katta guruh bolalari
bilan mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida ekologik tarbiya ishlarini maqsadga
yo‘naltirilgan tarzda tashkil etishlari kerak. Bunda avvalo, bolalarga tabiat va atrof-
muhitning turli ob’ektlari haqida tushunchalar berish, katta yoshdagi bolalar va
o‘smirlar fe’l-atvorini, boshqalarining xulqini tahlil qilish zarur. Ekologik
tushunchalarni shakllantirish borasida aniq tadbirlar belgilanishi maqsadga
muvofiqdir. Obodonlashtirish, daraxtlar ekish va ularni nazorat qilish, qushlar va
hayvonlar uchun uyalar va inlar qurish, buloq, kanal va ariklarni axlat va chiqindilardan
tozalash, tuman hududiga yaqin joylashgan qishloq yoki shahar atrofida ekologik
faoliyatlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlar natijasida
bolalarda tabiat bilan bog‘liq ekologik, huquqiy, axloqiy va estetik qarashlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

125

ISSN:3030-3613

shakllanadi. Ular insonning tabiatdagi o‘rni, ona shahri yoki qishlog‘i uchun tabiatni
muhofaza qilish faoliyatining ahamiyati, yer, havo, suv va daryolarni toza saqlash
masalalarini hal qilishning hayotiy zarurligi haqida tushunchalar hosil bo‘ladi.
Bolalarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy faoliyati, ularning individual
ekologik ongi shakllanishi uchun zaruriy shart hisoblanadi. O‘zbekistonda ekologik
ta’lim va tarbiya masalalari “Uchinchi mingyillikning bolasi” dasturiga ham kiritilgan.
Ushbu muhim masalani yanada takomillashtirishda maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarda tabiatshunoslik, biologiya, geografiya va boshqa fanlardan
dastlabki bilimlarni shakllantirish lozim.
Tarbiyachi o‘z ishini shunday tashkil etishi kerakki, u bolalar uchun ibrat bo‘lsin.
Tarbiyachi bolalar bilimini yangi tushunchalar bilan boyitib, o‘rgatilayotgan
materiallarni tushuntirish shaklini murakkablashtirgan holda ekologik tarbiyaga
kengroq yondoshishi zarur. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha amaliy faoliyatlarni o‘z ichiga olgan holda ekologik
tarbiyaga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, xona
o‘simliklarini parvarishlash, bog‘cha hovlisini tozalash, obodonlashtirish, bog‘larni
parvarish qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bolalar uchun shahar va
qishloqlardagi ta’lim muassasalarini obodonlashtirish, ekilgan daraxtlarni parvarish
qilish, obodonlashtirish ishlarida ishtirok etish, tabiatni himoya qilish kabi faoliyatlar
ekologik tushunchalarning amaliy ifodasini tashkil etadi. Inson va tabiat o’rtasidagi
haqiqiy muvofiq shakllar faqat tabiat va jamiyatga nisbatan g’amxo’rlik
ko’rsatiladigan jamiyatlarda mavjud bo’lishi mumkin. Bunday jamiyatda ijtimoiy
ishlab chiqarish va tabiatni muhofaza qilish maqsadlari o’rtasida ziddiyat bo’lmasligi
kerak. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kurashish, mutlaqo, mustaqil
respublikamizda har bir bola uchun vazifa bo’lishi zarur. Shu bilan birga, bolalarning
ekologik tushunchalarini shakllantirish nihoyatda muhimdir. Chunki yosh bolalarning
tabiat bilan muloqoti ularning axloqiy sifatlarini rivojlantiradi. Bolalar tabiat bilan
muloqot qilish orqali uning qonunlari, qadriyatlari va go’zalligi haqida bilimga ega
bo’ladi. Buning natijasida ular tabiatga nisbatan mehr-oqibat, hamdardlik, yaxshilikka
muhabbat, yovuzlikka qarshi kurashish kabi fazilatlarni o’zlashtiradi. Aslida, bolalar
har bir sohada kattalardan ibrat olishadi. Katta yoshdagi kishilarning ijobiy xatti-
harakatlari va ibratli so’zlari, tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish ularning
o’rgatishlari bolalar uchun namuna bo’ladi. Shu bois, tarbiyachilar bolalarga
hayvonlarni boqish, ko’paytirish, dorivor o’simliklarni yig’ish, atrof-muhitni va ish
joylarini toza saqlash kabi masalalarda namuna bo’lishlari zarur. Bolalar tabiatning
sirlarini tobora chuqurroq o‘rganib, ekologik tushunchalarni kengaytirish orqali tirik
mavjudotlarga bo‘lgan qiziqish va e’tibor ortadi. Tabiatning tabiiy go‘zal shakllari va
turlari haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi. Shunday qilib, tarbiyachi har bir
mashg‘ulotda katta yoshdagi guruh bolalariga ekologik tushunchalarni shakllantirishni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_6-to’plam_May-2025

126

ISSN:3030-3613

rejalashtirishi, shu bilan birga, asosiy tushunchalar va g‘oyalarni aniqlashi kerak.
Mashg‘ulotlarni tashkil etishda metod va vositalarni tanlash, bolalarning qanday
darajada tushunishini hisobga olish va natijalarni aniqlash lozim.
Shu bilan birga, ekologik tushunchalarni shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish va
bolalar bilan tabiatni muhofaza qilishning mohiyatini tushuntirish, tabiat bilan
munosabatda bo‘lishning uyg‘unligini anglash, tabiatni boyitishga hissa qo‘shish,
undan oqilona foydalanish va o‘z faoliyatida bu printsiplarga rioya qilish kabi
maqsadlarni amalga oshirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Tilyabova N. «Maktabgacha katta guruh bolalarida insonparvarlik his-tuyqularini
tarbiyalash» risola. – I.: Fan, 1994.

2.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ikkinchi qism. T.: Ukituvchi, 1992.

3.

Raximkulova M.B. «Boshlanich sinf ukuvchitarini darodan tankari mashkulotlarda
ekologik kadriyatlar asosida tarbiyalas», ped. fannom. angoref. -Т.: 2000.

4.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Birinchi qism. T.: - Ukituvchi, 1991.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Tilyabova N. «Maktabgacha katta guruh bolalarida insonparvarlik his-tuyqularini

tarbiyalash» risola. – I.: Fan, 1994.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ikkinchi qism. T.: Ukituvchi, 1992.

Raximkulova M.B. «Boshlanich sinf ukuvchitarini darodan tankari mashkulotlarda

ekologik kadriyatlar asosida tarbiyalas», ped. fannom. angoref. -Т.: 2000.

Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Birinchi qism. T.: - Ukituvchi, 1991.