T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
113
ISSN:3030-3613
MUSTAQILLIK YILARIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
KATTA GURUH YOSHIDAGI BOLALARDA VATAN TUYG’USI
TUSHUNCHALARINI SHAKILLANTIRISHNING PEDOGOGIK
HUSUSIYATLARI
San’atxon Toxirovna Razzoqova
Qo’qon universiteti magistratura
bosqichi 2-kurs talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh yoshidagi
bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari yoritilgan.
Bolalarda milliy qadriyatlarni anglash, yurtga muhabbat uygʻotish va vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida pedagogik
yondashuvlar, ta’lim metodlari va samarali mashgʻulotlar tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim, Vatan tuygʻusi, Pedagogika, Vatanparvarlik,
Ta’lim metodlari, Milliy qadriyatlar.
KIRISH.
Maktabgacha ta’lim bosqichi bola shaxsining shakllanishida muhim
o‘rin tutadi. Ayniqsa, bu davrda bolalarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish
pedagoglarning ustuvor vazifalaridan biridir. Vatanparvarlik tarbiyasi orqali bolalar
o‘z yurtini sevish, uni asrash va milliy qadriyatlarini hurmat qilish kabi xislatlarni
egallaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruh yoshidagi bolalarda Vatan
tuygʻusini shakllantirish jarayonini ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan o‘rganish, bu
boradagi samarali metod va yondashuvlarni tahlil qilish, shuningdek, milliy
qadriyatlarni bolalar ongiga singdirishning pedagogik asoslarini aniqlash bugungi
maktabgacha ta’lim sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan ushbu maqolaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Maktabgacha yoshdagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishning nazariy
asoslarini o‘rganish va tahlil qilish;
• Bolalarda vatanparvarlik hissini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik metod va
uslublarni aniqlash;
• Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik
tarbiyasini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish;
• Bolalarning yurtga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlashga qaratilgan ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish yo‘llarini tavsiya qilish;
• Maktabgacha ta’lim tizimida Vatan tuygʻusini shakllantirishning samaradorligini
oshirishga xizmat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
114
ISSN:3030-3613
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Mazkur yo‘nalishda dastlabki ilmiy izlanishlar bir qator pedagog olimlar tomonidan
olib borilgan bo‘lib, ular maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanparvarlik tarbiyasini
shakllantirishga oid nazariy va amaliy asoslarni o‘rganishga qaratilgan. Jumladan,
Raximkulova M.B. maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasida
vatanparvarlik tuyg‘ularining o‘rni, Tilyabova N. maktabgacha ta’lim tizimida axloqiy
tarbiya masalalari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari, shuningdek, milliy qadriyatlar
asosida tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlari alohida e’tiborga loyiq.
Ushbu tadqiqotlarda bolalarning Vatanga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda
didaktik vositalar, tarbiyaviy faoliyat turlari, pedagogik yondashuvlar muhim omil
sifatida ko‘rib chiqilgan.
Biroq bu tadqiqotlarning aksariyatida vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarzda,
nazariy asosda yoritilgan. Ayniqsa, katta guruh bolalarida “Vatan tuygʻusi”
tushunchasining shakllanishi jarayonida qo‘llaniladigan aniq pedagogik metodlar,
bosqichma-bosqich yondashuvlar va individual rivojlanish xususiyatlari chuqur tahlil
qilinmagan. Shu bois, bugungi kunda aynan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
tarbiyalanuvchilarda vatan tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan tizimli va ilmiy
asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish dolzarb ilmiy-
pedagogik masala sifatida e’tirof etiladi.Bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirishda
quyidagi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
• O‘yin texnologiyalari – Vatan haqida qiziqarli o‘yinlar tashkil etish orqali milliy
qadriyatlarni bolalarga singdirish.
• Tasviriy san’at – bolalarga vatanparvarlik mavzusida rasmlar chizdirish orqali
ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish.
• Badiiy adabiyot va ertaklar – milliy ertaklar, dostonlar va hikoyalar orqali Vatan
haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
• Sayohatlar va ekskursiyalar – tarixiy joylarga sayohat uyushtirish orqali bolalarning
Vatan haqidagi tasavvurlarini boyitish.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Inson uchun eng oliy qadriyat – bu uning
Vatani. Vatan har bir inson uchun muqaddas boʻlib, uning ravnaqi, obodligi va gullab-
yashnashi uchun barchamiz masʼulmiz. Shu boisdan, har bir inson, avvalo, Vatan
kelajagini oldindan koʻra bilishi, uni mustahkamlash, rivojlantirish va unga sadoqat
bilan xizmat qilishga asosiy eʼtiborni qaratishi lozim. Chunki Vatan taqdirini oldindan
his etish, uning taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etishda muhim
omil hisoblanadi.
Vatanparvarlik bilim – bu vatanimizga nisbatan ichki xulq-atvorni
shakllantirishni tashkil etadi. Yuksak vatanparvarlik bilimga ega boʻlgan har bir
jamiyat aʼzosi oʻz faoliyatida vatanga boʻlgan munosabatlari orqali uning salomatligi
va farovonligini taʼminlashga hissa qoʻshadi. Demak, vatanparvarlik bilim avvaldan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
115
ISSN:3030-3613
xalqimizning salomatligiga qaygʻulash, kelajak avlod oldidagi vatan xavfsizligini
taʼminlash, vatan resurslaridan oqilona foydalanish, vatanga boʻlgan ong va his-
tuygʻularning shakllanishi hamda vatanparvarlik faoliyatiga ega boʻlishdan iboratdir.
Ana shu vatanparvarlik xususiyatlarini oʻzining ichki xulq-atvorida ongli tarzda
rivojlantirgan shaxs faqatgina amaliy faoliyat jarayonida vatan bilan toʻgʻridan-toʻgʻri
ehtiyotkorona munosabatga kirishadi. Boladagi vatan tuygʻusi, vatanga boʻlgan sevgi
va uni asrashga boʻlgan ong faqat oila emas, balki maktabgacha taʼlim muassasalari
faoliyatiga ham bogʻliqdir. Shuning uchun, oila va maktabgacha taʼlim muassasalarida
bolalarga vatanparvarlikni, yaxshi axloqni va vatanni sevish kabi qadriyatlarni tarbiya
berish lozimdir.
Vatanparvarlik tarbiyasi bolani oltinday qimmatli insoniyatga aylantirishi
mumkin, aksincha notoʻgʻri tarbiya uning maʼnaviy boyligini kamaytishiga sabab
boʻlishi ham ehtimol. Shuning uchun bolaning vatan tuygʻusini shakllantirishda
avvaldan ota-onalar, keyinchalik maktabgacha taʼlim muassasalari muhim omillar
sifatida oʻz oʻrnini egallaydi. Bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, atrof-muhit va
kishilarning faoliyati katta ahamiyatga ega boʻlib, ular bolaning vatanga boʻlgan sevgi
va tuygʻusini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, ushbu sohada oila va
maktabgacha taʼlim muassasalari alohida eʼtiborga molikdir. Boladagi yoshligidan
vatanparvarlik tarbiyasini berish juda ham zarurdir. Chunki bu davrda bola, toʻl
novdasi kabi, vatan qadriyatlariga yoʻnaltiriladi va shu asosda shakllanadi. Bolaning
jismoniy va ruhiy pokligi, uning toza va sodiq boʻlishi vatanimizga boʻlgan
muhabbatning asosidir. Shuning uchun, bolaning tarbiyasida uning kiyim-kichak,
ovqatlanish odoblari va kattalar bilan boʻlgan munosabatlari vatan tuygʻusini aks
ettirishi lozimdir.
Bundan tashqari, ijodiy va ochiq o‘yin-kulgi faoliyatlari davomida bolalarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning zehni va xotirasini mustahkamlash orqali,
vatanimizning tarixiy-madaniy merosi va milliy qadriyatlarini qadrlashni o‘rgatishning
o‘ziga xos foydasi bor. Xalqimiz orasida «tarbiya ostonaidan boshlanadi» degan
mashhur ibora bor. Shu sababli, bunday tarbiyaning eng muhim talablaridan biri –
shaxsiy namunaviy ro‘l o‘ynash, ya’ni oila iborati. Birinchi navbatda, ota-onalar va
tarbiyachilar farzandlarga vatanparvarlikning eng asosiy unsurlarini tushuntirishlari
zarur. Oilada vatanning qadriyatlariga sodiqlik, resurslarni isrof qilmaslik va adolatli
taqsimlash kabi urf-odatlar o‘rgatilishi lozim. Natijada, biz hayotimizda vatanimizning
boy resurslari, uning qadimiy an’analari va milliy merosidan oqilona foydalanishga
qaratilgan urf-odatlarni bolalar ongi bilan uyg‘unlashtirgan bo‘lamiz. Vatanparvarlik
tarbiyasi sohasi bo‘yicha ishlarni yagona tizimda, muvofiqlashtirib olib borish ham
nihoyatda muhimdir.
Maktablargacha ta’lim muassasalarida bolalarni vatanparvarlik bilan tarbiyalash
borasidagi kamchiliklarni faqat tarbiyachilarning zimmasiga yuklash to‘g‘ri emas.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
116
ISSN:3030-3613
Bolalarni vatanparvarlik tarbiyasida xalq ta’limi hodimlari, ijodiy tashkilotlar va ota-
onalar qo‘mitalari yaqinidan faol yordam ko‘rsatishlari zarur. Bolalarda vatanimizga
bo‘lgan chuqur hurmat va sadoqatni shakllantirish, shuningdek, insoniy fazilatlarni
rivojlantirish tarbiyachilarning bilim darajasi va malakasiga bog‘liqdir. Bunda
tarbiyachilar bolalarda mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishga alohida e’tibor
qaratishlari muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachilar, bolalarga gunoh va savob, ya’ni
vatanimizning boy resurslarini isrof qilmaslik, ortiqcha chiqindilarni tartib bilan
yo‘naltirish, atrofdagilarga va vatanimizning merosiga zarar yetkazmaslik,
shuningdek, milliy qadriyatlar va an’analarni hurmat qilish kabi asosiy tamoyillarni
tushuntirish orqali ularning bilimini oshirishlari zarur.
Ma’lumki, vatan, adabiyot va san’atni sevgan bola hech qachon yomonlikka yo‘l
qo‘ymaydi. Bolalarni vatanimizni asrash va vatanparvarlik faoliyatlariga jalb qilish
bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarda ham dars berish lozim. Bolada vatanparvarlik
tushunchalarini shakllantirish uchun, hayotning turli jabhalari, uning past-baland
qirralari haqida suhbatlashish ва fikr yuritish nihoyatda muvofiqdir. Axir,
jamiyatimizga kelajakda nafaqat fizik, kimyoviy ва boshqa fanlar mutaxassislari, balki
buyuk vatanparvar insonlar kerak, degan gapni unutmaslik lozim.
O’zbek mrifatparvar shori Abdulla Avloniy shunday degan edi:
«Agar bir kishi vataniga nisbatan hurmatsizlik qilib, uning qadriyatlarini unutsa,
bunday kishilardan yaxshilik kutish, yerda turib yulduzlarga umid bog‘lashga
o‘xshaydi». Maktabgacha taʼlim muassasalarida katta guruh yoshdagi bolalarda vatan
tushunchasini shakllantirish jarayonida quyidagilarga amal qilish maqsadga
muvofiqdir. Birinchidan, katta guruh yoshdagi bolalarning vatan hissiyotiga taʼsir
oʻtkazish, ular qalbida yoshlik chogʻlaridanoq vatanga boʻlgan muhabbat uygʻotish
lozim. Bu tarbiya qanchalik erta boshlanib, izchil rivojlantirilsa, u shunchalik ijobiy
samara beradi.
Ikkinchidan, bola ongida Vatanni himoya qilish va unga oqilona munosabat
oʻrnatish masalalarida faol hayot nuqtai nazarini shakllantirish zarur. Har bir bolada
Vatanni asrash, uning qadriyatlariga va tarixiy merosiga sodiqlikni tarbiyalash,
shuningdek, Vatanning yutuqlaridan amaliy maqsadlarda foydalanishga urgatish
lozim.
Uchunchidan, Vatan tuygʻusini yuksaltirish uchun vatanparvarlik taʼlimi olishni
uzluksiz davom ettirish talab etiladi. Vatan tuygʻusini shakllantirish milliy tarix,
madaniyat va urf-odatlarga asoslangan tarbiya jarayoniga tayanadi. Shunday ekan,
maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari vatan qonunlari va milliy
qadriyatlarni chuqur bilishlari lozim. Bunda ular vatan va jamiyatning o’zaro
munosabatlari, ya’ni bu moddiy dunyoda kishilarning o’rni, ahamiyati va mohiyatini
aks ettiruvchi dunyoqarashlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_6-to’plam_May-2025
117
ISSN:3030-3613
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida vatanparvarlik monitoringini
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Monitoring jarayonida, vatanimizning rivojlanishi,
milliy merosimiz, tarixiy obidalarimiz va madaniy qadriyatlarimizning davriy
o’zgarishlarini (rasmiy ma’lumotlarga asoslangan tarzda) kuzatib borish, hisobga
olish, baholash va istiqbolini belgilash tizimi chuqur o’rganilishi tarbiyachilarning
vatanparvarlik haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlaydi. Bunda ular:
vatanparvarlik munosabati, milliy merosni asrash va himoya qilish, shuningdek,
vatanimizning milliy va xalqaro ahamiyati haqida to’liq bilimga ega bo’lishlari lozim.
Chunki, maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari hayotga mustaqil
qadam qo’yganlarida, ular vatanimizning «boysindiruvchisi» emas, balki uning
yaratuvchisi va himoyachisi bo’lishlari zarur. Bu yo’nalishda, albatta, ularga ustozlari,
murabbiylari va tarbiyachilari faol yordam ko’rsatishlari maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta guruh
yoshidagi bolalarda Vatan tuygʻusini shakllantirish nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy
jarayonning ham asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Vatanparvarlik tuyg‘usi bolalarga
yoshlikdan singdirilsa, kelajakda yurtga sodiq, milliy qadriyatlarni hurmat qiluvchi,
ona Vatanga fidoyi insonlar shakllanadi.
Tahlil qilingan pedagogik metod va yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar
ongida Vatan tushunchasini mustahkamlash uchun turli innovatsion usullarni qo‘llash
zarur. Bunda badiiy adabiyot, tasviriy san’at, teatr elementlari, o‘yin texnologiyalari,
ekskursiyalar va tajribaviy mashg‘ulotlar kabi pedagogik yondashuvlarning
samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Umuman olganda, maktabgacha ta’lim tizimida Vatan tuygʻusini shakllantirish
doimiy va izchil amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlardan biridir. Bolalar
yoshligidan o‘z yurtining tarixi, madaniyati va an’analari bilan tanishtirilib, ularning
milliy g‘ururi mustahkamlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa, kelajak
avlodning yurt taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan, Vatanini ardoqlaydigan, uni
rivojlantirish yo‘lida faol harakat qiladigan insonlar bo‘lib yetishishiga zamin
yaratiladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Birinchi qism. T.: -O’, 1991.
2.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ikkinchi qism. T.: O’qituvchi, 1992.
3.
Raximkulova M.B. «Boshlanich sinf ukuvchitarini darodan tankari mashkulotlarda
ekologik kadriyatlar asosida tarbiyalas», ped. fannom. angoref. -Т.: 2000.
4.
Tilyabova N. «Maktabgacha katta guruh bolalarida insonparvarlik his-tuyqularini
tarbiyalash» risola. – I.: Fan, 1994.