T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
108
ISSN:3030-3613
BOLALARDA SEZGI TURLARINING SHAKLLANISHI
Boboraxmatov Anvar Elmamatovich
Koʻkdala tumani 1-son kasb-hunar maktabi psixologi
Annotatsiya:
Sezgi qobiliyatining ba’zi turlari insonda ona qornidaligi
davridayoq shakllanadi hamda tug’ilgandan keyin vaqt o’tishi, o’sib-ulg’ayishi, ichki
va tashqi omillar ta’sirida yanada mustahkamlanadi.
Kalit so’zlar:
sezgi, ko’rish, eshitish, qobiliyat, maktab, o’quvchi, xotira,
qobiliyat, layoqat, iqtidor
KIRISH
Sezgi – tashqi olam va o‘z tanamiz to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni
bilishning dastlabki manbai. Organizm bir me’yorda rivojlanishi uchun tashqi
muhitdan hamisha axborot olib turishi kerak. Bu ma’lumotning ko‘payib yoki kamayib
ketishiga organizm moslashib borishi zarur, aks holda sezgi va idrok orasida
nomutanosiblik yuzaga kelib, asab tizimida funktsional buzilishlar ro‘y beradi.
Fanda sensor izolyatsiya degan tushuncha bor. Kosmonavtlarni tashqi
axborotlardan to‘la izolyatsiya qilib, ularning asab tizimi chuqur o‘rganiladi va
koinotda yashashga moslashtiriladi. To‘la va qisman sensor izolyatsiya
sinaluvchilarda olib borilganda, bir necha soatdan so‘ng ular ahvoli yomonlashganidan
shikoyat qilib, tadqiqotni to‘xtatishni iltimos qilishgan. Bundan bir necha yil oldin
AQSh da infektsiya tushish xavfini mutlaqo yo‘qotish uchun murakkab operatsiya
o‘tkaziladigan xonalarga umuman oyna qo‘yilmagan va faqat eshik bo‘lgan, xolos.
Bunday xonalarda uzoq vaqt davom etadigan operatsiyalar paytida jarrohlar ruhan
charchab qolavergan va bu holat operatsiyaning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, eng murakkab jismoniy va aqliy mehnatni talab qiluvchi
sharoitlarda sezgi a’zolarimizga tashqi olamdan tushuvchi axborotlarning ta’sir doirasi
o‘ta kengdir. Bu va boshqa dalillar inson organizmining tashqi dunyodan sezgilar
tarzidagi taassurotlarga ega bo‘lish ehtiyoji naqadar kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Sezgi qobiliyatining ba’zi turlari insonda ona qornidaligi davridayoq birmuncha
shakllanadi hamda tug’ilgandan keyin vaqt o’tishi, o’sib-ulg’ayishi, ichki va tashqi
omillar ta’sirida yanada mustahkamlanadi. Eshitish sezgisi orqali biz atrofimizda
kechayotga voqea-hodisalarni eshitamiz, anglaymiz, fikr yuritamiz va munosabat
bildiramiz. Bizning bunday munosabatimiz tashqi omillarga nisbatan befarq
emasligimizni bildiradi. Insonlarda sezgi qobiliyati asosan, maktab yoshidagi
bolalarda juda faol rivojlangan va ma’lumotlarni ko’rish, eshitish va yozish orqali tez
qabul qiladi va xotirada juda uzoq muddat, balki, keksa yoshigacha saqlanib qolish
xususiyati bilan juda ahamiyatlidir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
109
ISSN:3030-3613
“Sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita
ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks
ettirilishini aytamiz.” Ko’rish va eshitish sezgisi eng yuksak rivojlangan sezgilar
qatoriga kiritiladi. Maktab o’quvchilarida ko’rish sezuvchanligi va bitta ko’rgan
narsasini xotirada saqlab qolish qobiliyati katta yoshli insonlarga nisbatan ancha
yaxshi rivojlangan. Butun bir dars mobaynida doskaga yozilgan ma’lumotlar o’quvchi
xotirasiga ko’rish orqali hamda o’qituvchi leksiyasini eshitish orqali qabul qilinadi va
saqlanadi. Universitet talabalaridan farqli ravishda maktab o’quvchilarida xotira tiniq
va ko’p ma’lumotni qabul qila olish xususiyatiga ega bo’ladi.
“Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida
sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Masalan, mashq qilish natijasida
musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda past, baland ohanglarni eshitish qobiliyati
rivojlanib boradi.” Chindan ham shunday, maktab yoshidagi bolalarda boshlang’ich
tarzda alifbo o’rgatiladi, keyin sekin-sekin qo’shib yozishni va gaplar, matnlar yozish
ko’nikmalarini shakllantiriladi. Hamda keyin kuzatishimiz mumkinki, ularga og’zaki
diktant aytilganda ular bemalol yoza oladi, negaki ularning eshitish sezgirligi va
xotiradagi yuklangan ma’lumotlari yordam beradi.
Biz maktabga bolalarni qabul qilish jarayonida ularning aqliy faoliyati va
iqtidorini, sezuvchanlik qobiliyati va intilishini inobatga olgan holda qabul qilishimiz
kerak deb o’ylayman. Chunki bir xil yoshdagi bolalarning hammasi ham bir xil aqliy
imkoniyatga va iqtidorga ega emas. Ulardagi sezgi organlari va ma’lumotlarni qabul
qilish jarayonlari ham har xil. Bitta mavzu matni doskaga yoziladi va o’quvchilarga
ko’chirib yozish vazifasi beriladi. Bitta sinfda o’rtacha 25 nafar o’quvchi bo’ladigan
bo’lsa, ulardagi ma’lumotni qabul qilish qobiliyati, ko’chirib yozish tezligi, bilim
ko’nikmasi ham har xildir. Ko’pchilik sinflarda orqada qoladigan, o’zlashtirishi qiyin
bo’lgan o’quvchilar ham bo’ladi. Pedagoglar ular bilan alohida yoki ko’proq
ishlashlari, mashg’ulotlar olib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sezgilarning rivojlanishida o’spirinlar psixologiyasi bilan bog’liqlik jihati
mavjud. Yaratilgan shart-sharoitlar ostida o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan
o’sishiga o’ziga xos sifatlar va fazilatlar namoyon bo’ladi. Yuqori sinf o’quvchilari
o’zlarining sezgi qobiliyatlarining o’sishi natijasida ijtimoiy hayotda faollikka harakat
qiladilar, dolzarb muammolarni hal qilishda ishtirok eta boshlaydilar.
Ularning ijtimoiy hayotda faol qatnashishi, ta’lim jarayonining ongida yanada
rivojlanishi dunyoqarashining kengayishiga, sezgi qobiliyatining yanada ortishiga,
qiziqishlarning ko’payishiga, yuksak insoniy tuyg’ularning vujudga kelishiga, bilimni
o’zlashtirishga ijodiy yondoshishning kuchayishiga olib keladi. Maktab yoshidagi
bolalarning sezgi qobiliyatlari yanada shakllanishi ularning oilada, maktabda mehnat
va aqliy faoliyati ortishida, fanlarni o’zlashtirish ko’lami kengayishida hamda
mustaqil hayotga qadam qo’yishida muhim ahamiyat kasb etadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
110
ISSN:3030-3613
Maktab yoshidagi bolalarning sezgi qobiliyatlari har xil rivojlanish bosqichida
ko’rinadi va namoyon bo’ladi. Sezgilarning ahamiyatli jihatini ular o’rtasida turli
xildagi psixologik testlar, o’yinlar o’tkazish orqali bilib olishimiz mumkin.
XULOSA
O’quvchilardagi o’qishga bo’lgan layoqatini yanada oshirish uchun ularga o’z
o’rnida rag’bat ham berish kerak. O’quvchilarning iqtidori va sezgi layoqati atrof-
muhit ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi. Yaxshi muhit va tarbiya bo’lsa ulardagi
qobiliyatlar o’sib boradi. Agar noqulay va nosog’lom muhit hukmronlik qilgan joyda
tarbiyalansa, undagi bor bo’lgan iqtidor ham so’nadi, rivojlanishdan to’xtaydi.
Shuning uchun har bir ota-ona farzandiga o’rnak bo’lishi va o’z o’rnida sog’lom
muhitni, shart-sharoitni yaratib berishlari kerak, nazarimda. Pedagoglar va ota-onalar
o’quvchilardagi iste’dod va sezgi qobiliyatlarning rivojlanishini vaqtida anglagan
holda ularga to’g’ri yo’nalish berishlari kerak.Jamiyatimizda malakali kadrlarning
yetishib chiqishlari, ularning vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishlari
uchun, avvalambor, maktab bosqichining metodik jihatdan mustahkamlanishiga,
o’quvchilarga sifatli va to’g’ri ta’lim-tarbiya berilishiga katta ahamiyat qaratishimiz
kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Umumiy psixologiya. E.G’oziyev. T, 1994.
2.
Umumiy psixologiya. F.Xaydarov, N.Xalilova. T: 2010.
3.
Umumiy psixologiya. B.Turakulov, Termiz, 2018.
4.
Амирқулович, Ҳ. С. (2021). ЎЗБЕКИСТОНТАРИХИ ФАНИНИ ЎҚИТИШДА
ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА
ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).
5.
Амирқулович, Ҳ. У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ
ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙЎЛЛАРИ.
Scientific progress, 1(3).
6.
Ҳайдаров С. (2021). Ўзбекистон тарихини ўқитишда миллий миниатюрадан
фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational
Sciences. 2 (7). 760-764.
7.
Khaydarov S,A. (2023). Using technologies in teaching social sciences. GALAXY
INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ),
(pp. 305-309). 11(9).