T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
100
ISSN:3030-3613
MAKTAB O’QUVCHILARIDA MUTOLAA MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Abdulxasanova Xilola Xolmatovna
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani 2-IDUM psixologi
Annotatsiya:
Kitob - axborotlarni, g’oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda
tarqatish vositasi, bilimlar targ’iboti va tarbiya qurolidir. Xalqaro statistikada
YUNESKO tavsiyasiga ko’ra, hajmi 48 sahifadan kam bo’lmagan, taboqlab tikilgan
nodavriy nashrlarni, shartli ravishda kitob deyish qadul qilingan.
Kalit so’zlar:
kitob tarixi, papirus, pergament, Avesto, iyeroglif, bosma uskuna,
bibliografiya, elektron kitob.
KIRISH
Har yili dunyoda 249 million nafarga yaqin bola muayyan resurslar yetarli
bo‘lmagani oqibatida rivojlanishdan orqada qolmoqda. Kognitiv va ijtimoiy-
emotsional qobiliyatni rivojlantirish maqsadida yoshlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar
kelajakdagi iqtisodiy samaradorlikning poydevorini yaratadi. Bola 3-5 yosh oralig‘ida
paytida miyasida neyronlar shakllanadi. Shu bois davlat ijtimoiy dasturlarida mazkur
yoshdagi bolalarga alohida e’tibor qaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Uyda bolalar
uchun mo‘ljallangan adabiyotlarning mavjudligi tarbiyachi va bolalarning o‘zaro
munosabatlarini rivojlantiradi hamda bolalarning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir
qiladi. Bu ko‘plab tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston sharoitida
uning ta’sirini tekshirish maqsadga muvofiq.
Shu bois Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonda 3-5
yosh oralig‘idagi farzandlari bor oilalarda bolalar adabiyotinning mavjudligi va
savodxonlik-hisoblash qobiliyatining rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi.
Bog‘liqlikni tekshirish kitoblar sonidan tashqari bir qancha omillarga asoslangan.
Xususan: oila a’zolarining bolaga kitob o‘qib berishi, onaning ta’lim darajasi va
oilaning moliyaviy holati.
Empirik tahlillar natijasi O‘zbekistondagi oilalarda bolalar uchun mo‘ljallangan
kitoblar sonining 1 birlikka oshishi ularning savodxonlik-hisoblash ko‘nikmalarining
normal rivojlanganlik darajasida bo‘lish ehtimolini taxminan 12,39 foizga oshirishini,
oilasida kimdir kitob o‘qib bergan bolalarning me’yordagi aqliy rivojlanish darajasiga
ega bo‘lish ehtimoli kitob o‘qilmagan oiladagi bolanikiga nisbatan taxminan 1,949
baravar yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi.O’rta Osiyoda ham kitob ishlab chiqarishniig
qadimgi san’ati- kitobat va xattotlik keng rivojlangan edi. Ayniqsa madaniy yuksalish
davri bo’lgan - temuriylar davrida Samarqandda dunyoga mashhur qog’oz ishlab
chiqarish yo’lga qo’yilgan hamda xattotlikning butun bir maktablari yuzaga kelgan edi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
101
ISSN:3030-3613
Amir Temurning nabirasi Boysunqur Mirzoning Nafis san’at akademiyasida
ko’chirilgan kitoblar xattotlik san’atining yuksak namunalari bo’lgan.
Ma’lumki, qo’lda ko’chirib yozilgan, turli surat va miniatyuralar bilan
bezatilgan kitoblar qimmatbaho hisoblangan, hatto bir kitobning bahosiga hovli-joy
sotib olish mumkin bo’lgan.Xalqning madaniy ehtiyojlari o’sishi bilan, arzon
kitoblarga bo’lgan talablar ham ortib bordi va kitobni ommaviy nashr etish kashf etildi.
Turli matnlarni avval yog’ochga o’yib, keyin uni qog’ozga tushirish dastlab
eramizning V-VII asrlarida Xitoyda, X asrga kelib esa, Evropada qo’llangan. Madaniy
rivojlanish natijasida alohida harflardan (belgilardan) foydalangan holda kitob chop
etish ixtiro qilindi. Mana Shunaqa usulda dastlab XI asrda xitoylik temirchi usta Bi
Shen kitob nashr eta boshlagan. U loydan iyerogliflar tasvirini yasab, pishirib, keyin
ular yordamida turli yozuvlarni yozgan va kitob nashr etgan.Yevropada esa, kitob
nashr etishni Ioagann Guttenberg ixtiro qilgan. U 1444-yilda o’zi yaratgan bosma
stanokda kitoblar nashr eta boshladi. Kitob nashr etishning ushbu arzon usuli tez orada
butun Yevropaga tarqaldi va kitob bosish sanoati to’xtovsiz rivojlanib kelmokda.
Zamonaviy kitoblar kitobxon xususiyati, nashrdan ko’zatilgan maqsad hamda
mavzusiga ko’ra farqlanadi. Birinchisiga ko’ra kitoblarni ommaviy kitobxonlarga,
mutaxassislarga hamda O’quvchiga mo’ljallangan kitoblarga ajratishimiz mumkin.
Nashrdan ko’zlangan maqsadga ko’ra esa, rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop,
electron, o’quv, adabiy-badiiy, ma’lumotnoma, reklama va hokazo kitoblarga
ajratiladi.
Ilmiy adabiyotlarning keng tarqalgan turilari, o’quv adabiyotlari darsliklar,
electron kitoblar, o’quv- metodik qo’llanmalar va boshqa adabiyotlar kiradi. Elektron
kitoblar - bu intellektual faoliyat mahsuli hisoblanadi. Bilim va axborotlarni aholiga
an’anaviy bosma shaklida taqdim qilishdan farqli ravishda, ularni ixcham va qulay
elektron shaklda taqdim etish - hozirgi davrda jamiyatning rivojlantirishning xarakterli
jabhasi hisoblanadi. Oqibatda turli xil axborot va ma’lumotlarga ega axborot makoni
yuzaga keladi. Elektron kitoblar va axborot tizimining yaxlitliligi, bir birini toldirishi
elektron makonni yuzaga keltiradi, Bu esa o’z navbatida elektron kutubxonalar rolini
kuchaytirishni, ularning vazifalarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi.
Elektron kutubxona - elektron kitoblarni alohida kriteriyalar va talablarga
muvofiq tartibli to’playdigan, ularni uzoq saqlanishini ta’minlaydigan va jamoatchilik
uchun foydalanishga etkazib beradigan o’ziga xos jamgarma hisoblanadi.
Hozirgi davrda elektron kitoblar kutubxona faoliyatining ajralmas obyekti deb
tan olinmoqda. Shuning uchun kutubxonlar jamgarmasi tizimida sohasi va
yo’nalishiga qarab ajratib olingan maxsus to’plamlar yaratilmoqda.
Elektron kutubxona asosan to’rt muhim elementdan (qismdan), ya’ni
foydalanuvchi, kutubxona jamg’armasi, kutubxona xodimi va moddiy texnik bazadan
tashkil topgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
102
ISSN:3030-3613
Elektron kitobning yana bir ustunligi uni tashkil etuvchi so’zlari darajasida oson
bo’linib ketish imkoniyatiga egaligidir. Shuning uchun zamonaviy dasturiy vositalar
kitobning tarkibini to’liq proindeksasiya qilishlari mumkin.
Elektron kitobdan zarur kalit so’zlarni ajratib olish va so’rov uchun
shakllantirish imkoniyati axborotni mutlaqo yangi texnologik asosda differension
bibliografik axborot etkazish tizimini yaratadi. Shunday qilib, elektron kitobdan
foydalanuvchilarda juda katta hajmdagi axborotlarni zudlik bilan ko’rib chiqish,
izlanayotgan mavzu bo’yicha yangi manbaalarni topish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Elektron kitobdan foydalanishning yana bir afzalligi shuki, undan bir necha
marotaba nusxa olish mumkin, bunda uning sifati kamayib qolmaydi, balki ayrim
holatlarda qo’shimcha kompyuter ishlovidan so’ng uning sifati ortadi. Elektron
kitoblarni aloqa kanallari orqali tez uzatilishi foydalanuvchilarga dunyoning bir necha
mamlakatlarida va kutubxonalarida suralgan ma’lumotlarni to’liq matn shaklida olish
imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, kutubxonalarda va axborot markazlarida
elektron kitoblardan foydalanish axborot bibliografiya xizmati ko’rsatish sifatini
oshiradi, tezkorligini ta’minlaydi va samaradorligini oshiradi.
Elektron kutubxonalar elektron kitoblarni saqlash, ularni topish va ulardan
foydalanishda muhim rol o’ynaydi. Mavzusiga ko’ra esa, kitoblar kutubxona
bibliografiyasi asosida tavsiflashtiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jamiyatda komil shaxsni shakllantirish
albatta kitobga borib taqaladi.
XULOSA
Inson kitob o’qib aqlini charxlar ekan, u o’zini o’zi faollashtirishga intilishi
mavjud bo’ladi va aynan mana shu aql shaxsni rivojlantiruvchi kuchdir. Inson kitb
mutolaa qilar ekan asosiy e’tiborni insonning o’zini o’zi yaratishga qaratadi. hayotdagi
barcha hodisalar: gunoh, qo’rquv, tushkunlik, ishonch, erkinlik, mas’uliyat va sevgi
ham mutolaa faoliyati natijasidir.
Ya’ni, inson ruhida yaxshilikka yoki yomonlikka intilish oldindan mavjud
bo’lishi mumkin emas, balki inson hayot davomida tanlanadigan yo’llardan faqat
hayot davomida o’zini yaxshi ishlarga, o’zini o’zi tarbiyalash, kitoblar o’qish
natijasida inson oqil yoki johil bo’lishi mumkin. Shu boisdan, jamiyat komil insonni
tarbiyalashdan manfaatdor ekan, mazkur ishni faol olib borishi, xususan komil inson
tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo’lgan inson o’zini o’zi faollashtirishi uchun
doimiy ravishda yangidan yangi ma’lumotlarga ega bo’lib bormog’i lozim. Bugungi
kunda shaxs mutolaasi jarayonida ma’lumot olish manbalari asosan kitob,
radiotelevideniya, gazeta-jurnallar hamda zamonaviy axborot tarqatish vositalaridan
iboratdir.
Bularning ichida eng qadimiysi va keng tarqalgani kitoblardir. O’zbekiston
Milliy ensiklopediyasi ta’rifiga ko’ra
"
Kitob - axborotlarni, g’oya, obraz va bilimlarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_2-to’plam_May-2025
103
ISSN:3030-3613
saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish
vositasi; bilimlar targ’iboti va tarbiya quroli; badiiy ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot"
ekanligi hech kimga sir emas.
Zero, kitob - qalb chirog’i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan
taralayotgan va elektron nashrdan topib bo’lmaydigan o’ziga xos yoqimli hidni tuyib,
varaqlash asnosida mo’jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko’ngil cheksiz zavqqa
to’lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan
fikrlashishning huzur-halovati tamoman o’zgachadir. Sohibqiron Amir Temur ta’biri
bilan aytganda, «Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning,
ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir». Shu ma’noda, shaklidan
qat’iy nazar, barcha kitoblar milliy o’zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni
targ’ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Roziyev E. Umarov A. Mutolaa madaniyati : shaxs, jamiyat, taraqqiyot
2.
/A.Navoiy nomidagi O’zbekistan MK; A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat
madaniyat in-ti; Mas.muharrir M.Bekmurodov.-Toshkent: Fan, 2004.- 194 6.
3.
I.I.Tixomirova.
Psixologiya
chteniya
shkolnikov.
V
pomoщ
pedagogubibliotekaryu. 2018.
4.
I.I.Tixomirova.
Ot
chteniya
-
k
tvorchestvu
jizni.
V pomoщь
pedagogubibliotekaryu. 2018.
5.
Keith Rayner, Alexander Pollatsek. The Psychology of Reading. Routledge, 2013
6.
Insup Taylor, M. Martin Taylor. The Psychology of Reading. Academic
7.
Press, 2013
8.
Yo’ldasheva S. O’qish psixologiyasi. Qo’on: ART PRESS.-2022.-141b.