Mualliflar

  • Qoryogʻdiyeva Baxshanda Ergashevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97065

Kalit so‘zlar:

Kalit sо‘zlar: Intellekt kreativlik ijodiy kreativ fikrlash qobiliyat zehn bilish jarayonlari psixik xususiyat divergent tafakkur konvergent tafakkur.

Annotasiya

Annotatsiya: Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda 
ilhom uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga 
yetgan bo‘lar edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u 
bilan ishlashimiz kerak bo‘ladi. Psixologiya fanlarida  kreativlik voqeylikni o‘ziga xos 
aks  ettirishga,  kishining  olam  haqidagi  boy  tasavvurlarga  egaligini  ifoda  etuvchi 
tafakkur  uslubi  sifatida  baholanadi.  O‘z  ichki  olamini  bilish,  tushunish,  his  qilish 
xususiyati ko‘pchilikka xosdir.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

12

ISSN:3030-3613

YOSHLARDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK USULLARI

Qoryogʻdiyeva Baxshanda Ergashevna

Buxoro viloyati Jondor tumani

35- maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda

ilhom uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga
yetgan bo‘lar edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u
bilan ishlashimiz kerak bo‘ladi. Psixologiya fanlarida kreativlik voqeylikni o‘ziga xos
aks ettirishga, kishining olam haqidagi boy tasavvurlarga egaligini ifoda etuvchi
tafakkur uslubi sifatida baholanadi. O‘z ichki olamini bilish, tushunish, his qilish
xususiyati ko‘pchilikka xosdir.

Kalit sо‘zlar:

Intellekt,

kreativlik, ijodiy, kreativ fikrlash, qobiliyat, zehn, bilish

jarayonlari, psixik xususiyat, divergent tafakkur, konvergent tafakkur.

KIRISH

Innovatsion ta’lim muhitining shakllanishi o‘quvchi shaxsinining intellektini

rivojlantirish inson kapitalidan samarali foydalanishning asosi ekanligini
tasdiqlamoqda. Bugungi kunda inson kapitalidan samarali foydalanish jamiyat
rivojiini ta’minlashi barchaga ma’lim. Bu borada jahon miqyosida shaxs intellektini
rivojlantirish, unda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirish
ehtiyoji tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2021 yildan boshlab umumiy o‘rta
ta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarini o‘qish, matematik tabiiy-ilmiy va kompyuter
savodxonligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholash imkonini beradigan. PISA
(Programme for International Student Assessment; O‘quvchilarning ta’limiy
yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro dastur)ning kreativlik mezoni bilan
boyitilayotganligi dolzarb ahamiyat kasb etayotganligidan dalolat beradi.

Inson shaxsi kreativligi, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish muammosi turli

o‘nalishlarda o‘rganilgan. Bu muammolarni Torrens, Dj.Gilford, Adrean Xill,

Z.

Freyd, C. Jung, A. Maslou Ed. Karvasarskiy B.D., A.I. Koptin, Rudestam K,

Maklakov

A.G, pedagog olimlardan Xasanboyev J., To‘raqulov X., Gaydarov M., Xasanboyeva
O, Usmanov N. kabilar o‘rgangan. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki,
har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida
kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda
Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb
hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni
tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

13

ISSN:3030-3613

bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil
etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” . Patti Drapeau
nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala 19 yuzasidan har
tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i,
masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan
farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni
ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan
birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlik
xususiyatlarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni
bajarish, masalani yechishda umumtra’lim maktab o‘quvchilari muammo yechimning
bir necha variantini izlaydi. Xar tomonlama fikrlash, keyin esa eng maqbul natijani
kafolatlovchi eng to‘g‘ri yechimda to‘xtalishi tabiiy. O‘quvchi shaxsning kreativligi
uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon
bo‘ladi. Kreativlik o‘quvchi shaxsini yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini
tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa,
kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi. Evropa mamlakatlarda barcha sohalarning
mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning
darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda
asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur
test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik,
tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha
baholash imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga
beriladigan javoblar aynanmana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi kerak. E.P.Torrens
fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:

-muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
-farazni tekshirish va o‘zgartirish;
-qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
-muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-

qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik Ijodkorlikning doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan bir hodisa
bor. Bu ilhom degan hodisadir. Shuning uchun ham aksariyat odamlar o‘z hayotini
ma’lum maromga solib, ruhiyatini ongli idora qiladi. Afsuski, ayrim kishilarda bu
garmoniyani his etish va boshqarish qobiliyati sust bo‘ladi va ruhiy muammolar tufayli
aziyat chekish ko‘pincha shu toifadagi odamlarda ko‘proq kuzatiladi. Eng qiziqarlisi
shundaki, ko‘pincha bu kabi muammolarning asosiy sababi insondagi ijodkorlik va
uning o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lar ekan. Demaq
ijodkorlikni ro‘yobga chiqarish orqali inson ruhiyatidagi tashqi va ichki olam
garmoniyasiga erishish mumkin degan xulosa chiqarsak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Psixologiyada ijodiylik birinchi marta 1950 yilda ilmiy o‘rganilgan. Mashhur
amerikalik psixolog Dj.Gilford o‘sha yili Amerika psixolog assosiasiyasining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

14

ISSN:3030-3613

kongressida ijodiy tafakkur va ijodiy jarayon haqida ma’ruza qilib bu sohaga
olimlarning diqqatini tortdi. Dj.Gilford bu sohada chuqur izlanishlar olib borib, 1967
yilda kreativ tafakkurni shakllantiruvchi va aniqlovchi testlar batareyasini ishlab
chiqdi. Ijodiy tafakkur bu kishilardagi aqliy faoliyatning asosiy xarakteristikasi bo‘lib,
tafakkur individualligini xarakterlaydi. Dj.Gilfordning intelekt modeli uch o‘lchovli
o‘zgarib turuvchi uzunlikka ega bo‘lgan to‘g‘ri burchakli geometrik shakldir. Bunda
barcha aqliy qobiliyat va harakatlar uch o‘lchovga binoan muayyan shaklga keltiradi.

Bular: a) aqliy jarayonlar; b) aqliy qoniqish; v) aqliy natijalardir.
Dj.Gilford farazicha aqliy jarayonlarga quyidagilar kiradi:

1.

Bilish qobiliyati (kashfiyot yoki nimanidir e’tirof etish).

2.

Xotira (nima olinayotgan bo‘lsa, o‘shani esda saqlash).

3.

Divergent tafakkur (turli yechimlarni izlashda va boshqarishdagi

tafakkur).

4.

Konvergent tafakkur (yechimini faqat bitta yagona yo‘l bilan

topish).

5.

Baholash (yaxshi va eng to‘g‘ri fikrlash, yaqinlashish aynan

o‘xshash va boshqalar bilan belgilanadi).

Dj.Gilford tajribasining asosida quyidagilarga diqqatni qaratadi. Tajriba

maqsadi: shaxsning ijodiy (kreativ) tafakkur xususiyatlarini aniqlash. Tajriba materiali:
Dj.Gilford kreativ tafakkurni o‘rganishga mo‘ljallangan 4 ta sub’testi. Qalam, qog‘oz
va toshiriqda ko‘rsatilgan materiallar. Sinaluvchiga ko‘rsatma: “Quyida sizga har biri
o‘z ichiga 3 tadan sub’testni o‘z ichiga olgan 4 ta test beriladi. Har bir testni
ko‘rsatmaga bnoan bajaring”. Dj.Gilford tomonidan tafakkur kreativligiga taalluqli
bo‘lgan bir nechta testlar berilgan. Quyida shulardan1tasini keltiramiz:

Rasmlar interpritasiyasi: Bu nima? Bunda sinaluvchiga 3 ta rasm havola etiladi,

har birida ma’lum shakl ifodalangan. Sinaluvchiga 2-3 minut vaqt beriladi. Shu vaqt
ichida sinaluvchi shakl nima ekanligini ifodalovchi javoblarni imkon darajada ko‘proq
topishi kerak bo‘ladi kreativ o‘quvchilar murosasiz, ziddiyatli, yuqori emosionallikni
namoyon etadilar. Ular ichki muammolarni mustaqil xal qiladilar. Odatiy fikrlovchi
kishilar yuqori emosionallikni namoyon etmaydilar va ma’qullamaydilar. O‘zlarining
kelajakdagi kasblari xaqidagi savollarga javob berar ekan, kreativ fikrlovchilar
mexnatning ijodiy tabiati, yuqori yutuqlarga intilish va noan’anaviy faoliyat turlariga
jalb qilish xaqida gapirishadi. Ular ijtimoiy taraqqiyotga xissa qo‘shishni, yangi
narsalarni yaratishni, odamlar ongidan ustunlik va xokimiyatga ega bo‘lishni
xoxlashadi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi

kunda o‘quvchilarni xar tomonlama kamol toptirish ongi va xulk-atvorini
shakllantirishda ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga aloxida axamiyat berish
davr talabidir. Aytib o‘tilganidek barcha shaxslarda kreativlik sifatlari o‘z-o‘zidan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

15

ISSN:3030-3613

rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir
qator yo‘llari mavjud.Birinchi yo‘l - kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor
markazida bo‘lib, kishilar fe’llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning
mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘quvchilarda kreativ fikrlash
ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida ularni fikrlashga undovchi savollar
tarkibida zarur fe’llarning bo‘lishiga e’tibor qaratadilar. Bu holat misollar bilan
tushuntirilsa, «Bilish jarayonlari va psixik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqadorlikni
tasniflab bering» mazmunidagi nazorat savollarini berish ularda kreativlikni
shakllantirmaydi.

Zero, savol tarkibidagi «ta’riflab bering» tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra

«mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting» deyish bilan teng. Nazorat savollarini
berishda o‘quvchilarni fikrlashga undovchi so‘z (fe’l)lardan foydalanish ularning
kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli o‘quvchilarda kreativ sifatlarni
shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra psixologlar turli, antiqa, noan’anaviy hamda
puxta javobni berishga majbur qiluvchi so‘z (fe’l)lardan foyalanishlari maqsadga
muvofiqdir. Masalan, «bog‘liqlikni toping», «yarating», «bashorat qiling», «fikrni
mantiqan bayon eting», «tasavvur qiling» kabi so‘z

(fe’l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi. Birinchi yo‘lni

qo‘llash - shaxsda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda «Psixologik kreativlik
xaritasi»dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi yo‘l - amaliy kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish. Shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va usullardan foydalanish mumkin. Bu o‘rinda
shaxsda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi. Uchinchi yo‘l - kreativ faoliyat
jarayonlarini tashkil etish. Mazkur yo‘lda shaxsni muammoni yechish va innovasion
g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beriladi. Mazkur
jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo‘llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi.
Masalan, «Bilish jarayonlari va psixik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqadorlikni tasniflab
bering» topshirig‘ini bajarar ekanlar, psixologiya fanlarida bilish jarayonlari bilan
psixik xususitalarning bog‘liq jihatlariva muammolarni tahlil qiladilar. Natijada ushbu
jarayonda ko‘p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ruy beradi.

To‘rtinchi yo‘l - kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. Bu yo‘lni

tutishda shaxsga « Bilish jarayonlari va psixik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqadorlikni
tasniflab bering » mavzusida Power Point dasturi yoki multimedia vositalari
yordamida takdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash
jarayonida shaxsda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi.Bu borada bir qancha
testlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Predmetlardan foydalanish
testi. Ushbu testda sinaluvchiga bir nechta real predmetlar havola etilib ulardan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

16

ISSN:3030-3613

foydalanish usullari haqida yozma javob berish taklif etiladi. Masalan: 1) bo‘sh shisha
idish 2) katta mix

3) daraxt apilkasi. Havola etilgan predmetlarning har bir guruhining tavsifi

uchun 2 minutdan vaqt ajratiladi. Sinaluvchi ajratilgan vaqt oralig‘ida imkon darajada
ushbu predmetlardan foydalanish usullarini ko‘proq keltirishga harakat qilishi lozim.
Masalan:

1)

Bo‘sh shisha idish: uyning devorini ko‘tarishda, sindirib lupa qilishda,

hamir yoyishda, pul yoki tanga saqlashda, gul uchun vaza, qurol sifatida, musiqa
chiqaruvchi instrument sifatida va hokazo.

2)

Mix-uchli predmet sifatida, silarni aylantirishda, grabl uchun tish

yasashda, ildirg‘ich yasash maqsadida, shifer qoqishda, qalin yog‘ochlarni
birlashtirishda va hokazo.

3)

Daraxt apilkasi (qirindi) –yonilg‘i, uy pechkasi uchun o‘tin, spirt uchun

xom ashyo, polni tozalash maqsadida, o‘yinchoq yasashda, dengiz yuzidagi neftni
yo‘qotishda, sport o‘yinlarida, sirkda va hokazolar.

Ushbu test natijalari ham o‘ziga

xos tarzda tahlil qilinib, eng original, qimmatli fikr eglari alohida aniqlanadi.

XULOSA

Xulosa o’rnida aytish joizki,Shaxs kreativligining shakllanishi va uning ijtimoiy

psixologik ahamiyatini aniqlash va uni rivojlantirishning optimal yo‘llarini ishlab
chiqish o‘quvchi yoshlarni eng original, qimmatli fikr eglari muximi kreativlik
xusuiyatlari shakllanishiga mustahkam asos bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Turdieva M. Oliy taʼlim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni
shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. - 38-42-b

2.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem soving). –Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4.

3.

Bashina T.F., Ilьin Ye.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – CPb.:
Piter, 2009. – s.

4.

2022.Алексеев, А.Ю. (2013) Проблема творчества в исследованиякх
искусственного интеллекта. Москва: "Реабилитация".

5.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4

6.

Тест креативности Торранса // http://www.miu.by/kaf_new/mpp/ 150.pdf.

7.

Kamolova, SH. О‘., & Munarova, R. О‘. (2010). Urovni sovershenstvo lichnosti.

Issledovatel nauchniy jurnal.–Qozog‘iston

,

5

(49), 100-105.

8.

Kamolova, S., & Amanxonova, Y. (2022). О‘quvchilar tafakkur jarayonlarini
shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati.

Jurnal Pedagogiki i

psixologii v sovremennom obrazovanii

,

2

(6).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

17

ISSN:3030-3613

9.

Каршибаева Г. А., Ибайдуллаева У.Р.Оила психологияси.Ўқув қўлланма.
“Баёз” нашриёти. Тошкент.2022 й.

10.

Каршибаева Г.А., Абдуасулов Р.А. Психологик маслаҳат. Ўқув қўлланма.
“Баёз” нашриёти. Тошкент.2022 й.

11.

Yaxshiyeva, M. SH., Kamolova, SH., Eshonkulov, E. S., Jumartova, U. U., &
Urazoliyev, X. A. (2015). Formirovaniye nauchnogo mirovozzreniya studentov. In

Aktualniye zadachi pedagogiki

(pp. 184-186).


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Turdieva M. Oliy taʼlim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni

shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. - 38-42-b

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative

thinking and problem soving). –Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4.

Bashina T.F., Ilьin Ye.P. Psixologiya tvorchestva, kreativnosti, odarennosti. – CPb.:

Piter, 2009. – s.

2022.Алексеев, А.Ю. (2013) Проблема творчества в исследованиякх

искусственного интеллекта. Москва: "Реабилитация".

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative

thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4

Тест креативности Торранса // http://www.miu.by/kaf_new/mpp/ 150.pdf.

Kamolova, SH. О‘., & Munarova, R. О‘. (2010). Urovni sovershenstvo lichnosti.

Issledovatel nauchniy jurnal.–Qozog‘iston, 5(49), 100-105.

Kamolova, S., & Amanxonova, Y. (2022). О‘quvchilar tafakkur jarayonlarini

shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati. Jurnal Pedagogiki i

psixologii v sovremennom obrazovanii, 2(6).

Каршибаева Г. А., Ибайдуллаева У.Р.Оила психологияси.Ўқув қўлланма.

“Баёз” нашриёти. Тошкент.2022 й.

Каршибаева Г.А., Абдуасулов Р.А. Психологик маслаҳат. Ўқув қўлланма.

“Баёз” нашриёти. Тошкент.2022 й.

Yaxshiyeva, M. SH., Kamolova, SH., Eshonkulov, E. S., Jumartova, U. U., &

Urazoliyev, X. A. (2015). Formirovaniye nauchnogo mirovozzreniya studentov. In

Aktualniye zadachi pedagogiki (pp. 184-186).