Mualliflar

  • Karimova Nargiza Boxtiyorovna
  • Bekchanova Zaynabjon Ramonovna
  • Rajabova Sayyora Rahimberganovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97100

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: oila farzand tarbiyasi kelin-kuyov nikoh oilaviy turmush odob- axloq bilim ko‘nikma malaka va bilim oila instituti er-xotinning huquq va majburiyatlari prenapadeya embrion kelajak avlod.

Annotasiya

Annotatsiya.  Oila  bolaning  jismoniy  kamolotidagina  emas,  balki  ma’naviy 
kamolga yetishida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Farzand tarbiyasi ota-ona 
va  jamiyat  oldidagi  eng  zarur  va  e’tibortalab  vazifa  hisoblanadi.  Farzandning 
jismoniy, ruhiy va aqliy kamolotiga bolalikdan e’tibor qaratish lozim. Odamning inson 
sifatida shakllanishi ham uning bolaligidan boshlanadi. Yaxshi, go‘zal tarbiya olgan 
bolalar ulg‘aygach, xush axloqli, go‘zal odobli insonlar bo‘lib yetishadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

207

ISSN:3030-3613

BOLA TARBIYASIDA OILANING O’RNI

Karimova Nargiza Boxtiyorovna

Shovot tumani 44-maktab psixologi

Bekchanova Zaynabjon Ramonovna

Shovot tumani 2-maktab psixologi

Rajabova Sayyora Rahimberganovna

Shovot tumani 43-maktab psixologi

Annotatsiya

. Oila bolaning jismoniy kamolotidagina emas, balki ma’naviy

kamolga yetishida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Farzand tarbiyasi ota-ona
va jamiyat oldidagi eng zarur va e’tibortalab vazifa hisoblanadi. Farzandning
jismoniy, ruhiy va aqliy kamolotiga bolalikdan e’tibor qaratish lozim. Odamning inson
sifatida shakllanishi ham uning bolaligidan boshlanadi. Yaxshi, go‘zal tarbiya olgan
bolalar ulg‘aygach, xush axloqli, go‘zal odobli insonlar bo‘lib yetishadi.

Kalit so‘zlar:

oila, farzand tarbiyasi, kelin-kuyov, nikoh, oilaviy turmush, odob-

axloq, bilim, ko‘nikma, malaka va bilim, oila instituti, er-xotinning huquq va
majburiyatlari, prenapadeya, embrion, kelajak avlod.

KIRISH

Solih farzand kishi o‘z ortida qoldiradigan eng yaxshi boylikdir. Solih farzand

dunyo va oxiratda ota-onasiga foyda keltiradi. Solih farzandga yetishish uchun bir
amallarni bajarish lozim, ya’ni soliha ayol tanlash; luqmaga e’tibor berish; tug‘ilgan
farzandning qulog‘iga azon aytish; tanglay ko‘tarish; farzandlarga yoshligidanoq
yaxshilik va xushmuomalani o‘rgatish; xato qilganda, tanbeh berish bilan cheklanish;
farzand tarbiyasida ayolning o‘rnini oshirish.“

Avesto

”da insoniy burch faqat axloqiy

yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki inson oilaviy
turmush, yaxshi yor va farzand to‘g‘risida ham o‘ylashi zarurligi ta’kidlanadi.
Shuningdek, qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man etilgan. Qavm va urug‘ qonini
toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko‘pbolali oilalarga nafaqa
tayinlash lozimligi qayd etilgan.

Oila mustahkamligini, farovonligini hamda kelajagini baxtli oila tamoyili

darajasida ta’minlovchi omillardan biri farzandlardir. Yigit va qizning turmush
qurishdan ham asosiy maqsadi nasl va zurriyot qoldirish hamda uning kamolini
ko‘rishdan iborat. Oilada tug‘ilib o‘sadigan bolaning kelajagi, birinchi navbatda,
otaonaga bog‘liq. Zero, tarbiya barcha sa’y-harakatlarning boshlanishidir.

Abdurauf Fitrat “Oila” asarining “Farzand tarbiyasi” bo‘limida “Bu xalqning

harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir
bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

208

ISSN:3030-3613

e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi, bolalikdan o‘z otaonalaridan
olgan tarbiyalariga bog‘liq”, – deb keltiradi.Darhaqiqat, farzand tarbiyasi oilaga, ya’ni
ota-onalar tomonidan berilgan tarbiyaga bog‘liq.Ota-ona o‘z farzandini namunali,
ilmli, odobli va ma’naviy kamolot darajasida bo‘lishini istaydi. Bu jarayonda juda ko‘p
mashaqqatli va zahmatli yo‘llarni bosib o‘tadi. Ammo ayrim ota-onalar bolaning
ma’naviyatli va qobil inson bo‘lib yetishuvida tarbiya birlamchi ekanini ko‘zdan
qochirib qo‘yadilar.

Xo‘sh, ota-onalar bola tarbiyasini qachondan boshlashlari zarur va buning uchun

nima qilishlari kerak? – degan savolga ko‘pchilik ota-onalar javob berishga ikkilanib
qolishadi. Chunki dunyo o‘zgarmoqda, O‘zbekiston yangi davr – uchinchi renessans
bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan farzandlar tarbiyasiga qaysidir jihatdan
ta’siri bo‘lishi tayin. Farzandni tarbiyalash uchun, eng avvalo, bo‘lg‘usi otaonalarning
o‘zlarini tarbiyalash, ya’ni ularni farzand tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma, malaka
va bilimlar bilan qurollantirib hamda yanada bilimlarini takomillashtirib borish orqali
qobil farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish kerak bo‘ladi.Manbalarda
keltirilishicha, bola tarbiyasi uch bosqichda amalga oshadi.
Birinchisi – turmush qurgunga qadar yigit va qizni oilaga tayyorlash hamda munosib
jufti halol tanlash, ikkinchisi – homila davridagi parvarish, uchinchisi – farzand
dunyoga kelgan kundan boshlab beriladigan tarbiya.

Farzand tarbiyasining birinchi bosqichida turmush qurish arafasida turgan

bo‘lg‘usi kelin va kuyovlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalari e’tiborga
olinadi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘zlari oilaviy turmush haqidagi bilimlarni egallashi
va o‘zlari ham tarbiyalangan bo‘lishlari bilan birga odobli va salohiyatli juft tanlashlari
muhimdir. Farzand tarbiyasidagi bu bosqich to‘g‘ri asosda yo‘lga qo‘yilsa, keyingi
jarayonlar ham ijobiy tomonga qarab ketishiga zamin tayyorlanadi va bunda nikoh
masalasining ahamiyati salmoqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh

tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, – deb yozilgan [3].
Nikoh orqali shar’iy yo‘l bilan juft bo‘lib yashashning bir qancha foydasi bor. Nikoh
axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdi insonlarga mas’uliyat yuklaydi.
Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifalari bor, ulardan har biri o‘z
vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh tufayli ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyot
qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab bo‘ladi. Islom dinida musulmonlarni oila
qurib, o‘zlaridan so‘ng zurriyot qoldirishga bejiz targ‘ib etmaganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi

“Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
choratadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarorida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
masalalari ta’kidlab o‘tilgan. Yoshlar, ya’ni qizlar 17 yoshdan, o‘g‘illar 18 yoshdan 30
yoshgacha nikohga o‘tib oila qurishlari maqsadga muvofiq, buning uchun ular avvalo


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

209

ISSN:3030-3613

18 yoshgacha oila qurishga tayyor bo‘lishlari, amaldagi er-xotinning huquq va
majburiyatlarini belgilaydigan huquqiy qoidalar mazmunini o‘zlashtirib, ularga qat’iy
rioya qilishlari lozim, shundagina bular tuzgan oila mustahkam va barqaror bo‘ladi.
Pedagogik manbalarda shaxsni shaxs bo‘lib shakllanishida uchta omilning ahamiyati
muhim ekanligi keltiriladi. Birinchisi – atrof-muhit, ikkinchisi – ta’lim va tarbiya va
uchinchisi – irsiyat.Sohibqiron Amir Temur ham o‘z davrida o‘g‘il uylantirish, kelin
tanlash hamda farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz
emas. Oilaning mustahkam bo‘lishidagi asosiy mas’uliyat oila boshlig‘i zimmasida,
deb bilgan Sohibqiron: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq
tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng
ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Odamlar orqali
salomatligini, jismoniy kamolotini aniqladim, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi
bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta tomosha berib, kelin
tushirdim”, – deydi.

Shuningdek, sarkardaning quyidagi so‘zlari yanada ibratli: “O‘g‘illarim,

nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishni man
etdim. Zero, sharobning ta’siri bunyodidan kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga
ta’sir etgay, debon shu pokiza yo‘lni tutdim” [4]. Demak, Amir Temur
nafosatshunoslikni manbayi pokizalik, tartib-intizom oila kuch-qudratini yuksaltirib,
jamiyatga poydevor bo‘lishini yaxshi bilgan.

Farzand tarbiyasining ikkinchi bosqichi onaning homilalik davri hisoblanadi.

Tarbiya homiladan boshlanadi. Homila yorug‘ dunyoga kelishidan avvalo, ona uni o‘z
vujudi bilangina emas, qalb tafti bilan ham boqadi, ulg‘aytiradi hamda mehrga
to‘yintiradi.Farzand tarbiyasida “Prenapadeya” – “oldingi” (tug‘uruqdan oldingi holat,
ya’ni homilaning ona qornidagi tarbiyaviy davri degan ma’noni beradi) tushunchasi
ham mavjud.Ilk turmush qurgan yosh kelin-kuyovlar solih farzand tilaydi. Muborak
Qur’oni karim “Oli Imron” surasi 38-oyatida bunday deyiladi: “O‘sha joyda Zakariyo
Rabbiga iltijo qilib, dedi: “Rabbim, menga (ham) o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et!
Darhaqiqat, Sen duoni eshitguvchidirsan”.Demak, yaratgan zot o‘z bandalariga qobil
farzand, ya’ni ertangi kun vorislarini O‘zidangina so‘rashni amr etmoqdalar.
Bu davrda onaga ham tashqi, ham o‘zi tomonidan katta e’tibor qaratilishi joizdir.
Homiladorlik davrida ayolga moddiy-ma’naviy va psixologik sharoit talab etiladi. Bola
sog‘lom, ko‘rkam va baquvvat tug‘ilishi uchun onani barcha og‘ir yumushlardan soqit
qilish va asabiylashishdan juda ehtiyot qilish kerak. Ayol ko‘p asabiylashib, majburiy
zo‘ravonliklarga duchor qilinsa, bola asab kasalliklari bilan dunyoga kelishi ko‘p bora
isbotlangan. Demak, homilador ayolni chiroyli, go‘zal va betakror hayotiy his-
tuyg‘ular bilan siylasak, vujudida katta bo‘layotgan tug‘ilajak farzandimizga
insoniylikning asl manbalarini singdirgan hamda uni ruhiy bosimlardan asragan
bo‘lamiz.Ona vujudida bola qanday tarbiyalanadi? Ayol o‘zini ma’naviy va jismoniy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

210

ISSN:3030-3613

tomondan avaylashi, ya’ni halol luqma yemog‘i, go‘zal narsalarga qaramog‘i, yoqimli
musiqa va so‘zlarni tinglamog‘i va muloyim bo‘lmog‘i, to‘g‘riso‘zlikka jiddiy
ahamiyat qaratmog‘i zarur. Chunki homila onaning vujudida uning barcha sifatlari va
ruhiy olami bilan muloqotda bo‘ladi. Onadagi barcha tuyg‘ularni his etadi, uning
so‘zlarini tinglaydi.

Amerikalik olim Devid Chemberlen

“Tug‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun

bola bilan aloqada bo‘lish kerak. Ona tug‘ilmagan bolaga boshqa odamlar singari
munosabatda bo‘lishi kerak. Farzandingiz muloqot qila oladi, u tashqi dunyoda yuz
beradigan barcha muhim voqealarni o‘rganadi va eslaydi”, – deydi.Qadimgi davrlarda
ham, ona homiladorlikdagi ko‘p vaqtni tabiat go‘zalligidan bahra olgan, ular haqida
o‘ylab, shirin xayollar og‘ushida mulohaza yuritgan. Homilador onaga raqslar
o‘rgatilgan, u rasm chizgan, musiqa ohanglaridan zavqlangan. Hatto zamonaviy
buvilarimiz ham go‘zal narsaga tez-tez qarashga maslahat berishadi. Go‘zallikdan
rohatlangan ayoldan bolaga barcha ijobiy xislatlar o‘tgan.Qadimgi Xitoyda ayol
homiladorligining dastlabki oylarida kelajakdagi ota bo‘lajak farzand bilan uchrashish
marosimidan o‘tishi kerak edi. U o‘zini o‘zi bilan tanishtirdi, o‘zi, kasbi, hayotga
bo‘lgan qarashlari haqida gapirdi.

Bu jarayonda otaning muhim roli haqida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:
‒ bolaning jismoniy tug‘ilish soatini kutmang, u allaqachon mavjud, u siznikidir;

uni yaxshi ko‘ring va homiysi bo‘ling homila bilan muloqot qilish uchun vaqtni
ayamang;

u bilan gaplashing va tug‘ilgandan keyin u sizni deyarli darhol taniy boshlaydi;

onalikka tayyorlanayotgan rafiqangizga mehr va e’tibor bilan munosabatda
bo‘ling, chunki uning tashvishlari va xafaliklari farzandingizning jismoniy va
ruhiy sog‘lig‘iga ta’sir qiladi.

Farzand tarbiyasida ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud

axloq” kitobida bunday keltiradi: “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va
qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib
yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush
uyasida ko‘rganini qilar”.Chunonchi, insonning dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy va
aqliy xislatlarini uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblanadi.
Agar, odam to‘g‘ri tarbiyalanib, odamiylik xislatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lsa,
bu uning eng qimmatli boyligi va baxti bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya esa odamni
baxtsizlikka, hatto halokatga yetaklashi mumkin. Aslida, maktab tarbiyasidan ham
avval oila tarbiyasiga katta e’tibor qaratiladi. Nima uchun? Chunki oilada farzand
tarbiyasiga qo‘yilgan tamal toshi to‘g‘ri qo‘yilsa, maktab ta’limi uchun ham katta
tayanchdir, aksincha, oilada ilk tarbiya talab darajasida olib borilmasa, maktabdagi
ta’lim-tarbiya ishi o‘zining kutilgan natijasini bermaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

211

ISSN:3030-3613

Farzand tarbiyasining uchinchi bosqichida farzand dunyoga kelgan kundan boshlab
beriladigan tarbiya “parvarish davri” ham deyiladi. Bolani parvarish qilish uchun yosh
onaga tajribali doya-hamshira 1-2 oy davomida yordam berib turishi ma’qul bo‘ladi.
Ona farzandini oziqlantirishda ozodalik qoidalariga amal qilishi, bolani poklikka
birinchi kundanoq o‘rgatishi lozim.Azaldan bola yoshligidan oila a’zolari tomonidan
ilm va hunarga o‘rgatib borilgan, shu tariqa uning jismoniy va ruhiy kamoloti oilada
shakllangan. Bu xususda Kaykovus “Qobusnoma” asarida ham to‘xtalib o‘tadi: “Ey
farzand, agar farzanding bo‘lsa, anga yaxshi ot qo‘ygil, nedinkim, otada farzand
haqlaridan biri, unga yaxshi ot qo‘ymoqdir. Yana biri uldurkim, farzandni oqil va
mehribon doyalarga topshurg‘aysan. Sunnat qilur vaqtida sunnat qilg‘aysan,
qudratingga loyiq to‘y va tamosha qilg‘aysan hamda o‘qishni o‘rgatg‘aysan. Ulug‘roq
bo‘lg‘ondan so‘ng, agar raiyat bo‘lsang, unga hunar va kasb o‘rgatg‘aysan”

O‘n yoshgacha bolalar muvozanatli hayotni tez idrok etuvchi, ishonuvchan, ota-

onalariga itoatli, tashqi qiyofa haqida ko‘p e’tiborsiz bo‘lganligi bois bu oltin yosh
hisoblanadi. Bu davrda esa me’yorida qattiqqo‘llik va intizom talab etiladi. Bola
oqqorani, yaxshi-yomonni ayni shu davrda farqiga bora boshlaydi. Bu davrda
farzandga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi, yaxshi, sadoqatli do‘stlarga hamroh qilinishi bola
biz ko‘zlagan barcha talablarga javob beradigan odobli, yaxshi inson bo‘ladi.

O‘n besh yoshgacha bolalar tafakkurida mustaqil fikrlash boshlanadi, o‘zim

bilaman degan tushuncha paydo bo‘ladi, organizmida fiziologik o‘zgarishlar yuz
beradi, xulq-atvorida qaysidir ma’noda salbiy illatlar namoyon bo‘la boshlaydi,
kayfiyati tez o‘zgaradi, ota-onalariga nisbatan norozilik bildiruvchi, tez jazavaga
tushuvchi va o‘z o‘rnida dunyoga nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Ularda did,
farosat, o‘zini jamoa orasida tutish, aqllilik, hazil-mutoyibaga moyillik, chidamlilik,
tashabbuskorlik, tashqi qiyofa va qarama-qarshi jinsdagilarga e’tibori orta boshlaydi.

O‘smir o‘zining ichki dunyosiga e’tiborliligi ortadi, tanqidlarga nisbatan

ta’sirlanuvchan, ota-onasiga “Sizning dunyoqarashingiz boshqacha, unday emas,
bunday bo‘ladi”, – degan tanqidiy munosabatlar bildiruvchi hamda do‘st tanlovchi
bo‘ladi. Shuningdek, bu davrda voqea-hodisalardan o‘ta darajada to‘lqinlanish va
hayajonlanishi ortadi. Shijoatli, xushmuomala, o‘ziga ishonchi ortadi, atrofdagi
insonlarga e’tibori ortadi va nisbiy farqni ajrata boshlaydi.

O‘n sakkiz yoshgacha o‘spirinlik ularda muvozanatlashuv, hayotdan quvonish,

ichki mustaqillik, emotsional barqarorlik, muomalaga moyillik, kelajakka
intiluvchanlik ortadi. Bu davrda farzand do‘stimiz, suhbatdoshimiz, ta’bir joiz bo‘lsa
sirdoshimiz bo‘lishi kerak. Bola ota-onadan tortinmasligi, balki do‘sti sifatida
yaqinlashmog‘i lozim. Bu farzandimizni qay darajada tarbiya qilganimizning natijasi
o‘laroq farzand hayotining keyingi bosqichini belgilab beradi va bu borada
donishmandlarning ta’kidlashicha:

Agar bola tanqidiy ruhda yashasa, u ayblashni o‘rganadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

212

ISSN:3030-3613

Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni o‘rganadi.

Agar bola qo‘rquvda yashasa, u qo‘rqoqlikni o‘rganadi.

Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o‘rganadi.

Agar bolaning ustidan ko‘p kulishsa, uyatchan bo‘lishni o‘rganadi.

Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni o‘rganadi.

Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini o‘rganadi.

Agar bola qo‘llab-quvvatlash bilan yashasa, u o‘ziga ishonishni o‘rganadi.

Agar bola bag‘rikenglikda yashasa, u sabrli bo‘lishni o‘rganadi.

Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni o‘rganadi.

Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o‘rganadi.

Agar bola rostgo‘ylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat nimaligini
o‘rganadi.

Agar bola xavfsizlikda yashasa, u o‘ziga va atrofidagilarga ishonadi.

Agar bola do‘stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy ekanligini
anglaydi.

Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham
osoyishtalikda yashaydi.

Kelajak avlod yetuk va komil inson bo‘lib shakllanishi uchun kitob mutolaasi

uchun hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganishi uchun barcha zarur
shart-sharoitlarni tashkil qilish, ota-ona bolada estetik tarbiya, go‘zal manzaralardan
zavq olish hissini shakllantirish uchun tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib
borishi orqali qalbiga go‘zallik his-tuyg‘usini singdirishi muhimdir.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytganda, ma’naviy immunitetli, fikrini ravon bayon qila

oladigan, yuksak marralarni ko‘zlaydigan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila
muhiti muhimdir. Yoshlarning ma’naviy dunyosini egallashga qaratilgan turli
mafkuraviy bo‘xronlar va xavf-xatarlar kuchayib borayotgan davrda o‘zi kimlarning
vorislari ekanini teran anglab, ona yurtiga sadoqat va mehr-muhabbat hissi bilan
yashaydigan, imon-e’tiqodi chinakamiga barqaror yoshlargina ona yurtimizni yot va
begona g‘oya va kuchlardan asrashga hamda jonajon vatanimizni barcha jabhalarda
kamol toptirishga o‘z hissasini qo‘sha oladi. Biz ota-onalar farzandlarimizni shunday
tarbiya qilishimiz kerakki, ular o‘z ajdodlariga, o‘z o‘tmishiga, Ona vataniga, ona
tiliga, millatiga, diniga va qadriyatlariga sodiqlik bilan xizmat qiladigan inson bo‘lib
kamolga yetishlari shart va zarurdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

А.Маковелский. “Авесто”. Баку, 1960. – Б.80-81.

2.

A.Fitrat “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” 2-nashr, –Toshkent:
“Ma’naviyat”. 2000. – B.112. 55.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_2-to’plam_May-2025

213

ISSN:3030-3613

3.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “Adolat”, 2008, –
B.24.

4.

Amir Temur. “Temur tuzuklari”. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at”, 1996. – B.28.

5.

Qur’oni karim “Oli Imron” surasi 38-oyat. “HILOL NASHR”, 2017, – B. 628.

6.

A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”. – Toshkent: “Yoshlar nashriyot
uyi”, 2018.– B. 97.

7.

Кайковус. “Қобуснома”. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1986, – Б.83.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

А.Маковелский. “Авесто”. Баку, 1960. – Б.80-81.

A.Fitrat “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” 2-nashr, –Toshkent:

“Ma’naviyat”. 2000. – B.112. 55.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “Adolat”, 2008, –

B.24.

Amir Temur. “Temur tuzuklari”. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at”, 1996. – B.28.

Qur’oni karim “Oli Imron” surasi 38-oyat. “HILOL NASHR”, 2017, – B. 628.

A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”. – Toshkent: “Yoshlar nashriyot

uyi”, 2018.– B. 97.

Кайковус. “Қобуснома”. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 1986, – Б.83.