T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
78
ISSN:3030-3613
INSON O‘Z JONIGA NEGA QASD QILADI YOKI SUITSID NIMA?
Fozilova Fazilat Otaboyevna
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani
28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Psixologi Tel : 99-549-98-97
Abdullayeva Zebo Maqsudovna
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani
27-son umumiy o‘rta ta’lim maktab psixologi
Tel : 99-949-69-36
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabda psixologning olib borayotgan ishi,
boshqa fanlar bilan bog ‘liqligi va ta’lim taraqqiyoti uchun islohotlarning o‘rni.
Ta’lim-tarbiya berishda shaxs shakllanishida yoshlarimizning qalbida ona yurtga
sadoqat va fidoiylik tuyg ‘ularini shakllantirish xususida mulohazalar yuritamiz.
Kalit so‘zlar
: o ‘quvchilar orasida suitsit, maktab o‘quv dasturi, amaliy bilimlar,
har bir hodisani ko‘rib chiqish, sodir bo‘ladigan hodisa.
Aholi orasida suitsidning ko‘payib borayotganligi har birimizni xavotirga
soladi. Ushbu dolzarb ijtimoiy-psixologik muammoni faqat suitsidologlarga yuklab
qo‘yish bilan uning yechimini topish ancha mushkul. Hammamiz birgalikda harakat
qilishimiz kerak. Sotsiologlar, umumiy psixologlar, tibbiy psixologlar va
psixoterapevtlar bir yoqadan bosh chiqarib suitsidga olib keluvchi sabablarni bartaraf
etishlari lozim. Biroq suitsid ildizlari qayoqqa borib taqalishini bir tahlilqilib chiqish
lozim. O‘z joniga qasd qilish “sog‘lom” odamlarda ham, ruhiy bemorlarda ham ro‘y
berib turadi. Biroq “sog‘lom” odamlarda kuzatiladigan suitsidga ham nimadir
sababchi bo‘ladi, masalan, qattiq ruhiy zarba. Ko‘p hollarda o‘z joniga qasd qiluvchi
shaxs uzoq vaqt, ba’zan yillab bu ishni amalga oshirish uchun reja tuzib yuradi. U o‘z
joniga qasd qilish uchun bir necha bor uyidan chiqib, turli joylarga boradi yoki oila
a’zolari ishga ketgach, uyda yolg‘iz qolib, o‘sha yomon niyatni amalga oshirmoqchi
bo‘ladi. Bunday paytlarda hattoki uyda telefon jiringlab qolishi, eshik taqillashi yoki
qo‘shnining devor orqalab: “He qo‘shni, kim bor uyda, sigirim bo‘shalib ketib
ekinlarni payhon qilayapti! Iltimos, arqon bo‘lsa olib keling! Uni bog‘lashib
yuboring!” deb baqirishi hozirgina o‘z joniga qasd qilish uchun arqonni o‘z bo‘yniga
osishga tayyorgarlik ko‘rayotgan odam arqonni olib, qo‘shnining sigirini bog‘lash
uchun devordan oshib o‘tishi mumkin.
Biroq bu vaqtincha bo‘lib, u yana suiqasd rejasini tuzib yuraveradi. Bu fikr
uning miyasiga shu qadar joylashib oladiki, u oxir-oqibat o‘z joniga qasd qiladi.
Odatda, irodasiz, kuchsiz va ta’sirchan odam o‘z joniga qasd qiladi. “Hayotdan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
79
ISSN:3030-3613
yutqazgan odam o‘z joniga qasd qiladi” deyishadi. Bu noto‘g‘ri fikr! Chunki hayot
bu lotereya emas, u yutish uchun chiqarilmagan. Hayot Olloh tomondan berilgan
ne’mat! Umuman olganda, o‘z joniga qasd qilishni din ham qoralaydi. Ularga janoza
o‘qilmaydi! Ular do‘zaxga tushishadi.
Axir baxtsiz voqealar faqat u bilan ro‘y bermayotgandir! Undan boshqa
hamma baxtiyor-u, faqat uning ishi yurishmayaptimi? Hech qachon bunday
bo‘lmaydi! Hayot uchun kurashish kerak! Hech bo‘lmaganda voqea va hodisalar
qanday ro‘y berayotgan bo‘lsa, uni shundayligicha qabul qilish yoki biroz kutish va
kuzatish kerak. Vaqti kelib hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Chunki hamma vaqt
ham qor yog‘ib turmaydi yoki har doim quyosh charaqlab turmaydi. Bu dunyoda
hamma narsa vaqtincha va o‘zgaruvchandir.
Biroq boshqa birov 2 qavatli dang‘illama imoratda yashab, eng qimmat
mashinalar minib, hayotdan qoniqmay yashashi mumkin. Sizni farzandingizning
maktabdan 5 baho olib quvonib kelgani xursand qilsa, boshqa birov dunyoni kemirsa
ham qoniqmaydi. Demak, hamma narsa shaxsning o‘ziga va uni o‘rab turgan muhitga
bog‘liq. Qanday yashash Sizning o‘zingizga bog‘liq! Birov bilan ishingiz bo‘lmasin,
ularning xatosini qaytarmaslikka harakat qiling.
XX asr boshida buyuk psixoanalitik Zigmund Freyd “Hayot qoniqishdan
iborat” degan edi. Hurmatli o‘quvchilarlar! Sizning muvaffaqiyatlaridan quvonib
yashaylik! Ulardan xafa bo‘lmang. Siz farzandlaringizni qanday yaxshi ko‘rsangiz,
bilingki, ular ham Sizni shunday hurmat qilishadi, e’zozlashadi, ularning Sizlarga
bo‘lgan hurmati qalbining to‘rida joylashgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
”Amaliy psixologiya “ N.Boymurodov.
2.
”Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi “ Z.Nishanova G. Alimova
3.
”Muloqot psixologiyasi “M.Maxsudova.