T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
75
ISSN:3030-3613
OʻQUVCHILARDA KASB TANLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI
BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Duisova Zoya Tursinbayevna
Qoʻngʻirot tumani 6-maktab psixologi
Annotatsiya:
Inson qаysi kаsb sohibi boʻlishidаn qаtʻiy nаzаr oʻz ishigа,
mаshgʻulotigа qunt bilаn, mehr bilаn yondаshsа, uning sir аsrorini mukаmmаl
egаllаydi, shu bilаn birgа oʻz-oʻzini аnglаydi, shu sohаdа kаmol topаdi. Oʻqituvсhi
hаm bolаlаrni sevsа, tаrbiyаlаsа, oʻzi hаm ulgʻаyаdi, donishmаndlik kаsb etib
borаdi.Oʻqituvсhi kelаjаk fаrzаndini tаrbiyаlаb bilim berаdi. Zero kelаjаk yoshlаr
qoʻlidа, ulаr bizning ertаngi kunimiz.
Kalit so`zlar:
xodim, jamoa, kasb, mehnat, tasavvur, tanlash, muammo, ruhiyat,
baxt, maqsad.
KIRISH
Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli kasbni tanlashimiz– bu hayotga
qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz
oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin?
Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi, buning natijasida baxtli yashashi mumkin.
Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor berishi lozim.
Odam jamoat oldida oʻzini tutishi ham muhim oʻrin egallaydi. Odamlar bilan bevosita
aloqada boʻladiganlar shirinso’z va gapga usta boʻlishi kerak. Shunda ish vaqtida har
bir gapga javob topib keta oladi. Masalan, shifokorlarni oladigan boʻlsak, ular
sovuqqon boʻlishi bilan xarakterlanadi. Chunki, shifokorda achinish tuygʻusi
boʻladigan boʻlsa, bemorga toʻgʻri yordam koʻrsata olmaydi. Oʻqituvchilarni oladigan
boʻlsak, ular oʻquvchilarni darsga, oʻziga va atrofdagi narsalarga qiziqtirib qurishi
kerak. Shunda shu oʻqituvchining darsi doimo qiziqarli, mazmunli va har doim
bolalarni oʻziga jalb qiladigan boʻladi. Yoshlarni oʻzi yoqtirgan kasbga qanday jalb
qilsa boʻladi?
Respublikamizda turli kasblarga qo’yilgan talablar O’zbekiston Respublikasi
“Mehnat kodeksi”da ham o’z aksini topgan .”Xavfsizlik va gigiena talablariga javob
beradigan sharoitlarda mehnat qilish;Kasbga tayyorlash,qayta tayyorlash va
malakasini oshirish».
Avvalo hamma yoshlar ham oʻzi qiziqqan sohasini toʻliq bilmaydi, yaʼni,
kasblar haqida toʻliq maʼlumotga ega emas. Buning uchun oʻqituvchilar koʻmagida,
ishini sevuvchi va oʻz ishini ustasi boʻlgan xodimlar bilan uchrashuvlar, “ochiq
eshiklar kuni” kabi ochiq muloqotlarda oʻquvchi yoshlarga kerakli bilimlarni berish
lozim. Bunda o’qituvchilar qanday yordam berishadi ,– degan savol tug’ilishi tabiiydir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
76
ISSN:3030-3613
Suhbat o’tqazgan ishchi xodim suhbatidan o’quvchi ruhiyatiga bog’liq bo’lgan
tomonlarini aytib o’tish, o’quvchi bilan individual ishlash va qiziqishlaridan kelib
chiqqan holda o’quvchi yoshlarga maslahat berish kerak bo’ladi. Bu ishni ko’proq sinf
rahbarlari va psixolog o’qituvchilarga topshirish tavsiya etiladi. Negaki, o’quvchi
ichidagi gaplarini hammaga ham aytavermaydi. Agar o’quvchi bilan ko’proq suhbat
o’tkazilsa, bunday hollarda o’quvchi o’qituvchiga ishonishni boshlaydi. Buning
orqasidan uning nimaga qobiliyati bor, nimaga ko’proq qiziqadi degan savollarga
javob olish mumkin, lekin shu narsani esdan chiqarmaslik lozimki,bunday vaziyatda
har bir aytilgan gap o’quvchini yo ishontiradi yo butunlay o’z qobig’iga o’ralib olishiga
sabab bo’ladi. Bu qobiqni hammaga ham ochavermaydi. O’quvchi o’smirlik davrida
hammaga narsaga tanqidiy ko’z bilan qaraydigan, hammaga ham ishonavermaydigan
bo’lib qoladi. Psixolog shunaqa o’quvchilar bilan gaplashganda uning har bir so’ziga
ishonishni boshlaydi. Shu tariqa o’quvchi o’z qiziqishlarini bilib olishga intiladi.
O’quvchi uchun hamma kasblar haqida to’liq ma’lumot berilganda, uning fikri
o’zgarib, o’zini boshqa kasblarda namoyon qilishi aniq bo’ladi.
Nega biz tanlaydigan kasbimizni sevishimiz kerak; ishlasak, pul topsak, oila
tebratsak bo’ldimasmi? degan savollar o’smirlarda ko’p paydo bo’ladi. Biz o’z
kasbimizni sevishimiz orqali kasbiy toliqishni orqaga surishimiz mumkin. O’zimizga
yoqadigan kasbni egallashimiz orqali hayotdan rozi bolib yashaymiz. Ammo
muammoning ikkinchi tomoni ham bor , moddiy tomondan qiynalsak, und anima
bo’ladi? Tasavvur qilaylik ,oldimizda ikkita tanlov turibdi. Birinchisi sevimli kasbimiz
va yana bitta kasb. Sevgan kasbimizdan qoniqamiz, lekin moddiy tomondan
qiynalishimizni bilamiz. Ikkinchi kasbda esa sevmaymiz, lekin ishlasak bo’ladi.
Moddiy tomondan ham qiynalmaymiz. Shu vaziyatda ikkinchisini tanlab qolganiga
e’tibor bermasak, tez orada, ya’ni 30-45 yoshlar oralig’ida kasbiy toliqish paydo
bo’ladi. Odam o’zini kasbini sevmaganidan keyin o’zini ustida ishlaganini foydasi kam
bo’ladi. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak? To’g’ri hozirgi tez o’zgarib
ketayotgan zamonda moddiy tomondan yetishmovchilik bo’lishi ancha orqada
qolishga sababbo’lishi turgan gap. Ayniqsa hozir ko’pchilik yurishturishingga,
kiyinishingga va topayotgan daromadingga qarab muomala qilishadi. Shuning uchun
bu yerda berilgan ikkinchi kasbni tanlab, sevgan kasbimizni tashlab qo’ymasligimiz
kerak.
Moddiy tomondan o’zimizni qoniqtiradiganini tanlab, sevgan kasbimizni
shunchaki qiziqish bo’lsa davom ettirish mumkin. Sevgan kasbimizdagi yutuqlarimiz
tufayli kasbiy toliqishni anchagini orqaga suramiz. Sevgan kasbingiz hech qachon
armon bo’lib qolmasin, chunki 45-50 yoshga kirib “Eh, shu ishni qilganimda hozir
baxtli yashardim. Moddiy tomondan ozgina qiynalsam ham o’tib ketardi”,- deb
qolishingiz turgan gap. Buni eslab har safar ezilish, qila olmagan ishlaringizni
keyinchalik farzandlaringiz, nabiralaringiz egallashini hohlashingiz orqali ularni ham
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
77
ISSN:3030-3613
o’zingiz singari afsuslanadigan qilib qo’yishingiz mumkin. Ularga faqatgina “Shu
kasbni taklif qilaman”,– deb tavsiya berishingiz orqali juda katta yordam bergan
bo’lasiz. Hamma shunaqa maslahat berib, bu kasb orqali erishilishi mumkin bo’lgan
yutuqlarni sanab va oxirida “Bu senga oddiygina maslahat, bunaqa yutuqlarga hamma
sohada erishsang bo’ladi. Men faqat shu sohani bilganim uchun shu soha haqida
gapirdim. Tanlov o’zingni qo’lingda”,– deydigan bo’lsak o’smir kasb tanlashda
qiynalmay o’z yo’lini osongina topib ketadi. “O’z qobiliyatlarini oqilona baholay
olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq harakat qila
olishlarini,bu ishga moslasha olishlari mumkunligini bilmaydilar. Biroq mazkur
ko’ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud.”
XULOSA
Endi kasb tanlashni huquqiy va qonuniy tomonlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak.”
Mehnat faoliyatida amaliy ko’nikmalar barqarorlashadi,nazariy fikr ,g’oya,mulohaza
vujudga keladi.Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsada,lekin uning mohiyati
ijtimoiydir” Mehnat qobiliyati– xodimning sog’ligidagi holatdan kelib chiqib, uning
qanday ish baja olish qobiliyatiga aytiladi. Ish ko’lamiga qarab to’liq mehnat va
cheklangan mehnat qobiliyati mavjud. 16 yoshga yetgan har bir fuqaro mehnat
qobiliyatiga ega deb qaraladi. Uni ishga qabul qilish mumkin. Ishga qabul qilishda
istisno tariqasida 15 yoshga to’lgan o’smirlar ham mehnat qobiliyatiga ega deb e’tirof
etiladi. Qonunga binoan 14 va 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onasining biri yoki
ularning o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqadida umumtalim maktablari va o’rta maxsus,
kasbhunar yurtlarining 14 yoshga to’lgan o’quvchilarini ota-onalaridan birining yoki
ularni o’rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan o’quvchi sog’ligiga, kamol
topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni
o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
E.G’oziev. Ontogenez psixologiyasi. ”Noshir”, -T.:-2010.
2.
E.G’oziev. Psixologiya. -T.: 2010. 76-bet.