Mualliflar

  • A.S. OTOKULOV
  • A.A. ABDIGAPIROV
  • SH.T. MAHMUDOV

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97125

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Mehr-oqibat saxovat hamjihatlik bag‘rikenglik sabr-toqatli bo‘lish shukronalik bilim ma’rifat madaniyat umuminsoniy fazilat tarix sadoqat insonparvarlik halollik axloq ma’naviyat tinchlik mas’uliyat oila ilm qanoat.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  shaxs  ma’naviyatli  bo‘lib  kamol  topishida 
umuminsoniy  fazilatlarning  o‘rni,  umuminsoniy  fazilatlarni  yuksaltirish  jamiyat 
barqarorligini  ta’minlash  garovi  ekanligi,  umuminsoniy  qadriyatlarni  tiklashda 
jamiyatning  ta’siri,  ma’naviy  meros  dunyo  ma’naviyati  taraqqiyotiga  hissa  bo‘lib 
ko‘shilgani,  ajdodlarimizning  umuminsoniy  fazilatlari  bilan  xalqimizga  shaxsiy 
na’muna  sifatida  o‘rnak  bo‘lganligi,  xalqimizga  madad  bo‘ladigan  ma’naviy 
merosimizga  tayangan  holda  umuminsoniy  fazilatlarni  ko‘z  qorachig‘imizdek 
asrashimiz  va yanada  boyitishimiz  zarurligi,  umuminsoniy  fazilatlar  eng  avvalo 
oilada,  jamiyatda  toplanib  borishi,  umuminsoniy  fazilatlar  va  uning  o‘rnini-
xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch 
va ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirish zarurligi haqida yoritilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

38

ISSN:3030-3613

INSONNING UMUMINSONIY FAZILATLARINI YUKSALTIRISH,

HAYOTIMIZDAGI MILLIY QADRIYATLARGA INTILISH OMILI

A.S. OTOKULOV, A.A. ABDIGAPIROV, SH.T. MAHMUDOV

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Annotatsiya.

Mazkur maqolada shaxs ma’naviyatli bo‘lib kamol topishida

umuminsoniy fazilatlarning o‘rni, umuminsoniy fazilatlarni yuksaltirish jamiyat
barqarorligini ta’minlash garovi ekanligi, umuminsoniy qadriyatlarni tiklashda
jamiyatning ta’siri, ma’naviy meros dunyo ma’naviyati taraqqiyotiga hissa bo‘lib
ko‘shilgani, ajdodlarimizning umuminsoniy fazilatlari bilan xalqimizga shaxsiy
na’muna sifatida o‘rnak bo‘lganligi, xalqimizga madad bo‘ladigan ma’naviy
merosimizga tayangan holda umuminsoniy fazilatlarni ko‘z qorachig‘imizdek
asrashimiz va yanada boyitishimiz zarurligi, umuminsoniy fazilatlar eng avvalo
oilada, jamiyatda toplanib borishi, umuminsoniy fazilatlar va uning o‘rnini-
xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch
va ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirish zarurligi haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Mehr-oqibat, saxovat, hamjihatlik, bag‘rikenglik, sabr-toqatli

bo‘lish, shukronalik, bilim, ma’rifat, madaniyat, umuminsoniy fazilat, tarix, sadoqat,
insonparvarlik, halollik, axloq, ma’naviyat, tinchlik, mas’uliyat, oila, ilm, qanoat.

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль общечеловеческих

качеств в становлении личности как духовной, тот факт, что возвышение
общечеловеческих качеств является гарантией обеспечения стабильности
общества, влияние общества на восстановление общечеловеческих ценностей,
вклад духовного наследия в развитие мировой духовности, а также роль наших
предков, как личного напоминания нашему народу об универсальных качествах,
накопление в обществе подчеркивается необходимостью вселить в наши умы
чувство уверенности и просветления в отношении будущего, основанного на
универсальных качествах и их месте - на давних традициях, достижениях,
психике нашего народа.

Ключевые слова:

доброта, великодушие, гармония, толерантность,

терпение, благодарность, знание, просвещение, культура, универсальная
добродетель, история, верность, гуманность, честность, мораль, духовность,
мир, ответственность, семья, наука, удовлетворенность.

Annotation.

This article discusses the role of universal human virtues in the

spiritual development of an individual, emphasizing that the promotion of universal
virtues is the key to ensuring societal stability. It highlights the impact of society in
restoring universal values, the contribution of our spiritual heritage to the development
of world spirituality, and how the universal virtues of our ancestors served as personal


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

39

ISSN:3030-3613

examples for our people. The article stresses the need to preserve and further enrich
our spiritual heritage, relying on it as a support for the future. It also underlines that
universal virtues primarily develop within the family and society, and that these virtues
should be rooted in our nation's ancient traditions, customs, and spirit. Furthermore,
it is essential to instill feelings of trust and knowledge for the future in our
consciousness.

Keywords:

compassion, generosity, harmony, tolerance, patience, gratitude,

knowledge, enlightenment, culture, universal virtues, history, loyalty, humanity,
honesty, ethics, spirituality, peace, responsibility, family, science, contentment.


Bugungi globallashuv davrda ma’naviyatli shaxs, inson qadrini bilishi, milliy

qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin jamiyatda yashash uchun fidoiylik talab
qiladi, tarix, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat egasi bo‘lgan millatimizning farzandi
sifatida, ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni turli xil tahdidlardan himoya
qilish haqida qayg‘uradigan inson sifatida yuqorida zikr etilgan o‘ta muhim va o‘ta
nozik bu masalalar jamiyatimiz e’tiboridan chetda qolmaydi.

Inson kamolotiga umuminsoniy fazilatlarning qanday ta’sir va ahamiyatga ega

ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi axborot xurujlarning xavfi haqida atroflicha
fikr yuritish, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda insonlarni bunday xatarlardan
ogoh etish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom qilib tarbiyalash bilan bog‘liq
vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi ehtiyoj hayotiy dolzarbligini yo‘qotmaydi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyoda keng e’tirof etilayotgan ushbu

ilmiy-ma’naviy meros dunyo ma’naviyati taraqqiyotiga hissa bo‘lib ko‘shilgani
ma’lum. Muhammad Xorazmiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad
Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud
Zamaxshariy, Alisher Navoiy va boshqalar kabi ulug‘ ajdodlarimiz jahon ilm-
fanining yuksak cho‘qqilarini zabt etganlar. Jumladan,

Amir Temurdek

sarkardalarni tarix taqozosi, davr ehtiyoji hayotga olib keladi va u zotlarning fazilat
xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi. Bunday qonuniyatni ko‘plab
misollarda tasdiqlash mumkin, tarixiy vaziyat haqida alohida to‘xtalib o‘tishimiz
lozim.

Eng qonli va dahshatli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi Sovet Ittifoqida

— jumladan, O‘zbekiston ham o‘sha davrda ana shu davlat tarkibida bo‘lgan
millionlab odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi, turli millatlarga mansub
qancha insonlarning guldek umri, ularning dog‘ida kuyib o‘tgan onalar, suyukli
yorlar, qadrdon insonlarning cheksiz g‘am-g‘ussasi mujassam ekani, bularning
barchasini so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi, insonning xayoliga aslo sig‘maydigan
fojia ekani barchamizga ayon.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

40

ISSN:3030-3613

Xalqimiz front ortida fidokorona mehnat qilib, urush maydonlariga juda

katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-
ovqat mahsulotlari yetkazib berdi. O‘ta og‘ir va mashaqqatli yillarda
xalqimizning insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
El-yurtimiz mamlakatning urush bo‘layotgan g‘arbiy hududlaridan evakuatsiya
qilingan turli millatga mansub bir millionga yaqin bolalar, ayollar va keksalarga
boshpana berib, bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi

[1]

.

Mehr-oqibat,

saxovat, hamjihatlik, bag‘rikenglik, sabr-toqatli bo‘lish,

shukronalik

kabi boshqa xalqlarda kam uchraydigan noyob fazilatlarini yaqqol

namoyon etdi

[2]

. O‘zbek xalqimiz mehru oqibat, chidam va hurmat,

o‘zgalarning dardiga hamdard bo‘lish kabi umuminsoniy fazilatlarni yanada
yuksaltirish qalbimizdan tobora ko‘proq joy olayotgani katta ahamiyatga ega.

Bilim, ma’rifat, madaniyat

bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lganmiz. Bu - bizning

qon-qonimizga, zotu zurriyotimizga singib ketgan, milliy qadriyatimizga aylangan
fazilat [3].

Millatimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, ajdodlarimizdan

avlodlarga o‘tayotgan ma’naviy merosning kuchliligi, fuqarolarimizning ona-
Vatanga mehri, milliy g‘ururimiz xalqimizning kuch-qudrati hisoblanadi.

Kishilarning bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishi, kam ta’minlangan va alohida

parvarishga muhtoj insonlarning holidan xabar olish va muruvvat ko‘rsatish, hayru-
ehson qilish, bular xalqimiz qadriyatlarining o‘zagini tashkil etib, muqaddas dinimiz
ham barchani shunga o‘rgatadi va shu yo‘lga boshlaydi. Bu esa, o‘zbek xalqining
azaliy umuminsoniy fazilatlaridan biridir [4].

Oldin insonlarda sharmu hayo, ahdiga vafo, mehru muhabbat, sadoqat kabi

umuminsoniy fazilatlar bugunga kelib ayrim yigit-qizlarimiz tomonidan unut
bo‘layotgani aynan ularning oilasi tashqi ma’naviy tahdidlarga qarshi
turaolmasligining isbotidir [5]. 1-rasmda ko‘rsatilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

41

ISSN:3030-3613

1-rasm.

Shaxs ma’naviyatini yuksaltiriltiruvchi umuminsoniy fazilatlar


Oldinda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tahdidlarga qarshi tura olish uchun

shu yurtda yashayotgan insonlar o‘zligini anglashi, tariximiz va madaniyatimiz hamda
ajdodlarimizning merosini o‘rganishimiz, globallashuv davrda hayotiy voqelikka ongli
qarab, mustaqil fikrlash va jamiyatimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi
bilan yashashimiz darkor, ana shunda xalqimiz umuminsoniy fazilatlarga, yuksak
ma’naviyatga ega bo‘lib ezgu maqsadlarga albatta yetamiz.

Umuminsoniy fazilatlar – bu insonning millati, irqi, diniy e’tiqodi, qaysi hunar

egasi ekanligi, ijtimoiy kelib chiqishi, jamiyatdagi o‘rni, yer yuzining qaysi xududida
yashashidan qat’i nazar, axloqiy qoida, me’yorlarga rioya etish, axloqiy fazilatlarga
ega bo‘lish darajasidir [6].

Bizga ma’lumki, umuminsoniy fazilatlarni shaxs ongiga singdirish avvalo oiladan

boshlanadi va bunda oila, sulola mafkurasi, bobolar o‘giti, otaning shaxsiy ibrati,
onaning mehri orqali insondan insonga, avloddan avlodga o‘tadi, bolaning ong va
shuurida muhrlanib boradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda axloqiy, g‘oyaviy
tarbiyaviy jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila negizidagi jamiyat va davlat mustahkam
bo‘ladi. Bunday oilada barkamol shaxs voyaga yetadi, uning his-tuyg‘ulari, tushuncha
va dunyoqarashida bu fazilatlar aks etadi [7].

Jamiyat umuminsoniy fazilatlarni shaxsga chuqur singdirish orqali uning shonu

sharafi, g‘ururi, burchi va vazifalari kabi mezonlarni ko‘rsatib beradi. Maktabda
yoshlar o‘zaro bir-biriga hurmat, intizom asosida o‘z burch va vazifalarini bajarishlari
bilan bir-birlariga nisbatan ezgulik va mehr-oqibat ko‘rsatishlari muhim fazilatlardan
biri hisoblanadi.

Bugungi kunda olimlarimiz eng yaxshi an’analarni o‘zlashtirib, tarixiy

merosimizni chuqur o‘rganib, buyuk ajdodlarining ishlarini davom
etgirmoqdalar. Ziyolilarimizning muhim fazilati hamma vaqt bilimga, ilg‘or
ilmiy tafakkurning oldingi marralarida bo‘lishga intilishdan iborat. Ular kam
o‘rganilgan, dolzarb muammolarni tadqiq qilishga kirishib, o‘z mehnatlari bilan
sezilarli hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Bilim — ta’limtarbiyaning boshi, baxtli, saodatli yashash asosi. Shuningdek,

odamiylikni ulug‘lovchi qadriyat, sirlar ummonidagi dunyo mohiyatidan voqif
etuvchi bebaho xazinadir. Har bir inson odob o‘rganishi, barcha zaruriy kasb-
hunar hamda bilimlarni egallab, iqtidorini yuksaltirib borishi lozim. Umr deb
atalmish hayot yo‘lida uchraydigan turli sinov, qiyinchilik, muammolarni
bartaraf etishda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari unga doimo
asqotadi

[8]

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

42

ISSN:3030-3613

O‘rni kelganda “Bilim” va “Ilm” so‘zlarining ma’nosi, mazkur ikki

kalomning bir-biridan farqi nimadan iborat ekaniga to‘xtalib o‘tsak. “Bilim”
so‘zi bilish, ma’lumotga ega bo‘lish, anglash, o‘zlashtirish ma’nolarini anglatadi.
Bilimning ilmdan farqi shundaki, bilim – o‘zbekcha (turkiy) so‘z, ilm esa arab
tilidan kirgan. Arabcha “I’lmun” kalimasi ham “Bilish”, ma’lumotga ega bo‘lish
mazmuniga ega. O‘zbek tilida bilim va ilm so‘zlari sinonim so‘zlar sifatida
qo‘llaniladi

[9]

.

“Ilm”

so‘zi lug‘atda bir narsani voqelikdagidek idrok etishni bildiradi. Ma’naviy

ishlarda narsalarning aniq bilish sifatiga “ilm” deyiladi. Ilmli inson doimo ustun turishi
va fazilatli hisoblanishi, ustozlarimizdan birlarining o‘ta foydali o‘gitlarini eslab
o‘tishimiz foydali. “Ilm uch tomondan kiradi. Quloqdan eshitish bilan, ko‘zdan o‘qish
bilan va qo‘ldan yozish bilan” degan edilar. Tolibi ilm uchun ko‘z va quloq orqali ilm
olish oson tuyuladi. Chunki bu holatda ilm ortiqcha urinishsiz o‘rganiladi. Yozish esa
anchagina mashaqqat va mehnat talab qiladi. Shuning uchun ko‘pgina tolibi ilmlar bu
ishdan qochadilar. Lekin oson hosil bo‘lgan narsaning ketishi ham oson. Qiyin hosil
bo‘lgan narsaning ketishi ham qiyin. Eshitilgan narsa osonligi uchun o‘qigan yoki
yozgan narsadan tezroq esdan chiqadi, o‘qigan narsaning yoddan ko‘tarilishi esa
eshitgan narsanikidan ko‘ra qiyinroq kechadi. Yozish qiyin bo‘lganidan yozgan narsa
zehnda uzoq o‘rnashib qoladi. Shu bilan birga, yozilgan narsani boshqalar ham o‘qishi,
undan foydalanishi mumkin. Shuning uchun yozishga katta ahamiyat berish zarur [10].

Olim odam dars berayotganida yoxud biror ma’lumot yetkazayotganida

eshituvchiga tushunarli qilib gapirishi lozimligini anglatishdir. Chunki ikkala holatda
ham u ilm yetkazayotgan bo‘ladi [11]. Biz ham dars beradigan yoxud biror ma’lumotni
yetkazadigan bo‘lsak, o‘sha narsa eshituvchiga tushunarli bo‘lish uchun harakat
qilishimiz lozim bo‘lsa, ikki-uch marta takrorlashimiz kerak [12]. Ilmiy suhbatlar
qurish nafaqat og‘ir vaqtlarda, bplki oddiy holatlarda ham foydalidir. Kasb-kori va
dunyoqarashlari yaqin kishilarning doimiy ravishda ma’lum vaqt to‘planib, bir ilmli
kishidan ta’lim olishlarining o‘zgacha manfaati va fayzi bor. Bunday holatda hech
kimdan tortinmay, bilmagan narsani bemalol so‘rash, baxslashish mum kin. Shu bilan
birga birodarlik rishtalari ham quvvatlanadi. Kishilar bir-birlariga yanada
yaqinlashadilar va ko‘pgina foydalar hosil bo‘ladi [13].

Halollik nisbatan tor shar’iy qobiqdan chiqib, asta-sekin shaxs hayotidagi

keng qamrovli axloqiy me’yorga aylandi, teran ma’naviylik kasb etgani holda,
kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilatga aylandi

[14]

.

Halollik (arab tilida ruxsat etilgan, yo‘l qo‘yilgan, qonuniy, asosli, to‘g‘rilik,

vijdonlilik) — shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa, foydalansa bo‘ladigan, kishining
o‘ziga qarashli, o‘z mehnati bilan, peshona teri to‘kib topilgan, xiyonat, g‘irromlik
kabilardan xoli, qing‘ir yo‘lga bormaydigan, birovni aldamaydigan, to‘g‘ri, sof, pokiza


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

43

ISSN:3030-3613

bo‘lishni talab qiladigan ma’naviy-axloqiy me’yorni anglatuvchi tushuncha. Insonni
ma’naviy-axloqiy jihatdan bezaydigan ajoyib fazilatlardan biri — halol, pokiza
yashash, birovlarning haqiga zarracha bo‘lsa-da, xiyonat qilmaslikdan iboratdir [15].

Bugungi jamiyatimizda halollikda ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarash,

insonlar o‘z nonini halol mehnat qilib topadigan, ezgu ishlari bilan xalqqa nafi
tegadigan, o‘zligini teran anglab bugungi hayot lazzatlari va oxiratni o‘ylab
yashaydigan odamlarga xos fazilatdir. Bunga qarama-qarshi bo‘lgan qarash mavjud,
hayoti haqida o‘ylamaydigan, o‘zini qiynamaydigan, faqat nafsga berilib, yengil umr
kechirishni o‘ylaydigan, o‘zining ota-onasiga va farzandiga befarq bo‘lib yashaydigan
odamlar ham mavjud. Halollik bilan hayot kechirish kabi fazilatlarning ma’nosini
chuqur anglash, va xususiyatlariga ega bo‘lish hamda amal qilish, insonlarning
ma’naviyatini belgilab beradigan asosiy mezon hisoblanadi. Odamlar umrida har doim
orzu qilib, intilib kelgan ma’naviylikning ifodasi sifatida qabul qilish maqsadga
muvofiq.

Qanoat

– o‘zidagi ne’matga shukr qilish, boshiga tushgan musibat, qashshoqlik

va qiyinchiliklarga sabr-bardoshli bo‘lish. Qanoat aqlli odamlarning fazilatidir. Ammo
qanoat rizq qidirish va kasb bilan shug‘ullanishdan tiyilish degani emas. Balki, kasb
tufayli topgan narsasiga shukr qilish va ortiqchasiga intilmaslikdir. Qanoatli inson umri
mobaynida doimo baxtiyorlikni his etib yashaydi. Shu bilan birga, boshqalarga ham
yaxshi muomalada bo‘ladi, ularni ham o‘zi kabi shodlik sari yetaklaydi. Shuning uchun
qanoatli kishini barcha hurmat qiladi. Birovlarning qo‘lidagi narsani ko‘rib, ma’yus
bo‘lmaslik va tamagirlikdan qochish. Chunki, tamagirlik, albatta, kambag‘allik sari
yetaklaydi.

Yurtimiz tinch, hayotimiz osuda va farovon bo‘lishiga qaramasdan, bugungi

kunda jamiyatimizda turli huquqbuzarliklarning sodir bo‘lishi, yoshlar orasida
jinoyatchilikning ortib borishi, shuningdek, oilaviy kelishmovchiliklar va ajrimlarning
ko‘payishi, aksar hollarda, qanoatsizlikdan kelib chiqayotgani bor haqiqat. Demak, ana
shunday noxushliklarning muolajasi va oldini olish chorasini qanoat deb atalmish
ko‘ngil boyligini hosil qilishdan izlashimiz zarur [16].

Har bir insonni ko‘zgu, ibrat va saboq deb bilish uchun esa uni qadrlay bilmoq,

uni asrab-avaylamoq, unga hurmat-ehtirom ko‘rsata bilmoq, unga ishonmoq kerak.

Insonparvarlik

ning avvali — fikrparvarlikda, g‘oyaparvarlikda. Ana shu tuyg‘ularni

umuminsoniy fazilatlar maqomiga qadar yuksaltirishga erishilgan taqdirdagina bu
yorug‘ dunyoni asrab qolish imkoni topiladi [17].

Insonparvarlik — o‘zbek xalqining yuksak umuminsoniy fazilatidir. Xalqimiz

o‘zining tarixi davomida ko‘p narsalarni boshidan kechirgan — madaniyat, ilm-fan,
yagona davlatchilik zafarlari nash’asini surdi, o‘zaro nizolar, begonalar asorati alamini
tortdi, o‘zining o‘g‘il-qizlaridan judo bo‘ldi. Lekin tarixning o‘yinlari ham, tabiiy
ofatlar ham xalqimizning insoniy tabiatiga dog‘ tushirolmadi. O‘zbek oilasida bugungi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

44

ISSN:3030-3613

kunda yaxshilik va ro‘shnolik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, o‘zgalar qayg‘usiga
hamdardlik mujassamlangandir.

O‘zbek millati vakillari ko‘proq umuminsoniy qadriyatlar sifatida insoniy

fazilatlar: oliyjanoblik, hamdardlik, vijdonlilik, kamtarlik, jasorat, mardlik, halollik
kabi umuminsoniy fazilatlarni qadriyat sifatida keltirganlar [18].

Mehr — xolis va ta’masiz yaxshi ko‘rish, sevgi-muhabbatning teranlashgan

shaklini ifodalovchi tushuncha. Kishilik jamiyatining ma’naviy taraqqiyotida
shakllangan axloqiy fazilat bo‘lib, individuallik xususiyatiga egadir. Mehr kishilar
shaxsiy, oilaviy hamda etnik birligini, maqsad va manfaatlarni amalga oshirishda
ezgulik yo‘lidagi ijtimoiy munosabatidir [19].

Oila a’zolari o‘rtasida mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik, oila muhitini yanada

iliqlashtiradi. Mehr-oqibat insonlar o‘rtasidagi samimiylik, g‘amxo‘rlik, va bir-biriga
nisbatan mehr-muhabbat ko‘rsatish orqali ifodalanuvchi muhim axloqiy qadriyatdir.
Mehr-oqibat oila, do‘stlik, va jamiyatdagi munosabatlarning mustahkamligi
va barqarorligini ta’minlaydi. Bu qadriyat boshqalarga nisbatan samimiy va yordamga
tayyor bo‘lish, ularga mehr ko‘rsatish orqali insonlarni birlashtiradi va jamiyatda
tinchlik va osoyishtalikni saqlashga yordam beradi [20].

Saxovat (arabcha qo‘li ochiqlik, oliyhimmatlilik, saxiylik) – baland himmatlilik,

saxiylik, himmat qilish, yordam qo‘lini uzatish, himmat bilan ehsonu in’omlar
ulashish, ko‘chma ma’noda tabiiy boylik, mo‘l hosil, to‘kinlik, mo‘l-ko‘llik. Caxovat
so‘zi qo‘li ochiqlik, muruvvatlilikni anglatadi. Saxovatlilik insonga xos bo‘lgan
xususiyatlarning eng olijanobidir. Chunki hamma insonlar ham saxovatli bo‘lish
sharafiga muyassar bo‘la olmaydi [21]. Saxovat kishi obro‘-e’tiborining pokiza
saqlanishiga, el orasida yaxshi nom chiqarishiga sabab bo‘ladi. Begona dillarni
birlashtiradi, birodarlik rishtalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, aybu nuqsonlarning
yopilib ketishida katta ahamiyat kasb etadi. Saxovat va oliyhimmatlik boshqa xil
fazilatlar bilan ham chambarchas bog‘liq va tutashdir. Saxiy kishi ko‘p holatlarda
ko‘ngilchanlik va kechirimlilikni lozim tutadi. Muloyimlik va halimlik bilan
ziynatlanadi. Xushmuomala bo‘ladi. Birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, o‘zganing
haqqini o‘z xohishi bilan chiroyli ado etadi. Darhaqiqat, saxiy kishini tavozeli holatda
topasiz. Uning axloqlari orasiga kibr-havo degan narsa suqilib kirmaydi [22].

Ma’rifat — ma’naviyatga olib keladigan yo‘l, uni shakllantiruvchi vositadir.

Ma’rifat millat tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Turkiston o‘lkasida
faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyandalari madaniy qoloqlik va
mustamlaka zulmidan, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy
davlatchilik asoslarini bunyod etish uchun ma’rifat yo‘lidan foydalanishgan. Ular
ko‘plab maktab ochishgan, ilmfan, matbaachilik, noshirlik, adabiyot, maorifni milliy
asosda tashkil etishni yoqlab chiqishgan. Ular yaratgan maktablar xalqqa, avvalo,
ma’rifat tarqatishi, zamonaviy ilmfanni singdirishi zarurligi haqidagi fikr jadidlarning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

45

ISSN:3030-3613

ma’rifatchilik faoliyatidagi eng asosiy maqsad edi. Millatni, xalqni ma’rifatli qilishga
butun hayotlarini baxshida etgan vatandoshlarimizdan Behbudiy, Munavvarqori,
Fitrat, Cho‘lpon, Pahlavon Niyoz Hoji, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning
hissalari katta bo‘ldi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng ma’rifatni tiklash
va taraqqiy ettirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ma’naviyat va ma’rifat
uyg‘unligi nimada ko‘rinadi? Jamiyat fuqarolarining ma’naviyati ma’rifiy jarayonlar
bilan uzviy aloqador. Inson ma’naviyati u o‘zlashtiradigan bilim, amaliy tajriba va
ko‘nikmalar hamda ijodiy kamoloti bilan bog‘liq [23].

Madaniyat (arab. shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i) — tabiat va

o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini
ifodalaydigan tushuncha. Madaniyat alohida individning hayotiy faoliyati, ijtimoiy
guruh yoki jamiyatning faoliyat usulini aks ettiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi
insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta’siri (yerga ishlov berish, tabiiy
boyliklardan foydalanish va hakazo) hamda insonning o‘zini tarbiyalashi va bilim olish
ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik turli xalqlar madaniyatning o‘zaro
yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o‘laroq jahon madaniyat, tamaddunlar
madaniyat tushunchalari paydo bo‘ldi. Madaniyat atamasi keng ma’noda qo‘llanib,
jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy-ma’naviy hayotida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni,
muayyan xalq yoki ijtimoiy guruhning ma’lum davrda erishgan natijalari,
o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilik hamda turmushning
inson ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini ifodalaydi [24].

Bag‘rikenglik (tolerantlik) – o‘zgalarga nisbatan mehr muruvvatli, g‘amxo‘r,

saxiy, kengfe’lli bo‘lgan, ana shunday ma’naviy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi
tushuncha. Bag‘rikenglik o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik
xususiyatlari, an’ana marosimlariga hurmat-ehtiromda bo‘lish, muomala munosabatda
kamsitish va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun
hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-ko‘yda bunga rioya etishni anglatadi. Mazkur
tushuncha turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat
doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, tinch osoyishta yashashini ifoda
etadi [25].

Ajdodlarimiz bir necha asrlar mobaynida shu mintaqada hamjihat bo‘lib, qanday

qadriyatlar bilan yashab kelgan bo‘lsa, bugun ham, tabiatning o‘zi bizni - butun
Markaziy Osiyo xalqlarini aynan shunday do‘stlik ruhida zamonning o‘zi shunday umr
kechirishga da’vat etmoqda.

Yurtimizda xalq g‘ami bilan yashaydigan vatanparvar insonlar juda ko‘p.

Xalqimiz yanada kuchayib mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi bilan milliy
o‘zligimizni anglab olgan. O‘z davlatchiligimizni havas qilsa arziydigan fuqarolik
jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib barcha


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

46

ISSN:3030-3613

sohalarda madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fanga bo‘lgan salohiyatini ro‘yobga
chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishmoqdamiz.

Xulosa qilib aytganda,

xalqimizning milliy ma’naviy boyligiga e’tibor

qaratishimiz darkor, befarq bo‘lmasligimiz kerak. Xalqimizga madad bo‘ladigan
ma’naviy merosimizga tayangan holda umuminsoniy fazilatlarni ko‘z
qorachig‘imizdek asrashimiz va yanada boyitishimiz zarur hamda shu ishlarni har bir
inson amalda vijdonan o‘z hissasini qo‘shish kerak. Insonlarning ma’naviy tarbiyasini
o‘ylab, tinchligini ko‘zlab harakat qilishimiz kerak va shu yo‘lda harakat qilayotgan
insonlarni qo‘llab-quvvatlashimiz joiz, barcha jamiyat a’zolari hamkorligi bilan
amalga oshiriladi, shuningdek, ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning moddiy
ta’minotini takomillashtirishimiz zarur. Jumladan insonning hayoti uchun zarur
bo‘lgan kutubxonalarni ko‘paytirish va sharoitini yaxshilash oldimizda turgan dolzarb
masalalardan biridir.

Ma’naviyatimiz bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarimiz bisyor. Bu masala

bo‘yicha mening nazarimda orqada qolayotgandek tuyuladi. Shu sohalar
yo‘nalishidagi kadrlar masalasiga e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Bizning
kelajagimiz bo‘lgan o‘sib kelayotgan yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va ularning
umuminsoniy fazilatlarini yuksaltirish nihoyatda katta javobgarlik va mas’uliyat hissi
bilan yondashishni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Yoshlarimiz ma’naviyatimizning
egalaridir. Shuning uchun har bir jamiyat a’zosi dastlabki qadamlaridan boshlab
ma’naviyat sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Oynai jahonda filmlarda, matbuot
vositalarda ma’naviy, axloqiy, umuminsoniy fazilatlarni yuksaltirish bo‘yicha
lavhalarni aks ettirish va targ‘ib qilishni ko‘paytirish lozim.

Barchamiz - qaerda, qaysi lavozimda bo‘lmaylik, ma’naviy va axloqiy aqidalarni

poymol qiladigan tajovuzkorlikka qarshi turishimiz lozim. Bunday munosabatlar
jamoatchiligimizga ham ma’qul bo‘ladi. Bugungi globallashuv davrda terrorizm,
ekstremizm va boshqa xavf-xatarlarni ehtimolini yaxshi anglab turibmiz. Shularni
inobatga olgan holda tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analarga sodiq qolgan tarzda,
nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olishimiz zarur.
Xalqimizning dunyoqarashini ifoda etadigan ma’naviyatimizga munosabatimizni
zamon talablariga mos ravishda yanada rivojlantirish, insonlarning tafakkurini
o‘zgartirish puxta o‘ylab ish qilish kerakligini talab qiladi. Bu borada to‘g‘ri yo‘ldan
adashmaslik uchun avvalambor milliy qadriyatimiz bo‘lgan ma’naviyatimiz o‘zi nima
ekanini tushunib olishimiz kerak. Milliy manfaatlarimiz, oldinga intilishlarimizga,
taraqqiyotimizga javob beradigan, vaqt o‘tgani sari qadri ortib boradigan
ma’naviyatimizni qadriyat desak agar, adashmagan bo‘lamiz.

Foydalaniladigan adabiyotlar:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

47

ISSN:3030-3613

[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev.

Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz:
– Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. – 369 b.

[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev.

Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning poydevoridir [Matn]:
– Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. – 6 b.

[3] Shu manbaa.– 9 b.
[4] M. Shodieva. Insoniy fazilatlar – oliy qadriyat. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-

tadqiqot markazi. (Elektron resurs).

https://dkm.gov.uz

(Murojaat etilgan sana

19.02.2025).

[5] M.

Madirimov. Xazarasp tumani «Hazrati Shayx Muhammad Amin»

jome masjidi imom xatibi. Mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‘laylik.
https://zamaxshariy.uz

(Murojaat etilgan sana 19.02.2025).

[6] Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2022:
5.947. ASI Factor = 1.7 wwww.oriens.uz April 2022.

[7] O‘sha manbaa.
[8] Qo‘chqorov, V. Ma’naviyat asoslari: O‘rta umumta’lim maktablarining 1011-

sinflari va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V. Qo‘chqorov,
O. Mahmudov, Z. Zamonov. Ikkinchi nashr. Toshkent: Yangiyo‘l Poligraf Servis,
2018. 12 b.

[9] Z. Hamidov «Hilol» jurnalining 6(51) sonidan. (Elektron resurs).

https://islom.uz/

20-02 (Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

[10] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. 3 juz Niyat,

ixlos, ilm. –T.: “Hilol-Nashr”,2020. 164-b.

[11] O‘sha manbaa. 165-b.
[12] O‘sha manbaa. 166-b.
[13] O‘sha manbaa. 170-b.
[14] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 798-b.

[15] O‘sha manbaa. 798-b.
[16] T. Sayliev. Mir Arab Oliy madrasasi o‘qituvchisi. Insoniy fazilatlar.

(Elektron resurs)

https://kh-davron.uz

(Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

[17] (Elektron resurs)

https://kh-davron.uz

(Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

[18] Scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in

Uzbekistan”, 2021, No 6 (41), 85-103 https://journal.fledu.uz ISSN: 2181-8215
(online)


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

48

ISSN:3030-3613

[19] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 387-b.

[20] (Elektron resurs).

https://oilaqadriyat.uz

(Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

[21] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 526-b.

[22]

R.

Elmurodov,

Saxovat

– oliy fazilat. (Elektron resurs).

https://www.bukhari.uz

(Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

[23] Qo‘chqorov, V. Ma’naviyat asoslari: O‘rta umumta’lim maktablarining 10-

11sinflari va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V.
Qo‘chqorov, O. Mahmudov, Z. Zamonov. Ikkinchi nashr. Toshkent: Yangiyo‘l
Poligraf Servis, 2018. 56 b.

[24] O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat
asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
Toshkent 2021. 798-b.

[25] Shu manbaa. -75 b.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev.

Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz:

– Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. – 369 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev.

Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning poydevoridir [Matn]:

– Toshkent: Tasvir nashriyot uyi, 2021. – 6 b.

Shu manbaa.– 9 b.

M. Shodieva. Insoniy fazilatlar – oliy qadriyat. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-

tadqiqot markazi. (Elektron resurs). https://dkm.gov.uz (Murojaat etilgan sana

02.2025).

M. Madirimov. Xazarasp tumani «Hazrati Shayx Muhammad Amin»

jome masjidi imom xatibi. Mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‘laylik.

https://zamaxshariy.uz (Murojaat etilgan sana 19.02.2025).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2022:

947. ASI Factor = 1.7 wwww.oriens.uz April 2022.

O‘sha manbaa.

Qo‘chqorov, V. Ma’naviyat asoslari: O‘rta umumta’lim maktablarining 1011-

sinflari va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V. Qo‘chqorov,

O. Mahmudov, Z. Zamonov. Ikkinchi nashr. Toshkent: Yangiyo‘l Poligraf Servis,

12 b.

Z. Hamidov «Hilol» jurnalining 6(51) sonidan. (Elektron resurs).

https://islom.uz/ 20-02 (Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. 3 juz Niyat,

ixlos, ilm. –T.: “Hilol-Nashr”,2020. 164-b.

O‘sha manbaa. 165-b.

O‘sha manbaa. 166-b.

O‘sha manbaa. 170-b.

O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat

asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,

Toshkent 2021. 798-b.

O‘sha manbaa. 798-b.

T. Sayliev. Mir Arab Oliy madrasasi o‘qituvchisi. Insoniy fazilatlar.

(Elektron resurs) https://kh-davron.uz (Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

(Elektron resurs) https://kh-davron.uz (Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

Scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in

Uzbekistan”, 2021, No 6 (41), 85-103 https://journal.fledu.uz ISSN: 2181-8215

(online)

O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat

asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,

Toshkent 2021. 387-b.

(Elektron resurs). https://oilaqadriyat.uz (Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat

asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,

Toshkent 2021. 526-b.

R. Elmurodov, Saxovat – oliy fazilat. (Elektron resurs).

https://www.bukhari.uz (Murojaat etilgan sana 20.02.2025).

Qo‘chqorov, V. Ma’naviyat asoslari: O‘rta umumta’lim maktablarining 10-

sinflari va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalari uchun darslik / V.

Qo‘chqorov, O. Mahmudov, Z. Zamonov. Ikkinchi nashr. Toshkent: Yangiyo‘l

Poligraf Servis, 2018. 56 b.

O.Salimov, X.Sultonov, A.Abduvaxitov, D.Kenjaev, A.A’zamov,

M.Hojimatov, M.Quronov, Q.Nazarov (tuzuvchi va mas’ul muharrir) Ma’naviyat

asosiy tushunchalar lug‘ati “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,

Toshkent 2021. 798-b.

Shu manbaa. -75 b.