T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
255
ISSN:3030-3613
O‘SMIRLIK YOSHIDAGI BOLALAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Safaraliyev Matlab Norboyevich
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida
17- maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
O’smirlar dunyoqarashqarashlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar
bilan qiziqa boshlaydilar, ulaming kamalak va yoshlar ittifoqida ishtirok qilishlari
bunday qiziqishlaming o’sishiga ko’p jihatdan yordam beradi.
Kalit so`zlar:
axloqiy hislar, emotsional buzilish, harakter, fiziologik
o`zgarish, intensive munosabat.
KIRISH.
O’smir yoshidagi bolalaming muloqot doirasining kengayishi va ularda
ijtimoiysiyosiy masalalarga qiziqish o’sishi tufayli axloqiy hislar o’smirlar hayotida
katta o’rin oladigan bo’lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo’ladi.
Shu yoshda organizmda fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishi sababli emotsional
qo’zg’alishlaming xarakterida ham o’zgarish ro’y beradi. Hislar kuchli ravishda
namoyon bo’laveradi, lekin ko’pincha bu hislar barqaror bo’lmaydi. Boshqa yoshdagi
bolalarga qaraganda o’smirlarda injiqlik va arazlash ko’p bo’ladi. O’smirlik davrining
xarakterli xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o’smirlarda kuzatiladigan o’smirlik
avtonomiyasi holatidir.
O’smirlik avtonomiyasining xuquqiy avtonomiya, iqtisodiy avtonomiya,
emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi.Ma‘lumki, bola
dunyoga kelgan boshlab kimningdir qaramog’iga muxtoj bo’ladi.Ota-onasi va boshqa
yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va uni muntazam nazorat ostida
tutadi. Ular bolani xar tomonlama qo’llab-quvvatlashi bois bola bunday
e‘tiborga,daldalarga muxtojlik xis etib turadi.
O’smirlik davrida esa bola o’z hayotini, xavfsizligini taminlash borasida
mustaqillikka erishadi. Endi u o’zini o’zi himoya qila olishi, lozim bo’lsa o’zi o’z
imkoniyatlari darajasida mexnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o’z
ehtiyojlarini mustaqil ravishda o’zi qondira olishi mumkin bo’ladi.Yuqorida keltirib
o’tilgan xuquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o’smirlik yoshiga yetishi bilan unga
qator xuquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi.Bu davrda bola yuridik shaxs
hisoblanib, ovoz berish xuquqiga ham ega bo’ladi. Mabodo, bu davrda o’smirning ota-
onasi ajralib ketgudek bo’lsa, o’smirning qayerda va kim bilan qolishi uning xohishiga
qarab xal etiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
256
ISSN:3030-3613
Shuningdek, bola bu davrda o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy
ravishda jismoniy mexnat bilan shug’ullanishi ham mumkin. Lozim bo’lsa, ulardan uz
xattixarakati,qiliklari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi xuquqiy
imkoniyatlarga ega bo’lish va bundan o’smirning xabardorligi uning xuquqiy
avtonomiyasining yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo’lish
o’smirda o’z xatti-xarakati uchun javobgarlik, ma‘suliyatlilik xissini yuzaga keltiradi.
Emotsiyalar – bu psixik jarayon bo‘lib, insonning atrof muhitga va o‘ziga nisbatan
sub’ektiv munosabatidir. Ular psixik faoliyatdagi va somatik namoyon bo‘lishdagi
o‘lchashlarning o‘zgarishida o‘z aksini topgan, psixik jarayonlarning vujudga
keladigan integrativ holatini (shaklini) bildiradi. Emotsiyalar bir qator xususiyatlarga
ega: sifat, mazmun – mohiyat, yo‘nalish, davr, namoyon bo‘lish, vujudga kelish asosi
va hokazo. Emotsional holatlarning asosiy sifatlari shaxsning ob’ektiga nisbatan
sub’ektiv munosabatiga bo‘lgan muhim belgilari sifatida namoyon bo‘ladi. Ular:
ijobiy, salbiy, ikki yoqlama va noaniq (mavhum) munosabatlardir. Salbiy emotsional
holatlar simptomi ko‘p qirrali va turli tumandir. “Emotsional buzilishi” – aniq termin
hisoblanadi, lekin Tibbiyot sohasida uning ma’nosi – klinik simptomlar (belgilardan )
aniq guruhi yoki axloqiy belgilar ko‘p hollarda qayg‘u keltirib, shaxsiy faoliyatga
qarshi ta’sir o‘tkazadi. Tibbiyot sohasida quyidagi emotsional xastaliklar ko‘rsatilgan:
bezovtalanish, depressiya, xotirjamsizlik, asab tarangligi va g‘azablanish.
Yuqorida qayd etilganidek ko‘p belgili modelda quyidagi emotsional
xastaliklar aniqlangan: depressiv, bezovtali va somatomorf. Emotsional holatlar,
munosabatlar va reaksiyalar patologiyasi gipotimiya, paratimiya va emotsiyalar
tizimiga buzilishidan iborat.Gipotimiya. Sog‘inch (qumsash) emotsional holati bo‘lib,
qayg‘urish natijasida barcha psixologik jarayonlardan ustun turadi. Sog‘inch – yurak
qisilishi ko‘krak qafasida siqilish kabi holatlarda namoyon bo‘lib, yurak oldi xuruji
deb nomlanadi.
Depressiv, nevrotik va depressiv – paranoid, oneyroid sindromi disforiyasi
tizimiga mansub bo‘ladi. Bezovtalanish - emotsional holat yoki reaksiya bo‘lib, ichki
hayajon, xotirjamsizlik, uyalish va ko‘krak qismida lokal siqilish xususiyati bilan
xarakterlanadi. Oldindan kelgusidagi voqea hodisalardan xavotirlanish holatlarida
namoyon bo‘ladi. Sog‘inch (qo‘msash)dan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni
qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega. Nevrotik, depressiv – bezovtalanish, o‘tkir sarosimalik va
ongning zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini
anglay olmaslik) – sarosimalik.
O‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror narsaga aqli
yetmasligidan qayg‘urish bilan namoyon bo‘ladi.
Ongning xiralashuvi, affekt, affektiv - paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari
tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi. Sog‘inch
qumsashdan ko‘ra bezovtalanish holati affekt holatni qo‘zg‘atuvchi sifatiga ega,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
257
ISSN:3030-3613
nevrotik depressiya bezovtalanish, o‘tkir saromasalik, affektiv sarosimalik va ongning
zaiflashuvi sindromlari tizimiga mansub bo‘ladi. O‘zini yo‘qotish (o‘zini anglay
olmaslik sarosimalik-o‘zgaruvchan, labil emotsional holat bo‘lib, nochorlik, biror
narsaga aqli yetmasligidan qayg‘u bilan namoyon bo‘ladi. Ongning xiralashuvi affekt,
affektiv paranoid o‘tkir sarosimalik sindromlari tizimiga mansub bo‘lib, o‘ziga xos
o‘tkir holatda namoyon bo‘ladi.
Qo‘rquv – emotsional holat yoki reaksiyalar bo‘lib, o‘z hayoti yoki farovonligi
(xotirjamligini) yo‘qotishdan qo‘rqib yashash holatida namoyon bo‘ladi. Fobik, o‘tkir
sarosima sindromi tizimiga mansub bo‘lib, o‘tkir gallyusinoza, ongning, aqlning
xiralashuvi (zaiflashuvi), gipotalamik paroksizm, tungi va kunduzgi bolalar qo‘rquvi
kabi xususiyatlardan iborat.
Gipertimiya. Eyforiya – emotsional holat bo‘lib, xursandchilik, “yuzidan nur
yog‘iladigan”, “oftobday yarqiragan” baxtiyorlik hissi va faoliyatga yuqori darajadagi
talpinish bilan intilish. Bu holat manikal, manikal sarosimalik, oneyroid, parafren
sindromi va demensiya sindromidan ba’zi ko‘rinishlar, alkogolik, narkomanlik va
taksikomanlikdan mastlik holatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘ngilchanlik –
mamnunlik hissidagi emotsional holat bo‘lib, faoliyatga umuman intilmaslik. Ekstaz
– emotsional holat bo‘lib, ko‘tarinkilik ruhiyati, ekzol’tatsiya, ko‘pincha diniy, mistik
kechinmalar orqali namoyon bo‘ladi. Jahldorlik – salbiy ta’sirlanishning yuqori
darajasi, atrofdagilardan norozi holatda agressiyaga va buzg‘unchilik harakatiga
moyillik.
XULOSA
Psixologlar o'smirliklarning emotsional hayotidagi qo'zg'alishni qo'zg'alish va
tormozlanishning asabiy jarayonlarining o'zgaruvchan faollashuvi bilan asoslashadi.
O'smirlik davrida umumiy hayajon kuchayadi va ba’zi jarayonlar zaiflashadi. Biroq,
o'smirlar o'zlarining hissiy tajribalarini ko'pini yashirishga moyildirlar. Bundan
tashqari,o'smirlar
bir
ob'ektga
nisbatan
his-tuyg'ular
va
hissiyotlarning
ambivalentsiyasi bilan ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Z.T.Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. Toshkent, 1998, 87-bet.
2.
F.A.Akramova. Psixologiya. Ma‘ruzalar matni. T., 2000, 138-bet.
3.
Vilyunas I.K. Psixologiya emotsionalnyx yavleniy. –M., 1976.
4.
G. Sele. Stress bez distressa. –M., 1998.
5.
Davaetshin M.G., TO’ychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent 2002.
6.
Davaetshin M.G. Zamonaviy maktab -O’qituvchisi psixologiyasi. -Toshkent
1998.6.