Mualliflar

  • Tojiboyeva Zumradxon Ibragimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97145

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zla. aqliy qobiliyat aqliy tarbiya rivojlanish maktabgacha tarbiya oila tarbiyasi aqliy bilim aqliy talim Y.A.Komeniskiy ona tarbiyasi o’qituvchi mahorati.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Aql-kishining    o’z idroki     qalbi va fikri orasida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni 
anglash  va  ularga  o’z  faolyatida  ma’naviy  –  insoniy  nuqtai  nazaridan  amal  qilish 
imkonini  beruvchi  va  inson  kamolotining  harakatlantiruvchi  kuchi  bo’lib  uning 
yordamida odam hayotda o’z o’rni va nufuziga ega bo’ladi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

247

ISSN:3030-3613

BOLALARNING AQLIY QOBILIYATLARINI TARBIYALASHNING OILA

MUHITIDA SHAKLLANISHI

Tojiboyeva Zumradxon Ibragimovna

Andijon viloyati Bo'ston tumani 2-umumta'lim

maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Aql-kishining o’z idroki qalbi va fikri orasida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni

anglash va ularga o’z faolyatida ma’naviy – insoniy nuqtai nazaridan amal qilish
imkonini beruvchi va inson kamolotining harakatlantiruvchi kuchi bo’lib uning
yordamida odam hayotda o’z o’rni va nufuziga ega bo’ladi.

Kalit so’zla.

aqliy qobiliyat,aqliy tarbiya, rivojlanish, maktabgacha tarbiya, oila

tarbiyasi, aqliy bilim, aqliy talim, Y.A.Komeniskiy, ona tarbiyasi, o’qituvchi
mahorati.

KIRISH

Aqlan zukko, kreativ qobiliyatli, izlanuvchan, mustaqil mulohaza yurituvchi

о‘g‘il va qizlarga eng qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratish, ularning hayot
hamda faoliyat kо‘rsatayotgan mikromuhitidan о‘zoqlashuvini amalga oshirish,
maxsus tashkil qilingan, hozirgi zamon talablariga javob beruvchi о‘quv - tarbiyaviy,
metodik vositalar, asboblar, qurollar bilan jihozlangan bilim maskanlarida о‘qitish -
bu davr talabidir.

Aqliy jihatdan rivojlangan, yuksak qobiliyat va iste’dodli о‘quvchilar, talabalar

jamiyatning ilmiy - texnik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi ulkan kuch - quvvat
bо‘lib, ular qadriyat, ma’naviyat, ruhiyat va fanda, madaniyat, san’at va
hunarmandchilikda milliy imkoniyatlarni jahon standarti darajasiga olib chiqa
oladigan qudratga egadir. Mazkur nuqtai nazardan muammoga yondashish iste’dodli
yoshlarni izlab topish, ularga oqilona kо‘rsatma berish, muayyan yunalishga
boshqarish maqsadga muvofiq, chunki ularning har kaysisiga xos bо‘lgan induvidial
hususiyatlar, ichki kuch-quvvat, yashirin imkoniyatlarini ochish, takomillishtirish,
ta’sir о‘tkazuvchi omilkor vositalar topish, ya’ni ularni jamiyat ehtiyoji, talabi,
rivojlanish imkoniyatiga mos ravishda maqsadga muvofiq yunaltirish halqlarning
azaliy orzu-umidlari, istiqbol rejalari, xohish irodalarini ushalish negizidir.
Bolalar aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagilaga e’tibor qaratish kerak:

-

Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnika vositalari bilan darslarni tashkil etish

ta’lim oluvchilar intellektini rivojlantiradi:

-

Turli xil to’garak, klublar faoliyat ko’rsatishi va bolalarning ularda qatnashish

imkoniyatini yaratish:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

248

ISSN:3030-3613

-

Shaxslararo o’zaro muloqot o’rnatishning uzluksizligi va oilada iliq psixologik

muhitning hukm surishini ta’minlash:

-

Turli televizion viktorinalar, bahslar, tortishuvlar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik

bo’yicha musobaqalar tashkil etish va ularda ishtirok etish imkoniyatini yaratish:

-

Ortiqcha informatsiya, xabarlar ko’lamini kamaytirish (video, aftomat o’yinlar,

kompyuter o’yinlar), zararli odatlar (ichish, chekish, narkotik moddalar) bilan
shug’ullanishning oldini olish

Jamiyat talabi har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalash ekan, bu talabni amalga

oshirishda barcha kuch-quvvatni yig’ib, yoshlarning har tomonlama yetukligi uchun
shart-sharoitlarni yaratish uchun barcha mas’uldir. Aqliy tarbiya - tabiatan berilgan
aqliy kuch, ruhiy holat, biluchanlik va faolyat ekanligini rivojlantirish natijasida
insonda mustaqil fikr yuritib oldiga maqsad qo’ya olish hamda ko’zlagan
maqsadiga yetishish qobilyatini shaklllantirishdir. O’quvchilarning aqliy tarbiyasini
rivojlantirishda mahalll, oila ayniqsa maktabning o’rni kattadir. o’quvchilarni
oilada so’ng esa boshlang’ich sinflardan boshlab aqliy tarbiyasini rivojlantirib boorish
kerak. O’qituvchi o’quvchining aqliy tarbiyasini rivojlantirishda metodlardan
foydalanishi lozim masalan: kuzatish metodi, suhbat metodi, tushuntirish metodi
rag’batlantirish tanbeh berish maqullash namuna ko’rsatish bahs – munozara
ishontirish metotlari. Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiat
ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obektiv zaruratdir.

Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy

tarbiyalanishning oxiriga kelib bolalar tevarakatrof haqidagi bilimlarga va
tushunchalarga ega bo’ladi va asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar.
Faqat yaxshi tashkil etilgan faolyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish sodir
bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi bolaga
muayyan maqsadni ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit
yaratishdir.

Ta’lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyati asoslari hosil qilinadi. Ularning

maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun muhim shart- sharoitlar yaratiladi. Hayot
ta’limining amalga oshirish taqozo etilmoqda Birinchi yo’l - bolalarning bilim,
malaka ko’nikmalarini kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lish orqali egallab
borishidir. Bu muomala, mehnat faolyati vas hu kabilar bilan belgilanadi.

Ta’limning ikkinchi yo’li - maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus

o’quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka ko’nikmalar bilan rejali
ravishda qurollantirib borishdir bunday yo’l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiatning ijtimoiy - siyosiy, madaniy hayotida
faol qatnashish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan tanishishdir.
Aqliy tarbiyani berishda maktabgacha yoshdagi bolalardan boshlansagina
yaxshi natijaga erishsa buladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

249

ISSN:3030-3613

ta’lim berish pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-
1670) tomonidan yaratilgan. Y.A.Komenskiy 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga
ta’lim va tarbiya berish mumkunligini ko’rsatib berdi. Y.A.Komeniski 19
bo’limdan iborat ,aktabgacha ta’lim dasturini tuzdi.

Masalan u tabiatshunoslik suv, yer, havo, olov, yomg’ir, qor, muz, tosh, o’t

qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astronimiya, geografiya, optika, va
boshqa sohalarda o’quvchilarga bilim berish kerakligi asoslab berdi.

Bolalar bog’chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan

bilimlari bilan uzviy bog’liq bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi u o’zining “onalar
maktabi” kitobida bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi hamda metodikasini juda
sinchiklab ishlab chiqqan, shu bilan Y A Komenski maktabgacha tarbiya
pedagokikasining mustaqil fan sifatida shakillanishiga asos soldi .

O'tgan asrning oxirida mamlakatda o'rnatilgan jamiyatdagi qadriyatlar tizimini

sarson qilgan haqiqiy madaniy va ma'naviy inqilob ro'y berdi. Oila instituti bolaning
axloqiy rivojlanishining asosi sifatida so'roq qilindi. Bu yosh avlodga eng yaxshi ta'sir
ko'rsatmadi. O'smirlar tajovuzkor, nazoratga olinmagan.

Aqliy rivojlanish- o’qituvchilarning aqliy kuchlarini rivojlantirish va bola haqida

fikrlovchilar, aqliy harakatlar va kognetiv qobilyatlar tizimini shakllantirish bo’yicha
maqsadli faolyatidir.

XULOSA

Aqliy qobiliyat umuman olganda bolaning manfaatlariga, uning ma’naviy

ko’rinishini keltirib chiqaradigan his - tuyg’ulari va boshqa barcha xususiyatlarida aks
etadi.O’quvchilarning aqliy ta’lim va tarbiyasini soddalashtirgan holda ish yuritib,
iloji boricha ko’proq ma’lumot berish uchun bilim va ko’nikmalarni shakllantirish
zarur. Maktab va ota-onalarning o'zaro hamkorligini kuchaytirish kichik va katta
yoshdagi o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash usullari va faoliyatining o'ziga
xos xususiyatlari hisoblanadi.Maktab bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy
tarbiyalash borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Ko'rinishlar yana din
o'rganishga o'tadi. Ota-onalarning vazifasi, o'qituvchilar bilan birgalikda, yosh
bo'lmagan olamlarga haqiqat donini sarmoya qilishdir. O’quvchilar o’quv idrok etish
faoliyatlarini boshharishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni
tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash
bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o’quv materialini anglab yetish, mustahkamlash,
amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

U.Mahkamov.Ahloq-odob saboqlari.-T.,,Fan’’,1994

2.

K.O.Matanazarova ,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi’’ darslik Toshkent 2014.

a. Jo`rayev ,,Tarbiyaviy darslarni o`tish’’ T- ,,O`qituvchi’’


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_3-to’plam_May-2025

250

ISSN:3030-3613

4.

Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-
SCIENCE. In

Conference Proceedings

(pp. 41-43).

5.

Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-
XVIII ASRLARDA YAPONIYA

DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI.

Scientific progress

,

1

(6).

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

U.Mahkamov.Ahloq-odob saboqlari.-T.,,Fan’’,1994

K.O.Matanazarova ,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi’’ darslik Toshkent 2014.

a. Jo`rayev ,,Tarbiyaviy darslarni o`tish’’ T- ,,O`qituvchi’’

Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of

the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-

SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-

XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI.

Scientific progress, 1(6).