T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
235
ISSN:3030-3613
INSON XARAKTERNING KELIB CHIQISHI HAMDA NAMOYON
BOʻLISHI
Xursanov Samariddin G‘anisher o‘g‘li
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
68-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTASIYA
Xarakter (yunoncha
charaktir
– belgi, ajratuvchi sifat, xislat) – ijtimoiy muhitda
tarkib topadigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikda va o‘z-o‘ziga munosabatlarida
ifodalanadigan, uning muayyan vaziyat va sharoitda namoyon bo‘luvchi xatti-
harakatlarini belgilab beradigan barqaror, turg‘un ruhiy xususiyatlarining
Kalit soʻzlar:
xarakter,tamgʻa, fiziologiya,shaxs,faoliyat,xususiyatlar,sifatlar
KIRISH
Xarakter (yunoncha charaktir – belgi, ajratuvchi sifat, xislat) – ijtimoiy muhitda
tarkib topadigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikda va o‘z-o‘ziga munosabatlarida
ifodalanadigan, uning muayyan vaziyat va sharoitda namoyon bo‘luvchi xatti-
harakatlarini
belgilab
beradigan
barqaror,
turg‘un
ruhiy
xususiyatlarining majmuasi. Xarakter xususiyatlari kelib chiqishining fiziologik
sharoitlaridan biri – bu ko‘chish mexanizmi asosida turli dinamik stereotiplarning hosil
bo‘lishidir. Temperament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xususiyatlarining
paydo bo‘lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri. Inson xarakterining ayrim
xususiyatlarining o‘zaro bog‘liq, bir-biriga tobe yaxlit organizmi uning tuzilmasi
(strukturasi)
deyiladi.
Ruhiy
xususiyatlarning
o‘zaro bog‘langan tizimi
simptomokomplekslar yoki faktorlar deb ataladi.
Xarakter xususiyatlarining 4 ta tizimi mavjud:
1) jamoaga, guruhga, ayrim insonga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi
xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqa);
2) mehnat faoliyatiga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar
(mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga mas’uliyat yoki mas’uliyatsizlik
bilan munosabatda bo‘lish va boshqa);
3) narsa va ashyolarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik
yoki ifloslik, narsalarga ayab yoki ayamasdan yondashish va boshqa);
4) insonning o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar
(izzatnafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik va boshqa).
Xarakter tuzilishining xususiyatlariga ularning chuqurlik darajasi; faolligi,
kuchi; barqarorligi, o‘zgarmasligi; ma’lum darajada plastikligi kabilar kiradi.
Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar uning xislatlari deb nomlanib, ma’naviy va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
236
ISSN:3030-3613
irodaviy turkumlardan iborat. Xususiyat tug‘ma, o‘zgarmaydigan bo‘lmaydi, shuning
uchun u insonning turmush sharoitiga bog‘liq holda tarkib topib, o‘zgaruvchan va
tarbiyalanuvchandir. Modomiki shunday ekan, psixikaning individual sifat
xususiyatlari shaxsning ijtimoiy tipik munosabatlari bilan birga qo‘shilgandagina
xarakter xislatlarini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xarakter irsiyat bilan bevosita aloqaga kirmaydi, chunki u ijtimoiy qonuniyatlar
bilan belgilanadi. Xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning
fiziologik asoslari bilan tavsiflanadi. Xarakterning shakllanishida bir necha turli
psixologik mexanizmlar mavjud bo‘lib, ularning izida odatlar muhim ahamiyat kasb
etadi. Bundan tashqari, xarakter umumbashariy sifatlar bilan cheklanib qolmasdan, u
milliy va etnopsixologik xususiyatlarga ham ega. Shu boisdan o‘zbeklarning o‘ziga
xos milliy xarakter xislatlari mavjud. Istiqloldan keyin milliy ma’naviyat va
qadriyatlarning tiklanishi tufayli xarakterning sof fazilatlari barqarorlashib bormoqda.
Xarakterning mohiyati, tuzilishi va turlarini psixologiyaning maxsus sohasi –
xarakterologiya o‘rganadi.Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib
tarqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni
taklif qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa,
shunchalik g’aroyib faraz yotardi.
Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini
topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri
bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, Arastuning aytishi bo’yicha,
buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni bildiradi, chuchqanikiga o’xshash
teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, arslonniki kabi burun mag’rurlikni,
echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va
yovvoyi chuchqalarniki kabi junning dag’alligi botirlikni anglatadi.
Lafaterning fikriga ko’ra, Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning,
"burni dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va
muhabbatini - qayd etadi".Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan
yangi xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi.Frenologiya nemis vrachi
Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv ta'limotining asosida xarakterning
barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan
markazlarga ega degan tasdiq yotadi.
Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning
qavariq va chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini
aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki shunchaki
boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak.
Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining
rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.Psixologiya fanida xarakterga turlicha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
237
ISSN:3030-3613
ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga
muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala
va munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari
majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy
belgisi hisoblanadi.Xarakter
deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat
usullarida namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan
belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter
xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning
individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning
intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda
muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga
o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarni
tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari odamning ish harakatlarini
belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter
xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam xarakter xislatlarining ana
shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va
mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo’llaydi.
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib
qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham
individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat. hayvon
asab faoliyatining tug’ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug’ilganidan keyin
tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan
faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, ko’pincha bu faoliyatlar
mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Shu sababli hayvonning
batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta'siri ostida
hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip
shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter
xislatlarining ham nervfiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini
tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta'limoti katta
ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lish
bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning
mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z
burchiga sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter
psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir.
Xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya
ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog’liq
nerv tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharoitiga nisbatan turlicha
munosabatiga bog’liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchining munosabati
o’zgartirilsa, unda nerv jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi, harakatchanligi, to’xtalishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
238
ISSN:3030-3613
kuchayadi, demak nerv tizimining funksional holati o’zgaradi. Shunday qilib, xarakter
xislatlarining asosi ko’chish mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan keskin
tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etadi.
XULOSA
Shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi
yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli
bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi ko’nglimizga keladi. Har bir kishi ma'lum
yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun o’zi javobgardir o’z xarakterini
tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko’zda tutmog’i lozim. O’z
kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini yo’qotishga boshlaydi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1.
Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.
2.
Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986г
3.
Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
4.
Джемс В. Психология.- М., 1991
5.
Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989. 6.
6.
G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y