T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
207
ISSN:3030-3613
YOSH AVLODNI HAYOTGA, MEHNATGA TAYYORLASH VA KASBGA
OʻRGATISHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Nabiyeva Mahliyo Abdugapparovna
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 36 - sonli
umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Botirov Ismoiljon Ergashevich
Namangan viloyati Kosonsoy tumani
14- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
ANNOTATSIYA
Oʼquvchini kasbga toʼgʼri yoʼnaltirish muhim va mashaqqatli vazifa. Bunda ota-
onaga birinchi navbatda pedagoglar yordamchi hisoblanadi. Chunki bolaning iqtidori
ota-onadan koʼra pedagogga koʼproq namoyon boʼladi.
Kalit soʻzlar:
kasb, qobiliyat,moyillik,bitiruvchi,mehnat,layoqat,harakat
KIRISH
Pedagogda bolaning iqtidorini xolis koʼra olish imkoniyati koʼp. Qolaversa,
uning boshqa oʼquvchilardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ilgʼash, undagi ilm va
salohiyatni alohida baholay olish imkoni mavjud. Oʼquvchining qiziqishlarini rad eta
olish va uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa sohaga yoʼnaltira olish
ham muhim sanaladi. Bunda oʼqituvchidan ziyraklik va kuzatuvchanlik talab etiladi.
Oʼquvchi harbiy boʼlmoqchi, lekin unda aniq fanlarga yoki tabiiy fanlardan bilimi
boshqa bolalardan koʼra yuqori. Shuni inobatga olib bolani harbiy vrachlikka, hisob-
kitob bilan bogʼliq harbiy sohaga yoʼnaltirish mumkin. Bola shifokor boʼlmoqchi,
lekin unda texnika va axborot resurslariga qiziqishi baland. Uni ham aynan
tibbiyotning bevosita kompyuter bilan boshqariladigan tarmoqlariga yoʼnaltirish zarur
boʼladi. Bunda oʼqituvchi oʼquvchidan tezda qiziqishi va kelajakdagi orzusi bilan
oʼrtoqlashib turishi kerak. Oʼquvchini qiziqishlaridan tashqari yana boshqa yuqori
imkoniyatlaridan oʼzini ham xabardor etib turishi zarur. Bu esa bolada toʼgʼri kasb
tanlashda muhim vazifa sanaladi.
Evolyutsion taraqqiyot davom etar ekan, yangidan-yangi kasblar paydo boʼladi.
Shu oʼrinda kasblar ham eskiradi. Davr taqazosi bilan ayrim kasblarga boʼlgan
ehtiyojlar kamayadi, yoki butunlay kasblar unutiladi. Masalan, fan va texnika taraqqiy
etgan, xat va maktublar turli koʼrinishda egasiga yetkaziladigan bir paytda pochtachi
kasbiga deyarli ehtiyoj kam. Sezgir oʼqituvchi bolalarni davr bilan hamnafas holda,
sinchkovlik bilan toʼgʼri kasbga yoʼnaltira olishi kerak. Oʼquchilarni kelajakda kam
ehtiyoj seziladigan sohalarga yoʼnaltirishda ehtiyot boʼlish kerak. Chunki bolaning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
208
ISSN:3030-3613
tanlagan kasbi unga butun umr hamroh boʼladi. Oʼquvchi tanlagan kasb kelajakda esa
, avvalo, jamiyat taraqqiyoti uchun ham manfaatli boʼlishi zarur.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala.
Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash g’oyat muhim vazifadir. Shu boisdan
yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish muammosi umumiy o’rta ta’lim maktabi ishida
katta o’rin tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan kasb”,
“Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir maktab bitiruvchi
yigit va qiz oldida turgan asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning o’qishga
bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma bu maktabdir. Ta’lim
jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini mustaqil holda bilish (Inson-tabiat, inson-
texnika, inson-badiiy timsol, inson-belgili tizim), tanlayotgan kasbning talablarini o’z
shaxsiy sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi, qobiliyati, salomatligi
tanlanayotgan kasbga muvofiqligini to’g’ri baholash ko’nikmalari shakllanishi lozim.
O`qituvchining kasb-hunarga yo’naltirishdagi asosiy vazifasi – har bir bitiruvchi
o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, ehtiyojlari, atrof-muhitni,
oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama o’rganishdan iborat bo’lishi kerak.
O`qituvchi ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqib o`quvchilarga:
-
“kasb” tushunchasining ma’nosini yoritib berish, ularni kasblarning
klassifikasiyalari bilan tanishtirish;
-
“kasbiy qiziqish”, “mayillik” tushunchalari bilan tanishtirish;
-
kasb tanlashga asosan o’quv va ijtimoiy – mehnat uyushmasiga nisbatan
ongli yondoshishga erishish;
-
kasb tanlashda o’z salomatligini hisobga olish zarurligini tushuntirish;
-
“Kasbiy layoqat” tushunchasining mohiyatini ochib berish, kasb tanlashga
mulohaza bilan yondoshishni shakllantirish;
-
kasb tanlashning ahamiyatini tushuntirish, umumiy va alohida qobiliyatlar
haqida tasavvur hosil qilish;
-
har bir o’quvchiga tanlangan kasbini egallashi uchun amaliy yordam
ko’rsatishi, unda ijtimoiy-mehnat uyushmasiga ijodiiy yondoshishni rivojlantirish.
Hozirgi kunda pedagogik oliy ta`lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifa –
ta`lim-tarbiya
jarayonida
o`quvchilarni
kasb-hunarga
to`g`ri yo’naltirish,
bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorligi hamda uni shakllantirish masalalari
hisoblanadi. Bu masalani hal qilish uchun maktab bitiruvchilarining modeli qanday
bo’lishi kerak, degan muammo ustida to’xtalish zarur.
Bo`lajak mutaxassis o`qituvchilardan o`quvchilarni kasb-hunarga to`g`ri
yo’naltirishga tayyorlashda 3 ta tarkibiy qismlarini farqlash talab etilishi mumkin:
1. Bo’lajak o’qituvchining kasbiy ahamiyatiga bo’lgan sifatlar;
2.O’quvchi shaxsining rivojlanish jarayoni haqidagi bilimlarga ega bo`lishi;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
209
ISSN:3030-3613
3. Pedagogik jarayonni tashkil etish uchun zarur bo’ladigan ko’nikma va
malakalar
O’quvchilar bilan ishlashda quyidagilarni bilish zarur:
-
o’quvchi shaxsi va uning ayrim sifatlarini kompleks metodlar
yordamida o’rganish;
-
o’quvchi shaxsi va ularni jamoasini rivojlantirishni loyihalashtirish;
-
ta’lim jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish;
-
ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash;
-
o’quvchilarga qat’iy, ahloqan asoslangan talablar qo’ya bilish;
-
o’quvchilar jamoasida mikroiqlimni tashkil qilish;
-
sinf rahbari sifatida ishlashni rejalashtirish va amalga oshirish.
Kasbni to’g’ri tanlash asosida o’z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq
ro’yobga chiqishlari hamda jamiyatga ko’proq naf keltirishlari mumkin.
Demak, o’quvchilarni kasb tanlashda yo’llash, kasb-xunarga yo’naltirish
ishlarining asosiy ijrochisi maktablarda texnologiya fani o’qituvchisi zimmasiga
tushadi. Shuning uchun kasb tanlashga yo’llash va texnologiya fanidan dars beradigan
o’qituvchilar yuqori natijalarga, dars samaradorligiga erishishi uchun albatta
quyidagilarga alohida e’tiborni qaratishlari zarur:
zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviy-moddiy
qadriyatlari mohiyatini chuqur tushuna bilishi;
pedagogik va innovatsion texnologiylarning asl mohiyati va uslublarini
tushinib, qo’llay bilishi;
o’quvchilarni mustaqil kasb-hunar o’rganishga, erkin kasb tanlashga sharoit
yaratishi;
pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o’zi ham yangi yaratuvchi yangi
xilma-xil (“Kasb darsi”,”Aqliy hujum”, “Zinama-zina” va b.) uslublarni o’ylab
topishi, amalda qo’llashi;
an’anaviy darslar orqali o’qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga
erishishi;
test topshiriqlarni o’quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo’yicha
ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.
Umumiy
ta’lim
maktablarida
kasb-hunarga
yo’naltirish
ishlarini boshlang`ich sinflardan boshlab quyidagi talablar qo’yilishi o`rinlidir:
milliy g’urur – bu o’z yurtining tarixini bilish;
ularni erkin fikrlashga tayyorlash, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishni
shakllantirish;
umuminsoniy fazilatlarga ega bo’lish; o’z millati va vatanini sevish, u bilan
faxrlanish, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlarni hurmat qilish;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
210
ISSN:3030-3613
milliy istiqlol g’oyasi va mafkura asoslariga amal qilish;
mustaqil va ijodiy fikrlash;
ma’naviy-ahloqiy madaniyatga ega bo’lish;
kasbiy-mehnat faoliyatida ekologik mas’uliyatni his qilish;
kompyuter va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;
XULOSA
Xulosa o`rnida, hozirgi kunda o’quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirishda
pedagogik-psixologik va umumtexnik va kasb ta’limi mutaxassilari olib borayotgan
ishlar salmoqli o’ringa egaligi ma`lum. Darhaqiqat, o’quvchi yoshlarning kasbiy
bilimlar va ko’nikmalarini shakllantirish, ularga to’g’ri yo’nalish berish ishlari ko`proq
kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar, pedagog-psixologlar zimmasiga tushadi.
Shu munosabat bilan o’quvchilarni kasbhunarga yo`naltirishga mas`ul
mutaxasislarning quyidagi pedagogik-psixologik va umukasbiy tayyorgarligiga ega
bo`lishi va kasb-hunarga yo’naltirish ishlariga qo`yilgan talablarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Muslimov
N.A. Bo`lajak
kasb ta’limi
o’qituvchisini
kasbiy
shakllantirish. (Monografiya). T.: Fan, 2004, - 128 b.
2.
Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni kasb-
hunarga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari.
// Respublika ilmiy-
amaliy konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.
3.
Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari.
4.
– T.: Fan, 2006, - 126 b.
5.
Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya.
-T.:Fan. 2006
6.
Xolmatov P. Raximov B. Darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni
kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi.-T.:Fan.2006.
7.
Кучукбоев Ф.М. O`quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonida
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Т. 2016.