T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
159
ISSN:3030-3613
SHAXSLARDA SUITSIDAL XULQ-ATVORNING SHAKLLANISHI HAMDA
BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Adiba Rajabova Rasulovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 52-umumiy
o‘rta ta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada suitsidal xulqni psixokorrekiya qilish usullari
berilgan bo’lib, shaxs shakllanishi va rivojlanishi masalalariga ham alohida e’tibor
berilgan.
Kalit so’zlar:
korreksiya, suitsid, shaxs, ijtimoiy-psixologik xizmat,
differentsial yondashuv, xulq-atvor
KIRISH
Shaxs shakllanishi va rivojlanishi masalasi hozirgi kunning muhim dolzarb
masala hisoblanadi. Bu o’z navbatida o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama
kamolga yetishga olib keladi. Mazkur jarayonni amalga oshirishda psixologiya
fanining o’rni muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham Davlatimiz olib borayotgan
siyosatning muhim yo’nalishlardan biri aynan yoshlarga qaratilgani bejiz emas.
Negaki, navqiron avlod vakillari har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk,
jismonan sog’lom, vatanparvar va fidoiy etib tarbiyalashga e’tibor qancha
kuchaytirilsa, uning samarasi ham yuqori bo’ladi.
Og’ishgan xulqqa moyil o’spirinlar va o’smirlar bilan psixokorrektsiya ishlari
olib borishda o’zaro ta’sir usullaridan foydalanish mumkin:
-
oilaga ijtimoiy-psixologik xizmat uyushtirish;
-
farzandlarga ijtimoiy-psixologik xizmatni joriy etish;
-
ota-ona va farzandlar uchun tibbiy-psixologik-pedagogik maslahatlar
berish;
-
xulqni og’ishlar bo’yicha aniq psixodiagnostika va psixologik
korrektsiyasi dasturini tashkil qilish;
-
profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oila va farzandlar huquqini himoya qilishning ta’sirchan usullarini
qo’llash.
Buning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
-
zudlik bilan dezadaptatsiyaning ijtimoiy - psixologik diagnostikasini
amalga oshirish;
-
vaziyatni hal etishga differentsial yondashuv;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
160
ISSN:3030-3613
-
xulq-atvor buzilishiga sabab bo’luvchi har qanday nomaqbul
dezadaptatsiya muhitini aniqlash va o’zaro ta’sir kuchiga ega bo’lgan omillarni
izlash;
-
yosh avlodni kamolotga yetkazish ishlariga mas’ul barcha shaxslarga
xulqatvor dezadaptatsiyasi bilan bog’liq pedagogik va psixologik bilimlarni
chuqurroq o’zlashtirish uchun imkon yaratish;
-
muomala va munosabat jarayonida vujudga keluvchi har qanday
nizolarning
oldini olish;
-
o’smirlarning hali to’liq shakllanib ulgurmagan nerv tizimi va psixik
jarayonlarining osonlikcha jarohatlanishini va individual xususiyatini hisobga olish;
-
muayyan tipdagi oila a’zolari uchun buzilgan xulqning barqaror
xususiyatga aylanib qolmasligi uchun tibbiy yondashuvni to’g’ri amalga oshirish va
hokazo.
Shunday qilib, ijtimoiy ma’naviy muhitimizni sog’lomlashtirish, oila, mahalla,
maktab hamkorliginng uyg’unlig’iga erishish bugungi kunning ma’naviy-ma’rifiy,
mafkuraviy-tarbiyaviy zarurati sifatida jamiyatimiz taraqqiyotiga qo’shajak
hissamizga ko’p jihatdan bog’liq bo’lib, yoshlarni barkamol shaxs qilib shakllantirish
umuminsoniy burchimiz ekanligini anglashimizga yanada aniqlik kiritadi.
Hozirgi kunda hissiy zo’riqish muammoli holat ekan, ularni korreksiya qilishda
bu holatning yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi psixologik omillarni hisobga olingan
holda yondashiladi. Hissiy zo’riqishni korreksiya qilishda psixoanaliz, kognitiv
terapiya va psixoterapevtik usullardan foydalanish mumkin.
Hissiy zo’riqish holatida bo’lgan kishilarga quyidagilarni tavsiya etish mumkin.
“O’zingizdagi yomon xislatlarni his qiling. Hissiy zo’riqishda o’z me’yoringizni biling,
qaysi nuqta siz uchun xavfli bo’lishini doimo yodda tuting. Hissiy zo’riqish holatida
siz uchun eng muhimi va sizni himoya qiladigan birinchi yo’l qobiliyatingizdir. Hissiy
zo’riqish vaqtinchalik holat, shuning uchun vazmin va bosiq bo’ling.
Agar bunday holatdan himoyalanishni o’rganmoqchi bo’lsangiz quyidagilarga
diqqat bilan qarang:
-
hissiy zo’riqish holatida o’zingizni tinchlantiring. O’zingizga loyiq ish
toping va ishda vazmin bo’ling;
-
hissiy zo’riqish holatini o’zingiz yeching va bu vaziyatdan chiqing;
-
o’z hissiy zo’riqishingizni o’zingiz boshqaring, hech yoqqa shoshilmang;
hissiy zo’riqishda o’zingizni optimistlarday tutib, ular bilan yuz kelganda
undan qochishni emas, himoyalanishni o’rganing;
-
Siz uchun kerakli bo’lganlarini olib qolib, qolganlarini chiqarib tashlang;
-
hissiy zo’riqishda diqqatingiz tarqoq bo’ladi, bu vaqtda muhim
muammolarni hal qilmang;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
161
ISSN:3030-3613
-
hissiy zo’riqishda kuchli o’ylanishga sabab bo’ladigan muammolarni hal
qilmang.
Haqiqatdan ham, biz ko’pchilik insonlarning doimo nimanidir o’ylab, hayotdan
nolib turganlarini guvohi bo’lamiz. Ko’pchilik odamlar o’z muammolarini o’zlari hal
qilmay, boshqa shaxslar qo’liga topshirib qo’yadilar. Oddiy bir misol “qanday
yashayapsan?” - degan savolga ba’zi birlar “hozircha yaxshi” - deb javob bersalar,
ba’zi birlar: “hayot hozir qiyin”, “ko’ngildagiday emas” - deb javob beradilar. Baxtli
bo’lish ham, baxtsizlik ham insonning o’z qo’lida. Baxtni har kim o’z qo’li bilan
yaratadi. Biz faqat unga yaxshi yoki yomon deb baho berish bilan cheklanamiz.
Masalan, o’zimizni yoki yaqin odamimizni qanday baholaymiz? Ba’zilar: “Bu
balo menga qayoqdan keldi?, O’zi menda doim shunday bo’ladi, Hammada yaxshi,
faqat menda yomon.,Omad mendan yuz o’girdi. Bo’ldi meni hayotim boshqa yaxshi
bo’lmaydi”- desalar, ba’zilar- “bu juda dahshatli, bu haqda o’ylab ko’rish kerak.
Hayotim ilgariday izga tushishi uchun nima qilishim kerak. Hechqisi yo’q, bizni
ko’chada ham bayram bo’lib qolar. Men yana kurashib ko’raman,- deb baho berar
ekanlar.
Bunday muammolarni to’g’ri baholash uchun esa insonni o’z tamoyili bo’lishi
kerak, ya’ni:
-
men xatosiz ishlashga majburman.
-
men sifatli ishlashim kerak.
-
men hamma narsaga ulgurishim kerak.
Hayotda ko’p insonlar “Men majburman” tamoyiliga bo’ysunsalar ham, ichki
organlarimiz “Bu men uchun muhim emas” deb ta’kidlab turar ekanlar. Bu o’zo’zidan
ijtimoiy muhitda vujudga keladi, chunki bizni hayotimiz odamlar, o’rtoqlar, bolalar
bilan chambarchas bog’liqdir. Inson yosh o’tishi bilan o’zligini his qila boshlaydi.
Bunda bosh, yurak og’rig’i, tez charchab qolish holatlarini sezadi. Buning uchun esa
har doim shifokor huzuriga borish shart emas. Bu vaziyatlar asosan kam muloqot,
ishlarga ulgurmaslik bilan izohlanadi.
Qiyin vaziyatdan chiqishda esa sizga quyidagi mulohazalar yordam beradi:
-
insonda doimo muammolar bo’ladi. Hayotda muammolarning bo’lishi
muqarrar;
-
bir muammoni hal qilgach ikkinchisi tug’iladi;
-
har qanday chiqarilgan qaror bugun to’g’ri bo’lsa ertaga noto’g’ridek
tuyuladi;
-
muammoni hal qilishning vaqti bor, shuning uchun insonga sabr-toqat
kerak;
o’z hayotingizni takrorlanmas deb biling;
-
har bir dam xato qilishini unutmang;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
162
ISSN:3030-3613
-
vaziyatdan kelib chiqqan holda hissiy zo’riqishan himoyalanishda shaxsiy
dasturingiz bo’lsin, ya’ni:
-
Sizni tezroq tinchlantiradigan narsa bu oqar suv;
-
hissiy zo’riqishda cho’milish havzasiga yoki sport zaliga borib
shug’ullaning;
-
oilangiz davrasida dam oling;
-
hayvonot bog’iga borib hayvonlarni tomosha qiling;
-
hissiy zo’riqishda erkaklar mashina tuzatishni, garaj tozalashni, ayollar
esa magazinga va bozorga borishni unutmang;
-
Sizga nima yoqishini doimo yodda tuting;
-
hissiy zo’riqishda optimistik odamlar bilan qiziqarli mavzularda ko’proq
suhbatlashing;
Shaxsiy dasturingiz orqali siz o’zingizni boshqara olasiz, demak birinchi
qadamni tashlang.
1-qadam. Hissiy zo’riqish holatingizni his qiling, bu sizda qanday kechgan? Bu
holatda o’zingizni tekshirish qanday bo’lganligini eslang.
2-qadam. O’z qobiliyatingizga to’xtaling. Destruktiv hissiy zo’riqishda keyingi
dam olishni eslang: Muloqotdagi to’xtam, olgan tanbehlaringizni bir necha minut jim
turib hal eting; O’z xonangizga kiring; Bir soat davomida hech kim halal bermaydigan
joyda bo’ling;
3-qadam. Kamroq salbiy energiya sarf eting. Bo’lar-bo’lmas narsalarga
siqilmang. Qo’lingizdan keladigan ish bilan mashg’ul bo’ling. Ishxonangizda esa
ko’proq quyidagicha bo’ling;
-
ish qog’ozlarini yig’ishtirib, choy quyib iching, albatta derazada gul
bo’lgani ma’qul;
-
tashqariga chiqib
o’zingiz
yoqtirgan odam bilan neytral
mavzuda
suhbatlashing;
-
oyna yoniga borib quyoshni tamosha qiling. Ko’chadagi odamlarni
kuzating.
XULOSA
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, shunday xulosa qilamizki,
hayotda ishda o’z tafakkuringizga ega bo’ling. Muammoli vaziyatda siqilmang, chunki
har bir insonni o’ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bo’ladi. Ishlaringizni
tamomlagandan so’ng, albatta uni baholashga o’rganing. Birinchi navbatda olgan
tanbeh va rag’batlantirishlarga e’tibor berib kayfiyatingizni ko’tarishga harakat qiling.
Yaxshilab o’ylab ko’ring, qanday qilib muammoli holatga kirib qoldingiz. Axir sizda
umidsizlikka beriladigan hech qanday asos yo’q. Har bir odam xato qilishini unutmang!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_3-to’plam_May-2025
163
ISSN:3030-3613
1.
Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq
pedagogikasini manbalarining o’rganishning o ‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari.
Science and Education, 3(12), 590-592.
2.
Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O’smirlar o’rtasida axloqsizlikni
oldini olishda pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari. Science and
Education, 4(2), 969-972.
3.
Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O’SMIRLARGA HUQUQIY BILIM
BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH.
4.
Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.
5.
кизи Ахмедова, Д. С., & қизи Камолова, А. О. (2022). ЎСМИРЛАРДА
6.
МЕЪЁРДАН ХУЛҚИЙ ОҒИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ
7.
ЖАРАЁНЛАРИДА ХУҚУҚИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ.
Eurasian
8.
Journal of Academic Research, 2(3), 413-416.