Авторы

  • Ibragimov Akram Javliyevich
  • Rajapova Nilufar Po‘lat qizi
  • Primova Yulduz Dilshod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97314

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Scrophularia L. turkum Pomir-Oloy tog’ Eron oila Surxon flora okrug tur chechakgul.

Аннотация

Annotatsiya:  Scrophularia  L.  turkumi  Surxon  davlat  qo‘riqxonasida  to‘gli 
hududlarda alohida o‘rin egallaydi. Scrophularia L. turkumi turlari Scrophulariaceae 
Juss.  oilasiga  kiruvchi  turkumlardan  biri  bo‘lib  Surxon  florasida  o‘ziga  xos  o‘rin 
egallaydi. Ushbu oilaning hozirgi kunda yer yuzida 60 turkumga mansub 2350 ta turi 
[12] uchraydi. Scrophularia L. turkumini esa 297 ta turi [12], O‘rta Osiyoda 35 dan 
ortiq turi [1], O‘zbekistonda 18 ta turi[2], Surxondaryo viloyatida 13 dan ortiq turi 
tarqalgan. Ularning 4 tasi Surxon davlat qo‘riqxonasida uchrashi biogeografik nuqtai 
nazardan muhim bo‘lib, ular tog’ va tog’ oldi hududlarda ko‘p uchraydi. Tuproqning 
unumdorligi turlarning ko‘payishi va o‘sishda muhim omil hisobladi. Ushbu maqolada 
ana shu turlarning morfologik belgilari, ekologik oʻziga xosliklari va tarqalish joylari 
ilmiy  jihatdan  tahlil  qilinadi.  Tadqiqot  natijalari  bu  turlarni  saqlash  va  boshqa 
hududlarga moslashtirish imkoniyatlarini baholashda muhim ahamiyatga ega. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

131

ISSN:3030-3613

SURXON DAVLAT QO‘RIQXONASI HUDUDIDA TARQALGAN

SCROPHULARIA L. TURKUMI TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA

TARQALISHI

Ibragimov Akram Javliyevich

1

Rajapova Nilufar Po‘lat qizi

2

Primova Yulduz Dilshod qizi

2

1.Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti

2. Termiz davlat universiteti talabasi

ibragimovakram1416@gmail.com


Annotatsiya:

Scrophularia

L. turkumi Surxon davlat qo‘riqxonasida to‘gli

hududlarda alohida o‘rin egallaydi.

Scrophularia

L. turkumi turlari

Scrophulariaceae

Juss. oilasiga kiruvchi turkumlardan biri bo‘lib Surxon florasida o‘ziga xos o‘rin
egallaydi. Ushbu oilaning hozirgi kunda yer yuzida 60 turkumga mansub 2350 ta turi
[12] uchraydi.

Scrophularia

L. turkumini esa 297 ta turi [12], O‘rta Osiyoda 35 dan

ortiq turi [1], O‘zbekistonda 18 ta turi[2], Surxondaryo viloyatida 13 dan ortiq turi
tarqalgan. Ularning 4 tasi Surxon davlat qo‘riqxonasida uchrashi biogeografik nuqtai
nazardan muhim bo‘lib, ular tog’ va tog’ oldi hududlarda ko‘p uchraydi. Tuproqning
unumdorligi turlarning ko‘payishi va o‘sishda muhim omil hisobladi. Ushbu maqolada
ana shu turlarning morfologik belgilari, ekologik oʻziga xosliklari va tarqalish joylari
ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari bu turlarni saqlash va boshqa
hududlarga moslashtirish imkoniyatlarini baholashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

Scrophularia

L. turkum, Pomir-Oloy, tog’, Eron, oila, Surxon,

flora, okrug, tur, chechakgul.

Аннотация:

Род

Scrophularia

L. занимает особое место в горных районах

Сурханского государственного заповедника. Виды рода

Scrophularia

L. являются

одним из родов семейства

Scrophulariaceae

Juss. и занимают особое место во

флоре Сурхандарьи. В настоящее время на Земле встречается 2350 видов этого
семейства, относящихся к 60 родам[12]. Род

Scrophularia

L. насчитывает 297

видов [12], более 35 видов в Средней Азии[1], 18 видов в Узбекистане[2], более
13 видов в Сурхандарьинской области. Тот факт, что 4 из них встречаются в
Сурханском государственном заповеднике, важен с биогеографической точки
зрения, и они часто встречаются в горных и предгорных районах. Плодородие
почвы считалось важным фактором в размножении и росте видов. В данной
статье с научной точки зрения анализируются морфологические признаки,
экологические особенности и места распространения этих видов. Результаты
исследования имеют важное значение при оценке возможностей сохранения и
адаптации этих видов к другим регионам.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

132

ISSN:3030-3613

Ключевые слова:

Scrophularia

L. род, Памиро-Алайский, горный,

Иранский, семейство, Сурхандарьинский, флора, округ, вид, цветок.

Annotation:

The genus

Scrophularia

L. occupies a special place in the

mountainous areas of the Surkhan State Reserve. Species of the genus

Scrophularia

L.

are one of the genera of the family

Scrophulariaceae

Juss. and occupy a special place

in the flora of Surkhan. Currently, 2,350 species of this family, belonging to 60 genera,
are found on Earth [12]. The genus

Scrophularia

L. has 297 species [12], more than 35

species in Central Asia[1], 18 species in Uzbekistan[2], and more than 13 species in
the Surkhandarya region. The fact that 4 of them are found in the Surkhan State Reserve
is important from a biogeographical point of view, and they are often found in
mountainous and foothill areas. Soil fertility was an important factor in the
reproduction and growth of species. This article provides a scientific analysis of the
morphological characteristics, ecological features, and distribution areas of these
species. The research results are important in assessing the possibilities of preserving
these species and adapting them to other territories.

Keywords:

Scrophularia

L. genus, Pamir-Alay, mountain, Iran, family, Surkhan,

flora, district, species, chamomile.


Kirish:

Surxon davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog’ tizimining Janubi-G’arbiy

qismi hisoblangan Ko‘hitang tizmasining sharqiy yonbag’rida joylashgan. Ma’muriy
jihatdan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qarashli.Qo‘riqxona
hududi shimoldan Tangidara soyi bilan chegaralanadi. Sharqiy chegarasi Xatak,
Xo‘janqo, Qizilolma, Shalqon, Kampirtepa, Sherjon va Vandob qishloqlari bilan,
janubiy hududi Xo‘jaikon tuz koni bilan tutashib ketgan. Ko‘hitang tizmasining g’arbiy
yonbag’ri Turkmaniston Respublikasining hududi bo‘lib, Koytendag (umumiy
maydoni 27139 ga.) qo‘riqxonasi joylashgan.Surxon qo‘riqxonasining umumiy yer
maydoni 24554 ga bo‘lib, murakkab geomorfologik tuzilishga ega. Hudud
chegarasining janubdan shimolga umumiy uzunligi taxminan 70 km ni tashkil etadi va
dengiz sathidan 850-3137 m balandliklarda joylashgan. O‘rtacha suv ayirgich
balandligi shimolda (Xatak bo‘limi) 2682 m, markaziy qismida 3137 m (Kampirtepa
bo‘limining Ayri bobo cho‘qqisi) hamda janubiy qismida 2361 m ni (Vandob bo‘limi)
tashkil etadi.

Surxon davlat qoʻriqxonasi florasi bo‘yicha turli yillarda bir qator botanik olimlar,

jumladan, S.A. Nevskiy [3], K.Sh. Tojibaev [4], F.O. Xasanov [5], A.J. Ibragimovlar
[6] tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan hamda ushbu tadqiqotlar davomida
qoʻriqxona florasida uchraydigan turli xil oila va turkumlarga mansub oʻsimliklarning
gerbariy namunalari yig’ilgan. Qo‘riqxonada

Scrophularia

L. turkumiga oid:

S

.

sangtodensis

B. Fedtsch.,

S

.

striata

Boiss.,

S

.

umbrosa

Dumort.,

S

.

scoparia

Pennell.

turlari uchrashi aniqlangan va qator adabiyotlarda keltirib o‘tilgan. Oxirgi olib borilgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

133

ISSN:3030-3613

izlanishlarga ko‘ra Surxon davlat qo‘riqxonasida Scrophularia L. turkumiga oid 4 ta
turi uchrashi aniqlangan va quyida ushbu turlarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.

Scrophularia sangtodensis

B. Fedtsch. - Sangtuda chechakguli.

Ikki yillik

o‘simlik. Bo‘yi 40 sm gacha yetadi. Poyalari bir nechta bo‘lib, deyarli yumaloq, oddiy
yoki ko‘pincha shoxlangan, silliq (tuklarsiz). Barglari patsimon bo‘lingan, uzunligi 3–
4(7) sm, eni 1,3 sm, bandi yo‘q bo‘laklari cho‘ziq, uzunligi 0,5–1 sm, eni 2 mm, oxirgi
bo‘lagi 2 sm, bo‘laklari yarim o‘tkir va chuqur kesilgan. Barglari ketma-ket joylashgan,
pastki barglar uzun bandli, yuqorigilari o‘tkirlashgan. Gullari bandi yo‘q yoki juda
qisqa (1 mm) bandchada joylashgan, to‘pguli 1–3 ta guldan iborat bo‘lib, umumiy gul
sopi ustida joylashgan, 25–30 sm uzunlikdagi keng shingil hosil qiladi. Gulqo‘rg’oni
uzunligi 1,5 mm, bo‘laklari cho‘ziq-yumaloq, 1 mm enlikda, chetlari yupqa (shaffof).
Gultoji jigarrang tusda, uzunligi 3,5 mm, yuqori lab bo‘laglari yumaloq, osti toraygan,
pastki labning yon bo‘laklaridan biroz uzunroq. Changchilar tashqariga chiqib turadi,
changchi cho‘ziq shaklida, eni bilan solishtirganda 2–2,5 baravar uzun, uchi yarim
o‘tkir. Urug’chisi yumaloq, 0,7 mm uzunlikda va enlikda, silliq; ustuchasi tugunchadan
6 baravar uzun. Urugʻlari ellips shaklida, uzunligi 1,5–1,7 mm, eni 1–1,3 mm, to‘q
jigarrang. Gullash davri may oyiga to‘g’ri keladi. Meva tugush davri iyulda. Qizil
qumli tepaliklarda, daryo bo‘ylarida o‘sadi. Rang-barang jinsli qoyalarda unib o‘sadi.
Bog’larda bezak sifatida ekiladi. Qurg’oqchil hududlarda yer qoplovchi o‘simlik
sifatida ishlatiladi. O‘rta Osiyo (Janubiy Pomir-Olay), Eron hududlarda tarqalgan.

Scrophularia striata

Boiss. - Yoʻlli chechakgul.

Boʻyi 50–100 sm boʻlgan ko‘p

yillik oʻt o‘simlik. Poyalari ingichka, novdasimon. Barglari patsimon bo‘lingan, 3–4(5)
sm uzunlikda, 1 sm kenglikda, 0.5–1(2) sm uzunlikdagi ingichka bandlarga ega. Yon
bo‘lakchalari kichik, qisqa uchburchak-lansetsimon, 0.5–1.5 mm uzunlikda, 1 mm
kenglikda, poyaga cho‘zilgan. Uchi uch bo‘lakli, 1.2 sm uzunlikda, 2–3 mm kenglikda.
Yuqori barglari chiziqsimon, 1 sm uzunlikda, 1.5 mm kenglikda. Gulqo‘rg’oni silliq,
1.7 mm uzunlikda, bo‘lakchalari tuxumsimon, 1.3 mm uzunlikda, 0.7 mm kenglikda.
Gulqo‘rg’oni qizg’ish-jigarrang, 3.5 mm uzunlikda, yuqori labining bo‘laklari qizil,
yumaloq, asosi toraygan, pastki labning yon bo‘laklaridan ikki baravar uzun.
Changchilari tashqariga chiqib turadi, changchi ipchalari bezli. Tuguncha dumaloq, 1
mm uzunlikda va kenglikda, silliq. Ustuncha tugunchadan 4 barobar uzun. Mevasi
dumaloq, 3.5 mm uzunlikda va kenglikda, silliq, kichik uchli tumshug’i bor. Gullash
davri aprel. Meva berish davri may. Tog’li jarliklar va ohaktoshli yonbag’irlarda
o‘sadi. Bu o‘simlik tog’li, quruq va toshloq yerlarda o‘sib tuproq eroziyasini oldini
olishda yordam beradi. Turkmaniston, Pomir Oloy, Eron hududlarda tarqalgan.

Scrophularia umbrosa

Dumort. - Soya chechakguli.

Boʻyi 50-100 sm

balandlikdagi o‘simliklar. Poyasi tik oʻsuvchi poya. Barg shakli cho‘zinchoq
tuxumsimon, uzunligi 4-9 sm va eni 1,5-5 sm, o‘tkir yoki qisqa uchli, dumaloq, biroz
yurak shaklidagi asosli, chekkasi bo‘ylab tishsimon. Gultoji uzunligi 4-6 mm, yashil-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

134

ISSN:3030-3613

jigarrang. Urug’lari uzunchoq qovurg’ali, elliptik, uzunligi taxminan 0,7 mm. Gullashi
may – iyun oylarida. Meva hosil qilishi iyun – iyul oylarida. Botqoqliklar chekkasi va
nam daryo qirg’oqlarida o‘sadi. Rossiyaning G’arbiy va Sharqiy Sibirida, Kavkaz,
Eron, Tibet, Xitoyning shimoli-g’arbiy hududlarida uchraydi.

Scrophularia scoparia

Pennell. - Chiviqsimon chechakgul.

Ko‘p yillik

o‘simlik. Bo‘yi 30–60 sm, silliq (tuklarsiz). Ildizpoya yog’ochsimon, qisman
yo‘g’onlashgan va shoxlangan. Poyalar ko‘p sonli, poyadagi barglar 2–3 sm uzunlikda,
0,7–1 sm kenglikda, ellips shaklida, patsimon tishli, 1,2 sm uzunlikdagi bandli,
bo‘laklari cho‘zilgan, 4,6 mm uzunlikda, 1,5–2 mm kenglikda uchli; guldagi barglar
0,4–1 sm uzunlikda, 0,1–0,2 sm kenglikda cho‘zilgan, novdachali. Gullari 2 mm
uzunlikdagi bandlarda, 1–5 ta guldan iborat guruhlarda joylashgan, asosiy gul poyasi
20 sm uzunlikda, 3–4 sm kenglikda, cho‘qqi shaklda, siyrak, shoxlangan tuklar bilan
qoplangan. Poyabarglar cho‘zilgan, uzunligi 1–2,5 mm, eni 1–2 mm, uchli, silliq. Gul
tagchasi silliq, uzunligi 2,5–3 mm, bo‘laklari yumaloq-ellipsimon, uzunligi 2 mm,
kengligi 1 mm. Gul tojining rangi to‘q qizil, uzunligi 5–6 mm, yuqori labning bo‘laklari
deyarli buyraksimon, asosi toraygan, pastki labning yassi yon bo‘laklaridan 2 marta
uzun. Changchilar tukli, changchi iplari lansetsimon, uzunligi eni bilan solishtirganda
2–3 barobar ko‘p, uchli. Urug’don sharsimon, uzunligi va kengligi 1,5 mm. Mevasi —
sharsimon, 3–5 mm uzunlikda, silliq, uchli, uchida 2 mm uzunlikdagi tumshuq bor.
Urugʻlar ellipsimon shaklda, to‘q jigarrang, uzunligi 1–1,2 mm, kengligi 0,7 mm.
Gullash davri — aprel oyidan iyungacha. Toshli qiyaliklar, jarliklar (1500 m
balandlikkacha) va sohil hududlarida o‘sadi. Markaziy Osiyo, Orol-Kaspiy hududi
(Ustyurt), Tog’li Turkmaniston, Qoraqum, Pomir-Olay (Koʻhitang).

Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki, Surxondaryo viloyati tog’li hududlar

florasi, jumladan Surxon davlat qo‘riqxonasida

Scrophularia

L. turkumi turlari o‘ziga

xon o‘rin egallaydi. Bu esa turkumga mansub bo‘lgan turlarning yangi
populyatsiyalarini o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi. Ularning har biri o‘ziga xos
morfologik belgilari, ekologik talablari va tarqalish areallari bilan ajralib turadi. Turlar
asosan tog’ va tog’oldi hududlarga xos bo‘lib, turli tuproq va iqlim sharoitlariga
moslashgan. Bu turlarning ayrimlari qurg’oqchil, toshloq yoki nam joylarda o‘sadi va
ularning morfologik moslanishlari yashash muhitiga bevosita bog’liq. Mazkur tadqiqot
natijalari

Scrophularia

L. turkumining bioekologik xususiyatlarini aniqlash, ularning

populyatsiyalarini saqlash va boshqa tabiiy hududlarga joriy qilish imkoniyatlarini
baholashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

135

ISSN:3030-3613

1-rasm.

Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tarqalgan

Scrophularia

L. turkumiga

mansub o‘simliklar.

A.

Scrophularia

striata

Boiss.

B.

Scrophularia

umbrosa

Dumort.

C.

Scrophularia

scoparia

Pennell. (rasmlar https://www.plantarium.ru/ saytidan olingan).

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Определитель растений Средней Азии. T.9. Ташкент Фан, 1974.

2.

Флора Узбекистана том 5. Издательство "Маьнавият" Ташкент 1955.

3.

Невиский. К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaник геогрaфичеcкое невский
С.А. Материалы к флоре Кугитангтау и его предгорий. В кн. Флора и
систематика высших растений – М., Л.: Изд. АН СССР, 1937– С.

4.

Тожибaев К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaнико-геогрaфичеcкое
рaйонировaние Узбекиcтaнa // Ботaничеcкий журнaл, т. 101, вып. 10, 2016. –
C. 1105-1132.

5.

Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил.
науч. конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985.
– С. 167-168.

6.

Ибрагимов Акрам Жавлиевич. Сурхон Давлат Қўриқхонасининг Флораси
(Кўҳитанг Тизмаси), Дис канд. биол. наук., Тошкент-2010.

7.

Флора СССР том 22. В 6-е годы. – М., Л.: Изд. Академия наук СССР, 1934-
1964.

8.

Ачилова Наргиза Тухтаназаровна. Сурхон-Шеробод ботаник-географик
раиони флораси. Дис канд. биол. Наук. 03.00.05-Ботаника, Карши-2021.

9.

Inom Juramurodov, Rustam Uralov. Assessment of plant diversity in the Surkhan-
Sherabad Region, Uzbekistan by grid mapping.

Foydalanilgan internet saytlari

10.

https://powo.science.kew.org/

11.

https://www.plantarium.ru/

12.

https://www.The World Flora Online.org/

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar

Определитель растений Средней Азии. T.9. Ташкент Фан, 1974.

Флора Узбекистана том 5. Издательство "Маьнавият" Ташкент 1955.

Невиский. К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaник геогрaфичеcкое невский

С.А. Материалы к флоре Кугитангтау и его предгорий. В кн. Флора и

систематика высших растений – М., Л.: Изд. АН СССР, 1937– С.

Тожибaев К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaнико-геогрaфичеcкое

рaйонировaние Узбекиcтaнa // Ботaничеcкий журнaл, т. 101, вып. 10, 2016. –

C. 1105-1132.

Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил.

науч. конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985.

– С. 167-168.

Ибрагимов Акрам Жавлиевич. Сурхон Давлат Қўриқхонасининг Флораси

(Кўҳитанг Тизмаси), Дис канд. биол. наук., Тошкент-2010.

Флора СССР том 22. В 6-е годы. – М., Л.: Изд. Академия наук СССР, 1934-

Ачилова Наргиза Тухтаназаровна. Сурхон-Шеробод ботаник-географик

раиони флораси. Дис канд. биол. Наук. 03.00.05-Ботаника, Карши-2021.

Inom Juramurodov, Rustam Uralov. Assessment of plant diversity in the Surkhan-

Sherabad Region, Uzbekistan by grid mapping.

Foydalanilgan internet saytlari

https://www.The World Flora Online.org/