T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
120
ISSN:3030-3613
EMOTSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. EXTIROS, KAYFIYAT, JAZAVA
Niyozmatova Zamiraxon Muxtarovna
Bo’ston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Tibbiy psixologiya va shaxslararo muloqot fani o’qituvchisi.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech
vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo
faol xarakterga egadir.
Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojni
qondirish imkoniyatiga egaligini; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik
ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; v) uni harakat qildiruvchi
bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi,
boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush
keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma
narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
121
ISSN:3030-3613
qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar,
voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi. Biz xavf ostida qolganimizda
qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish
zavq uyg‘otadi. Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni
bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki
kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga
kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda
yuzaga keladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz
kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga
nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi
barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar
o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik
ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish,
qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik
odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab
bo‘ladi. Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi
odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi.
Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi
qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va
paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
122
ISSN:3030-3613
nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik
jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar
uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning
shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida
namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada
hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar
kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning
kuchini va barqarorligini idora qilib turadi.
Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining
faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog‘liqdir.
Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida
esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo
bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura
boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi
Kayfiyat
— shaxsning faoliyati, xulqi, muomalasi va ruhiy jarayonlariga
maʼlum vaqt davomida taʼsir qilib turuvchi hissiy holat. Insonning hayoti va faoliyati
davomida shodonlik, hazilkashlik, zerikish, qaygʻurish kabi his-tuygʻular uning ruhiy
holati tizimiga aylanadi. Insonning butun faoliyatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Masalan,
kishi xursand boʻlib turganida uning koʻziga hamma narsa yaxshi, aks holatda esa
yomon boʻlib koʻrinishi mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
123
ISSN:3030-3613
Yaxshi kayfiyat individ, guruh, jamoada ishchanlik, oʻzaro yordam, hamkorlik,
hamdardlik, iliq ruhiy muhitni, samimiy muomala maromini shakllantirishning,
jismoniy va aqliy mehnat samaradorligini oshirishning ka-folatidir.Ijtimoiy hayotdagi
turli voqealar, yaʼni mehnat muvaffaqiyati, taʼlim yutugʻi, rahbar bilan xodim,
oʻqituvchi bilan talaba oʻrtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxslararo muomala
maromi, turmushning quvonch va tashvishlari, shaxsning qiziqishi, nimadandir
qoniqish yoki qoniqmaslik hissi K.ning manbalari hisoblanadi. Odamning ruhi tushib,
noxush K.da yurishi — uning turmushida muammolar yuzaga kelganidan, halovati
buzilganidan dalolat beradi. Obyektiv va subyektiv vaziyat, sharoit, sababiy bogʻlanish
K. barqarorligini belgilaydi. K.ning xususiyatlari koʻp jihatdan shaxsning individual-
tipologik fazilatlariga bogʻliq. Inson oʻzini oʻzi boshqarish imkoniyatidan kelib
chiqqan holda K.ini muvaqqat davr oraligʻida qatʼiyatlikda tutishi, hatto holat
oʻzgarishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin
Emotsional xolatlarni asosiy turlari va ularni farqlovchi belgilar.
Emotsional xolatlarda kishining rangi oqarib ketadi yoki qizaradi,
muskullarning taxi- yoki bradikardiyasi, gipo- yoki gipertoniyasi, ter, yosh, yog‘
bezlari va boshqa bezlarning faoliyati o‘zgaradi. Qo‘rqib ketgan kishining ko‘zlari
katta-katta ochilib, ko‘z korachig‘i kengayadi, qon bosimi ko‘tariladi. Bazan “tovuq
eti” paydo bo‘ladi, sochlari tik bo‘ladi va xokazo, ya'ni xayajonlanishda tomir –
vegetativ va endokrin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.Asosan salbiy xarakterdagi juda kuchli
kechinmalar bilan paydo bo‘ladigan nevrozlarda vegetativ-tomir buzulishlari sodir
bo‘ladi.U yoki bu xis-tuyg‘uning uzoq davom etishi va ifodalaninish darajasiga qarab
quyidagi emotsiyalar: kayfiyat, extiros, affekt mavjud bo‘ladi. Kayfiyat - uzoq davom
etadigan emotsional xolat bo‘lib, u ko‘proq intensivlikka erishmaydi va yetarli
darajadagi uzoq davr mobaynida muxim tebranishlarga ega bo‘lmaydi. Ijobiy yoki
salbiy kayfiyatning davom etishi bir necha soatdan bir necha kungacha va xatto
xaftagacha davom etadi.
Kayfiyat faoliyatining tegishli darajasini ta'minlaydi. Agar emotsional faoliyatda
nisbatan barqaror kayfiyatni ta'minlab turadigan muvoznatlashtiruvchi regulyator
bo‘lmaganda edi, u xolda odam to‘xtovsiz ravishda doimo paydo bo‘lib turadigan
emotsiyalar va xis- tuygular ogushida bo‘lardi xamda samarali faoliyatga qobil
bo‘lmasdi. Bunday xollar kasallik xolatida sodir bo‘ladi.
Extiros
- uzoq cho‘ziladigan va intensiv emotsiya bo‘lib , u inson uchun
muayyan axamiyatga egadir. Kuchli va uzoqqa cho‘ziladigan extiros kishining oliy va
quyi extiyojlariga xam ta’aluqli bo‘lishi mumkin. U kishining faoliyatini uyushtirish
va rag’batlantirishga qodirdir. Buyuk extiros kishilarni jasoratlarga , buyuk
kashfiyotlarga yollaydi. Bunga yaqqol misol olim va tadqiqotchi Jordano Brunoning
jasoratidir. U N.Kopernikning geliosentrizm xaqidagi nazariyasini (yer va oyning
quyosh atrofida xarakat qilish qonuni)ancha chuqurlashtirdi o‘zining "din aqidalariga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_6-to’plam_May-2025
124
ISSN:3030-3613
xilof" g’oyalari uchun xukm qilingan J.Bruno inkivizitorlarga: "yondirmoq rad qilmoq
degani emas, men jafokash sifatida o‘z ixtiyorim bilan qurbon bo‘layapman" , - deb
xitob qilgan. Vatanimiz va chet el tarixida buyuk extiros tadqiqotchilarni yer atrofida
sayoxat qilishga, Janubiy va Shimoliy qutblarni zabt etishga, buyuk tog’ cho‘qqilarini
egallashga ko‘pdan ko‘p misollar ma’lum. Nixoyatda buyuk bir extiros K.Ye.
Tsiolkovskiyni kosmik parvozlarning mumkinligini isbotlab berish uchun
maxrumliklarga borishga, ertalabdan kechgacha tinim bilmay ishlashga majbur qilgan.
Vrachlar insonni qutqarish va kasallik tabiatini isbotlab berish uchun o‘zlariga yuqumli
kasalliklarni yuqtirganlar, xayotlarini xavf ostida qoldirganlar.
Affekt (jazava) -
bu nixoyatda aniq ifodalangan, lekin qisqa davom etadigan
emotsiya, to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli ruxiy xayajonlanish. Affekt shunday bir
xolatki, unda qisqa vaqt ichida paydo bo‘ladigan xis-xayajonlar aql-idrokning
raxbarlik ta'siriga xuddi tutqich bermaganday bo‘ladi. Darg’azablik, rashk, jaxl,
quvonch jazavasi va boshqa jazavalar bo‘ladi.
Jazava odatda shiddatli xarakatlantiruvchi reaksiya bilan birga bo‘ladi. Aql-
idrok nazorati ostida bo‘ladigan jazava fiziologik jazava nomini olgan. Undan farqli
o‘laroq, bir qator xastalik xolatlarida patologik jazava xam kuzatiladi. Patologik jazava
xolatida bo‘lgan kishi o‘z xatti-xarakatlarini boshqarish, o‘z qilmishlari xaqida o‘ziga
xisob berish qobiliyatini yo’qotadi va jazava vaqtida nima qilganligini
bilmaydi(amneziya). U odam o‘ldirishgacha jinoyat sodir qilishi mumkinki, bu xolat
uni o‘z-o‘zini o‘ldirishgacha olib boradi. Patologik jazava psixopatiya, epilepsiya,
bosh miyaning organik shikastlanishidan azob chekuvchi shaxslarda uchraydi.
Qarilik arafasida va qarilik yoshida emotsional faoliyat keskin o‘zgaradi.
Bunday yosh davrida emotsiyalar ancha o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Kayfiyat ko‘p
xollarda tushkun, xavotirlik elementlari mavjud bo‘ladi. Qarilik yoshida g‘ayratsizlik
paydo bo‘ladi- ezilgan xazinlik kayfiyatidan noto‘g‘ri yoki birmuncha shavq- zavqli
kayfiyatga tez o‘tiladi.Xis-tuyg‘ular shaxsni bezaydi, uni jozibaliroq, ko‘zga
tashlanadiganroq qiladi. Emotsiyalar ijodiy yuksalishga yordam beradi, aqliy-mnestik
jarayonlarni tezlashtiradi, diqqatning barqaror bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ayrim
kasalliklarda ijobiy emotsiyalar kasallikni o‘tishiga yaxshi ta'sir qiladi, salbiy
emotsiyalar esa ayrim kasalliklarning o‘tishini og‘irlashtiradi.
Foydalangan adabiyotlar
1.
G`oziyev E.G`. «Psixologiya». Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2008 yil.
2.
Fayziev YA.M., Eshboev E.H. «Umumiy va tibbiy psixologiya». Toshkent, «Ilm
Ziyo» nashriyoti, 2007 yil.
3.
YUnusjonova Z.S., Mirzaeva S.A., Bositxonova E.I. «Psixologik parvarish»
Toshkent, “O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010 yil