Mualliflar

  • Muhammadiyeva Gavhar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97317

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar:tafakkur tafakkur shakllari tushuncha PIRLS baholash dasturi didaktik o‘yinlar umumlashtirish taqqoslash mavhumlashtirish aniqlashtirish fikrlash jarayoni mantiqiy tafakkur mantiqiy masalalar.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  mantiqiy 
fikrlashni  shakllantirish  jarayonida  xalqaro  baholash  dasturlarining  tutgan  o‘rni 
yoritilgan.  Xususan,  ushbu  dasturlarning  o‘quvchilar  tafakkurini  rivojlantirishdagi 
metodik  asoslari,  shuningdek,  ta’lim  amaliyotida  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan 
faoliyat yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada tafakkur tushunchasi 
va uning asosiy shakllari bo‘yicha qisqacha ilmiy izohlar berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

116

ISSN:3030-3613

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MANTIQIY

TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO BAXOLASH

DASTURLARINING O'RNI

Muhammadiyeva Gavhar

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman MMTBga

qarashli 14-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy

fikrlashni shakllantirish jarayonida xalqaro baholash dasturlarining tutgan o‘rni
yoritilgan. Xususan, ushbu dasturlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi
metodik asoslari, shuningdek, ta’lim amaliyotida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
faoliyat yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada tafakkur tushunchasi
va uning asosiy shakllari bo‘yicha qisqacha ilmiy izohlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

tafakkur, tafakkur shakllari, tushuncha, PIRLS baholash dasturi,

didaktik o‘yinlar, umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish,
fikrlash jarayoni, mantiqiy tafakkur, mantiqiy masalalar.


Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek:

“Matematika barcha

fanlarning asosi hisoblanadi. Ushbu fan bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lgan yoshlar
zukko, keng dunyoqarashli bo‘lib yetishadi va har qanday sohada o‘z o‘rnini topa
oladi.”

Haqiqatdan ham, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim

jarayoni jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shadi.

Ayni yo‘nalishda, boshlang‘ich

ta’lim bosqichida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlash va baholash borasida
xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
Ta’lim inspeksiyasi qoshidagi “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish milliy markazi” tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmada
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) tadqiqoti va uning o‘ziga
xos tomonlari, baholash mezonlari hamda test materiallari haqida batafsil ma’lumotlar
taqdim etilgan.

PIRLS tadqiqotida foydalanilgan matn va savollarga doir namunaviy

topshiriqlar, ularning baholash mezonlari bilan birga metodik ko‘rsatmalar keltirilgan.
Shuningdek, 4-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan mashq daftarlari bu tadqiqotga
tayyorgarlikda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ish daftarlari
o‘quvchilarning o‘qish, tushunish, tahlil qilish, talqin etish va fikr yuritish
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik vosita sifatida ishlab chiqilgan.

Mantiqiy tafakkur esa, o‘z navbatida, umumiy fikrlash jarayonining ajralmas qismi
bo‘lib, ayniqsa matematik tafakkur bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘quvchilarni
murakkab va noodatiy topshiriqlarni bajara olishga o‘rgatish ularning arifmetik,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

117

ISSN:3030-3613

fazoviy-geometrik va mantiqiy tafakkurini har tomonlama rivojlantirishni talab qiladi.

Shuningdek, bolalarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga yo‘naltirish, ularga
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini yaratish — muvaffaqiyatli ta’lim kalitidir.
O‘quvchilarning turli musobaqa va tadbirlarda faol ishtiroki, dars jarayonida ularning
ichki salohiyati va qiziqishini uyg‘otish orqali ularni rag‘batlantirish – har bir
pedagogning ustuvor vazifasi bo‘lishi zarur.

Ijodiy masalalarni yechishda qat’iy bir usul yo‘qligi — ularni o‘ziga xos

yondashuvlar bilan hal etishni talab etadi. Bunday topshiriqlar ustida ishlaganda ham,
tipik mashqlarni o‘rgatishdagi pedagogik tamoyillarni hisobga olish zarur. Avvalo,
o‘quvchilarda ushbu jarayonga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish kerak. Bunga erishish
uchun topshiriqlar mazmuni o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasiga mos, ya’ni
haddan ortiq oson yoki ortiqcha murakkab bo‘lmasligi lozim. Chunki vazifani bajara
olmaslik o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchning susayishiga olib keladi. Shu bilan
birga, o‘qituvchi tomonidan beriladigan yordam miqdori aniq belgilanishi va minimal
bo‘lishi kerak.

Topshiriqlar darslikdagi mavzular bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi, ularni

yechish esa muntazamlik asosida yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa,
fazoviy tasavvurni shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladigan geometrik
xarakterdagi topshiriqlarga alohida e’tibor qaratish zarur.

Mantiqiy tafakkurni

rivojlantirish uchun mantiqiy masalalarning o‘ziga xos yechish usullarini o‘rganish
kerak. Aynan shunda o‘quvchilar bu turdagi murakkab, ammo qiziqarli muammolarni
hal qilishga qodir bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini
rivojlantirishda didaktik o‘yinlar vositasidan foydalanish ayniqsa samaralidir.

Bugungi kunda yosh avlodni mantiqiy fikrlovchi, ijodiy salohiyatga ega shaxslar

sifatida tarbiyalash zamon talabi sanaladi. Ayniqsa, matematika fanining darslari
qiziqarli tashkil etilsa, bu o‘quvchilarning fikrlash, mulohaza yuritish va hisoblash
ko‘nikmalarining jadallik bilan shakllanishiga xizmat qiladi.

O‘qitish samaradorligini

oshirish va o‘quvchilarning intellektual o‘sishiga erishishda, berilayotgan
topshiriqning mazmuniga alohida e’tibor qaratish kerak. Hozirgi amaliyotda ko‘pincha
misollar ustida ishlashga ko‘proq vaqt ajratilib, murakkab, topqirlikka asoslangan
vazifalar, masalan, rebuslar, boshqotirmalar, qiziqarli savollar, krossvordlar nazardan
chetda qolmoqda. Natijada, kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish va mulohaza yuritish qobiliyatlari yetarli darajada rivojlanmaydi.

O‘quvchilar ko‘pincha masalani yechishda undagi ma’lumotlarni chuqur tahlil

qilmasdan, mexanik tarzda amal bajaradilar. Bu esa ularni ijodiy fikrlashdan,
masalaning mohiyatiga yetib borishdan uzoqlashtiradi. Ko‘pincha o‘quvchilar
darslikdagi namunaviy ketma-ketlikka ko‘nikib qolgan bo‘lishadi, bu esa ularni
avtomatik fikrlashga va masala mazmuniga loqayd yondashishga olib keladi.

Shuning

uchun ta’lim jarayonida, ayniqsa boshlang‘ich ta’limda, har bir topshiriq ustida
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashishga va asosli xulosalar chiqarishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

118

ISSN:3030-3613

yo‘naltiruvchi nostandart masalalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Agar
ushbu masalalar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tarzda tanlansa, ularda
ijodkorlik, mantiqiylik, mustaqillik, maqsadga intilish kabi fazilatlar shakllanadi.

Qiziqarli mantiqiy masalalar orqali to‘g‘ri yechimga erishish uchun topshiriqdagi

har bir so‘z, gapga e’tiborli yondashish, uni real hayotiy holat bilan bog‘lash zarur. Aks
holda, kichik bir tafsilotni e’tiborsiz qoldirish o‘quvchini noto‘g‘ri yechimga olib
kelishi mumkin. Agar e’tibor berib qaralsa, ya’ni masalada gap borayotgan fikr va
predmet ustida diqqat bilan qaralsagina, ya’ni bola ko’z oldiga gavdalantirilsa ijobiy
natijaga erishiladi. Oddiy koringan masalalar yechimi hech qachon birdaniga
chiqmaydi. U o’zida sirli jumboqni yashiradi. Buni yechish uchun o’quvchi ijodkor
bo’lmog’i lozim. Mantiqiy topshiriqlar o’yinlar, didaktik materiallar bilan amaliy
ishlar darsda nisbatan katta o’rin egallashi kerak. Boshlang’ich sinf matematika
darslarida mantiqiy o’yinlar o’quvchi biluv faoliyatini oshirish vositasida muhim
ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yin o’quvchi ta’lim- tarbiya olishi, uning har
tomonlama rivojlanishi uchun muhim vosita bolib xizmat qiladi. Bolalarga har bir
o’yinni o’rgatishda muayyan ta’limiy maqsadni nazarda tutish o’qituvchi diqqat
markazida bo’lishi zarur. O’yin orqali o’quvchi o’tiladigan mavzu yuzasidan bilm
oladi, konikma malakalarga erishadi. O’yinning eng muhim ahamiyati ham shundadir.
Didaktik oyinlarning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, u o’quvchilarni
hamjihatlikka, intizomlikka sezgilikka, topqirlikka, e’tiborli bolishga, qatiylikka
undaydi. Didaktik o’yinlar o’quvchi faoligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb
etadi . Har bir o’yinga kirishgan o’quvchidan o’quv topshiriqni bajarishga yangicha
munosabatda bolishni talab etadi , uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib
chiqaradi. O’quvchi ijodkorligini oshirishda mantiqiy o’yinlar nihoyatda zarur.
Mantiqiy o’yinlar o’quvchi tafakkuriga moljallangan bo’lib, o’quvchi biluv
faoliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Inson bilishning hisiy va mantiqiy bosqichi
mavjud. Odamzotning hissiy bilishi uning sezgi, idrok , tasavurlarida oz ifodasini
topadi. Insonning mantiqiy bilishi uning tushuncha, hukm , xulosalarida, o’z ifodasini
topdi. O’quvchi mantiqiy o’yinlarda ishtirok etib, o’yin shartlari yuzsidan mushohada
yuritib , ma’lum hukm va xulosalarni chiqaradi. Shunday o’yinlardan ba’zilarini
keltirishimiz mumkin. Quyida keltiradigan ,,Sonni top’’ mantiqiy o'yinini chorak
boshida matematika fanidan o’tilganlarini takrorlash darslarida o'tkazish mumkin .
O’yin umumsinf ishi tariqasida o’tkazilishi mumkin. O’quchilarda quyidagi topshiriq
aytiladi: ,, Uchta quticha ichida ,,bir xonali son ‘’ , ,,ikki xonali son’’ , ,,uch xonali son
‘’ deb yozilgan :1. Bir xonali son 2. Ikki xonali son 3. Bir xonali bo’lmagan son. Bu
uchala yozuv notogri ekanligini bilgan holda har bir qutichada bunday kartochka
joylashganligini toppish mumkinmi?’’ Har bir o’quvcuhi mantiqan fikr yuritib ,to’g’ri
va tez bajargan o’quvchi doskaga chiqib, sinf o’quvchilari bilan umumsinf
muhokamasida mantiq o’yinini izohlaydi. O’quvchi quyidagicha mushohada qilishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

119

ISSN:3030-3613

mumkin: Uchinchi qutichadagi ,, Bir xonali bolmagan son ‘’ yozuv xato bolgani
sababli 3- qutichada ,, Bir xonali son ‘’ yozilgan kartochka joylashgan . Bu
oquvchining chiqargan dastlabki to’g’ri hukmi boladi. 2- qutichada ,,Ikki xonali son ‘’
yozuv xato bo’lgani uchun unda yo bir xonali son yoki uch xonali son yozilgan
kartochka joylashishi mumkin. Ammo , ,,bir xonali son ‘’yozilgan kartochka 3-
qutichada joylashgan. Demak , 1-qutichada joylashgan boladi. Oyin g’olibi
rag'batlantiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan matematika darslarida mantiqiy
o’yinlarni tashkil qilish va uni o’tkazish borasida quyidagilarga e’tibor berishlari
maqsadga muvofiq : -Dars maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda mantiqiy
o’yinlarni tanlash. -Mantiqiy o’yinni shunday tashkil etish kerakki, unda barcha sinf
o’quvchilari jalb qilingan bo’lsin.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida keltirilgan materiallar o'zining

qiziqarliligi, tuzilishi bilan bolalarga yaqindir. Boshqotirmalar, matematik mantiqiy
masalalar o'quvchilarni shunday sharoitga soladiki o'quvchilar o'ylashga, fikr
yuritishga majbur bo'ladilar. Dars jarayonida o'quvchilarda hosil bo'lgan ijobiy his-
tuyg'ular ularga aqliy qobiliyatlarni shakllantirishda asosiy shartlardan biri bo'lib
hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishga
qaratilgan sistemali ravishda olib borilgan ishning ijobiy natija berishi mantiqiy
tafakkurning shakllanishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.

Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va
ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv. 31.01.2020 y

2.

Кларин М.В. Педагогическая технология в учебном протсессе. М.: "Знание",
1989 r. C. 75.

3.

Nishonova ZT. Oliy maktab psixologiyasi. Toshkent, 2003y.

4.

Matematika 2-sinf [Matn]: darslik L.O'rinboyeva [va boshq.]. - Toshkent:
Respublika ta'lim markazi, 2021. - 192 b.

5.

Matematika 2-sinf. Metodik qo'llanma [Matn]: o'qituvchilar uchun metodik
qo'llanma / L. O'. O'rinboyeva [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi,
2021.-160 b.



Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va

ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv. 31.01.2020 y

Кларин М.В. Педагогическая технология в учебном протсессе. М.: "Знание",

r. C. 75.

Nishonova ZT. Oliy maktab psixologiyasi. Toshkent, 2003y.

Matematika 2-sinf [Matn]: darslik L.O'rinboyeva [va boshq.]. - Toshkent:

Respublika ta'lim markazi, 2021. - 192 b.

Matematika 2-sinf. Metodik qo'llanma [Matn]: o'qituvchilar uchun metodik

qo'llanma / L. O'. O'rinboyeva [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi,

-160 b.