Mualliflar

  • Isaqova Sayyora Hamdamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97320

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ilm-fan kasb-hunar maktab psixologi o‘quvchi qiziqishi kasbga yo‘naltirish motivatsiya psixologik maslahat diagnostika o‘zini anglash kompetensiya.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA 
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yoshlarni ilm-fan sohalari hamda 
kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab amaliyotchi psixologining tutgan o‘rni 
tahlil  etilgan.  Maktab  psixologi  o‘quvchilarning  individual  qiziqishlari,  intilishlari, 
qobiliyatlarini  aniqlab,  ularni  mos  yo‘nalishlarga  yo‘naltirishda  muhim  vositachi 
sifatida  ishtirok  etadi.  Tadqiqotda  psixologik  diagnostika,  maslahat,  monitoring  va 
motivatsion  yondashuvlar  orqali  kasb  tanlash  jarayonini  ilmiy  asosda  tashkil  etish 
mexanizmlari  yoritilgan.  Ilmiy-nazariy  qarashlar  bilan  birga  amaliy  tavsiyalar  ham 
berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

107

ISSN:3030-3613

YOSHLARNI ILM-FAN SOHASI VA KASB-HUNARGA JALB QILISHDA

MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING O‘RNI

Isaqova Sayyora Hamdamovna

Farg'ona viloyat Farg'ona tuman MMTBga qarashli

30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yoshlarni ilm-fan sohalari hamda

kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida maktab amaliyotchi psixologining tutgan o‘rni
tahlil etilgan. Maktab psixologi o‘quvchilarning individual qiziqishlari, intilishlari,
qobiliyatlarini aniqlab, ularni mos yo‘nalishlarga yo‘naltirishda muhim vositachi
sifatida ishtirok etadi. Tadqiqotda psixologik diagnostika, maslahat, monitoring va
motivatsion yondashuvlar orqali kasb tanlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish
mexanizmlari yoritilgan. Ilmiy-nazariy qarashlar bilan birga amaliy tavsiyalar ham
berilgan.

Kalit so‘zlar:

ilm-fan, kasb-hunar, maktab psixologi, o‘quvchi qiziqishi, kasbga

yo‘naltirish, motivatsiya, psixologik maslahat, diagnostika, o‘zini anglash,
kompetensiya.


Jamiyatdagi har qanday mehnatga layoqatli inson o‘zining mehnati bilan jamiyat

taraqqiyotiga o‘z ulushini qo‘shib boradi. Inson o‘zining mehnatida jismoniy, aqliy,
psixologik imkoniyatlarini sarflab, o‘z qobiliyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini sarf
qiladi. Bular uni ijodiy mehnatdan qoniqishini ta’minlaydi. Shuni aytish kerak-ki,
kasb-hunar va uni egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan.
O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o‘z
kasbiga ijodiy yondoshuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan
mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. Kaykovus o‘zining
“Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling boisa hunar o‘rgang‘il,
nedinkim hunarsiz aql -boshsiz tan, suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo‘lki,
hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf ep ko‘rmas.” So'nggi
yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo'llab quvvatlash, kadrlar
tayyorlash tizimini isloh qilish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli
yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda
salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor
qaratilmoqda.Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro'yobga
chiqarish, innovatsion g'oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy
qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

108

ISSN:3030-3613

rag'batlantirish, ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun
zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respubilkasi Prezident Sh. Mirziyoyev ko‘rsatmasiga ko‘ra 2020

2021 o‘quv yilidan 7-sinfdan boshlab o‘quvchilar kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga
alohida urg‘u berila boshladi. O‘quvchilarni aynan qanday kasb egasi bo‘lishi aniqlash
va ularni o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘naltirish maqsadida 8, 9, 10 sinfga qadar ular
o‘zlari tanlangan kasb-hunar bo‘yicha o‘qitilib borilishi zarurligi alohida ta’kidlab
o‘tildi. Ushbu ko‘rsatmadan ko‘rinib turibdiki yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga
yo‘naltirish davlatimiz siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Bu borada
maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, iqtidoridan kelib chiqib to‘g‘ri kasb
tanlashi katta ahamiyatga ega. Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga
talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari
bo‘lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o‘qitish bilan bog‘liq ayrim muammolar bugungi
kunda kishini o‘ylantirib qo‘yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat
esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo‘lib boraveradi. Kasbiy shakllanish
jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi bo‘lajak kasbni tanlash,
ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ravshanki,
yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga
bog‘lik emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z o’zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning
kasb tanlashga pedagogik psixologik bilim, ko‘nikma, malakalar, shuningdek,
jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Jamiyatning yoshlarga ta’lim
va tarbiya berishida pedagoglarni - o‘qituvchilarni o‘rni va ahamiyati nihoyatda
kattadir. O‘qituvchi -maktabdagi, kasb - hunar kollejlaridagi ta’lim - tarbiya
jarayonlarining asosiy tashkilotchisi, boshqaruvchisi, jamiyatga yangi kadrlami yaratib
beruvchisi hisoblanadi. Yosh yigit va qizlarnii ma’lumot va kasb jihatidan umumiy
tayyorgarlik darajasi, mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi,
fikrlay olish va tahlil qila olish, fahm - farosatlik darajasi kabilarnii yuzaga kelishi eng
avvalo o‘qituvchining faoliyati bilan rivoj topib boradi. Shuning uchun o‘qituvchi
shaxsi bu eng mas’uliyatli va qadrli kasb hisoblanadi. Zamonaviy maktab va kasb -
hunar о‘qituvchisi ta’lim va tarbiya-ga tegishli qator vazifalami bajaradi. O‘qituvchi -
o‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida kasbga tegishli bo‘lgan masalalarga ham o‘z
diqqatini qaratib boradi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog ham bo’lishi,
jamiyatdagi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar bilan ham tanishgan bo‘lishi kerak.

Kasbni egallash bilan bog‘liq maslahatlar va yo‘nalishlar berib borish ham

pedagog zimmasiga tushgandir. Chunki pedagog bola bilan birgalikdagi faoliyati
davomida undagi qiziqishlar va havaslarni ham bilib turadi. Bu esa unga bolani qaysi
kasbni egallashni xohlashini ko‘rishga imkon yaratadi. O‘qituvchi shaxsi bu о‘sib
kelayotgan yoshlarga ularni iqtidorligidan, qobiliyatidan, qiziqishlaridan kelib chiqqan
holda kasblarni egallashlariga o‘z yo‘l yo‘riqlarini berib, tarbiyalab borishlari kerak


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

109

ISSN:3030-3613

bo‘ladi. O‘qituvchi maktab, litsey, kollejlardagi o‘qish jarayonlarini asosiy
boshqaruvchisi va tashkilotchisi hisoblanadi. Bolalar bilan bo‘ladigan o‘z faoliyati
davomida o‘qituvchi sinfdagi har bir bola haqida umumiy va individual ma’lumotga
ega bo‘ladi. Bular esa o‘qituvchini ular bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida har bir bola
va uning imkoniyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lishiga olib keladi. Boladagi kasb
tanlash jarayonida o‘qituvchi asosiy ta’sir etuvchi insonlardan biri hisoblanadi.
O‘quvchi o‘z kasbini tanlashda o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘ladi. O‘qituvchi
boladagi psixologik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni ma’lum bir kasbga
yo‘llab turadi, y a’ni kasbiy maslahat beradi. O‘qituvchi bu holatda kasblarga xos
xususiyatlarni bilishi va ularni bolalarga tushuntirib berishi zarur bo‘ladi. Bugungi kun
zamonaviy pedagogi o‘z kasbining mohir bilimdoni bo‘lish bilan birga olam
kasblaridan ham habardor bo‘lishi zarur. Zero, bugunning yoshlari bizdan ko‘ra ilg‘or
va qiziquvchan, qolaversa axborortlashgan jamiyatda o‘quvchi har qanday kasb haqida
internet tarmoqlaridan yetarlicha ma’lumotlarni bilib olishi mumkin. Zamonaviy
o‘qituvchi shularni hisobga olgan holda o‘quvchini kasbga qiziqtira bilishi, o‘quvchi
uchun yangilik bo‘lgan ma’lumotlar bilan o‘quvchini boxabar qilib bormog‘i lozim.
Rivojlangan davlatlardan biri Germaniyada har bir maktab o’quvchisi maktabni
tamomlagunga qadar 5 hunarni mukammal egallashi zarur. Ularning fikricha 5 hunarni
o’rgangan kishi qaysi zamon va qaysi makonda bo’lishidan qat’iy nazar qiyinchilikka
uchramas ekan.Jahon tajribalarini o‘rgangan holda o‘quvchilarni kasb hunarga
yo‘naltirib borish esa o‘quvchilar kelajagini ta’minlashda poydevor bo‘lib hizmat
qiladi.

Birinchi prezidentimiz Islom.Karimov ta’kidlaganidek “Bizning eng katta

boyligimiz bu-mehnatkash ,bobo dexqon xalqimizdir”. Darhaqiqat xalqimiz
mehnatsevar, zahmatlkash xalq. Asrlar osha ota-bobolarimiz, momolarimiz bir nechta
hunarlarni mukammal bilib kelganlar. Bugun ham pedagoglarimiz orasida shunday
insonlar bo‘lib hozirda o’quvchilarga kasb-hunar sirlarini ham o‘rgatib
kelmoqdalar.Xalq ta’lim tizimida hunarmad ustozlarni izlab topish,ularni o‘quvchi
yoshlarga hunar o‘rgatishga jalb qilish va rag’batlanitirish esa maktab tizimida
o’quvchilarning hunar o‘rganishiga imkon berish va bandligini ta’minlashga hizmat
qiladi.Qolaversa, o‘quvchilarning maktab davridayoq chetga chiqmasdan turib
zamonaviy hunar egasi bo‘lishiga imkon yaratiladi.Bundan tashqari kasb hurar
o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lgan o‘quvchilarda vaqtdan unumli foydalanish
ko‘nikmalari ham mavjud bo‘ladi. Vaqt qadriga yetgan kishi esa hayot yo‘llarida
muvofaqqiyatlarga erishishda qoqilmaydi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Абдурахмонова Г.Ҳ. Kasb ta’limida psixologik yondashuvlar. — Toshkent:
Fan va texnologiya, 2021.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

110

ISSN:3030-3613

2.

Raximov N., Jo‘rayev Sh. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasi. —
Toshkent: “Fan”, 2020.

3.

Qodirova N.M. Maktab amaliyotchi psixologi faoliyati. — Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 2019.

4.

Super, D.E.

The Psychology of Careers

. — New York: Harper & Row, 1957.

5.

Holland, J.L.

Making Vocational Choices: A Theory of Vocational Personalities

and Work Environments

. — Odessa, FL: Psychological Assessment Resources,

1997.

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Абдурахмонова Г.Ҳ. Kasb ta’limida psixologik yondashuvlar. — Toshkent:

Fan va texnologiya, 2021.

Raximov N., Jo‘rayev Sh. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasi. —

Toshkent: “Fan”, 2020.

Qodirova N.M. Maktab amaliyotchi psixologi faoliyati. — Toshkent:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 2019.

Super, D.E. The Psychology of Careers. — New York: Harper & Row, 1957.

Holland, J.L. Making Vocational Choices: A Theory of Vocational Personalities

and Work Environments. — Odessa, FL: Psychological Assessment Resources,