Mualliflar

  • Bozorboyeva Baxtigul Farhod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97341

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: muloqot til birliklari so‘z tanlash sintaktik tuzilma kommunikativ ahamiyat tilshunoslik.

Annotasiya

Annotatsiya 
Maqolada  muloqot  jarayonida  tilning  samarali  qo‘llanilishining  ahamiyati, 
ayniqsa, so‘z tanlash va sintaktik tuzilmaning kommunikativ funksiyasi tahlil qilinadi. 
Til nafaqat ma’no uzatishda, balki o‘zaro anglashuvni ta’minlashda ham muhim rol 
o‘ynaydi. So‘z tanlash va gap tuzilishi orqali fikrni aniq, tushunarli va ta’sirli ifodalash 
mumkin.  Maqolada,  tilshunoslik  nuqtai  nazaridan,  so‘z  tanlash  va  sintaksisning 
kommunikativ maqsadga erishishda qanday rol o‘ynashi ilmiy asosda tahlil etiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

26

ISSN:3030-3613

MULOQOTDA TILNING SAMARALI QO‘LLANILISHI: SO‘Z TANLASH

VA SINTAKTIK TUZILMANING KOMMUNIKATIV AHAMIYATI

Bozorboyeva Baxtigul Farhod qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

O‘zbek tili va adabiyoti universtiteti ona tili

va adabiyot ta’limi fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya

Maqolada muloqot jarayonida tilning samarali qo‘llanilishining ahamiyati,

ayniqsa, so‘z tanlash va sintaktik tuzilmaning kommunikativ funksiyasi tahlil qilinadi.
Til nafaqat ma’no uzatishda, balki o‘zaro anglashuvni ta’minlashda ham muhim rol
o‘ynaydi. So‘z tanlash va gap tuzilishi orqali fikrni aniq, tushunarli va ta’sirli ifodalash
mumkin. Maqolada, tilshunoslik nuqtai nazaridan, so‘z tanlash va sintaksisning
kommunikativ maqsadga erishishda qanday rol o‘ynashi ilmiy asosda tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

muloqot, til birliklari, so‘z tanlash, sintaktik tuzilma,

kommunikativ ahamiyat, tilshunoslik.

Abstract

In the article the importance of effective language use in communication,

especially the communicative function of word choice and syntactic structure, is
analyzed. Language plays an important role not only in conveying meaning, but also
in ensuring mutual understanding. Through word choice and sentence structure,
thoughts can be expressed clearly, clearly, and effectively. The article analyzes, from
a linguistic perspective, the role of word choice and syntax in achieving communicative
goals on a scientific basis.

Keywords:

communication, language units, word, selection, syntactic structure,

communicative significance, linguistics.

Kirish

Muloqot — insoniyatning eng muhim faoliyatlaridan biri bo‘lib, til uni amalga

oshirishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi Muloqot faqat insonlarga xos b‘lgan
jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji
tug‘iladi. O‘zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy
unsuri hisoblanadi.

So‘zsiz, muloqot jarayonining asosiy maqsadi axborot uzatish va qabul qilishdir.

Shu sababli bo‘lsa kerakki, kommunikatsiya hodisasiga turli mualliflar tomonidan
berilayotgan barcha ta’riflar asosida ijtimoiy kommunikatsiyani insonlarning belgilar
vositasida bajaradigan o‘zaro «axborot – ma’no hamkorligi» sifatidagi talqini yotadi.
Lekin muloqot maqsadi oddiygina axborot almashish bilan chegaralanib qolmaydi,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

27

ISSN:3030-3613

axborot uzatishdan «hamkor»ga ta’sir o‘tkazish, uni biror narsaga ishontirish,
bo‘ysundirish, harakatga undash maqsadi kutiladi.

Bundan tashqari, semiotiklarning o‘zlari e’tirof etganlaridek, aloqa vositasi

bo‘lmish belgilar so‘zlovchi tomonidan o‘z maylini, birovni yoki biror narsani
yoqtirishini, noroziligini, hayratini va boshqa ruhiy tuyg‘ularini izhor etish uchun ham
qo‘llanishini bilamiz. Lisoniy muloqotning xuddi shu jihatlari e’tiborga olingandagina
semiotik tizimning qismlari o‘zaro dinamik, harakatchan munosabatda bo‘lishini
tasavvur qilish mumkin bo‘ladi.

Tilning mavjudligi insonlarning so‘zlash yoki yozish harakatlarini bajarishi

bilan bog‘liqdir. Bu harakatlarning bajarilishi jarayonida lisoniy birliklar (birinchi
o‘rinda - gap) asl ma’nosidan tashqari, tasdiqlash, buyurish, ogohlantirish, va’da berish
kabi mazmunni ifodalash imkoniyatini namoyon qiladilar. Bu ma’nolar so‘zlovchi
shaxs tomonidan bajarilayotgan nutqiy faoliyat natijasidir.

Asosiy qism

Til nafaqat o‘zaro ma’lumot almashish, balki fikrlarni aniq ifodalash, tuyg‘ularni

yetkazish va ijtimoiy munosabatlarni qurishda ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tilni
samarali qo‘llash uchun so‘z tanlash va gap tuzilishi muhim rol o‘ynaydi. So‘zning
to‘g‘ri tanlanishi va grammatik jihatdan mukammal tuzilgan gaplar muloqotning
samarali bo‘lishiga ta’sir qiladi.

So‘z tanlash — bu muloqotning samaradorligini ta’minlashda muhim omil

hisoblanadi. So‘zning to‘g‘ri tanlanishi, o‘zining ma’nosini aniq ifodalashi va tegishli
matndagi o‘rnini topishi zarur. Kommunikatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun
so‘zlar nafaqat grammatik jihatdan to‘g‘ri, balki maqsadga muvofiq va tinglovchining
kognitiv qobiliyatiga mos bo‘lishi lozim.

So‘z tanlovining muloqotdagi roli.

So‘z tanlovi muloqotning asosiy

komponentlaridan biridir.So‘zlarning ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va konnotativ
jihatlari muloqotning mazmuniga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, rasmiy muloqotda
neytral va adabiy so‘zlar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lsa, norasmiy muloqotda
so‘zlarning erkinroq qo‘llanilishi kuzatiladi.

Sinonimlarning to‘g‘ri tanlanishi

. Sinonimlar muloqotda turli ma’no

nozikliklarni ifodalashga yordam beradi. Masalan, “katta” va “ulug‘” so‘zlari sinonim
bo‘lsa-da, “ulug‘” so‘zi ko‘proq hurmat ifodalaydi.Shuning uchun, “ulug‘ inson”
iborasi “katta inson” iborasiga nisbatan ko‘proq e’tibor va hurmatni bildiradi.

Maqsadga muvofiq so‘z tanlash

. So‘zlovchi o‘z fikrini tinglovchiga

yetkazishda so‘z tanloviga alohida e’tibor qaratadi. Chunki bir xil ma’no ifodalovchi
so‘zlarning ruhiy- psixologik ta’siri har xil boladi. Misol: “U vafot etdi” , “ U o‘ldi”.
Bu ikki ibora bir xil hodisani bildirsa-da, birinchisi yumshoq,ehtiromli, ikkinchisi esa
sodda va biroz keskin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

28

ISSN:3030-3613

Ijtimoiy mavqe va til birliklari.

Tinglovchi yoki suhbatdoshning

yoshi,kasbi,ijtimoiy mavqei ham so’z tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sintaktik tuzilma – bu so‘zlarning gap ichidagi joylashuvi, ularning o‘zaro

grammatik munosabati va gapning umumiy tuzilishidir. Muloqotda sintaktik
tuzilmaning to‘g‘ri va maqsadga muvofiq qo‘llanilishi fikrning aniq, ravon va
tushunarli yetkazilishiga xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida muloqotning samaradorligini
oshiradi.

I.P. Raspopovning ta’kidlashicha, gap ikki sathga ega: konstrukiv-sintaktik va

kommunikativ-sintaktik. Konstruktiv-sintaktik sath gapning grammatik asosini tashkil
etsa, kommunikativ-sintaktik sath esa ma’lumotning qanday taqdim etilishini
belgilaydi. Bu sathlar orqali gapning modallik va aktuallik xususiyatlari aniqlanadi.
Gapning sintaktik tuzilishi orqali ma’lumotning qanday taqdim etilishi,urg‘u berilishi
va tinglovchiga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi.

So‘z tartibi va urg‘u.

O‘zbek tilida so‘z tartibi erkin bo‘lsa-da, ma’no va urg‘u

jihatidan muhim ahamiyatga ega.Masalan:
“Men kitobni o‘qidim” - bu oddiy bayon.
“Kitobni men o‘qidim”- bu yerda “men” so‘ziga urg‘u beriladi, ya’ni o‘qigan shaxs
muhim.
“Men o‘qidim kitobni” - bu tartibda “kitobni” so‘ziga urg‘u beriladi, ya’ni o‘qilgan
narsa muhim. Bu misollar sintaktik tuzilmaning muloqotdagi urg‘u va ma’no
uzatishdagi rolini ko‘rsatadi.

Sintaktik vositalar orqali bog‘lanish.

Gapdagi so‘zlar o‘zaro affikslar,

ko‘makchilar va bog‘lovchilar orqali bog‘lanadi.Bu bog‘lanishlar gapning tuzilishini
aniqlaydi va muloqotda fikrning to‘g‘ri yetkazilishiga yordam beradi.Masalan: “Chor
-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to‘ldi.”

Bu gapda so‘zlar o‘zaro kelishik

affikslari (-ning, -ga), egalik affiksi (-i) va shaxs-son affiksi (-di) orqali bog‘langan. Bu
bog‘lanishlar gapning sintaktik tuzilishini tashkil etadi va muloqotda fikrning aniq
yetkazilishiga xizmat qiladi.

Sintaktik birliklar va ularning kommunikativ funksiyasi.

Sintagma- bu so‘zlar

yoki so‘z birikmalarining ma’no birliklarini tashkil etishdagi asosiy tuzilma
hisoblanadi. Ular muloqotda fikrning aniq va tushunarli yetkazilshiga xizmat qiladi.
Masalan:

“Yangi o‘quv yili boshlandi.”

Bu gapda “yangi o‘quv yili” sintagma sifatida

bir ma’no birligini ifodalaydi va muloqotda aniq fikrni yetkazadi.

Parsellyatsiya

(fransuzcha parcelle - qism, parcha) bitta sintaktik tuzilmani bir

necha mustaqil gaplarga ajratish orqali muloqotda emotsional ta’sirni kuchaytirish
usulidir. Bu usul, ayniqsa,badiiy matnlarda keng qo‘llaniladi. Misol: “U keldi. Yolg‘iz.
Xomush.” Bu yerda qisqa gaplar orqali personajning holati va kayfiyatni kuchliroq
ifodalanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

29

ISSN:3030-3613

Sintaktik tuzilmaning pragmatik aspekti.

Gapning sintaktik tuzilishi uning

pragmatik funksiyasini belgilaydi. Ya’ni, gap orqali notiqning maqsadi, tinglovchiga
ta’sir qilish usuli aniqlanadi. Masalan, buyruq,iltimos,maslahat kabi gap turlari turli
sintaktik tuzilmalar orqali ifodalanadi. Misol:

“Iltimos derazani yoping.”,

“Derazani

yoping.” Birinchi gapda iltimos ohangi mavjud bolib, muloqot yumshoqroq tus oladi.

So‘z tanlash va sintaktik tuzilma o‘rtasidagi aloqa muloqotda tilning samarali

ishlashida asosiy omil hisoblanadi. Til o‘zining kommunikativ vazifasini bajarishda
faqat grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi yetarli emas. U kontekstdan, ijtimoiy
omillardan va suhbatdoshning shaxsiy tajribasidan ham bog‘liq bo‘ladi. So‘zlar va
sintaktik tuzilmalar, agar ular kontekstga mos kelmasa, muloqot samarali bo‘lmaydi.

Kontekst va tilning o‘zaro ta’siri tilning moslashuvchanligini ta’minlaydi, bu esa

muloqotni yanada samarali qiladi. Misol uchun, o‘zbek tilidagi so‘z birikmalarining
ma’nosi, ularning sintaktik va semantik kontekstiga qarab o‘zgaradi. Shu bilan birga,
tilni shaxsiy va professional muloqotda qo‘llashda so‘z tanlash va gap tuzilishi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish, tilni yanada samarali va aniq ishlatishda yordam
beradi.

Xulosa

Maqolada muloqotda tilning samarali qo‘llanilishi, ayniqsa, so‘z tanlash va

sintaktik tuzilmaning kommunikativ ahamiyati tahlil qilindi. Tilning samarali
ishlatilishi nafaqat grammatik qoidalarga, balki so‘zlarning kontekstga mos
tanlanishiga, sintaktik tuzilmalar va ularning pragmatik ta’siriga bog‘liq. So‘z va
sintaksis o‘rtasidagi interaktsiya muloqotning aniq va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Tilshunoslar bu jarayonni tahlil qilish orqali, tilning faqat grammatik qoidalar to‘plami
emas, balki ijtimoiy va psixologik omillarni o‘z ichiga olgan murakkab tizim ekanligini
ko‘rsatdilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

1.Xolmonova Z. Tilshunoslik nazariyasi. -Toshkent: Nodirabegim, 2020.

2.

2.Nurmonov A.,Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.-Toshkent,
2007

3.

3.Madaminova M. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni.-Toshkent,
2023

4.

4.Shohidillayev SH. Sintagma va uning qo‘llanilishi. -Jahon ilmiy –metodik jurnali
49-son_5-to‘plam_Noyabr-2024

5.

Nuritdinova R.S., Jumayeva S.E. Nutqiy muloqot tizimiga pragmatik yondashuv //
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal (GIIRJ). – 2022. – Vol. 10,
Issue 5. – B. 907–913. – ISSN: 2347-6915.

REFERENCES

1.

Xolmonova Z. Tilshunoslik nazariyasi. -Toshkent: Nodirabegim, 2020.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

30

ISSN:3030-3613

2.

Nurmonov A.,Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.-Toshkent,
2007

3.

Madaminova M. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni.-Toshkent,
2023

4.

Shohidillayev SH. Sintagma va uning qo‘llanilishi. -Jahon ilmiy –metodik jurnali
49-son_5-to‘plam_Noyabr-2024

5.

Nuritdinova R.S., Jumayeva S.E. Nutqiy muloqot tizimiga pragmatik yondashuv //
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal (GIIRJ). – 2022. – Vol. 10,
Issue 5. – B. 907–913. – ISSN: 2347-6915.

Bibliografik manbalar

REFERENCES

Xolmonova Z. Tilshunoslik nazariyasi. -Toshkent: Nodirabegim, 2020.

Nurmonov A.,Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.-Toshkent,

Madaminova M. Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni.-Toshkent,

Shohidillayev SH. Sintagma va uning qo‘llanilishi. -Jahon ilmiy –metodik jurnali

-son_5-to‘plam_Noyabr-2024

Nuritdinova R.S., Jumayeva S.E. Nutqiy muloqot tizimiga pragmatik yondashuv //

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal (GIIRJ). – 2022. – Vol. 10,

Issue 5. – B. 907–913. – ISSN: 2347-6915.