Mualliflar

  • Xasanova Saodat Xaitovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97345

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: paxta tolali mato ustmolekular qurilma ammiakning suvli eritmasi kam g‘ijimlanuvchanlik pardozi umumiy ochilish burchagi mustahkamlik.

Annotasiya

Annotatsiya:  Maqolada  paxta  tolali  mato  mustahkamligidagi  yo‘qotishlarni 
kamaytirish uchun kamg‘ijimlanuvchanlik pardozini ikki bosqichda tashkil etish taklif 
etilgan.  Yakuniy  pardozning  birinchi  bosqichida  ammiak  eritmasiga  shimdirish, 
ikkinchi bosqichida asetonformaldegid smolasi asosidagi kompozitsiyada appretlash 
mato fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini oshishiga  olib keladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

6

ISSN:3030-3613

UO’K 677.027.074/037.21

YAKUNIY PARDOZ JARAYONIDA MATO MUSTAHKAMLIGINI

SAQLASH IMKONIYATLARINI O‘RGANISH

Xasanova Saodat Xaitovna

Toshkent to‘qimachilik va yengil

sanoat instituti dotsenti

E-mail: saodat.xasanova.71@bk.ru


Annotatsiya:

Maqolada paxta tolali mato mustahkamligidagi yo‘qotishlarni

kamaytirish uchun kamg‘ijimlanuvchanlik pardozini ikki bosqichda tashkil etish taklif
etilgan. Yakuniy pardozning birinchi bosqichida ammiak eritmasiga shimdirish,
ikkinchi bosqichida asetonformaldegid smolasi asosidagi kompozitsiyada appretlash
mato fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini oshishiga olib keladi.

Kalit so‘zlar

: paxta tolali mato, ustmolekular qurilma, ammiakning suvli

eritmasi, kam g‘ijimlanuvchanlik pardozi, umumiy ochilish burchagi, mustahkamlik.

ИЗУЧЕНИЕ ВОЗМОЖНОСТИ СОХРАНЕНИЯ ПРОЧНОСТИ ТКАНИ

В ПРОЦЕССЕ ЗАКЛЮЧИТЕЛЬНОЙ ОТДЕЛКИ

Хасанова Саодат Хаитовна

Ташкентский институт текстильной

и легкой промышленности, доцент


Аннотация.

С целью снижения потери прочности хлопчатобумажной

ткани предлагается проводить малосминаемую отделку в два этапа. Пропитка
в аммиачном растворе на первой стадии, аппретирование композицией на
основе ацетоноформальдегидной смолы на второй стадии заключительной
отделки приводит к повышению физико-механческих показателей ткани.

Ключевые слова

: хлопчатобумажная ткань, надмолекулярная структура,

водный раствор аммиака, малосминаемая отделка, суммарный угол раскрытия,
прочность.

STUDYING THE POSSIBILITY OF MAINTAINING FABRIC STRENGTH

DURING THE FINAL FINISHING PROCESS

Khasanova Saodat Khaitovna

Tashkent Institute of Textile and Light Industry, associate professor


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

7

ISSN:3030-3613

Annotation.

In order to reduce the loss of strength of cotton fabric, it is proposed

to organize a wrinkle-resistant finish in two stages. Impregnation in an ammonia
solution in the first stage, finishing in a composition based on acetone-formaldehyde
resin in the second stage of the final finishing leads to an increase in the physical and
mechanical properties of the fabric.

Key words

:

cotton fabric, supramolecular structure, aqueous ammonia solution,

wrinkle-resistant finish, total opening angle, strength.

Kirish

Yakunlovchi pardozlash jarayonida to‘qimachilik materiallariga bejirim tashqi

ko‘rinish, grif (qattiqlik, yumshoqlik, to‘liqlik), eskirishga bardoshlik, standart
o‘lchamlar beriladi. Mato chiziqli o‘lchamlarini o‘zgarishi (cho‘zilishi, kirishishi,
g‘ijimlanishi) tola tabiatiga, kalava strukturasiga, ipning qurilmasiga, matoning
to‘qilish turiga, ishlov berish texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Sellyuloza asosidagi
matolar suvda yaxshi bo‘kishi ularni kirishishiga, egiluvchan-elastik xossalarini
pastligi esa oson g‘ijimlanishiga olib keladi. Amaliyotda bunday to‘qimachilik
materiallariga maqsadli kam kirishuvchanlik, kam g‘ijimlanuvchanlik (yoki
g‘ijimlanmaslik) pardozlari beriladi.

Adabiyotlar tahlili

To‘qimachilik mahsulotlariga kamg‘ijimlanuvchanlik va kirishmaslik

xossalarini berishning fizik-kimyoviy mohiyati sellyuloza makromolekulalari o‘rtasida
mustahkam ko‘ndalang kimyoviy bog‘lanishlarni hosil bo‘lishiga, ya’ni ularni
“choklanishi”ga asoslangan. Ko‘ndalang bog‘lanishlar sonini ko‘payishi tola
strukturasini stabillanishiga, egiluvchanligini oshishi esa mato g‘ijimlanmaslik
ko‘rsatkichini ortishiga va kirishishini kamayishiga olib keladi [1].

Kamg‘ijimlanuvchanlik pardozi davomida sellyuloza makromolekularini

“choklanish” jarayoni bilan bir vaqtda “smola hosil bo‘lish” reaktsiyasi ham ketadi.
Tola g‘ovaklarida to‘plangan smola undagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi, egiluvchanligini
oshiradi va g‘ijimlanmaslik effektini kuchaytiradi. Sellyuloza makromolekulalarini
ko‘ndalang bog‘lanishlar yordamida “choklanish” reaktsiyasi hamda tolada smola
hosil bo‘lishi faqat yuqori harorat va katalizator ishtirokida sodir bo‘ladi. Demak,
sellyuloza tolalariga mustahkam ko‘ndalang bog‘larni kiritish tola egiluvchanligini
oshiradi, strukturani stabillaydi, g‘ijimlanish va kirishishni kamaytiradi, lekin shu bilan
bir vaqtda matoni qattiqligini oshishiga va mustahkamligini pasayishiga olib keladi.
Yakunlovchi pardozlash jarayoni davomida mato 40-50% gacha mustahkamligini
yo‘qotishi mumkin. Paxta tolali matolar mustahkamligini saqlashga ularni yuqori
kontsentratsiyali natriy gidroksid eritmasida merserlash, appretlash jarayonini
matoning bo‘kkan holatida amalga oshirish, shimdirish kompozitsiyasiga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

8

ISSN:3030-3613

yumshatgichlarni kiritish, hamda mustahkamligi yuqori bo‘lgan tolalarni qo‘shish
orqali erishiladi.

Paxta tolali matolarni ishqalanishga va uzilishga bo‘lgan mustahkamligini

saqlash

uchun

termoreaktiv

smola

predkondensatlari

bilan

kimyoviy

modifikatsiyalashdan oldin ishqor, suyuq ammiak yoki ularni aralashmasi bilan ishlov
berish [2,3] tola kristallik darajasini pasaytirgan holda harakatchan makromolekulalar
ulushini oshiradi va tola struktura elementlari orasida uzilish kuchini bir tekis
taqsimlanishi uchun sharoit yaratadi.

Tolani natriy gidroksid eritmasi bilan ultratovushli maydonda dastlabki

ishlovdan o‘tkazish uni ichki o‘lchamlarini kattalashishiga va shu orqali mexanik
mustahkamlikni kam darajada pasaytirgan holda sellyulozani molekulalararo
tikilishiga imkon beradi [4].

Sellyuloza va boshqa tolalarni suyuq ammiak bilan ishlov berish ularni tez va

intensiv bo‘kishiga, chiqarib tashlangandan keyin esa tola ustmolekular qurilmasini
amorflanishiga olib keladi. Bunda suyuq ammiak bilan merserlash ana’naviy o‘yuvchi
natriyli merserlashdan jarayonni qisqa muddatda (1 sek) o‘tkazilishi, merserlovchi
agent - ammiakni to‘liq regeneratsiyalanishi, shuningek to‘qimachilik materiallarini
yuqori fizik-mexanik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi [5].

Paxta tolali matoni dastlabki o‘yuvchi natriy ishtirokidagi an’anaviy merserlash

jarayonidan o‘tkazish atsetonformaldegid smolasi asosidagi kamg‘ijimlanuvchanlik
pardozi jarayonida mato uzilish og‘irligini kam pasayishini ta’minlaydi va
ishqalanishga bardoshligini oshiradi [6].

Tadqiqotlar metodologiyasi

Izlanishlar uchun oqartirilgan paxta tolali bo‘z art.554 assortimenti tanlandi.

Matoning umumiy ochilish burchagi (UOB) smyatimetr “SMT”, uzilish og‘irligi va
uzilishdagi cho‘zilishi dinamometr AG-1, ishqalanish sikllari soni M-235 qurilmasida
o‘lchandi.

Tahlillar va natijalar

Matoga kamg‘ijimlanuvchanlik pardozini berish jarayoni ikki bosqichda

quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha amalga oshirildi:

1-bosqich:

matoni ammiakning suvli eritmasida shimdirish → siqish → yuvish

→ quritish.

2-bosqich:

matoni ATSF-smolasi asosidagi tarkibda appretlash → siqish →

quritish → termik ishlov berish.

Yakuniy pardozning birinchi bosqichida oqartirilgan mato ammiakning suvli

eritmasiga 20°C haroratda 3 minut davomida shimdiriladi, 80% gacha siqiladi, iliq va
sovuq suv bilan yuviladi, quritiladi. Ikkinchi bosqichda mato tarkibida
atsetonformaldegid (ATSF)-smolasi (tikuvchi agent) – 80 g/l, polivinilspirt
(to‘ldiruvchi) - 10 g/l, natriy atsetat (reaktsiya katalizatori) – 5 g/l, natriy gidroksid (pH


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

9

ISSN:3030-3613

9-10) bo‘lgan appretda shimdiriladi, 90% gacha siqiladi, 100-110°C haroratda 5 minut
quritiladi, 140°C haroratda 2 minut davomida termik ishlovdan o‘tkaziladi [6-9].

Pardozlash bosqichlaridan o‘tgan mato namunalarining sifat ko‘rsatkichlari 1-

jadvalda keltirilgan.


1-jadval

To‘qimachilik matolari sifat ko‘rsatkichlari

Matoning nomlanishi

Massa

oshishi, %

UOB,

grad.

Ishqalanish

sikllari soni

Oqartirilgan

-

112

14160

Ammiakning suvli eritmasida
ishlov berilgan

-

114

13820

Ammiakning suvli eritmasida
ishlov berilgan va appretlangan

6,9

157

16720


Tadqiqotlar davomida ammiakning suvli eritmasida ishlov berilgan paxta tolali

matoning umumiy ochilish burchagini dastlabki oqartirilgan matoga nisbatan 1,8 % ga,
ammiakning suvli eritmasida ishlov berilgan hamda yakuniy pardozdan o‘tgan
matoning umumiy ochilish burchagi esa 40% ga oshganligi, shuningdek matoni
ishqalanishga mustahkamligini 1-bosqichdagi ishlovdan so‘ng 2,4% ga pasaygan
bo‘lsada, ammiakni suvli eritmasida ishlov berilgan va yakuniy pardozlangan mato
namunasida uni 18,1% ga oshishi kuzatildi. Yakuniy pardoz berish natijasida mato
massasini 6,9% ga oshishi tola ustmolekular qurilmasining amorf sohasida hamda mato
yuzasida smola qatlami mavjudligidan dalolat beradi.

Ishlov berilgan mato namunalarining uzilish og‘irligi va cho‘zilish

ko‘rsatkichlari 1-rasmda keltirilgan. Tadqiqotlar davomida ammiakning suvli
eritmasida ishlov berilgan matoning uzilish og‘irligini dastlabki matoga nisbatan tanda
bo‘yicha 5%, arqoq bo‘yicha 11,2% pasayganini, ammiakli eritmada ishlovdan o‘tib,
so‘ng yakuniy pardoz berilgan matoda esa bu ko‘rsatkich tanda bo‘yicha 20,6%, arqoq
bo‘yicha 1,1% oshganini (1-rasm, a), shuningdek 1-bosqichdan o‘tgan matoning
uzilishdagi cho‘zilish ko‘rsatkichi dastlabki mato uzilishdagi cho‘zilishidan tanda
bo‘yicha 11,1%, arqoq bo‘yicha 19% ga pasayganini, yakuniy pardozlashdan so‘ng bu
ko‘rsatkich tanda bo‘yicha sezilarli darajada o‘zgarmagan holda, arqoq bo‘yicha 4,8%
ga pasayishi kuzatildi (1-rasm, b).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

10

ISSN:3030-3613

a b

1-rasm. Paxta tolali matoning uzilish og‘irligi (a) va uzilishdagi

cho‘zilishini (b) texnologik jarayonlar davomida o‘zgarishi:












Yakuniy

pardozning

1-bosqichidan

o‘tgan matoning fizik-mexanik

ko‘rsatkichlarida kuzatilgan pasayishni kapillyarligi yuqori bo‘lgan matoga
ammiakning suvli eritmasini tez va intensiv sorblanishi, ammiakdagi azot atomini
bo‘linmagan elektron jufti hisobiga sellyulozaning gidroksil guruhlari o‘rtasidagi
OH...O vodorod bog‘lanishlarni o‘rniga kuchliroq OH...N bog‘lanishlarni hosil qilishi
hamda matodan ammiakni yuvish orqali chiqarib tashlash vaqtida tolada yangi
amorflashgan ustmolekular qurilma shakllanishi bilan tushuntirish mumkin. Yakuniy
pardozning har ikki bosqichi bo‘yicha ishlov berilgan matoning fizik-mexanik
ko‘rsatkichlarini oshishini esa appretlash tarkibida ishqoriy muhit saqlanganligi va
bufer ishtirok etgani hamda yuqori haroratda kechadigan polikondensatsiya reaktsiyasi
davomida ATSF-smolasini nafaqat sellyuloza makromolekulalarini ko‘ndalang
ko‘priklar orqali bog‘lashga, balki tolaning amorflashgan ustmolekular qurilmasi
hamda mato yuzasida smola hosil qilishga sarflanishi bilan izohlash mumkin

.

Xulosa

Ammiakning suvli eritmasi ta’sirida amorflashtirilgan paxta tolali matoni ATSF-

smola asosidagi kompozitsion tarkib bilan appretlash va termik ishlov berish tola
makromolekulalarini o‘zaro ko‘ndalang bog‘lar orqali tikilishiga va natijada tola
qayishqoq-egiluvchan xossalarini yaxshilanishiga olib keldi. Taklif etilgan texnologik
ketma-ketlikni qo‘llash paxta tolali matoning umumiy ochilish burchagi, uzilishdagi
og‘irlik hamda ishqalanishga mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshishiga imkon berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Гарцева Л.А., Васильев В.В. Химическая технология текстильных
материалов: Текст лекций. – Рязань, филиал ИГТА: ИГТА, 2004. - 124 с.

2.

Mastura Raheel. Comportamento alla deformazione sotto sforzo dei tessuti
cotonieri modificate chemicamente. “Ind.Coton”, 1987, 40,10, 496-500.

0

100

200

300

400

500

1

2

3

U

zi

li

sh

k

uchi

,

N

Tanda

Arqoq

0

5

10

15

20

25

1

2

3

U

zi

li

shda

gi

cho'

zi

li

sh,

%

Tanda

Arqoq


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_6-to’plam_May-2025

11

ISSN:3030-3613

3.

Bredereck K., Bluher A.

Ammonia pretreatment and its effect on finishing

.

//Mellianu Textilber. -1991. -72,

1

6. –с. 446-454.

4.

Ruzica, Surina. Effect of preswelling and ultrasound treatment on the properties of
flax fibers crosslinked with polycarboxylic acids / Surina Ruzica, Andrassy Maja //
Textile Research J. - 2013. –83(1). – p. 66–75

5.

Г.Е. Кричевский. Химическая технология текстильных материалов. Том 3.
Заключительная отделка. М.: Легпромбытиздат, 2001. 298 с.

6.

Хасанова С.Х. Изучение влияния мерсеризации на физико-механические
свойства хлопчатобумажной ткани // Universum: технические науки:
электрон.

Научн.

Журн.

2024.

6(123

).

DOI

-

10.32743/UniTech.2024.123.6.17824

7.

Khasanova S.Kh., Nabieva I.A. Influence of various textile auxiliary substances on
wrnkle of cellulose-containing fabric. Uzbekistan Journal of Polymers, volume 2,
Special Issue 2, (2023), р. 116-121

8.

Khasanova S.Kh., Nabiyeva I.A. Acetone-Formaldehyde Resins Used For
Improvements In Crease Resistance of Cellulose. International Journal of Research,
volume 04 Issue 02 February 2017, p.149-157.

9.

Хасанова С.Х. Удлинение срока службы хлопчатобумажных тканей путем
повышения их износостойкости. Сбор. науч. трудов Республ. научно-прак.
конф. «Перспективы создания термореактивных олигомеров, утилизации
полимерных отходов, полифункциональных соединений и полимерных
материалов на их основе». Ташкент, 18-19 января, 2024 г.













Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Гарцева Л.А., Васильев В.В. Химическая технология текстильных

материалов: Текст лекций. – Рязань, филиал ИГТА: ИГТА, 2004. - 124 с.

Mastura Raheel. Comportamento alla deformazione sotto sforzo dei tessuti

cotonieri modificate chemicamente. “Ind.Coton”, 1987, 40,10, 496-500.

Bredereck K., Bluher A. Ammonia pretreatment and its effect on finishing.

//Mellianu Textilber. -1991. -72, 1 6. –с. 446-454.

Ruzica, Surina. Effect of preswelling and ultrasound treatment on the properties of

flax fibers crosslinked with polycarboxylic acids / Surina Ruzica, Andrassy Maja //

Textile Research J. - 2013. –83(1). – p. 66–75

Г.Е. Кричевский. Химическая технология текстильных материалов. Том 3.

Заключительная отделка. М.: Легпромбытиздат, 2001. 298 с.

Хасанова С.Х. Изучение влияния мерсеризации на физико-механические

свойства хлопчатобумажной ткани // Universum: технические науки:

электрон. Научн. Журн. 2024. 6(123). DOI -

32743/UniTech.2024.123.6.17824

Khasanova S.Kh., Nabieva I.A. Influence of various textile auxiliary substances on

wrnkle of cellulose-containing fabric. Uzbekistan Journal of Polymers, volume 2,

Special Issue 2, (2023), р. 116-121

Khasanova S.Kh., Nabiyeva I.A. Acetone-Formaldehyde Resins Used For

Improvements In Crease Resistance of Cellulose. International Journal of Research,

volume 04 Issue 02 February 2017, p.149-157.

Хасанова С.Х. Удлинение срока службы хлопчатобумажных тканей путем

повышения их износостойкости. Сбор. науч. трудов Республ. научно-прак.

конф. «Перспективы создания термореактивных олигомеров, утилизации

полимерных отходов, полифункциональных соединений и полимерных

материалов на их основе». Ташкент, 18-19 января, 2024 г.