THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
12
SH. XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA O‘ZBEK XALQI XARAKTERI
Hayitova Aziza Baxtiyor qizi
Termiz davlat universiteti
Oʻzbek filologiyasi fakulteti
Amaliy filologiya yoʻnalishi 3-kurs talabasi
azizahayitova@gmail.com
Tel:.+998 .93.163.72 .04
https://doi.org/10.5281/zenodo.15584039
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Sh. Xolmirzayev hikoyalarida o‘zbek
xalqining xaraketeri haqida ma'lumot berilgan. Hikoyalardan olingan xuloslar
o‘zbek millatining turmush tarzi, madaniyati, insoniylik tuyg‘ularini bilishga
xizmat qilgan.
Kalit so‘zlar:
Hikoyalar, xarakter, insonparvarlik, milliy qadriyat.
Annotation.
In this article, Sh. The stories of Kholmirzaev contain
information about the Uzbek mumor. Cash of stories served to know the way of
life, culture, culture of humanity.
Keywords
: stories, character, humanity, national value.
Аннотация.
В этой статье Sh. Истории Холмирзаева содержат
информацию о Узбекском мюморе. Денежные средства историй
послужили, чтобы знать образ жизни, культуры, культуры человечества.
Ключевые слова:
истории, характер, человечество, национальная
ценность.
O‘zbek xalq yozuvchisi Sh. Xolmirzayev asarlarida o‘zbek xalqining hayoti
aks ettirilib, yozuvchining mahorati, ijod mahsuli natijasida kitobxonlar uchun
insonlarning "oq va qora" kunlari haqida bayon qilinadi. Qiyin kunlarda insonlar
matonati, mehmomdo‘stligi hayotiy voqealar asosida tasvirlanadi. Shukur
Xolmirzayev zamonaviy o‘zbek nasrining zabardast vakillaridan biridir. U
adabiyot maydoniga 1950-yillarning oxirida kirib kelgan. Dastlabki asarlaridan
boshlab hayotning o‘ziga yaqin va tanish jihatlarini qalamga olgan, tasvirda
samimiylikka intilgan, qahramonlar ruhiy olami tahliliga alohida e’tibor bergan.
Manba https://tafakkur.net/shukur-xolmirzayev.haqidaAdib hikoyalarida
berilgan voqealar rivojidan namunalarva xulosalar:
1. "O‘zbekning soddasi" hikoyasi "Polvon bobo" nomli shaxs haqida so‘z
boradi. Juda sodda, nima bo‘lsa ham "E" deb ketaveradigan o‘zbekning odami,
savodi yaxshi bo‘lmaganligi sababli uning ko‘p "moli"ni yeb ketadiganlar
topiladi. Ayoli qancha gapirsa ham "E" bilan tugaydi. Bolasi 2-sinfda o‘qigan
paytlarida savodi yaxshi bo‘lganligi sababli otasiga yordam beradi. Lekin
soddaligi tufayli uning nomiga pul olgan deb yozadi. Bunga ham "E" deydi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
13
O‘zbek odamining bu kabi kundalik ishlarda bo‘ladigan muommolarga e'tibor
bermasligi ori kuchli ekanligidan dalolat beradi.
2. "O‘zbeklar" hikoyasi paxta terimi bilan bog‘liq jarayonda o‘zbeklarning
xarakteri ochib berilgan bo‘lib, yozuvchi o‘zining endi talaba bo‘lgan paytidan
so‘zlaydi. U hikoyasini bevosita kitobxonga so‘zlab boradi. Hikoyadan
ma'lumki, yozuvchi tabiati sofdil, beg‘ubor, birovning haqini yemaydigan,
jonkuyar bola bo‘lgan. U Bo‘ka tomonlarga paxta terish uchun kursdoshlari
bilan birga boradi. U faqirona o‘zbek hayotini, yashash sharoitini, o‘zbeklardagi
tantilikni, soddalikni, mehmondo‘stlikni so‘zlab beradi. Ayniqsa, mehmondo‘st,
hammani o‘zidek ko‘radigan Botir cho‘pon oilasini juda xurmat qiladi. Ularga
imkon qadar og‘irligini tushirmaslikka harakat qiladi. O‘rmon aka, Azimjon,
Mirzag‘olibdek insonlar faqat o‘z foydasini, birovning ahvoli bilan ishi
bo‘lmaydigan insonlardan edi. Ular mehr ko‘rsatgan oilaning noniga xiyonat
qiladi (O‘rmon akalarning guruhi ularning yo‘qolgan qo‘yini yashirincha yeydi).
Bolakay kasal bo‘lganida bu oila qo‘ldan kelgancha yordam beradi... Har kuni
bolalarni uyiga mehmon qiladigan oila edi. Kambag‘alligini yashirib, borini ham
mehmonlarga berardi. Hikoya so‘ngida Botir aka, uning ayoli barcha bilan
xayrlashib, bola bilan xayrlashmaydi. Ularning nazdida bola ularni "pisand
qilmagan". Hikoyada bola Botir cho‘pon oilasiga og‘irligi tushmasligi uchun
uyiga bormaydi. Ularning yashash tarzi hammaga ma'lum edi...
3. "Tabassum" hikoyasi Jalil boboning o‘lim yoqasiga yaqinlashib qolganlik
paytlarida Sadaf nevarasining Mo‘min boboning nevarasiga unashtirilishi Jalil
boboga yoqmaganligi, ya'ni Mo‘minning martaba uchun harbiy topshiriqda
nomardlik qilganligi, Jalilni majburlagani uchun ont ichdirganligi tufayli
Mo‘minni yomon ko‘rar edi. Nevarasining unashtirilishiga qarshi edi, lekin
qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Nevarasini Mo‘min bobo oilasiga kelin bo‘lishini
xohlamasdi, u o‘limini tezlatish orqali to‘yni qoldirishga urindi va niyatiga yetdi.
Xulosa. O‘zbek xarakteri: Insoniylikning eng oliy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib,
jonini qurbon qilishi va vadasida turganligi, hech kimga aytmaganligi tahsinga
sazovordi.
4. "Sog'inch" hikoyasi Azim ismli yigit bolaligidan ta'sirchan, ko‘ngli bo‘sh
bo‘lib ulg‘ayadi. Katta bo‘lib shaharda ishlab qolgach, uni ko‘ngli ham shahar
sharoitiga moslashib, mehrsiz bo‘lib qoladi. U bilan birga katta bo‘lgan Ismatjon
bilan doim iliq munosabatda bo‘ladi. Birga ovlarga borishadi. Har shahardan
kelganida Ismat bola bilan birga ovga ketadi. Ismat ovdagi barcha ulushni
Azimga beradi. Unga nisbatan juda mehribon bo‘ladi. Lekin Azimning
munosabati shaharga borgach unitiladi. Bir safar Azim dam olishni boshqa joyga
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
14
oilasi bilan ketgach, bir yil qishloqqa borolmaydi. Bir safar Azimga maktub
keladi. U Ismatdan bo‘lib, u Ismatni ko‘rganida. Qishloqda uni faqat Ismat
bog‘lab turganini va qishloqning sog‘inchi aynan Ismatligini anglab yetadi...
5. "Olma yemadim" hikoyasi 4 ta o‘rtoqning sayohati tasvirlangan. Yo‘lda
bir qishloqdan o‘tyotganida g‘arq pishgan olmalarni ko‘radi, qishloq aholisi bu
yerni tark etgan, kimsasiz, haroba joy edi. Egasi yo‘qligi uchun olmalarni
olmoqchi bo‘ladi va xaltalariga ham solib olishadi, bir sherigi, ya'ni hikoya qilib
beruvchi shaxs olmani olish o‘g‘irlik sanalishini aytib, bog‘ga bormaydi, yo‘lini
davom ettirgach, boshqa do‘sti "qitmirligi tutib", suvsiz joydan yo'l boshlaydi,
maqsadi do‘stiga olmani yedirtish edi. Chanqagan do‘sti eng yaqin do‘stidan
olma olib, og‘ziga tishlaganida kuzatib turgan do‘stlari ana yeding deb kulishadi,
yigit olmani tuflab, yerga otib yuboradi. Olma yemadim deydi...Yozuvchi xulosa
qilib aytadiki, inson baribir to‘g‘ri yasholmas ekan deb, qaysidir o‘rinda xato
qiladi.... Ikkinchi tomondan olmalar to‘kilib yotibdi, uni hech kim olmasa, chirib
ketgandan ko‘ra odamzod yesa, foydalansa yaxshimasmi, bu Alloh bergan ne'mat
bo‘lsa, ekkan odamga savob emas bo‘ladi.
6. "Qadimda bo‘lgan ekan...". Hikoyada ayrim o‘zbek xonadonlarida
bo‘ladigan holat tasvirlangan. O‘sar o‘z momosidan bezgan, tilidan har kun
so‘kish, zahar tomadigan odam. Uning bu holatga kelishiga kundalik turmush,
yo‘qchilik, hayot tashvishlari sabab bo‘lgan deyishimiz mumkin. Xotiniga ham
qo‘pol muomala qilishi, erkaklik ori yo‘qolib ketganligi (momosining ortiqchalik
qilishi) kabilar uning pastkashligini korsatar balki, menimcha u o‘zi nima
qilyotganini bilmaydi, ichida ikkita odam yashayotgandek. "Qadimda bo‘lgan
ekan..." Hojar (O‘sarning ayoli) insoniylik tuyg‘usi bor, zotan kelin bo‘lsa-da
nevarasidan ko‘ra momosiga yaxshilik tilardi. O‘sarning onasi tashlab ketgan
bo‘lsa ham momosi hayotini nevaralariga bag‘ishladi. Lekin yaxshilikka javob,
odamzod yaxshilikni bilmaydi. Hikoyada momo topildi, lekin bo‘lar ish bo‘ldi,
odamning xarakteri bilindi, balki hayot charxpalagi aylanib, O‘sarga ham
qaytarishi mumkin.
7. "Ustoz" hikoyasi. Ustoz yordam berishga doim shay, shogirdlarning
ijodini so‘ndirmaslikka harakat qiladi. Hikoyada hikoya qilinuvchi bola juda
talantli, cho‘rtkesar edi. Buni hikoyachi ham hikoya boshida e'tirof etadi.
Yetimxonada ulg‘ayib, hech kimi yo‘q bo‘lib, suyangani faqat shu ustozi bor edi.
Hikoyasini nashriyotga olib boradi, lekin siyosatga aralashgani uchun
chiqartirilmaydi. Bola kasal bo‘lib qoladi, ustozi qo‘ldan kelgancha yordam
beradi, lekin o‘zi ham isitmalab qolgach, 4 kunlab bolaning oldiga borolmaydi.
Shifokorga ishonib, kech borgach, bola morgda yotgan bo‘ladi....Xulosa. Ustoz
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
15
yoshlarning ishini qo‘llab-quvvatlaydigan, ularga moddiy, ma'naviy yordam
berishdan tolmaydigan shaxsdir.
8. "Sayr" hikoyasi Jo‘raning oilaviy bo‘lib, o‘rtoqlari bilan tog‘ga sayr qilish
jarayonida onasining kuzatib qo‘yishi, unga mehribonligi, keliniga ehtiyotkor
bo‘lishi uchun maslahatlar berishi tasvirlangan. Ona mehribon zot, hech kim
onachalik bolasiga bo‘lgan mehrni tuymaydi, hikoyada ona bolasining atrofida
girdikabalak bo‘ladi, onaning ko‘ngli bilan bolaning ishi yo‘q, men ham boray
sayrga desa, avval xo‘p deb, keyin bahona, xullas, o‘zicha maza qilib aylanishiga
halaqit beradiganday tuyiladi... Ona baribir bolasining yonini olgandek, o‘zini
ovutadi... Hikoyada onaning ko‘ngli bilan ishi yo‘q bola tasvirlangan. "Onaning
ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada" deyilgan kabi o‘zbek onalarining
farzandiga mehribonligi, farzandlarning ayrimlari onasiga e'tiborsizligi berilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, adib o‘zbek xalqi hayotida uchraydigan
voqealar asosida ularning xarakterini ko‘rsatib bergan. "O‘zbekning soddasi"
hikoyasida erkak kishining oriyati haqida "O‘zbeklar" hikoyasida insonlarning
mehmondo‘stligi, g‘amxo‘rligi, ayrim shaxslarning tubanligi haqida "Tabassum"
hikoyasi orqali insonning jonini berishga ham tayyorligi, vadasida turishi,
ayrimlarning g‘ururini sotishi kabilar "Sog'inch" hikoyasida do‘stlarning bir-
biriga mehri tushganligi, ularni bog‘lovchi narsa ularning do‘stligi ekanligi,
"Olma yemadim" hikoyasi insonning halolligini sinovchi voqealar
tasvirlanganligi, "Qadimda bo‘lgan ekan..." hikoyasi inson qariganidan so‘ng hech
kimga kerak bo‘lmay qolishi haqida "Ustoz" hikoyasi ilm yo‘lida yurgan
yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi, ularga moddiy tomondan yordam berishga
tayyor ustoz haqida "Sayr" hikoyasida o‘zbek onalarining mehribonligi,
farzandlarning bemehrligi tasvirlangan. Hikoyalarda o‘zbek turmush-tarzida
bo‘ladigan voqealar tasvirlanib, ularda o‘zbek xalqi xarakteri orqali milliy
qadriyatlar, insoniylik tuyg‘ulari ko‘rsatib berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh. Xolmirayev "Olis yuldizlar ostida" Hikoyalar va ocherklar. Toshkent. "Yosh
gvardiya" nashriyoti. 1971.
2. Sh. Xolmirayev "Hayot abadiy" Hikoyalar. Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san'at nashriyoti. 1974.
3. Sh. Xolmirayev " Og‘ir tosh ko‘chsa..." Hikoyalar va qissalar. Toshkent. "Yosh
gvardiya" nashriyoti. 1980.
4. https://tafakkur.net
