THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
86
POLITEXNIKUM O‘QUVCHILARIGA ONA TILI DARSLARIDA
YUKLAMALARNING O`QITILISHI
Chintosheva Feruza Alimovna
Toshkent tumani 2 son politexnikumi
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15745959
Annotatsiya.
Bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshirish haqida juda
ko’p qaror va farmonlar chiqarildi. Bundan ko’zlangan maqsad pedagogik ta’lim
sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik
texnologiyalarni qo’llash orqali bilimli, ma’naviyati yuksak, mamlakatimiz
ravnaqiga hissa qo’sha oladigan yosh avlodni yetkazib berishdir. Buning uchun
ta’lim sohasiga ilg’or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, davlatimiz
tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish har bir o`ituvchining
pedagogik burchidir. Mazkur maqolada Politexnikumlarda ona tili darslarida
oʻquvchilarga yuklamalarni oʻqitilishi haqida soʻz boradi.
Kalit so‘zlar:
yuklama, ta’lim, metod, dars rejasi, modul, amaliy mashg‘ulot,
ko‘nikma.
Bugungi kunda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham
ta’limning sifat samaradorligini ko’tarish bo’yicha tubdan islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu esa jamiyatimiz turmush darajasini yangilashga, davlatimiz
kelajagini buyuklashtirishga, millat nomini abadiylashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada “Ona tili darslarida yuklamalarning o’qitilishi” mavzusida
yozilgan bo’lib, maktab ta’limida mazkur mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish
usullari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yoritilib, bunda:
1) yuklamalarning turlari haqida ma’lumot;
2) yuklamalarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish haqida so’z
yuritiladi;
Yuklamalar yordamchi so’zlar bo’lib, ularning oltita turi mavjud. Ammo turli
adabiyotlarda ular haqida turlicha ma’lumotlar berilgan. Mana shunday har
xilliklarga oydinlik kiritish va eng to’g’ri bilimlarni yetkazish har bir pedagog
uchun dolzarb mavzudir.
Asosiy qism
Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga
qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil
boʻladi: Yuklama qoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi,
da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham).
Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan
maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
87
Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni
oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga
tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini
qoʻshish uchun ishlatiladi. Masalan: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim
boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib,
ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Masalan: U faqat oʻsha
voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador
boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Masalan: Oʻgʻli
otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi
maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi.
Yuklama va uning turlari haqida to’liq bilim va malakalar berish va ularni
nutqda, balki ijodiy ishlarda qo’llay olish ko’nikmalarini hosil qilish mavzuning
asosiy vazifasidir.
“Dunyo shiddat bilan o’zgarib barqarorlik va xalqlarning mustahkam
rivojlanishiga rahna soladigan Turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga , axloqiy tarbiya, oshlarning bilim olish,
kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.”
(Sh.Mirziyoyev)
Yordamchi so’z turkumlari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning uch
turi mavjud : bog’lovchi, ko’makchi va yuklama.
Yuklama o’zi nima, u qanday so’z turkumi, ularning gapdagi vazifasi
nimadan iborat? Tuzilishiga, ma’nosiga va qo’llanishiga ko’ra qanday turlari
mavjud?
Yuklama so’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid, ayiruv-chegaralash, gumon,
o’xshatish, inkor ma’nolarini yuklovchi so’z va qo’shimchalardir.
Ularga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go’yo, go’yoki, naq, hech, sira,
nahotki, na…na so’zlari;
2)-mi,-chi, -a, (-ya), -ku, -u (-yu),-da, -oq (-yoq), -gina (-kina, -qina ), -dir
kabi qo’shimchalar kiradi. Ularning birinchi guruhi so’z yuklamalar, ikkinchi
guruhi qo’shimcha yuklamalar hisoblanadi.
Yuklamalar ma’nosiga ko’ra olti turga bo’linadi:
1.So’roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a (-ya).
2.Kuchaytiruv - ta’kid yuklamalari: hatto, -ki, ham, nahotki, axir, g’irt, -u (-
yu), -da, oq (-yoq).
3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari: faqat, atigi, -gina (-kina, -qina).
4.O’xshatish-qiyoslash yuklamalari: go’yo, go’yoki, xuddi,naq.
5.Gumon yuklamasi: -dir.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
88
6.Inkor yuklamalari: hech, sira, na…na.
Yuklamalar sof va vazifadosh bo’ladi: -u (-yu), -da yuklamalari o’rnida va
bog’lovchisini ishlatish mumkin.
Ham yuklamasini -da yuklamasi o’rnida ishlatish mumkin.
Yuklamalar ichida gumon va inkor yuklamalari murakkabroq bo’lib,
o’quvchilar ularni ajratishga qiynaladilar. Gap mazmuniga gumon ma’nosini
yuklovchi -dir qo’shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama -man, -
san qo’shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo’shimchasi -dir bilan
shakldoshdir, -dir yuklamasi urg’u olmaydi.
Suv hayot manbaidir. Bu gapda -dir qo’shimchasi kesimlik qo’shimchasi
bo’lib, gumon ma’nosini ifodalamaydi.
Ukam manzilga yetib olgandir. Uyga borayin-chi , onam kelgandir. Ushbu
gaplarda esa –dir gumon ma’nosini ifodalovchi yuklamadir.Bu yuklama fe`ldan
boshqa so`z turkumlariga qo`shilganda ko`proq kesimlik qo`shimchasi vazifasida
keladi. Ayrim holatlardagina gumon ma`nosini ifodalashi mumkin. Masalan:
O’sha kelgan mening onamdir. Endi bunga balki modal so’zini qo’shsak gumon
ma’nosi kuchayadi: Balki, o’sha kelgan mening onamdir. Bu gaplardagi gumon
ma`nosi ko`proq kontekstda aniqlanadi. Ohangni o`zgartirish orqali ham gumon
ma`nosini berish mumkin.
Inkor yuklamasi so’z yoki gapga inkor ma’nosini yuklaydi. Inkor
yuklamalariga also, sira, hech, na…na kabilar kiradi.
Yuklamalarni o’quvchilarga ongli va qiziqarli tushuntirish, albatta,
o’qituvchidan bilim va mahorat talab etadi. Dars jarayoni qiziqarli hamda
tushunarli bo’lishi uchun ba’zi usullarni qo’llab ko’rishimiz mumkin.
Yuklamalarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish.
Bu mavzuni “Gumon va inkor yuklamalari” uchun ajratilgan dars davomida
yana ham yaxshiroq yoritishimiz mumkin Avvalo, o’quvchilardan o’tilgan
mavzuni so’rab, topshiriqlarni bajarganliklarini bilib olamiz va qay darajada
o’zlashtirganliklarini tekshirish uchun o’tilgan mavzu yuzasidan yuklamalar
qatnashgan bir necha gaplarni havola qilamiz. O’quvchilar gaplardagi
yuklamalarni topadilar. Shundan so’ng o’quvchilar diqqatini doskaga qaratamiz.
Doskaga mushuk tasvirini chizish orqali bolalarga “Chol bilan kampir” ertagini
ijod qilamiz. Bolalar ertakdagi yuklamalarni topishlari kerak. Mana shu tartibda
bolalar ham biror tasvirni yaratish asosida yuklamalarni qatnashtirib ertak yoki
hikoya tuzadilar va bu bilan bollalarni ijodkorlikka o`rgatamiz.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
89
Keyingi bosqich yangi mavzuni tushuntirishdir. Inkor va gumon
yuklamalarini tushuntirmasdan oldin ushbu yuklamalar qatnashgan gaplardan
namunalar beramiz.
1.Mening onam o’qituvchidir.
2.Ular sizni yo’qlab kelishgandir.
3.U na o’qidi, na yozdi.
4.Na ishga bormadi, na uyga qaytmadi.
Birinchi gapda -dir yuklama emas, kesimlik qo’shimchasidir. Ikkinchi gapda
esa -dir gumon yuklamasidir. Uchinchi gapda na…na inkor yuklamasi emas,
to’rtinchi gapda esa inkor yuklamasidir. Oquvchilar ancha tushunchaga ega
bo’lishgach, ularga A.Oripovning “Alisherning onasi” she’rini havola qilamiz, ular
she’rdagi yuklamalarni topib daftarlariga yozadilar. O`quvchilar bu she`rdagi
ham, -dir yuklamalarini topadilar. She`rdagi balki modal so`z gumon ma`nosini
kuchaytirayotganligi o`qituvchi tomonidan izohlab o`tiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Yuklamalarni o’quvchilar nutqida to’g’ri
qo’llay olishga o’rgatish, ularning bir-biridan farqini ajrata olishga, ayniqsa,
boshqa yordamchi so’zlardan farqini anglay bilishga o’rgatish va o’quvchilarni
komil inson sifatida shakllantirish asosiy maqsaddir.
Foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxati:
1. N.Mahmudov, (A.Nurmonov), A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo'raboyeva. 5-sinf Ona
tili. Toshkent-2015.
2. N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva. 6-sinf. Ona tili. Toshkent-
2013.
3. O'zbek milliy ensiklopediyasi. T.:2010
4. Muslimov N.A. va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. O‘quv metodik
qo‘llanma. – T.: “Sano-standart”, 2015. – 208 b