Авторы

  • Munira Shodmonova
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.113267

Аннотация

Globallashuv davrida ta'lim jarayoniga an'anaviy tushunchalar qatorida masofaviy ta'lim tushunchasining kirib kelishi ta'lim tizimi takomillashuvini, ya'ni texnika asrining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi kuchga aylanmoqda.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

48

GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA ONA TILI VA ADABIYOT

O‘QITUVCHISI MAS'ULIYATI: MA'NAVIYAT, INTELLEKT VA

TARAQQIYOT

Shodmonova Munira Burxonovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi dotsenti, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.15727012

Yoshlikning epchillik va bardoshliligini faoliyatning shunday sohasini

izlashga ishlatish kerakki, bu faoliyat yetarlicha ichki mazmunga va yetarlicha
real qimmatga ega bo‘lib, senga butun hayoting davomida tanlagan yo‘nalishing
bo‘yicha unumli ishlash imkonini ta'minlasin.

Norbert Viner.

Globallashuv davrida ta'lim jarayoniga an'anaviy tushunchalar qatorida

masofaviy ta'lim tushunchasining kirib kelishi ta'lim tizimi takomillashuvini,
ya'ni texnika asrining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi kuchga
aylanmoqda.

Masofaviy ta'lim o‘zi nima? Uning qanday ijobiy va salbiy tomonlari bor?

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida, xususan, ona tili va adabiyot
o‘qituvchilarining malakasini oshirishda undan foydalanish zarurati bormi?
Masofaviy ta'limni tashkil qilish uchun nima kerak? Darhaqiqat, undan uzluksiz
ta'lim tizimida qanday foydalanish mumkin, uning qanday shakl va modellari
mavjudligi soha mutaxassislarini qiziqtirishi tabiiy.

Avvalo, o‘quv muassasalarining texnik ta'minoti keskin o‘zgarishi, dunyoviy

axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan
foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari vositalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o‘qitish
usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli – masofaviy o‘qitishning
vujudga kelishiga omil bo‘ldi. Masofaviy o‘qitish barcha ta'lim olish istagi
bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Shunday ekan,
masofaviy o‘qitish – o‘zaro ma'lum bir masofada internet texnologiyasi yoki
boshqa interaktiv usullar va barcha o‘quv jarayonlari komponentlari – maqsad,
mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullariga asoslangan o‘qituvchi va
tinglovchi o‘rtasidagi munosabat.

Hozirgi kunda masofaviy ta'lim AQShda mukammal shakllangan bo‘lib,

uning vujudga kelishi 1970-yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy
ta'lim sohasida o‘quv muassasalari yakka holda faoliyat olib borgan. 1980-
yillarda yo‘ldosh teleko‘rsatuvlar rivojlanib borishi bilan bu o‘quv kurslari ustida


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

49

bir necha o‘quv muassasalari hamkorlikda ish olib bordi. Global kompyuter
tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga,
shu jumladan, ta'lim olish sohasiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Shu tufayli ayni
damdagi masofaviy ta'lim zamonaviy axborot kommunikatsiyalar, jumladan,
internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda olib borishga
asoslanadi.

Masofaviy o‘qitish tizimi – masofaviy o‘qitish shartlari asosida tashkil

etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta'lim tizimlari singari masofaviy o‘qitish tizimi
o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga
ega.

Masofaviy o‘qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o‘qitish

konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta'limning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini
ta'minlovchi o‘qitish metodi va uslublar majmuasi.

Ma'lumki, masofadan o‘qitish birqancha qulayliklarga ega. Uning

qulayliklaridan biri shundaki, unda ta'lim oluvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki,
ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu qulayliklari tufayli bu uslub
dunyoda keng tarqalgan. Masofadan turib o‘qitish uslubining tafsiloti, uning
ta'limdagi ijodiylik, mustaqil o‘rganish imkoniyati, ilm olish uchun vaqtni
taqsimlashdagi erkinlik kabi ko‘plab afzalliklari mamlakatimizdagi yirik
olimlarning pedagogik izlanishlarida aks ettirilgan, risolalarida keng
yoritilganini e'tirof etish joiz.

Begimqulov masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an'anaviy va innovatsion

metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi
ta'lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan
ta'lim formasi ekanligi, u ta'lim oluvchiga ma'lum standartlar va ta'lim qonun-
qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta'minlab,
o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizim
ekanligini qayd etadi. Bunda o‘qish jarayoni ta'lim oluvchining qaysi vaqtda va
qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.

Muslimov masofadan o‘qitishni talabalarning mustaqil bilim olish

tamoyiliga va o‘rganiladigan asosiy o‘quv materiallarini ta'lim oluvchiga
yetkazishni ta'minlovchi axborot texnologiyalari majmuiga tayanilgan yangi
ta'lim jarayoni tuzilmasi sifatida ta'riflaydi.

1

Rossiyalik olimlar masofadan o‘qitish – bu ta'lim olish shakllaridan biri

bo‘lib, ta'lim jarayonida kompyuterlar va telekommunikatsion texnologiyalarga

1

Муслимов Н. Подходў к решению проблемў создания портала Дистанционного обучения. ғғКасб-ҳунар

таълими. -2003. №2. Б.27-29.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

50

asoslangan holda o‘qitishning eng yaxshi an'anaviy va innovatsion usullari,
vositalari va shakllaridan foydalanishdir

2

deya ta'riflashadi.

D.Faber ta'lim shaklining samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan shu

yo‘nalishdagi 248ta ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil etib, bu ishlar
kompetentlikni o‘zgartirish haqidagi savolga javob bermaydi va binobarin,
masofadan o‘qitish va ta'lim jarayonining sinf xonasidan ekranga ko‘chirilishi
zarurati bilan bog‘liq holda yangi interfaol texnologiyalarni qo‘llashning
ijobiyligini asoslay olmaydi

3

, – degan xulosaga kelgan.

D.Karnevel ham masofadan o‘qitish muammolariga bag‘ishlangan

«Teleta'lim – 99» anjumani ishlari natijalarini umumlashtirib o‘qitishning
an'anaviy va onlayn usullari elementlarini birlashtirish ta'lim oluvchilarni
o‘qitish sifatini oshirishga imkon berishini, ya'ni sof an'anaviy yoki sof onlayn
usulda o‘qitishga qaraganda aynan «aralash» ta'limning samarali ekanligini
ta'kidlaydi.

4

Masofadan o‘qitish asosida ta'lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan

aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart
emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf-xarajat
qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning
yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin.

Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda

qo‘llaniladigan masofadan o‘qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar yashash
manzilidan qat'iy nazar jahondagi ixtiyoriy ta'lim muassasalaridagi professor-
o‘qituvchilarning salohiyatidan foydalangan holda ta'lim sifatini oshirish,
tinglovchilarga uzluksiz ta'lim olishini va ta'limning turli shakllarini bir-biriga
yaqinlashtirishdan iborat. Masofadan o‘qitishning, an'anaviy ta'limga qaraganda,
bir qator ilg‘or yo‘nalishlari mavjudligi aniq fanlar sohasi mutaxassislari
tomonidan ko‘proq ta'kidlanadi. Masofadan o‘qitishda interfaol uslublardagi
kabi ta'lim jarayonining markazida tinglovchi turadi. Tinglovchilar bu jarayonda
o‘qituvchilar yoki tyutorlar bilan bilvosita muloqotda bo‘ladilar.

Ammo, ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilarini masofadan o‘qitishda

o‘qituvchi bilan tinglovchining orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi
ham ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi. Uning ijobiy tomonlari bo‘lishiga

2

Монахов Н.В. Эволюция дистанционного образования. ғғ Информационнўе технологии. – 2003. №2. С. 90.

3

Farber Yғ The third circle: on education and distance learningғ ғғ Sociologial perspectivesғ Beverly Hillsғ 1998. V.41.

№4. Б. 797-814.

4

Carnevale D. Distance education can bolster the bottom line a professor argues. ғғ The chronicle of higher education.

N.Y. 1999. October 22. V.XLVI.№9. Б.60.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

51

qaramasdan, uni ta'limning an'anaviy shakli bilan «tengma-teng» taqqoslash
juda qiyin.

E.Leyrd fikricha, masofadan o‘qitishda insoniy kasbiy muammo yolg‘izlik

hissi, o‘zini kibernetik muhitning asirasi yoki tutqini sifatida his etish
hisoblanadi.

5

Xususan, estetik zavq hissi bilan oshno, badiiy tafakkur charxi

bo‘lgan so‘z va muloqotga «tashna» ona tili va adabiyot o‘qituvchilari malakasini
oshirish jarayonida bunday «tutqin»likdan xalos etish, metodik ko‘makning
«qalbga ta'sir eta oluvchi vositalari»dan foydalanish zarurati seziladi.

Masalan, muammoli o‘qitish jarayonini tashkil etishda ma'lum qiyinchiliklar

paydo bo‘ladi. Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli
o‘qitishni tashkil etishda muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish
mumkin. Ammo, bu bilan muammoni to‘la hal etib bo‘lmaydi. Ushbu muammoni
hal etish uchun qo‘shimcha o‘quv materiallarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi.
Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil
qiluvchi ko‘rsatmalar bo‘lishi maqsadga muvofiq.

O‘quv-uslubiy materiallarining mazmuni va dizayni masofadan o‘qitish

sifatining eng asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Masofadan o‘qitish bu mustaqil ish demakdir. Mustaqil ish har bir insonning

mustaqil fikrlash, holatini baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki, masofaviy o‘qitish jarayonida
tinglovchining Internetda ishlash malakasi yetarli bo‘lishi darkor. Kompyuter va
Internet tarmog‘ida ishlash malakasi yuqori bo‘lgan har bir tinglovchi ham u
yerda yozilgan yoki ko‘rsatilagn ma'lumotni to‘laligicha tushunishi oson emas.
Shuning uchun Internet tarmog‘ida yaratilayotgan material ommabop bo‘lishi,
ya'ni hammaga birdek tushunarli bo‘lmog‘i maqsadga muvofiqdir.

Ma'lumki, ona tili va adabiyot fani mantiqiy fikrlash, uni rivojlantirish, tahlil

qilish va taqqoslashni talab etadigan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Tan olish
kerakki, hozirgi vaqtda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tobora
susayib, ularni kompyuter va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘proq o‘ziga jalb
etmoqda. Shu sababli ham fan o‘qituvchisi hozirgi vaqtdagi zamonaviy texnika
vositalari va texnologiyalari shuningdek, internet tarmog‘ida joylashtirilgan
manbalardan ham foydalana bilishi lozim.

Internet tarmog‘ida joylashtirilgan fanga oid manbalar, elektron darsliklar,

elektron o‘quv majmualar, qo‘llanmalar, namoyishli tajribalar ona tili va
adabiyot fanining mazmuni va mohiyatiga diqqatni jalb etgan holda ko‘p
hajmdagi ma'lumotlarni qarab chiqish va ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarni

5

Laird E. Distanse – learning instructors. ғғ The chronicle of higher education. 1999. V.XLV.№38. may 28. Б.6.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

52

bajarish qulayligiga ega bo‘lib, o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rish uchun ham imkoniyat
yaratadi. Bu esa tajribali o‘qituvchi vazifasini, cheklanmagan tushuntirishlarni,
sanoqsiz takrorlashlarni, eslatishlarni taqdim etgan holda bajaradi. Bu vositalar
yordamida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi ta'lim oluvchining intelektul
salohiyati, ijodiy mahorati va xar xil axborot manbalari bilan ishlash kabi
sifatlarini rivojlantirib o‘quv maqsadlariga samarali erishishni ta'minlaydi.
Undan masofadan o‘qitish uchun ham foydali va samarali foydalanish mumkin.
Chunki o‘qituvchilarning masofadan o‘qitish orqali malakasini oshirish
jarayonida tyutor tinglovchi bilan «jonli muloqot»da bo‘la olmasligini hisobga
olsak, bu kabi berilayotgan elektron manbalardan foydalanishga yo‘naltirib
borish o‘qituvchining o‘z faoliyati sohasida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishiga
yordam beradi.