THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
40
ZAMONAVIY HUNARMANDCHILIK
N.Egamberdiyeva
tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15726765
Zamonaviy badiiy hunarmandchilikning ko‘plab turlari miniatyura san’ati
bilan uyg‘un tarzda yaratilmoqda. Masalan yog‘och o‘ymakorlik buyumlari
sanalgan kichik shkatulkalar.turli xajmdagi laganlar xattoki devoriy bezak
ko‘rinishlarida ham miniatyuraviy tasvirlarni uchratamiz. Ushbu tasvirlarda
asosan chordana qurib o‘tirgan shoiru-olimlar, karvon, diniy obidalar
ko‘rinishidagi mavzular ustunlik qiladi.
Umuman olganda, ushbu ikki badiiy hunarmandchilik ob’ektlarida amaliy
san’at buyumlarining yasash hamda ularni bozor iqtisodiyoti talabidan kelib
chiqqan xolda sotish ishlari avj olgan. Bugungi kundagi, bozor iqtisodiyotining
amaliy san’at buyumlariga salbiy ta’siri achinarli. Deyarli barcha
hunarmandlarning ijodiy ishlarida an’anaviy maktab naqshu nigorlaridan ko‘ra
ko‘proq bir buyumning boshqa bir buyum unsurlari bilan qorishib ketganiga
guvoh bo‘lamiz. Tabiiyki bu xolat yaratilayotgan amaliy san’at buyumining
badiiy xususiyatini kamaytirib qo‘ymoqda. Yog‘och o‘ymakorlik va kashtachilik
buyumlarida miniatyuraning qorishuvi, naqqoshlik va miniatyura uyg‘unligi aks
ettirilgan buyumlar va shu kabi ko‘plab yangiliklarni yaratish ommalashib
bormoqda. Ushbu turdagi zamonaviylik quvonarli albatta, biroq necha asrlardan
buyon an’anaga aylanib kelayotgan asl san’at namunalaridagi o‘ziga xoslikni
saqlab qolish va uni qayta tiklash muammosi bugungi kun amaliy san’at ustalari
oldidagi muhim masalalardan biri deb hisoblash lozim. Yaratilayotgan badiiy
hunarmandchilik buyumlarining saviyasiga alohida e’tibor qaratish shu bilan
birgalikda, ijodiy ishlarning badiiylik xususiyatini saqlab qolish muammosi
dolzarbdir. Zamonaviy Toshkent badiiy hunarmandlarining ba’zilari
yaratayotgan bugungi kundagi amaliy san’at buyumlari san’at dunyosidagi
ekologiyani biroz buzib qo‘ymoqda. Asl an’analar nisbatan bo‘lsada saqlanishi
tarafdorimiz.Zero, o‘tmish an’analari avlodlarni bog‘lovchi ko‘rinmas rishtadir.
Madaniy meros hamda xalq badiiy hunarmandchiligini omonat bilib, uni asrab
avaylash salohiyati jamiyatning taraqqiy etganlik darajasi hamda axloqiy
barqarorligi mezoni sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi
tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi va
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining “Xorijiy mamlakatlarda
o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun
hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
41
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori hunarmandlarni
xorijga chiqish ishtiyoqlarini yanada oshirdi va hozirda har yili yuzlab
hunarmandlar o‘nlab xalqaro festivallarda erkin qatnashib kelmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Xalqaro
hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5841-sonli farmoni bilan har ikki yilda bir marta sentabr oyida Qo‘qon
shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish asoslari belgilab berildi.
Hozirgi vaqtda hunarmandchilik san’ati xalqimiz kundalik hayotidan tobora
mustahkam o‘rin egallamoqda. Mamlakatimizda har yili mazkur yo‘nalishda
yuzdan ziyod festival va yarmarkalar, savdo ko‘rgazmalari va boshqa tadbirlar
o‘tkazilayotgani ham shundan dalolat beradi.
Keyingi yillarda xalqaro festivallar, ko‘gazmalar o‘tkazish hunarmandlar
faoliyatida muhim o‘rin tutmoqda. Shahrisabzda maqom, Termizda baxshichilik
san’atiga bag‘ishlangan xalqaro festivallar, Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar”,
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” anjumanlari muntazam o‘tkazib kelinayotgani,
ularda dunyoning ko‘plab davlatlaridan madaniyat va san’at namoyandalari, bu
yo‘nalishda o‘zining ilmiy ishlari, amaliy faoliyati bilan tanilgan olimlar va
mutaxassislar ishtirok etayotgani diqqatga sazovordir. 2019-yil 10-15-sentabr
kunlari Qo‘qon shahrida YuNESKO shafeligida birinchi Xalqaro hunarmandchilik
festivali o‘tkazilgani, Jahon hunarmandlar tashkiloti tomonidan ushbu shaharga
“Jahon hunarmandlari shahri” maqomi berilgani o‘zbek xalq amaliy san’atining
xalqaro miqyosdagi yuksak e’tirofi bo‘ldi. Jahon xalq amaliy san’atini, uning
ajralmas qismi bo‘lgan o‘zbek milliy hunarmandchiligini asrab-avaylash va
rivojlantirishga qaratilgan ana shunday ezgu ishlar ushbu bebaho boylikni
kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, bu yo‘ldagi sa’y-harakat va
imkoniyatlarimizni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:
1.
Агзамова Г.А. Ўрта Осиё хонликларида ҳунармандчилик ва савдо.:
Тарих фан. док. … дисс. – Тошкент, 2000. – 348 в.
2.
Atlas of Central Asian artistic crafts and trades. A. Khakimov – author of
the scientific project and author of the next chapters – Introproduction,
Ceramics, Copper Embossing, Knife making.. Қаранг: Atlas of artistics and trades
of Central Asia. Vol. I. – Tashkent, 1997. – P. 158.
3.
Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари //
Восток. – Тошкент, 1999. – № 1. – Б. 76-79; Гюль Э. Ҳунармандчилик
анъаналарини сақлаб // San’at. – Тошкент, 1999. – № 2. – Б. 32;
4.
Булатов С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Тошкент: Меҳнат,
1991. – 384 б.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
42
5.
Davlatova S.T. O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy
jarayonlar kontekstida (O‘zbekistonning janubiy hududlari misolida XIX asrning
ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari). – Toshkent. Yangi nashr, 2018. – 368 b.