Авторы

  • Dilnoza Saparova
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.115665

Ключевые слова:

Luqmon Bo‘rixon Jaziramadagi odamlar badiiy tahlil individual uslub zamonaviy roman an’anaviy roman qahramonlar xarakteri badiiylik zamon va makon roman struktura voqelik tasviri yozuvchi pozitsiyasi mualliflik uslubi qiyosiy tahlil g‘oyaviy yo‘nalish.

Аннотация

Mazkur maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romani badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallifning individual uslubi, asardagi qahramonlarning ko‘p qirrali tasviri, zamon va makonning noaniqligi, roman strukturasidagi uzviylik hamda har bir bobning mustaqil hikoya sifatida talqin qilinishi asarning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Qahramonlarga nisbatan muallifning xolis yondashuvi, ijtimoiy qoliplarga qarshi turuvchi tasvirlar va o‘quvchiga mustaqil fikr bildirish imkonini beruvchi hikoya uslubi romanni an’anaviy va zamonaviy adabiyot oralig‘ida yangi bir bosqichga olib chiqadi. Maqola roman poetikasidagi yangi uslubiy izlanishlar va badiiy individuallik mezonlarini ochib beradi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

141

LUQMON BO‘RIXON IJODIDA URUSH VA INSONIYLIKNING BADIIY

TALQINI

Saparova Dilnoza Maratovna

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU mustaqil tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15771032

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi

odamlar” romani badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallifning individual uslubi,

asardagi qahramonlarning ko‘p qirrali tasviri, zamon va makonning noaniqligi,

roman strukturasidagi uzviylik hamda har bir bobning mustaqil hikoya sifatida

talqin qilinishi asarning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Qahramonlarga nisbatan

muallifning xolis yondashuvi, ijtimoiy qoliplarga qarshi turuvchi tasvirlar va

o‘quvchiga mustaqil fikr bildirish imkonini beruvchi hikoya uslubi romanni
an’anaviy va zamonaviy adabiyot oralig‘ida yangi bir bosqichga olib chiqadi.

Maqola roman poetikasidagi yangi uslubiy izlanishlar va badiiy individuallik

mezonlarini ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

Luqmon Bo‘rixon, Jaziramadagi odamlar, badiiy tahlil,

individual uslub, zamonaviy roman, an’anaviy roman, qahramonlar xarakteri,

badiiylik, zamon va makon, roman struktura, voqelik tasviri, yozuvchi

pozitsiyasi, mualliflik uslubi, qiyosiy tahlil, g‘oyaviy yo‘nalish.

Аннотация:

В данной статье проводится художественный анализ

романа Лукмона Бурихона «Люди в зное». Особое внимание уделяется

индивидуальному стилю автора, многогранности образов героев,

неопределённости времени и места действия, а также связности сюжета и
возможности воспринимать каждую главу как самостоятельное

повествование. Нейтральное отношение автора к героям, его стремление

разрушить общественные стереотипы и предоставить читателю свободу

интерпретации выделяют роман на фоне традиционной и современной

прозы. Исследование подчёркивает новаторские поиски в поэтике романа

и авторскую художественную индивидуальность.

Ключевые слова:

Лукмон Бурихон, Люди в зное, художественный

анализ, индивидуальный стиль, современный роман, традиционный

роман, характер героев, художественность, время и пространство,

структура романа, восприятие реальности, авторская позиция,

повествовательный стиль, сравнительный анализ, идейное направление.

Annotation:

This article presents a literary analysis of Luqmon Bo‘rixon’s

novel

People in the Heat

. The focus is on the author’s unique narrative style, the

multidimensional portrayal of characters, the deliberate ambiguity of time and

place, and the structural continuity of the plot that allows each chapter to stand

alone as an independent story. The author’s unbiased approach to characters,

his challenge to societal stereotypes, and his encouragement of reader

interpretation distinguish the novel within both traditional and modern literary

frameworks. The study highlights the novel’s poetic innovation and the author’s

artistic individuality.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

142

Keywords:

Luqmon Bo‘rixon, People in the Heat, literary analysis,

individual style, modern novel, traditional novel, character development,

literariness, time and space, novel structure, perception of reality, authorial

perspective, narrative technique, comparative analysis, ideological direction.

Har bir yozuvchining ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asar uning o‘ziga

xos “farzandi” sifatida talqin etiladi. Chunki xuddi farzand ota-onadan tashqi

ko‘rinish, xulq-atvor va xarakter jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarni meros qilib

olishi kabi, yozuvchi ham o‘z asarida faqat o‘ziga xos bo‘lgan uslub, individual

xususiyatlar va o‘ziga xos jihatlarni aks ettiradi. Buning sababi shundaki, har bir

yozuvchi dunyoni ijodiy idrok etish jarayonida o‘ziga xos hissiy tajriba to‘playdi,

olamni o‘ziga xos ko‘rish, tushunish va talqin qilish yo‘lini shakllantiradi.

Yozuvchining mahorati, tasvirlash san’ati va hikoya qilish darajasi haqida so‘z
ketganda, bu xususiyatlar asarning badiiylik mezoni sifatida qaraladi. Luqmon

Bo’rixonning asarlari ushbu badiiy mezonlarga asoslangan o‘ziga xos uslubni

yaqqol namoyon etadi. Ayniqsa, uning “Jaziramadagi odamlar” romani badiiy

tahlil qilinganda, asarning faqat o‘ziga xos bo‘lgan diqqatga sazovor jihatlari

aniqlanadi. Bu xulosa, shu kungacha yozilgan va o‘qilgan turli mavzudagi

romanlar bilan qiyosiy tahlil asosida shakllanadi.

Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, Luqmon Bo’rixonning o‘ziga xos ifoda

uslubi o‘quvchining e’tiborini o‘ziga tortadi. Asarda ishlatilgan kinoya, hazil,

o‘tkir suhbatlar, chuqur ma’noga ega o‘xshatishlar, o‘tkir tanqidiy mulohazalar

va samimiy kulgi uyg‘otadigan tasvirlar asar tilini individuallashtiradi. Masalan,

asar qahramonlaridan O’roqning onasi Xosiyat xola kelin olganidan keyin

tubdan o‘zgaradi. Muallif bu jarayonni uzoq jumlalar bilan tasvirlashdan qochib,

qisqa, ammo ta’sirli so‘zlar bilan Xosiyat xolaning ichki quvonchi va baxtini

o‘quvchiga yetkazadi: “...Xosiyat xola, yo‘q, Xosiyat opa, yo‘q, Xosiyat yanga o‘z

dunyosida o‘z bilan o‘zi g‘arq edi. Vaqti-vaqti bilan erka keliniga erkalanib, uning

rangsiz lab bo‘yog‘ini yashirincha surtib, o‘z xusniga to‘ymay, xirgoyi qilib

kulardi.”

Muallifning voqelikni idrok etish nuqtai nazari, voqealarni kuzatishdagi

o‘ziga xos nigohi va qahramonlar orqali hikoya qilish uslubi, ayniqsa, Samad

obrazida yaqqol ko‘rinadi. Bu uslub yozuvchini voqealar rivojiga yoki

qahramonlar tasviriga bevosita aralashishdan to‘xtatib, o‘quvchiga mustaqil

xulosa chiqarish imkonini beradi. Roman ko‘pincha an’anaviy romanlar qatoriga

kiritilgan bo‘lsa-da, haqiqatan ham shundaymi? An’anaviy romanlar mezonlariga
ko‘ra, asarda ijobiy va salbiy qahramonlar, muhabbat mavzusi, urush tufayli

ayriliq kabi o‘quvchilar ko‘nikib qolgan elementlar mavjud bo‘lib, bu romanni

ushbu turga kiritishga asos bo‘lishi mumkin. Biroq, asardagi boshqa o‘ziga xos

xususiyatlar uni zamonaviy romanlar qatoriga kiritadi.

Odatda, ko‘plab romanlarda voqealar bir-biridan mustaqil boblardan iborat

bo‘lib, boblar o‘rtasida uzilishlar, yangi mavzularning yoritilishi va mavzular

o‘rtasida to‘xtalishlar kuzatiladi. Ammo “Jaziramadagi odamlar” romani boblarga

bo‘lingan bo‘lsa-da, voqealar rivojidagi uzluksizlik o‘quvchining e’tiborini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

143

tortmaydi. Zanjirsimon voqealar oqimi boblarni bir-biriga uzviy bog‘laydi. Eng
diqqatga sazovor jihati shundaki, har bir bobni asardan ajratib, mustaqil hikoya

sifatida talqin qilish mumkin. Masalan, ikkinchi va uchinchi boblarni misol

sifatida keltirsak, ikkinchi bob O’roqning harbiy xizmatga ketishidan oldin

Lolaxon bilan kinoteatrga borgan sahnasi va undagi his-tuyg‘ularning yorqin

tasviri bilan yakunlanadi. Uchinchi bob esa “Fayzulla akaning xonadoniga kulfat

keldi!” xabari bilan boshlanib, O’roqning halok bo‘lishi voqealari tasvirlanadi. Bu

bob avvalgi bob voqealarining davomi bo‘lishi bilan birga, mustaqil, tugallangan

hikoyani eslatadi. Shuningdek, ikkinchi bob ham o‘ziga xos yakunlangan hikoya

sifatida ajratib olinishi mumkin, chunki muallif his-tuyg‘ular tasviri bilan

voqealarga nuqta qo‘yib, xulosani o‘quvchiga qoldiradi.

Bundan tashqari, asarda O’roq va Lolaxoning to‘y sahnasi tasvirlangan bob

ham mavjud bo‘lib, undagi voqealar o‘zbek qishloqlaridagi to‘y marosimlarini

aks ettiruvchi alohida hikoyaga o‘xshaydi. Bir tomondan, bu to‘y asar

voqealarining uzviy davomi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan to‘ydagi

odatlar, Ashurning xurmacha harakatlari va to‘ydan keyingi to‘yxonaning holati

qishloq to‘yining kichik tafsilotlarini eslatadi.

Muallifning qahramonlarga munosabati ham o‘ziga xosdir. Asarda mutlaqo

ijobiy yoki mutlaqo salbiy qahramonlar yo‘q. Yozuvchi hatto bosh

qahramonlarni ham oq-qora ranglarda tasvirlaydi, masalan, Samad obrazini

o‘quvchiga qadrli qiladi, ba’zida sevdiradi, ba’zida tanqid qiladi. Asar

voqealarining markazida turgan Lolaxonning inson sifatidagi xohish-istaklari

uning ideal qahramon yoki qishloq bevasi maqomiga putur yetkazsa-da, muallif

haqiqatdan yiroqlashmay, Lolaxon va uning Shunqor Hobilga bo‘lgan his-

tuyg‘ularini xolislik bilan tasvirlaydi. Shoir kundaligidagi Lolaxon holati tasviri

muallifning o‘z fikrlarini aks ettiradi: “Mana! Bir zumda o‘zgardi! Guldek

yorishib, barq urdi! U chimrildi, jilmaydi. Kitoblar haqidagi suhbat shaharga

ko‘chdi, undan hayot va turmushga o‘tdi, oxirida oila haqida pichir-pichir

gaplashdik. Men so‘zlar jozibali bo‘lishi uchun atay pichirladim, u esa mendan

ham o‘tib ketdi. Uning pichirlashlaridan ichidagi to‘lib-toshgan ehtiroslar to‘foni

sezilib turardi.”

Roman individualligini aks ettiruvchi yana bir muhim jihat – aniq geografik

hududning ko‘rsatilmaganligidir. Asardagi joy va makon ta’riflaridan voqealar

cho‘l hududida kechayotganini tushunamiz, Mirzacho‘l nomi esa faqat taxmin

sifatida asar oxirigacha o‘quvchida qoladi. 41-sovxozga tegishli posyolka-qishloq
respublikamizning qaysi hududida ekanligi mavhum bo‘lib qoladi. Bu holat

zamon tushunchasida ham kuzatiladi. Asardagi ba’zi atamalar voqealar yurtimiz

mustaqillikdan oldin yuz berganiga ishora qilsa, boshqa voqealar vaqt bo‘yicha

o‘quvchini ikkilantiradi. Romanda davr va zamon tushunchasi haqida aniq

ma’lumot berilmaydi. Hatto asarning asosiy g‘oyalarini ifodalovchi qahramon

O’roqning urushda halok bo‘lgani bir necha qismda tilga olinsa-da, bu qaysi

urush ekanligi noma’lum qoladi. Bu orqali muallif asardagi g‘oyaning zamon va

makon tanlamasligiga ishora qiladi. Ya’ni, insonning jamiyatdagi o‘rni, odamlar


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

144

o‘rtasidagi munosabatlardagi soxtalik, shaxsning qoliplarga solinishi, insoniy
istaklardan cheklanishi va ba’zi qadriyatlarning inson fojiasiga sabab bo‘lishi har

qanday zamon va makonda mavjud degan fikrni ilgari suradi.

Asarning o‘ziga xosligi shundaki, muhim detallarni mavhum qoldirgan

holda ham hayotiylik va badiiylikni ta’minlay olgan. Zamon va makon

tushunchalari o‘quvchiga eslatilmaguncha, ular ixtiyoriy ravishda sezilmaydi, bu

esa asarning ta’sirchanligi va o‘quvchini o‘ziga tortishi bilan izohlanadi. Asarning

nafaqat yozilish uslubi va badiiyligi, balki g‘oyaviy yo‘nalishi ham o‘ziga xosdir.

An’anaviy uslubdagi asarlar tamoyillariga ko‘ra, O’roqning harbiy xizmatdan

qochishi, urushga bormaslik uchun harakat qilishi vatan xoinligi yoki qo‘rqoqlik

sifatida qoralanib, butunlay salbiy obraz sifatida tasvirlanishi kerak edi. Ammo

asarda O’roqqa ba’zi qahramonlar tomonidan bu ayblovlar qo‘yilsa-da, oxir-
oqibat u urush qahramoni, vatan uchun jonini fido qilgan siymoga aylanadi.

Muallif jamiyat qolipiga solingan insonning ichki haqiqatini ko‘rsatishni, uni

boricha qabul qilishni maqsad qiladi. Inson Yaratguvining mo‘jizasi bo‘lib, uni

jamiyatning qotib qolgan qoidalari va aqidalari bilan chegaralash yoki baholash

ba’zida uning halokatiga sabab bo‘ladi.

Muallif bu qoliplardan qochib, O’roqning harakatlarini salbiy bo‘yoqda

tasvirlaydi, uni nochor ahvolda ko‘rsatadi va o‘quvchining rahmini keltirib, unga
qalban yaqinlashtiradi. Shu yo‘l bilan O’roqni ijobiy qahramon darajasiga
ko‘taradi. O’roq haqiqatan ham qo‘rqoq emas, u har bir insonning ichidagi,
ammo ayta olmagan istaklarini ochiq ifoda etadi, buni ojizlik deb bilmaydi. U oila
va farzandini hamma narsadan ustun qo‘yadi, soxta “qahramonlik”
ko‘pirtirishdan yiroq, yaqinlarini afzal bilgan, quvlik va ayyorlikni bilmaydigan,
o‘zini boricha ko‘rsatadigan oddiy qahramondir. Luqmon Bo’rixonning g‘oyaviy
bir xillikdan qochib, yangi uslub yaratishga intilishi uning badiiy individualligini
namoyon etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Эркин Худайбердиев. Адабиётшуносликка кириш: Олий ўқув

юртлари учун дарслик. – Т.: «Шарк», 2008. - 368 б.
2.

Луқмон Бўрихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. - Т.: Fафур Fyлом

номидаги нашриёт-манбаа ижодий уйи, 2012. – 324 б.
3.

Ҳамидулла Болтабоев. «Наср ва услуб». Тошкент, «Фан», 1992. – 104 б

4.

Ўрол Носиров. «Образларда услуб жилолари». Тошкент, «Фан», 1991.

– 196 б.
5.

Х. Каримов. «Ўзбек романларининг тараққиёт тамойиллари»:

Услубий қўлланма. – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси, 2008 й. – 124 б.

Библиографические ссылки

Эркин Худайбердиев. Адабиётшуносликка кириш: Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Т.: «Шарк», 2008. - 368 б.

Луқмон Бўрихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. - Т.: Fафур Fyлом номидаги нашриёт-манбаа ижодий уйи, 2012. – 324 б.

Ҳамидулла Болтабоев. «Наср ва услуб». Тошкент, «Фан», 1992. – 104 б

Ўрол Носиров. «Образларда услуб жилолари». Тошкент, «Фан», 1991. – 196 б.

Х. Каримов. «Ўзбек романларининг тараққиёт тамойиллари»: Услубий қўлланма. – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2008 й. – 124 б.