THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
43
MOLIYAVIY NAZORATNING MOHIYATI VA TURLARI
M.Sultanov
Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi
Sh.Shuxratov
Kibersport fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15836144
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada moliyaviy resurslardan oqilona va
maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni
oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek,
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik va korrupsiya holatlarining oldini
olishda moliyaviy nazoratning asosiy vosita sifatida xizmat qilishi asoslab
berilgan.
Kalit so‘zlar:
Moliyaviy nazorat, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy nazorat, davlat
moliyasi.
Annotation.
This article highlights the role of financial control in ensuring
rational and targeted use of financial resources, increasing budgetary discipline
and financial transparency. It is also based on the fact that it serves as the main
tool of financial control in ensuring economic security, preventing cases of fraud
and corruption.
Key words:
Financial control, economic security, economic control, public
finance.
Moliyaviy nazorat
– bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari
faoliyatini boshqarishni o‘ziga xos usullari, shakllar yordamida tashkil etish.
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos
bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy
nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi:
barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy
intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining
qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;
moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini
ta’minlash maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini
boshqarishning ajralmas elenmenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq
ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy
tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga
juda katta e’tibor beriladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
44
Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning)
moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli
darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga
oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy
qonunchilikka
rioya
etilishi,
moliyaviy-xo‘jalik
operatsiyalarining
samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga
muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda,
moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z
ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga
(aspektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi
uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga
oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan,
moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham
moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan
iborat:
turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari;
tannarx va foyda;
uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning
ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning
amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va
ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi.
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib
xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning
manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir
tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil
bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi:
davlat moliyaviy nazorati;
nodavlat moliyaviy nazorati.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
45
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va
hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining
kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal
qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning
sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik
shakllarining nisbatiga bog‘liq.
Davlat moliyaviy nazorati YIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini
kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish,
ularning to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish
bilan bog‘liq bo‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi)
tegishli hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va
moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng
avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish,
muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va
moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa,
davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda
korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga
egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga
oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi
sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda
maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek,
hukumat tomonidan o‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish,
buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab
oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi,
korporativ) va tashqi (auditorlik).
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko‘rinishlari, turlari)
nazoratni amalga oshirish metodlarining o‘xshashligiga qaramasdan, o‘zlarining
pirovard maqsadlari bo‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat
moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni
maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo‘lsa,
bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma
ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
46
normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa
xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida moliyaviy
nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan
cheklab qo‘yilgan.
Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan
foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha
darajalardagi va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi
moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi.
Adabiyotlar roʻyxati
1.Yusupov A.X., Toirov U.R. Moliyaviy nazorat va audit. – Toshkent: “Iqtisod-
Moliya”, 2020.
2.Tursunov B.O., Xolmatov S.X. Moliyaviy boshqaruv asoslari. – Toshkent:
“Iqtisodiyot”, 2021.
3.Egamberdiyev A. va boshqalar. Moliyaviy boshqaruv va nazorat tizimlari. –
Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2019.
4.Jumayev O. Ichki audit va moliyaviy nazorat asoslari. – Toshkent: “Iqtisod-
Moliya”, 2017.
5.O‘zbekiston Respublikasi “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni. –
2019-yil 19-noyabr.
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni, 2022-yil
28-yanvar. “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”