Авторы

  • Gulchexra Soliyeva
    Qishki va murakkab- texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi. Talabasi
  • Obidjon Xolmuratov
    Qishki va murakkab- texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi. Ilmiy rahbari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.120290

Ключевые слова:

velosport transport salomatlik ekologik yurak-qon sogʻlom turmush tarzi velosiped atrof-muhit jismoniy faollik sogʻlom avlod.

Аннотация

Ushbu maqolada velosiped haydashning inson salomatligiga ijobiy ta’siri hamda atrof-muhitga foydali ekologik omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, velosiped sporti va kundalik transport vositasi sifatida qo‘llanilishi orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yoritiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

34

VELOSIPEDNING – SALOMATLIK UCHUN FOYDALI JIHATLARI VA

EKOLOGIK OMILLARI.

Soliyeva Gulchexra Shokirovna

Talabasi

Xolmuratov Obidjon Yoʻldoshivich

Ilmiy rahbari

Qishki va murakkab- texnik sport turlari nazariyasi

va uslubiyati kafedrasi.

soliyevagulchexra00@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15833401

Annotatsiya:

Ushbu maqolada velosiped haydashning inson salomatligiga

ijobiy ta’siri hamda atrof-muhitga foydali ekologik omillari tahlil qilinadi.
Shuningdek, velosiped sporti va kundalik transport vositasi sifatida qo‘llanilishi
orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi
yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

velosport, transport, salomatlik, ekologik ,yurak-qon sogʻlom

turmush tarzi, velosiped, atrof-muhit , jismoniy faollik, sogʻlom avlod.

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va

ekologik muammolarni kamaytirish yo‘lida velosipedga bo‘lgan qiziqish ortib
bormoqda. Velosiped nafaqat sport va dam olish vositasi, balki ekologik toza
transport vositasi sifatida ham ahamiyatga ega. Ushbu maqolada velosipedning
salomatlik va ekologiyaga ta'siri ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib
chiqiladi.Tarixdan bizga ma’lumki, 1817 yilda nemis professori Karl fon Drez
ikki g‘ildirakli o‘zi harakatlanadigan uskunani yaratgan va 1818 yilda
“yugurish uchun mashina” deb nomlangan bu uskunaga patent olgan. Ushbu
o‘zi harakatlanadigan uskuna ikki g‘ildirakli bo‘lib, boshqaruv ruli va
yog‘ochdan yasalgan ramasi borligiga qaramasdan, oyoq bilan harakatlantirish
imkonini beruvchi pedallarga ega emas edi. Drezning ushbu ixtirosi dastlabki
velosiped deya nomlangan.Velosiped ramalari, shuningdek boshqa qismlarini
tayyorlash uchun ishlab chiqilgan metallga ishlov berishning aksariyat
texnologiyalari keyinchalik avtomobillar va samolyotlar yaratilishida
qo‘llanilgan.

XIX asrning oxirlarida ko‘plab davlatlarning pochta xizmatlari

velosipeddan foydalanishni boshlaganlar. Xususan, Britaniya pochtasi 1880
yillardan velosipedlarni ishga solgan. Buyuk Britaniyada velosiped
haydaydigan pochtachilarning umumiy soni 37 000 kishi, Germaniyada – 27
500, Vengriyada – 10 500 kishini tashkil qilgan.Bugungi kunga kelib esa,
velosipedlar ommalashib, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida aholining


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

35

sevimli transport vositasiga aylanib ulgurdi. Ular avtomobillar va jamoat
transportlariga qaraganda ko‘plab afzalliklarga ega.
Faoliyatini AQShda yurituvchi polshalik sotsiolog, professor Leshek Sibilskiy
Jahon velosiped kunini belgilash bo‘yicha BMT rezolyusiyasini ilgari surish
uchun o‘zining sotsiologiya sinfi faollari bilan hamorlikda ommaviy
kampaniyalar o‘tkazib kelgan. Sa’y-harakatlar ijobiy natijalar berib, 2018
yilning aprel oyida Turkmaniston tashabbusi va 56 ta boshqa davlatlarning
xayrihoxligida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 3 iyunni Jahon velosiped
kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyusiya qabul qilindi.
Rezolyusiyada Bosh Assambleya barcha davlatlarni velosipedni
ommalashtirishga chaqirib, boshqaruvga oson, arzon, ishonchli va ekologik
toza mazkur harakat vositasi insonning ruhiy-jismoniy salomatligini
mustahkamlashini ta’kidlagan.3 iyun – Jahon velosiped kunining original
logotipi Isaak Feld tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda dunyo bo‘ylab velosiped
haydayotgan

turli

insonlar

tasvirlangan.

Uning

pastki

qismida

#June3WorldBicycleDay xeshtegi bor. Logotipning asosiy mazmuni velosiped
butun insoniyatga tegishli ekani va unga xizmat qilishini ko‘rsatishdan iborat.
Albatta, Jahon velosiped kunida dunyodagi barcha insonlar zavq olishi kerak.
Velosiped taraqqiyot ramzidir va unda insoniyat chidamliligi, hurmati va
hamjihatligi, ijtimoiy integratsiya va dunyo madaniyatining taraqqiyoti
namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari velosiped insonga xush kayfiyat ulashuvchi
barqaror transport vositasi bo‘lib, ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay,
kamxarj transport vositasidir. Eng muhimi, ekologik toza va atrof-muhitga
salbiy ta’siri yo‘q.
Bugungi kunda Jahon velosiped kuni I va II guruh qandli diabet kasali bilan
og‘rigan insonlar uchun sog‘lom tushmush tarzi sifatida qoʻllanilib kelmoqda
.Velosipedning salomatlik uchun foydalari.Velosiped haydash jismoniy
faollikning eng oddiy va samarali ko‘rinishlaridan biridir. Quyidagi jihatlarda
foyda keltiradi:Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash: Doimiy ravishda
velosiped haydash yurak urishini barqarorlashtirib, qon aylanishini
yaxshilaydi.Mushaklar va suyaklarni mustahkamlash: Ayniqsa oyoq
mushaklari, bel va orqa qismlar faol ishlaydi.Og‘irlikni nazorat qilish: 30
daqiqalik velosiped haydash 200-400 kkal energiya sarflanishini
ta'minlaydi.Stressni kamaytirish: Tabiatda velosiped haydash psixologik
jihatdan dam olish vositasi sifatida xizmat qiladi.Organizmda kislorod
almashinuvi yaxshilanadi.Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga 150 daqiqa velosiped
haydagan odamlar yurak xastaligi, diabet, semizlik va ayrim saraton turlariga


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

36

chalinish xavfini kamaytiradi.Velosipedning ekologik foydalari:Velosiped
haydash atrof-muhitga quyidagi jihatlarda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:Zararli gazlar
chiqarmaydi: Avtomobillarga nisbatan, velosiped atmosferaga CO₂ va boshqa
zararli gazlarni chiqarishdan holi.Yo‘l harakati shovqinini kamaytiradi.Shahar
infratuzilmasiga bosimni kamaytiradi: Tirbandlik, avtomobil to‘xtash joylari
muammolari bartaraf etiladi.Transport xarajatlarini kamaytiradi va iqtisodiy
tejamkor.Shu jihatlari sababli, ko‘plab rivojlangan davlatlar (masalan,
Niderlandiya, Daniya, Germaniya)da velosiped asosiy transport vositasiga
aylangan.Bugungi kunda respublikamizda velosipeddan foydalanuvchilar soni
tobora ko‘payib boryapti. Davlatimiz tomonidan aholi ekologik foydali
transport vositalaridan foydalanishga targ‘ib qilinib, qulayliklar yaratish
maqsadida velosiped yo‘laklari va turargohlari tashkil etilmoqda. Sog‘lom, tetik
va baquvvat bo‘lishni xohlagan insonlarni respublikamizning turli hududlarida
velosport bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqa va sog‘lomlashtirish marafonlarida
faol qatnashishga chaqiramiz.

Xulosa qilib aytish lozimki:Velosiped – bu nafaqat jismoniy faollikni

ta’minlovchi vosita, balki sog‘lom turmush tarzi, ekologik muhofaza va iqtisodiy
tejamkorlikni o‘zida mujassam etgan muhim transport vositasidir. Uning yurak-
qon tomir tizimiga, mushak-suyak tuzilmasiga, psixologik holatga va umumiy
sog‘lik holatiga foydali ta’siri ilmiy jihatdan isbotlangan. Shu bilan birga,
avtomobillar bilan solishtirilganda, atrof-muhitga zararli chiqindilar
chiqarmasligi va shahar muhitidagi transport yuklamasini kamaytirishi bilan
ham dolzarb ahamiyatga ega. BMT tomonidan 3-iyunning “Jahon velosiped kuni”
deb e’lon qilinishi, butun insoniyatni ushbu ekologik toza transport vositasini
ommalashtirishga undaydi. Jahon miqyosida velosiped transporti, sog‘liqni
saqlash va ijtimoiy integratsiyani rivojlantirish vositasi sifatida keng qamrovli
ahamiyat kasb etmoqda.O‘zbekiston sharoitida ham velosipedga bo‘lgan talab
ortib borayotgani quvonarli holat bo‘lib, bu sog‘lom avlodni shakllantirish va
ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Davlatimiz
tomonidan yaratilayotgan infratuzilmaviy sharoitlar, targ‘ibot tadbirlari va
musobaqalar aholi orasida ushbu madaniyatni keng yoyishiga xizmat
qilmoqda.Shu bois, velosipedni kundalik hayotga keng joriy etish, uni nafaqat
sport, balki transport va sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismiga aylantirish
dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlardan bordir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.Inson huquqlari bo'yicha.O'zbekiston Respublikasi.Milliy markazi, rasmiy veb-
sayti.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

37

2.Velosiped – salomatlik uchun foydali, ishonchli va ekologik toza harakatlanish
vositasi jurnali.
3.Sibilski, L. (2018). World Bicycle Day: Promoting sustainable transportation
and healthy lifestyles. United Nations Chronicle. https://www.un.org.
4.World Health Organization. (2018). Physical activity and adults:
Recommended levels of physical activity, for, adults, aged, 18–64 years,
https://www.who.int/dietphysicalactivity/factsheet_adults/en/.
5.Pucher, J., & Buehler, R. (2012). City Cycling. MIT Press.
6.Litman,

T.

(2021).

Evaluating

Non-Motorized

Transportation

BenefitsandCosts.Victoria,Transport,Policy.Institute.https://www.vtpi.org/nmt-
tdm.pdf.
7.Fishman, E. (2016). Bicycling as a transport mode: Evidence from multiple
countries.

Transportation

Reviews,

36(0),

1–24.

https://doi.org/10.1080/01441647.2015.1069907.8.Fishman.
8.(2016).O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-
sonli qarori. “Aholining ekologik toza transport vositalaridan foydalanishini
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
9.Eltis – The Urban Mobility Observatory. (2020). Cycling and urban air quality.
https://www.eltis.org
10.European Cyclists’ Federation. (2015). Benefits of Cycling: Health,
Environment and Economy. https://ecf.com

Библиографические ссылки

Inson huquqlari bo'yicha.O'zbekiston Respublikasi.Milliy markazi, rasmiy veb-sayti.

Velosiped – salomatlik uchun foydali, ishonchli va ekologik toza harakatlanish vositasi jurnali.

Sibilski, L. (2018). World Bicycle Day: Promoting sustainable transportation and healthy lifestyles. United Nations Chronicle. https://www.un.org.

World Health Organization. (2018). Physical activity and adults: Recommended levels of physical activity, for, adults, aged, 18–64 years, https://www.who.int/dietphysicalactivity/factsheet_adults/en/.

Pucher, J., & Buehler, R. (2012). City Cycling. MIT Press.

Litman, T. (2021). Evaluating Non-Motorized Transportation BenefitsandCosts.Victoria,Transport,Policy.Institute.https://www.vtpi.org/nmt-tdm.pdf.

Fishman, E. (2016). Bicycling as a transport mode: Evidence from multiple countries. Transportation Reviews, 36(0), 1–24. https://doi.org/10.1080/01441647.2015.1069907.8.Fishman.

(2016).O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarori. “Aholining ekologik toza transport vositalaridan foydalanishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

Eltis – The Urban Mobility Observatory. (2020). Cycling and urban air quality. https://www.eltis.org

European Cyclists’ Federation. (2015). Benefits of Cycling: Health, Environment and Economy. https://ecf.com