UYADOSHLIKDA PARADIGMATIK HAMDA SEMANTIK TASNIF ASOSIDA YONDASHUV

Annotasiya

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi uyadosh soʻzlarning paradigmatik hamda semantik asoslari haqida soʻz yuritiladi. Paradigma tushunchasiga atroflicha yondashilgan boʻlib, shu asosda tildagi leksemalarni mazmuniy uyalarga birlashtirish, sistema sifatida yondashuv nazarda tutilgan

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
43-46

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Musurmonqulov , A. . (2025). UYADOSHLIKDA PARADIGMATIK HAMDA SEMANTIK TASNIF ASOSIDA YONDASHUV. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(21), 43–46. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/134233
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi uyadosh soʻzlarning paradigmatik hamda semantik asoslari haqida soʻz yuritiladi. Paradigma tushunchasiga atroflicha yondashilgan boʻlib, shu asosda tildagi leksemalarni mazmuniy uyalarga birlashtirish, sistema sifatida yondashuv nazarda tutilgan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

43

UYADOSHLIKDA PARADIGMATIK HAMDA SEMANTIK TASNIF

ASOSIDA YONDASHUV

Musurmonqulov Adham Abdurashid oʻgʻli

Termiz davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi

adhammusurmonqulov76@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16791601

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi uyadosh soʻzlarning

paradigmatik hamda semantik asoslari haqida soʻz yuritiladi. Paradigma
tushunchasiga atroflicha yondashilgan boʻlib, shu asosda tildagi leksemalarni
mazmuniy uyalarga birlashtirish, sistema sifatida yondashuv nazarda tutilgan.

Kalit soʻzlar:

Uyadoshlik, sistemaviy tilshunoslik, paradigma, paradigmatik

munosabat, semantik tasnif.

Аннотация: В статье рассматриваются парадигматические и

семантические основы однокоренных слов в лингвистике. Предлагается
комплексный подход к понятию парадигмы, и на этой основе предлагается
системный подход к объединению лексем языка в значимые единицы.

Ключевые слова:

Сосуществование, систематическая лингвистика,

парадигма, парадигматические отношения, семантическая классификация.

Annotation:

This article discusses the paradigmatic and semantic

foundations of cognate words in linguistics. A comprehensive approach to the
concept of paradigm is taken, and on this basis, a systematic approach is
envisaged to combine lexemes in the language into meaningful units.

Keywords:

Coexistence, systematic linguistics, paradigm, paradigmatic

relationship, semantic classification.

Maʼlumki, tilshunoslikka nisbatan fanda sistemaviy tilshunoslik, sistema

sifatida yondashuv mavjud. Sistema, tizim esa butunlikning qismi, mohiyatan
mustaqil, alohidalikka ega boʻlgan uzvi, oʻzaro barqarorlikka ega boʻlgan, yaxlit
tashkil etiladigan koʻrinishidir. Boshqacha tarzda ifoda etganda, sistema – nisbiy
farqliliklarning doimiy munosabatlar bilan bogʻlanib, alohida bir butunlikni,
jamlikni tashkil etishi. Shuning uchun, sistemani alohida birliklar hamda
barqaror birliklarning jamlanmasi sifatida nomlaydilar. Sistemaning tarkibiy
qismlari orasidagi munosabatlar butunlik sifatida qaraladigan sistemaning
oʻzagini tashkil qiladi. Sistema haqida soʻz olganimizda bevosita uning
asoschisini chetlab oʻta olmaymiz, albatta. Sistemaviy tilshunoslik asoschisi
sifatida qaraluvchi shveysariyalik fransuz olimi F.de Sossyurning elementlar va
ularning orasidagi munosabatlarining sistema uchun ahamiyatli ekanligini
shaxmat donalari hamda shaxmat oʻyinining qonun-qoidalari asosida
tushuntirib oʻtganligini aytib oʻtish joizdir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

44

Paradigmatik (oʻxshashlik) munosabatlarning mavjudligi sistemaviy

tilshunoslikda murakkab (bir necha birliklar, elementlardan iborat boʻlgan)
lisoniy tuzilmalarni farqlashda eng asosiy omil sanaladi”

1

. Soʻzlarning shakliga

koʻra munosabatlari asosida omonimiya, paronimlar, tovush oʻxshashligi kabi
hodisalar tadqiq qilinsa, maʼnoviy munosabatlar doirasida esa antonimiya,
sinonimiya, partonimiya (meronimiya), graduonimiya, giponimiya, taksonimiya,
uyadoshlik kabi hodisalar oʻrganilmoqda.

Paradigmatik (oʻxshashlik) munosabatlarning mavjudligi sistemaviy

tilshunoslikda murakkab (bir necha birliklar, elementlardan iborat boʻlgan)
lisoniy tuzilmalarni farqlashda eng asosiy omil sanaladi.

Bir paradigma tarkibiga kiruvchi paradigmatik birliklar mohiyati

quyidagilardan iborat:

1. Paradigma doirasidagi bitta birlik eslanganda shu paradigmaga kiruvchi

boshqa aʼzolar ham eslanishi zarur.

2. Har bir aniq nutq sharoitida oʻzaro paradigmatik munosabatlarda turgan

birliklardan, yaʼni paradigma aʼzolaridan faqat bittasi tanlashi kerak.

3. Bir paradigmaning aʼzolari oʻzaro oʻxshashlik bilan birga har bir uzv

ikkinchisidan qaysidir jihati bilan farqlanib turishi lozim.

4. Nutqda bir mavqeda kela olgan paradigma aʼzolari maʼlum holatlarda bir-

birining oʻrnini almashtira olishi yoki bir-birining oʻrnini egallashi mumkin
boʻladi

2

. Sossyur va undan keyingi izdoshlari tomonidan qoʻyilgan bu talablar

keyingi davrlarda ham oʻzgarishsiz saqlanib kelingan. Paradigma aʼzolari
umumiylik bilan birga, xususiy farqlarga ega boʻladi. Olma – gilos – nok, qizil –
sariq – yashil lugʻaviy birliklarning har biri umumiy oʻxshashlikka ega “umumiy
va moslanganlik” birinchi qator, “maʼlum bir turdagi ranglar, mevali daraxtlar”
ikkinchi birliklarga oid, lekin shu bilan bir qatorda har bir birlikdagi soʻz oʻz
xususiy semasiga ham ega hisoblanadi. Chunki yuqorida keltirib oʻtilgan birliklar
toʻplamidagi har bir soʻz boshqalarini inkor qiladi, yaʼni oʻzining xususiy
maʼnosiga ega boʻlib, shu xususiy maʼnosiga egaligi bilan boshqa birliklardan
ajralib turadi.

Til tizimida paradigmatik munosabatlar leksik birliklarning oʻzaro semantik

bogʻliqligini koʻrsatuvchi asosiy omillardan biridir. Professor B.Mengliyevning
taʼkidlashicha, leksema birdan ortiq qamrab olsa uning serqirraliligi kuchayib,
bir maʼnosi bilan maʼnodoshlik hosil qilsa, ikkinchi maʼnosi bilan uyadoshlik

1

Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R. va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. – T., “Fan va texnologiya”,

2009.

2

Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R. va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. – T., “Fan va texnologiya”,

2009. – B. 42.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

45

qatori hosil qilishini taʼkidlaydi. “Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli
boʻlib, bu uning kamida ikki paradigmaga kirishini taʼminlaydi. Leksema
birdan

ortiq

tushunchani

qamrab

olgan

ekan,

bunda

uning

serqirraligi

yanada

kuchayadi.

Masalan,

uzum,

oʻrik

leksemasi

oʻzida bir necha tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki
lugʻaviy paradigmaga kiradi (1.1-jadval):

1.1-jadval.
Leksemalarning lugʻaviy paradigmadagi tasnifi

Uzum

Uzum
Tok

Oʻrik

Zardoli
Oʻrik

Birinchi paradigmada uzum leksemasi bir denotati asosida

meva va boshqa bir denotati asosida, esa daraxt nomini ifodalovchi
ot

leksema

bilan

uyadoshlik

qatori

hosil

qilsa,

ikkinchi

paradigmada oʻrik leksemasi bir maʼnosi bilan zardoli, ikkinchi
maʼnosi

asosida

turshak

leksemasi

bilan

maʼnodoshlik

munosabatida boʻladi

3

. Uyadoshlik hodisasi aynan shu paradigmatik

munosabatlar zaminida shakllanadi. Bu hodisa biror mavzuli semantik maydon
ichida joylashgan, lekin sinonim boʻlmagan, yaqin maʼnodagi leksik birliklarni
birlashtirish orqali vujudga keladi. Masalan: “Maktab – dars – daftar – oʻqituvchi
– sinf – baho”. Bu birliklar semantik jihatdan bogʻlangan, biroq har biri alohida
vazifa va maʼnoga ega.

Semantik paradigmalarda birlashtiruvchi semalar (mavzu, kontekst) asosiy

bogʻlovchi rolni oʻynaydi. Farqlovchi semalar esa har bir soʻzga alohida semantik
yuklama beradi. Bu orqali uyadoshlik paradigmasi sinonimiyadan farqlanadi.
Uyadoshlikning asosida semantik bogʻliqlik yotadi. Semalar – soʻzlarning maʼno
boʻlaklari boʻlib, aynan ular orqali uyadoshlik yuzaga chiqadi. Har bir uyadosh
birlik umumiy mavzuga oid semaga ega boʻladi, lekin har biri alohida funksiyani
anglatadi. Masalan, texnologiya mavzusida: kompyuter – fayl – internet – ilova –
zaryad. Ularning umumiy semasi: “texnologik vosita”, “elektron faoliyat”.
Farqlovchi semalar esa ularni mustaqil soʻz sifatida ajratadi.

Yuqoridagi fikrlar asosida xulosa tarzida shularni ayta olamizki,

darajalanuvchi soʻzlar qatoridagi maʼnoviy munosabatlar Sossyur va izdoshlari
ilgari surgan mulohazalar lisoniy paradigma aʼzolari oldiga qoʻygan munosabat

3

Mengliyev B. Hozirgi oʻzbek tili. Darslik. – T: “Tafakkur boʻstoni” 2018. – B. 141.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

46

turlarining barchasi uchun muvofiq kelishligining guvohimiz. Bundan kelib
chiqib, uyadoshlik lugʻaviy qatorlarni, soʻzlararo maʼnoviy munosabatlarni
lisoniy paradigmaning bir koʻrinishi deyishimizga asos boʻla oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mengliyev B. Hozirgi oʻzbek tili. Darslik. – T: “Tafakkur boʻstoni” 2018;

2.

Менглиев Б.Р. Лисоний тизим яхлитлигида лексик сатҳ ва унинг

бирлиги масаласи // Ўзбек тили ва адабиёти. – №6;
3.

Мирзақулов Т. Ўзбек тили морфем парадигматикаси ва

синтагматикаси
масалалари. – ДДА. Тошкент, 1994;
4.

Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R. va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.

Oʻquv qoʻllanma. – T., “Fan va texnologiya”, 2009.

Bibliografik manbalar

Mengliyev B. Hozirgi oʻzbek tili. Darslik. – T: “Tafakkur boʻstoni” 2018;

Менглиев Б.Р. Лисоний тизим яхлитлигида лексик сатҳ ва унинг

бирлиги масаласи // Ўзбек тили ва адабиёти. – №6;

Мирзақулов Т. Ўзбек тили морфем парадигматикаси ва синтагматикаси

масалалари. – ДДА. Тошкент, 1994;

Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R. va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.

Oʻquv qoʻllanma. – T., “Fan va texnologiya”, 2009.