THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
160
ADVOKATURA INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Abdug‘afforov Jasur
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti o‘qituvchisi, TDYU tayanch doktoranti, Toshkent, O‘zbekiston
E-mail: abdugaffarovjasur078@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16900672
Аnnotatsiya
Mazkur maqolada advokatura institutining huquqiy asoslari, amaldagi holat
va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Xususan, advokatlarning kasbiy
mustaqilligi, ularning huquqiy maqomi, advokatura faoliyatini tartibga soluvchi
normativ-huquqiy hujjatlar va advokatura tuzilmalarining roli yoritiladi.
Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida O‘zbekistonda advokatura tizimini
isloh qilish, advokatlar mustaqilligini ta’minlash va fuqarolarning malakali
huquqiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqilgan. Maqola advokatura institutining huquqiy demokratik davlatda tutgan
o‘rni va uni yanada takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlarini ochib beradi.
Kalit so‘zlar:
advokatura instituti, advokat, yuridik yordam, kasbiy
mustaqillik, advokatura tuzilmalari, advokatlik faoliyati, xalqaro tajriba.
Аннотация
В данном тезисе анализируются правовые основы института
адвокатуры, текущее состояние и существующие проблемы. В частности,
освещаются профессиональная независимость адвокатов, их правовой
статус, нормативно-правовые акты, регулирующие деятельность
адвокатуры, и роль адвокатских структур. Также на основе опыта
зарубежных стран разработаны предложения по реформированию
системы адвокатуры в Узбекистане, обеспечению независимости
адвокатов и расширению возможностей граждан по получению
квалифицированной юридической помощи. Тезис раскрывает роль
института адвокатуры в правовом демократическом государстве и
актуальные направления его дальнейшего совершенствования.
Ключевые слова:
Институт адвокатуры, адвокат, юридическая
помощь, профессиональная независимость, адвокатские структуры,
адвокатская деятельность, международный опыт.
Abstract
This thesis analyzes the legal foundations of the institution of advocacy, its
current state, and existing problems. Specifically, it highlights the professional
independence of lawyers, their legal status, regulatory acts governing the
activities of the bar, and the role of advocacy structures. Additionally, based on
the experience of foreign countries, proposals have been developed for
reforming the advocacy system in Uzbekistan, ensuring the independence of
lawyers, and expanding citizens' access to qualified legal assistance. The thesis
reveals the role of the institution of advocacy in a legal democratic state and the
current directions for its further improvement.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
161
Keywords:
Institution of advocacy, lawyer, legal assistance, professional
independence, advocacy structures, advocacy activity, international experience.
Adolat qadim-qadimdan xalqimizning tinch va farovon hayotining tayanchi,
insonparvarlik manbai bo‘lib kelgan. Amir Temur davlat ishlarida “Kuch –
adolatda” degan qoidani qo‘llab, mamlakatda tinchlik va farovonlikka erishgan.
U zot shunday degan edi: “Adolat bo‘lsa — hayot bog‘dek go‘zal bo‘ladi,
adolatsizlik bo‘lsa — u eng dahshatli do‘zaxga aylanadi”.
Advokatura instituti jamiyatda ijtimoiy adolat, sud va boshqa organlarda
huquqiy himoyani sifatli ta’minlash jarayonida asosiy subyektlardan biri
hisoblanadi. Advokatura – lotincha “advocatus” so‘zidan olingan bo‘lib, sudda ish
yuritish, himoyani amalga oshirish hamda keng ma’noda malakali yuridik
yordam ko‘rsatish vazifasini amalga oshiruvchi kasbiy birlashmalardan iborat
bo‘lgan alohida maqomga ega ijtimoiy-huquqiy institut degan ma’noni anglatadi.
Joriy yil 5-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash faoliyati yuzasidan
kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda odil sudlovni amalga oshirishda
advokatlar o‘rni juda muhimligi, bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga
o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsata olishlari uchun imkoniyat yaratish
kerakligi qayd etildi hamda mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam
ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf
etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish vazifasi topshirildi [1].
Shu jumladan, endilikda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etishning eng muhim sharti qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashdan
iborat, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida advokatura fuqarolik
jamiyatining asosiy va muhim institutlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasida advokatura faoliyati “Advokatura to‘g‘risida”gi 1996-yil 27-
dekabrdagi 349-I-son Qonun bilan tartibga solinadi. Qonun advokatning
huquqiy maqomini, faoliyat yuritish asoslarini, tashkiliy-huquqiy shakllari va
ular faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Ushbu Qonunning 1-moddasiga ko’ra, advokatura — bu huquqiy institut
bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy
advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil,
ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,
ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
162
O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari
(tuzilmalari) “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 4-moddasida belgilangan bo‘lib,
ular quyidagicha bayon qilingan:
–
advokatlik byurosi;
– advokatlik firmasi;
– advokatlar hay’ati;
– yuridik maslahatxona [2].
Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini o‘z
advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa
advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki a’zolikka asoslangan
advokatlar hay’atini tuzishga yoxud faoliyat ko‘rsatayotgan shunday advokatlik
tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda
advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat o‘z faoliyatini faqat bitta
advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.
Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XXIV bobi advokatura sohasiga bag’ishlandi.
Konstitutsiyaning 141-moddasiga ko’ra, jismoniy va yuridik shaxslarga
malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish
prinsiplariga asoslanadi [3].
Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan
moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar
ta’minlanadi. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat
himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi (142-modda).
Shuningdek, yurtimizda har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi
kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat
hisobidan ko‘rsatiladi. Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday
bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda
cheklangan paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat yordamidan
foydalanish huquqiga ega.
Shu bois, Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq sud-huquq
tizimining ajralmas qismi hisoblangan advokatura institutini isloh qilish,
demokratik prinsiplarga asoslangan kuchli, mustaqil advokatura tizimini barpo
etishga alohida va doimiy ravishda e’tibor qaratib kelinmoqda.
Bir guruh olimlar O‘zbekistonda advokatura institutining rivojlanishini turli
mezonlar bo‘yicha shartli ravishda beshta bosqichga bo‘lishgan:
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
163
yuridik yordam institutining yuzaga kelishi (muftilar – musulmon
huquq bilimdonlari sifatida);
O‘zbekistonda advokatura institutining yuzaga kelishi;
advokatura instituti tashkiliy-huquqiy asoslarini isloh qilish;
mustaqil O‘zbekistonda advokatura institutini isloh qilish;
advokatura institutini yanada isloh qilish [4].
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-
mayda qabul qilingan “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va
advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–
5441-son Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmonga asosan, advokatura
tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifati va
advokatlik kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik
va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq vazifalar
belgilab qo‘yildi [5].
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ–497-sonli qonuni qabul qilinib, ushbu o‘zgartirish
va qo‘shimchalarga asosan, advokatura instituti va advokatlik faoliyatining
huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi, fuqarolarga malakali yuridik yordam
ko‘rsatish kafolatlari kuchaytirildi [6].
Shuningdek, advokatura – bu tushuncha umumiy olganda bir nechta
ma’nolarni o’zida jamlaydi:
1)
birinchidan,
fuqarolik jamiyati instituti;
2)
ikkinchidan,
advokat huquqlari va majburiyatlari barcha me’yorlarini
muvofiqlashtiruvchi, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning
mustaqil, ko‘ngilli, professional birlashmalari uning huquqiy maqomi,
advokatlar hay’ati, maslahatxonalari, firma va byurolarini tashkil qilish va
faoliyatini yuritish tartiblarini belgilovchi kompleks huquqiy institut [7].
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi huquqni qo’llash amaliyotida,
xususan, advokatura tizimida chuqur va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri — aholiga ko‘rsatilayotgan
malakali yuridik xizmatlar sifatini oshirish, ularning jamoatchilik uchun
ochiqligini ta’minlash va soddalashtirish, shuningdek, ushbu xizmatlarni
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aholi orasida keng
targ’ib qilish hisoblanadi.
Advokatura tomonidan ko‘rsatiladigan malakali yuridik yordam – bu
qonunchilikda belgilangan tartibda advokatlar tomonidan fuqarolar va yuridik
shaxslarga ularning huquq va erkinliklarini amalga oshirish, sudda himoya
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
164
qilish, qonuniy manfaatlarini ifoda etish maqsadida ko‘rsatiladigan kasbiy
yuridik xizmatlar majmuidir.
Ushbu yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yuridik maslahatlar berish;
yuridik hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
sudda va boshqa organlarda vakillik qilish;
mijozni jinoyat va boshqa sud ishlarida himoya qilish;
ariza, shikoyat, da’vo arizalari va boshqa yuridik hujjatlarni tuzish;
bepul yuridik yordam (ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlam uchun)
ko‘rsatish.
Advokatura tuzilmalari yoki advokat shartnoma asosida jismoniy
shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq, advokat davlat organi va tashkilotlariga yuridik xizmat
xodimi sifatida yuridik xizmat ham ko‘rsatishi mumkin [8].
Shuningdek, advokat “Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi” orqali
xususiy sektordagi tashkilot va korxonalarga malakali yuridik xizmat
ko‘rsatilishini ta’minlashda ham ishtirok etishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslarning qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquq va
erkinliklari ta’minlanishi uchun davlat organi va tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladigan harakatlar huquqiy xizmat ko‘rsatish hisoblanadi. Agar bunday
xizmat yuridik sohadagi mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan amalga
oshiriladigan bo‘lsa, bu advokatning yuridik xizmat ko‘rsatishi sifatida e’tirof
etiladi.
Davlat har bir fuqaroning teng va erkin yuridik yordam olish huquqini
ta’minlash uchun advokatura bilan hamkorlik qiladi.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, advokatura instituti deganda biz
— jamiyatda huquq va qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxsning huquqiy
himoyasini kafolatlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini
sudda va boshqa organlarda ifoda qilish hamda ularni huquqiy himoya qilishni
amalga oshiruvchi mustaqil va kasbiy tashkil etilgan tizimni tushunamiz.
Huquqiy yordamni amalga oshiruvchi kasb vakillari tizimi sifatida
advokatura instituti — bu, avvalo, advokatlar faoliyatini nazarda tutadi.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlovchi kafolat sifatida
konstitutsiyaviy darajada har bir shaxsga malakali yuridik yordam olish huquqi
kafolatlangan. Shu ma’noda, advokatura instituti — bu huquqiy davlat va
adolatli sudlov tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
165
Jamiyatdagi adolat va ijtimoiy tenglik kafolati sifatida advokatura, ayniqsa
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga (masalan, kambag‘al, yetim, nogironlar)
bepul yuridik yordam ko‘rsatish orqali ijtimoiy adolat va huquqiy tenglikni
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, advokatura institutining asosiy va
muhim xususiyatlari quyidagilardir:
mustaqil va o‘zini o‘zi boshqaruvchi tuzilma.
maxsus tashkil etilgan yagona tashkilot orqali boshqariladi.
advokat faoliyati litsenziya asosida olib boriladi.
maxfiylik va mijozning manfaatlariga sodiqlik asosiy tamoyildir.
Shu bilan birga, advokatura sud-huquq tizimining ajralmas tarkibiy qismi
bo‘lib, shaxsni himoya qilish, adolatli sudlovni ta’minlash va huquqiy xizmatlar
ko‘rsatish sohasida yetakchi huquqiy institutlardan biridir.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
116-moddasida
sudlov
organlarining faoliyati qonun ustuvorligi tamoyiliga asoslanishi ko‘rsatib o‘tilgan
bo‘lib, bu parallel ravishda advokatlarning ham faoliyatini qonuniy asosda
tashkil etishni taqozo etadi [9].
Tahliliy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning 1-yarim yilligida respublikada
6 686 nafar advokat faoliyat yuritib, ya’ni aholi jon boshiga hisoblaganda 5.6
ming kishiga o‘rtacha 1 ta advokat to‘g‘ri keladi, ularning o‘rtacha yoshi 40
yoshni tashkil etadi, shundan 30 yoshgacha bo‘lganlar soni atigi 53 nafarni
tashkil etishi aniqlandi. O‘zbekistonda aholining o‘rta hisobdagi ko‘rsatkichi
bitta advokatga 5.2 ming nafar odam to‘g‘ri kelishini ko‘rsatsa, ushbu ko‘rsatkich
Isroilda bitta advokatga – 136 nafar, Italiyada – 265 nafar, Ispaniyada – 328
nafar, Buyuk Britaniyada – 386 nafar, Germaniyada – 499 nafar, Turkiyada – 794
nafar, Gruziyada – 833 nafar, Ukrainada – 1205 nafar, Fransiyada – 1020 nafar,
Rossiyada – 1870 nafar, Qozog‘istonda esa – 3932 nafar odam to‘g‘ri kelishini
ko‘rsatmoqda [10].
Bundan tashqari, O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 19-maqsadi –
“Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik
subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish”
bo‘lib, ushbu ustuvor maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
birinchidan,
advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish
tizimiga o‘tkazish va advokaturaga yosh malakali kadrlarni jalb qilish;
ikkinchidan,
Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar
hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
166
uchinchidan,
advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va
institutsional asoslarini shakllantirish;
to‘rtinchidan,
advokatlik faoliyatini raqamlashtirish;
beshinchidan,
bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini
kengaytirish [11].
Advokatura institutining institutsional mustahkamlanishi, advokatlarning
kasbiy mustaqilligi, huquqiy maqomini kuchaytirish va ularning faoliyatini
to‘sqinliksiz amalga oshirish imkoniyatlari fuqarolarning sudga murojaat qilish
va va o’z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi
muhim omillardandir. Shu boisdan ham O‘zbekistonda oxirgi yillarda
advokatura institutini takomillashtirish borasida bir qator islohotlar amalga
oshirildi, biroq tizimda hal etilmagan muammolar hanuzgacha mavjud:
advokatlarning sud va tergov organlari bilan teng huquqli hamkorligi
ta’minlanmagan;
ayrim hollarda advokatlarga bosim o‘tkazilishi holatlari kuzatilmoqda;
advokat
xizmatlarining
jamoatchilik
orasida
yetarlicha
ommalashmaganligi;
malakali advokatlar sonining yetishmasligi va yosh kadrlarning kamligi;
advokatlik faoliyatiga aralashuvning mavjudligi;
ish bilan bog’liq kerakli axborot olish imkoniyati cheklanganligi;
advokatlar va advokatlik idoralarining moliyaviy mustaqillik masalasi.
Advokatura
institutini
takomillashtirish
masalalari
xususida
gapirganimizda qator xorijiy davlatlar tajribasiga to’xtalishimiz maqsadga
muvofiq, xususan, Germaniyada advokatlik faoliyati erkin kasb sanaladi.
Advokatlar o‘z faoliyatida sud va boshqa organlardan to‘liq mustaqil maqomga
ega. Ularning faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat “Federal advokatlar
haqidagi nizom” bo‘lib, u advokatlarning kasbiy etikasini, litsenziyalash tartib-
taomilini va intizomiy javobgarlikni tartibga soladi.
Shuningdek, AQShda har bir shtatda advokatlik litsenziyasini beruvchi
alohida organ mavjud. Advokatlar kasbiy assotsiatsiyalarga majburiy a’zolik
asosida birlashadi. Ularning malaka oshirish tizimi kuchli bo‘lib, har yili
muayyan soatda o‘quv kurslarini tamomlash majburiy hisoblanadi.
Advokatura tizimi Qozog‘istonda mustaqil ravishda faoliyat yuritadi, ammo
davlat tomonidan o’rnatilgan nazorat elementi kuchliroq. Advokatlar
kollegiyalari mavjud va ular yagona palataga birlashgan.
O‘zbekiston uchun yuqoridagi modellarning ayrim jihatlari muhim bo‘lishi
mumkin.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
167
Xulosa va takliflar
Advokatura instituti huquqiy davlatda adolatli sudlovning asosiy
kafolatidir. O‘zbekistonda ushbu institutni rivojlantirish yo‘lida qator ijobiy
qadamlar qo‘yib kelinayotgan bo‘lsa-da, tizimda mavjud bo‘lgan qonunchilikdagi
bo‘shliqlar, amaliy muammolar, kasbiy malaka bilan bog‘liq masalalar uni
kompleks ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Quyida keltirilgan takliflar bu
institutni kuchaytirish, jamiyatda uning nufuzini oshirish va fuqarolarning
huquqiy himoyasini chinakam ta’minlashga xizmat qiladi:
1.
Advokatlar mustaqilligini kafolatlovchi konstitutsiyaviy va
institutsional mexanizmlarni joriy etish. Bunda, Fransiya Konstitutsiyasi va
Jinoyat protsessual kodeksi (“Code de procédure pénale”)ga ko‘ra, advokatning
kasbiy faoliyatiga har qanday aralashuv sud tomonidan qat’iy jazolanadi.
Advokatlar faoliyatiga aralashuv qat’iyan man etiladi [12]. O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksiga advokat faoliyatiga aralashuv holatlari uchun
jinoiy javobgarlikni belgilovchi normani kiritish;
2.
Advokatlar palatasining institut sifatida mustaqilligini kuchaytirish
va o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini mustahkamlash. Masalan, Germaniya
Federal advokatlar palatasi (Bundesrechtsanwaltskammer – BRAK) davlatdan
mutlaqo mustaqil, o‘zining moliyaviy, tashkiliy va intizomiy siyosatiga ega.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Advokatlar palatasi faoliyati ustidan davlat
organlarining bevosita nazoratini bekor qilish yoki kamaytirish, (masalan, o‘z
nizomini o’zi tasdiqlash, litsenziya olishga oid ichki qoidalarni yakka belgilash)
[13];
3.
Yuridik klinikalar va jamoaviy huquqiy yordam xizmatlarini
kuchaytirish. Xalqaro tajribada (Niderlandiya, Kanada) Davlat tomonidan
moliyalashtiriladigan “Legal aid clinic”lar mavjud bo‘lib, aholining ijtimoiy
himoyasiz qatlamlariga bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan
kelib chiqqan holda, Advokatlar palatasi ko‘magida “Jamoaviy huquqiy yordam
markazlari”ni tashkil etish [14];
4.
Ijtimoiy sheriklik asosida davlat va Advokatlar palatasi o‘rtasida
hamkorlikni kuchaytirish. Xorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq (Norvegiya,
Finlyandiya) advokatura jamiyat manfaatiga xizmat qiluvchi muhim institut
sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning strategik hujjatlari va qonun
ijodkorligiga jalb qilinadi. O‘zbekistonda Advokatlar palatasiga qonun
loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, ijtimoiy muhokamalarda ishtirok etish,
huquqiy siyosatga oid hujjatlarga rasmiy munosabat bildirish vakolatini berish
[15];
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
168
5.
Oliy yuridik ma’lumotli shaxslarga 3 oylik stajirovkadan keyin
advokatlik imtihoni topshirish imkoniyati yaratilganligi va bir yil ichida
advokatlik maqomini olgan shaxslarga ma’lum bir muddat davlat tomonidan
subsidiya shaklida moliyaviy yordam berish, har bir yosh advokatga ma’lum
muddat davomida tajribali advokatni biriktirish orqali uni advokatlik kasbiga
tayyorlashni “Ustoz-shogird” an’analari asosida yo’lga qo’yish;
6.
Advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar faoliyatini o’zlariga
tegishli bo’lgan turar joylarda amalga oshirishi mumkinligi belgilanganligidan
kelib chiqib hamda advokatlik byurosi advokatiga tashrif buyuruvchilarni qabul
qilish, ular bilan alohida suhbatlashish va advokatlik sirini saqlash uchun yetarli
sharoitlar yaratish maqsadida “Turar joyda advokatlik byurolari faoliyatini
tashkil etishning minimal talablari” haqidagi Yo’riqnomani ishlab chiqish va
qabul qilish;
7.
Germaniya, Fransiya tajribasidan kelib chiqib, advokatlarning sud
tizimiga bog’liq holda sud ishlarida ishtirok etish masalasini istiqbolda
mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish, bunda kamida 7 yillik advokatlik stajiga
ega, oxirgi 2 yilda intizomiy javobgarlikka tortilmagan advokatlar orasidan
alohida Oliy sud va Konstitutsiyaviy sudda ko’riladigan ishlarda ishtirok etishini
ta’minlash;
8.
Koreya tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda har yili
Advokatlar palatasi tomonidan yuritimizda jismoniy va yuridik shaxslarga
yuridik yordam ko’rsatish holati haqida milliy hisobot tayyorlash hamda Hisob
palatasi va Prezident huzurida eshitish taklif etiladi. Bu orqali advokatlar
huquqlarini himoya qilish sohasida e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan dolzarb
masalalarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish imkonini beradi;
9.
Advokatlarning
kasbiy,
korporativ
birligini
ta’minlash,
advokatlarning jamiyat va davlat hayotidagi o’rnini mustahkamlash maqsadida
kelajakda “Advokatura to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kunni
mamlakatimizda “
Advokatlar kuni
” advokatura hamjamiyati vakillarining kasb
bayrami sanasi etib belgilash;
10.
Advokatura
xizmatlarini
ko’rsatishning
raqamlashtirilgan
platformasini yaratish va zamon talablari asosida takomillashtirish taklif etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://kun.uz/43064149;
2.O‘zbekiston Respublikasida advokatura faoliyati “Advokatura to‘g‘risida”gi
1996-yil 27-dekabrdagi 349-I-son Qonun;
3.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXIV bobi;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
169
4.Jalilov, N. . (2025). O‘ZBEKISTONDA ADVOKATLIK INSTITUTINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Общественные науки в современном мире:
теоретические
и
практические
исследования,
4(5),
56–62.
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/73683;
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-mayda qabul qilingan
“Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning
mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5441-son Farmoni;
6.O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi Yuridik yordam va
huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ–497-sonli Qonuni;
7.Advokatura darslik // Mas’ul muharrir y.f.n., prof. D. Habibullayev – Toshkent:
TDYU,
2019.
–
116
bet.
https://srsl.uz/adminpanel/files/global/kitoblar/%E2%84%9616.%20Advokat
ura.pdf;
8.O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni 3-modda;
9.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116-moddasi;
10. https://adliya.uz/;
11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi 28-yanvardagi “2022-
2026-yillarda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” PF-60-son
Farmoni;
12. Fransiya Jinoyat protsessual kodeksi (“Code de procédure pénale”);
13. Bundesrechtsanwaltsordnung (BRAO), § 175–191;
14. Council of Europe – European Commission for the Efficiency of Justice
(CEPEJ) report (2020);
15. Finland Bar Association Act, Section 4.