Авторы

  • Nodirbek Jalilov
    Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73230

Ключевые слова:

Advokatlik instituti rivojlanish bosqichlari O‘zbekiston islohotlar huquqiy tizim advokatlar jamiyat yuridik islohotlar.

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston sharoitida advokatlik institutining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Advokatlik faoliyatining tarixiy shakllanishi va uning o‘zgarishlari, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan islohotlar, advokatlik institutining mustahkamlanishi va uning jamiyatdagi roli yoritiladi. Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uni tartibga soluvchi qonunlar va normativ hujjatlar, shuningdek, advokatlarning huquqiy pozitsiyalarini ta’minlashda amalga oshirilgan yuridik islohotlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Advokatlik institutining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar, shuningdek, bu institutning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil fikrlar keltirilgan. Maqola O‘zbekiston huquq tizimining yangilanishi va rivojlanishining muhim aspektlarini yoritib, kelajakda advokatlik institutining yanada samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan takliflarni ishlab chiqadi.


background image

56

O‘ZBEKISTONDA ADVOKATLIK INSTITUTINING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI

Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universitetining

mustaqil izlanuvchisi

gmail: jnbek93@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15076553

Anonatsiya:

Maqolada O‘zbekiston sharoitida advokatlik institutining rivojlanish

bosqichlari tahlil qilinadi. Advokatlik faoliyatining tarixiy shakllanishi va uning o‘zgarishlari,
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan islohotlar, advokatlik
institutining mustahkamlanishi va uning jamiyatdagi roli yoritiladi. Ushbu maqolada
advokatlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uni tartibga soluvchi qonunlar va normativ
hujjatlar, shuningdek, advokatlarning huquqiy pozitsiyalarini ta’minlashda amalga oshirilgan
yuridik islohotlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Advokatlik institutining rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar, shuningdek, bu institutning jamiyatdagi o‘rni va
ahamiyati haqida batafsil fikrlar keltirilgan. Maqola O‘zbekiston huquq tizimining yangilanishi
va rivojlanishining muhim aspektlarini yoritib, kelajakda advokatlik institutining yanada
samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan takliflarni ishlab chiqadi.

Kalit so‘zlar:

Advokatlik instituti, rivojlanish bosqichlari, O‘zbekiston, islohotlar,

huquqiy tizim, advokatlar, jamiyat, yuridik islohotlar.


Advokatura instituti har qanday huquqiy davlatning ajralmas qismi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida advokatura va advokatlik faoliyati prinsiplarining shakllanishi va
rivojlanishi murakkab tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon nafaqat milliy huquq
tizimining rivojlanishi, balki xalqaro huquq normalari va standartlarining ta’siri ostida ham
kechgan.

Hozirgi zamon huquqi tizimida inson huquq va erkinliklari hamda ularni himoya qilish

masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu masalalarni hal elishda advokaturaning
muhim o‘rin tutishi inson huquqlari bilan bog‘liq xalqaro hamda milliy huquq hujjatlarda
tobora aniq aks ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ham o‘zining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot

strategiyasi” kitobida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi mustaqil advokatura
faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutadi. Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalash bugungi kunning dolzarb
vazifasidir”

1

deya ta’kidlagan.

Bizga ma’lumki, huquqshunoslik kasblari orasida advokatura sohasi alohida o‘rin tutadi.

Advokatura va uning faoliyat prinsiplarini mamlakatimizda rivojlanish tarixini bilish, ushbu
sohani yanada puxta o‘rganish, har tomonlama tahlil qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimiz siyosiy hayotida roʻy berayotgan muhim oʻzgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy,

siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar

advokatura tizimini ham zamon bilan hamnafas rivojlantirish, qonunchilik huquqiy

bazasini takomillashtirib borishni talab etmoqda. Bundan tashqari dunyo miqyosida

1

Sh.M.Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2022. 105-bet.


background image

57

roʻy berayotgan modernizatsiyalashuv jarayoni mamlakatimiz aholisini ham qamrab
olayotganligi, oxirgi 4-5 yil davomida jadal olib borilayotgan demokratik islohotlar

tufayli fuqarolar ongining oʻsib borishi va huquqiy madaniyatining yuksalishi oqibatida ular
tomonidan siyosiy-huquqiy faollikning kuchayib borishi hamda oʻz huquq va erkinliklarini
himoya qilish uchun sud organlariga murojaat qilish va advokat yordamidan foydalanishga
boʻlgan ehtiyojning oʻsib borishi singari holatlar advokaturani zamon talablariga javob
beradigan asosda rivojlantirish masalasini keltirib chiqarmoqda. Umuman olganda,
advokatura institutining paydo boʻlishi va uning rivojlanishi uzoq tarixga borib tarqaladi

2

.

Qisqacha qilib aytganda, turli huquqiy tizimlar va mamlakatlardagi advokatura

institutlarini qiyosiy huquqiy tahlil yordamida o‘rganish birinchidan, hozirgi zamonda
advokaturaning roli, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini tushunib yetishga, ikkinchidan,
advokatlik

faoliyatining

huquqiy

asoslarini,

advokatlik

faoliyati

amaliyotini

takomillashtirishga, uchinchidan, advokatura instituti bilan bog‘liq nazariy bilimlarni
o‘rganish, advokatlarning umumiy va kasbiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashadi.

Har bir davlatni rivojlantirish, uni isloh qilish hamda rivojlangan davlatlar qatoriga

kiritish uchun harakat qilinayotganda albatta kamchiliklar bo‘lishi tabiiy hol. Bu
kamchiliklarni hamma sohalar kabi advokatura tizimida ham uchratish mumkin

3

.

Dastavval, advokaturaning kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘rta asrlarda,

masalan, cherkovlar himoya huquqidan foydalanishgan – ularning suddagi vakillari dastlabki
paytlarda rahbar ruhoniylar bo‘lishgan bo‘lsa, keyinchalik qonunlarga tushunuvchi ruhoniylar
ichidan olingan begona shaxslar ham vakillik qilishgan. “Advokat” so‘zi lotin yozuvidan
olingan va ikki xil ma’noga ega:

a) sud ishlari bo‘yicha ishonchli vakil, suddagi himoyachi;
b) nimaningdir yoki kimningdir himoyasi uchun og‘zaki yoki yozma ravishda
chiquvchi

4

.

Yuridik kasbning kelib chiqishi, uning turli tarixiy davrlardagi amaliy tajribasini

o‘rganish nafaqat o‘tmishdagi xatolar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki advokatlik
maqomining, shu jumladan, uni tamoyillarining uyg‘un rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yuridik fanda qiyosiy-huquqiy tahlil turli huquqiy tizimlar, shu jumladan advokaturani

o‘rganishning muhim usullaridan biridir. Tahlilning bu turini qo‘llash turli huquqiy
tizimlardagi advokaturaning umumiy, alohida va mushtarak xususiyatlarini aniqlash imkonini
beradi. Advokatura institutini o‘rganishda qiyosiy-huquqiy tahlilning turli shakllari
qo‘llaniladi. Advokatura tarixini o‘rganishda tarixiy qiyosiy-huquqiy tahlil qo‘llanilib,
advokaturaning rivojlanishi qonuniyatining tarixiy jihatlari o‘rganiladi. Ko‘pchilik holatlarda
esa qiyoslash predmeti turli davlatlardagi amaldagi advokatura instituti bo‘ladi

5

.

Dastlab, Qadimgi Yunoniston va Rimning keng ko‘lamli tajribasiga asoslanib, Yevropa

davlatlari ushbu huquqiy institutga yangicha mazmun berib, uni fuqarolar va ularning

2

Inagamova M.M., Ro‘zieva N.N. Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari, Journal of

New Century Innovations. Volume–36_Issue-1_September_2023.B.-182-186.

3

Dadasheva A.A.. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro institutlar (2023) Innovatsionnыe issledovaniya v ovremennom

mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90

4

Boykov A.D. Kapinus N.I. Advokatura Rossii: Uchebnoe posobie.- M.:IMiP, 2000

5

Nabiyevna, N. D. . (2024). Improvement of lawyer activity, national and foreign experience. fan, ta’lim, madaniyat va

innovatsiya jurnali | journal of science, education, culture and innovation, 3(4), 7–11. Retrieved from
https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/635 7-b


background image

58

uyushmalariga huquqiy ko‘mak uchun universal vositaga aylantirgan.

Advokatura va uning faoliyatini tashkil etish prinsiplari, ularning mohiyati

va maqsadini belgilovchi asosiy mezonlar mazkur davr konsepsiyasi hamda siyosiy tizimiga
mos ravishda doimiy ravishda o‘zgartirilib borildi.

Advokatlik kasbining ahamiyati o‘sha davrning ko‘plab taniqli huquqshunoslari

tomonidan yuqori baholangan. Xusasan, E.V.Vaskovskiy yozganidek, “Yevropa fani tomonidan
ishlab chiqilgan prinsiplar bo‘yicha yangi tizim va sud ishlarini yuritishning joriy etilishi bilan
adolatning avvalgi kamchiliklari va yaralari ularni yuzaga keltirgan tizim bilan birga afsonalar
maydoniga chekindi. Yangi institutlar “tezkor, adolatli va rahmdil” sud g‘oyasini o‘z kuchiga
ko‘ra amalga oshirdi. Odil sudlovni amalga oshirish ilgari erishib bo‘lmaydigan cho‘qqilarga
ko‘tarildi, jamiyat birinchi marta o‘z huquqlarini munosib va ishonchli qo‘llarda himoya
qilishni ko‘rdi”

6

.

Sud protsessida advokatlarning muhim roli bo‘yicha G.B.Sliozbergning ham fikrlari

o‘rinlidir. U ta’kinlaganidek, “Bizning barcha sud amaliyotimiz nafaqat sudyalar, balki
advokatlar, ularning yordamchilari yoki adliya organlari faoliyatining natijasidir. Qonunimiz
uchun juda muhim bo‘lib qolgan butun himoya amaliyoti advokaturaning faol, deyarli doimiy
ishtirokida ishlab chiqilgan”

7

.

O‘zbekistonda davlatchilik va huquq tarixi uch ming yildan ko‘proq vaqtga to‘g‘ri keladi,

garchi mamlakatda advokatlik instituti ancha keyin shakllana boshlagan bo‘lsa-da.
O‘zbekistondagi ilk davlatlar hisoblangan Baqtriya, Xorazm, So‘g‘d, Parfiya, Yunon-Baqtriya,
Kushon podsholigi va boshqalarda davlatchilik asoslari shakllangan.VII asr boshlarida O‘rta
Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kiritildi

8

.

Bir guruh olimlar tomonidan O‘zbekistonda advokatura institutining rivojlanishini turli

mezonlar bo‘yicha bosqichlarga bo‘lishgan. Masalan, O‘zbekiston hududida advokatura
institutining rivojlanishini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lishgan: yuridik yordam
institutining yuzaga kelishi (muftilar – musulmon huquq bilimdonlari sifatida); O‘zbekistonda
advokatura institutining yuzaga kelishi; advokatura institut tashkiliy huquqiy asoslarini isloh
qilish; mustaqil O‘zbekistonda advokatura institutini isloh qilish; advokatura institutini
yanada isloh qilish

9

.

Boshqa bir guruh olimlar advokatura instituti rivojlanishini quyidagi uch bosqichga

bo‘linishini qayd etishgan va ushbu bosqichlarda alohida e’tiborga molik jihatlariga to‘xtalib
o‘tishgan: 1-bosqich – 1990-1996 yillar; 2-bosqich – 1997-2007 yillar; 3-bosqich – 2008-2017
yillar

10

.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov

advokatura institutining rivojlanishni bosqichlarga bo‘lmagan bo‘lsada, Yangi O‘zbekistonning
mustaqil advokaturasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadrijiy

6

Васьковский Е.В. Организация адвокатуры. Т. 1. Исследование принципов организации адвокатуры. СПб.:

Типография П.П. Сойкина, 1893. С. 384.

7

Слиозберг Г.Б. Адвокатура за 25 лет // Журнал гражданского и уголовного права. 1889. №9. С. 32.

8

Scientific aspects and trends in the field of scientific research International scientific online conference/

O‘zbekistonda advokatura institutining rivojlanish tarixi /Muxammadova Marjona Zavqiy qizi,176-b

9

Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: TDYU, 2019. - B. 39.

10

Саломов Б., Давлятов В., Пардаев С., Сайфиева Г. Ўзбекистонда адвокатура: жорий ҳолати ва ривожланиш

истиқболлари (таҳлилий маълумот). - Tошкент: Baktria press, 2020. Б. 8.


background image

59

rivojlanishi haqida tizimli o‘zining mulohazalarini bildirgan

11

.

Aytishimiz mumkinki, oʻrta asrlar kohinlar sudlari qoshida maxsus xizmatchilar,

musulmon huquqi bilimdonlari – muftiylar va a’lamlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Ular sudya (qozi), da’vogar, ayblovchi, javobgar yoki sudlanuvchining topshirigʻiga koʻra,
rivoyat, ya’ni bahsning namunaviy hal etilishini yoki shariat meʻyorlariga koʻra ayblovni
tuzadilar. Chunonchi, Buxoro amirligi bosh qozisi (qozikalon) huzurida 12 nafar mufti xizmat
qilgan, ular tashrif buyuruvchilarga, qoziga murojaat qiluvchiga shikoyat tuzishda va boshqa
amaliy yozuvlarni tayyorlashda mukofot evaziga yordam berganlar

12

.

Sovet advokaturasiga asos solingan kun mohiyatan 1922-yil 26-may, Butunrossiya

Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi “Advokatlik to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlagan kun edi. Bu nizom
ham albatta O‘zbekiston hududi uchun ham amal qilardi. Unda viloyat adliya boshqarmalari
qoshida jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha himoyachilar kollegiyalarini tashkil etish ko‘zda
tutilgan, mazkur hay’atlarning tarkibi va faoliyati, ular rayosatlarining vazifalari,
himoyachilarning mehnatiga haq to‘lash tartibi va boshqalar tartibga solingan.

O‘zbеkiston SSR tаshkil еtilgаnidаn so‘ng, rеspublikаning bаrchа hududlаri uchun

yagonа bo‘lgаn аdliya orgаnlаrining izchil tizimini yarаtish bo‘yichа ish olib borildi. Bu to‘lа
rаvishdа аdvokаturаgа hаm tеgishlidir. 1925-yildа O‘zSSR Sovеtlаri MIQ rеspublikа Аdliya
xаlq komissаriаti to‘g‘risidаgi Nizomni qаbul qilib, undа jumlаdаn, Аdliya xalq komissariati
himoyachilаr hаy’аtlаri fаoliyatigа rаhbаrlik qilishi ko‘zdа tutilgаn еdi.

13

Yana shunisi e’tiborga loyiqki, advokaturaning shakllanishining ushbu tarixiy bosqichida

advokatura prinsiplari hali to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun hujjatlarida mustahkamlanmagan edi.

Davrning hamda mamlakatdagi qonunchilik o‘zgarishi davomida advokatlik hamda

ushbu sohaning o‘zagi bo‘lmish uning prinsiplari ham o‘zgarish hamda rivojlanishda bo‘lib
borgan. Sobiq Sovеt аdvokаturаsining yuqoridа ko‘rsаtilgаn rivojlаnish bosqichlаri
O‘zbеkiston SSR аdvokаturаsigа hаm xos hisoblanadi. Shu bilаn birgа, O‘zbеkiston SSRdа
аdvokаturа hamda uni prinsiplarining tаrixi o‘zigа xos bo‘lib, davlatning tаrixiy rivojlаnishi
muаyyan shаrt-shаroitlаrining xususiyatlаrini o‘zida namoyon qiladi.

M.X.Rustamboyev ta’kilashicha, Turkiston o‘lkasida, shuniningdek, Buxoro amirligida,

Xorazm xonligida shariat (musulmon huquqi) va odat (odat huquqi) asoslarida faoliyat
ko‘rsatgan qozilar va biy feodal sudlari jinoyat va fuqarolik ishlarini advokatlarning
ishtirokisiz ko‘rganlar.

14

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, advokatlik faoliyatining dastlabki

davrida advokatlik va advokatura faoliyatining eng asosiy prinsipi bo‘lmish mustaqillik
prinsipi o‘z mohiyatidan ko‘ra pastroq darajada bo‘lgan.

1936-yilda Ittifoq Respublika Adliya Xalq Komissarligi tashkil etilishi bilan O‘zbekiston

SSR Adliya Xalq Komissarligi tarkibida sud himoyasi va aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish
bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘lim butun respublika miqyosida advokatura faoliyatini tashkiliy
boshqarish yuklangan yagona organga aylandi. 1936-yilda O‘zSSR advokaturasida 186 nafar

11

Эрназаров А. Янги Ўзбекистоннинг мустақил адвокатураси тадрижий ривожланмоқда // Advokat, №4. 2021. -

Б. 3-10.

12

Г.Абдумаджидов. Развитие адвокатуры в Узбекистане. // История развития права на территории Узбекистана.

Материалы научного семинара, организованного Фондом им. К.Аденауера и ТГЮИ. Ответ.ред.
Г.Абдумаджидов, А.Eгамбердиев. – Т. Адолат. 2007. – С.204

13

Саркисянц Г.П. Адвокатура советского Узбекистана. -T.: FАN, 1972. - B. 15-21

14

Rustambayev M.X., Nikiforova E .N Huquqni muhofaza qilish organlari. Darslik - T.: TDYUI, 2005. - R. 475.


background image

60

advokat faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilgan bo‘lsa, aslida (shartli va stajorlarni hisobga olgan
holda) 127 nafar advokat faoliyat ko‘rsatar edi. O‘sha paytda respublika advokaturasida bor-
yo‘g‘i 33 nafar oliy yuridik ma’lumotli, 24 nafar yuridik maktab va kurs ta’limiga ega bo‘lgan
kishi ishlagan.

15

SSRning 1934-yil 1-dekabrdagi va 1937-yil 22-sentabrdagi favqulotda qonunlari bilan

uzil-kesil rad etildi. Bu qonunlar mohiyatan “aksilinqilobiy jinoyatlar”, terroristik tashkilotlar,
terroristik aktlar, shuningdek zararkunandalik va qoʻporuvchilik toʻgʻrisidagi ishlarni suddan
tashqari, himoyachi jalb qilmay tekshirish va koʻrib chiqish belgilandi.

16

1961-yil 30-mayda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti advokatura to‘g‘risidagi yangi nizomni

tasdiqladi, unga ko‘ra advokatlar kollegiyalari advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
kishilarning ixtiyoriy birlashmalari ekanligi belgilab qo‘yildi.

Ushbu Nizom qabul qilinganidan keyin 10 yil o‘tib, 1972-yilga kelib, 442 nafar advokat

O‘zSSR advokatlar kollegiyalariga a’zo bo‘lgan, ulardan 353 nafari oliy yuridik ma’lumotga,
qolganlari esa adliya organlarida o‘rta va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan. Shuningdek, 1979-
yilda SSSRning “SSSR advokati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi, uning asosida O‘zbekiston
SSRning 1980-yil 12-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi
nizom” (1961-yil) yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu nashr SSSR qonuni va 1961-yildagi
Advokatura to‘g‘risidagi Nizom qoidalari bilan amalda bir xil edi. Biroq, ushbu qonunchilik
konstitutsiyaviy normalarga asoslanganligi sababli eskisi bilan farq qilagan. Ushbu nizomning
qabul qilinishi bilan advokatlarning o‘zlari tashabbusi bilan advokatlar hay’atlarini tuzish
imkoniyati paydo bo‘ldi, garchi hay’at tuzish to‘g‘risidagi taklif uni tasdiqlash uchun Adliya
vazirligiga yuborilishi kerak edi

17

.

Umuman olganda, advokatura institutining paydo boʻlishi va uning rivojlanishi uzoq

tarixga borib taqaladi. Oʻzbekistonda ham advokatura institutining paydo boʻlishi va
rivojlanish bosqichlari bir necha yuz yillik tarixga ega boʻlsa ham uning rasman institut
sifatidagi sud-huquq sohasidagi oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan
keyingi jarayonlar bilan bevosita bogʻliqdir.

O‘zbеkiston Rеspublikаsining mustаqilligi е’lon qilingаch, huquqni muhofаzа qiluvchi

orgаnlаr, shu jumladan advokatura tizimidа ham jiddiy o‘zgаrishlаr amalga oshirila boshlandi.

Bir guruh olimlar tomonidan O‘zbekistonda advokatura institutining rivojlanishini turli

mezonlar bo‘yicha bosqichlarga bo‘lishgan. Masalan, O‘zbekiston hududida advokatura
institutining rivojlanishini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lishgan:

yuridik yordam institutining yuzaga kelishi (muftilar – musulmon huquq bilimdonlari

sifatida);

O‘zbekistonda advokatura institutining yuzaga kelishi; advokatura instituti tashkiliy-

huquqiy asoslarini isloh qilish; mustaqil O‘zbekistonda advokatura institutini isloh qilish;
advokatura institutini yanada isloh qilish.

18

Boshqa bir olimlar esa O‘zbekiston hududida advokatura institutining rivojlanishini

shartli ravishda besh bosqichga bo‘lishadi. Xususan, “Birinchi bosqich – yuridik yordam

15

Васикова М.С. Ўзбекистонда адвокатуранинг ярим асрлик юбилейи. – 1972 йил

16

Петрухин И.Л. Правосудие: время реформ. М.: Наука, 1991. – С. 31

17

“O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani, 2022-yil 30-noyabr | scientists.uz,

https://doi.org/10.5281/zenodo.7366406

, 508-b

18

Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: TDYU, 2019. - B. 39.


background image

61

institutining yuzaga kelishi (muftilar – musulmon huquqi bilimdonlari sifatida); ikkinchi
bosqich – O‘zbekistonda advokatura instituti yuzaga kelishi; uchinchi bosqich – advokatura
instituti tashkiliy-huquqiy asoslarini isloh qilish bosqichi; to‘rtinchi bosqich – mustaqil
O‘zbekistonda advokatura institutini isloh qilish bosqichi; beshinchi bosqich – advokatura
institutini yanada isloh qilish bosqichi

19

.

Bizga ma’lumki, advokаtlik faoliyatini dаvlаt orgаnlаri, аvvаlo аdliya orgаnlаri vа

sudlаrdаn, shuningdеk mаhаlliy ijroiya orgаnlаridаn еrkinligi vа mustаqilligini kеngаytаrib
borish asosiy masalardan biri hisoblanadi. Qonunchilikdagi islohatlar hamda tegishli ilmiy
izlanishlar natijasida mаlаkаli yuridik yordаm ko‘rsаtish tizimini tаkomillаshtirishning yangi
jihаtlаr pаydo bo‘lmoqda.

A.R.Matmurotovning fikricha, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab shu

kunga qadar advokat maqomiga ega bo‘lishga qo‘yilgan talablarning maqbullashishi,
murakkablashishi va takomillashishi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari hamda
kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida bosqichma-bosqich o‘zgarib borgan

20

.

Hozirda, O‘zbekiston Respublikasida advokatura fuqarolik jamiyatining asosiy va muhim

institutlaridan biri bo‘lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik
yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq Konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Shu bois, Respublikamiz
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq sud-huquq tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan
advokatura institutini isloh qilish, demokratik prinsiplarga asoslangan kuchli, mustaqil
advokatura tizimini barpo etishga alohida va doimiy e’tibor qaratib kelindi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi advokatura sohasida

ham ma’lum o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, 1996-yil 27-dekabrda “Advokatura to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonun qabul qilinguniga qadar O‘zbekistonda
advokatura sohasi 1980-yil 12-noyabrdagi “O‘zbekiston SSR advokaturasi to‘g‘risida”gi
Nizomga asosan tartibga solingan. Nizomning I-moddasiga muvofiq, “ ... sovet
advokaturasining asosiy vazifasi fuqarolar va tashkilotlarga odil sudlovni amalga oshirish,
sotsialistik qonuniylikka rioya etish va uni mustahkamlash, fuqarolarni sovet qonunlarini aniq

va so‘zsiz bajarish, xalq boyligini avaylab-asrash, mehnat intizomiga rioya qilish, boshqa

shaxslarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatiga, sotsialistik jamiyat qoidalariga nisbatan
hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat”. Nizomning birinchi moddasidanoq shuni ko‘rishimiz
mumkinki, Sobiq Ittifoqda shaxs manfaatlaridan ko‘ra davlat manfaatlari ustunlikka ega
bo‘lgan

21

.

Yurtimiz siyosiy hayotida roʻy berayotgan muhim oʻzgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy,

siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar advokatura
tizimini ham zamon bilan hamnafas rivojlantirish, qonunchilik huquqiy bazasini
takomillashtirib borishni talab etmoqda. Bundan tashqari dunyo miqyosida roʻy berayotgan
modernizatsiyalashuv jarayoni mamlakatimiz aholisini ham qamrab olayotganligi, oxirgi 4-5

19

“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 https://ilmfanvatalim.uz/ № 11/

https://ilmfanvatalim.uz/

index.php/ift/issue/view/13/9

20

Матмуротов, А. (2022). Ўзбекистонда адвокатура институтининг ривожланиш босқичларида адвокат

мақомига эга бўлишга қўйилган талаблар таҳлили. Сотрудничество ташкентского государственного
юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 19–29.
извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16666

21

Qodirova Go‘zal Qodir qizi. (2023). O‘zbekistonda advokatura: kecha va bugun. yosh olimlar ilmiy-amaliy

konferensiyasi, 2(06), 111-

https://doi.org/10.5281/zenodo.8013664

.


background image

62

yil davomida jadal olib borilayotgan demokratik islohotlar tufayli fuqarolar ongining oʻsib
borishi va huquqiy madaniyatining yuksalishi oqibatida ular tomonidan siyosiy-huquqiy
faollikning kuchayib borishi hamda oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sud
organlariga murojaat qilish va advokat yordamidan foydalanishga boʻlgan ehtiyojning oʻsib
borishi singari holatlar advokaturani zamon talablariga javob beradigan asosda rivojlantirish
masalasini keltirib chiqarmoqda. Umuman olganda, advokatura institutining paydo boʻlishi va
uning rivojlanishi uzoq tarixga borib tarqaladi

22

.

1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual

kodeksi bu nuqsonlarning barchasi bartaraf etildi, himoyachining jinoiy ishni koʻrib chiqish
jarayonida qatnashish imkoniyati sezilarli darajada kengaydi. Advokatura toʻgʻrisidagi
qonunchilikning isloh qilinishi, mamlakat ijtimoiy-davlat hayotining boshqa sohalaridagi
islohot kabi, bosqichma-bosqich, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi darajasiga qarab
oʻtkazilmoqda

23

.

Hozirda Yangi O‘zbekiston sharoitida “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar

davlat” degan ustuvor tamoyil asosida islohotlar davom etilmoqda. Ushbu ezgu maqsadlar
asosida xalqimiz yangidan-yangi istiqbollar, kelgusi muhim yo‘nalishlar belgilab berilmoqda.
Mazkur ulug‘vor maqsadlardan biri sifatida advokatura institutini har tomonlama
rivojlantirish, advokat mustaqilligini ta’minlash, inson huquqlari va manfaatlarini himoya
qilish hamda malakali huquqiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi bosqini yaratishni ko‘rish
mumkin.

Keyingi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari

himoya qilinishini ta’minlashning samarali institutlaridan biri sifatida advokaturaning o‘rni va
ahamiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Mamlakatimiz siyosiy hayotida ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy,

siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar advokatura tizimini
ham zamon bilan hamohang tarzda rivojlantirish, qonunchilik huquqiy bazasini
takomillashtirib borishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka
erishgandan to shu kungacha jamiyat hayotining barcha sohalari kabi sud-huquq tizimining
ajralmas qismi bo‘lgan advokatura tizimi ham uzluksiz ravishda rivojlanib, takomillashib
bordi.

Bundan tashqari, bugungi kunda fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish dolzarb

masalaga aylanib borayotganligi sabab, advokatura institutini yanada rivojlantirish
maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

22

Inagamova M.M., Ro‘ziyeva N.N. Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari, Journal of

New Century Innovations. Volume– 36_Issue-1_September_2023.B.-182-186.

23

Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYU, 2019.43b