THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
22
AYOLLAR BASKETBOLINING HOZIRGI DAVRDAGI HOLATI VA UNI
RIVOJLANTIRISHNI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Komilaxon Turdixoʻjayeva Toʻlqinboy qizi
Nukus shahar 44-umumta’lim maktabi Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi
E-mile: xoshimovakomila9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16941959
Annotaciya
. Ushbu tezisda ayollar basketbolining hozirgi davrdagi
rivojlanish xususiyatlari yoritiladi. Mutaxassislar jamoalarning samaradorligini
oshirish uchun savatga to‘p tashlash aniqligini, himoya va hujumdagi texnik-
taktik
harakatlar
samaradorligini
oshirishga
qaratilgan
metodlarni
qo‘llamoqdalar. Ayol organizmining fiziologik o‘ziga xosliklari tayyorgarlik
jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlarda interval uslubi, aylanma
va kompleks mashg‘ulotlar keng qo‘llaniladi. Xulosa qilib aytganda, ayollar
basketbolida yuqori natijalarga erishish uchun jismoniy, texnik, taktik va
psixologik tayyorgarlikning uyg‘unligi zarurdir.
Annotation
. This thesis highlights the current development features of
women’s basketball. Specialists focus on improving team efficiency through
accuracy in shooting, effectiveness in offensive and defensive actions, and
rebounding. The physiological characteristics of the female div play an
essential role in training. Interval, circuit, and complex training methods are
widely applied in preparation. In conclusion, achieving high results in women’s
basketball requires the integration of physical, technical, tactical, and
psychological preparation.
Kalit soʻzlar:
Intensivlikni improvizastiyalash, texnikaviy usullar,
psixologik muhit, tizim, fiziologik xususiyat, o'pka ventilyastiyasi,
intensivlashish, ontogenez, kompleks mashg'ulotlar.
Keywords
: Intensity, Improvisation, Technical methods, Psychological
environment, System, Physiological characteristics, Pulmonary ventilation,
Intensification, Ontogenesis, Complex training sessions.
Hozirgi davrdagi ayollar basketboli yuqori darajadagi hujumkorlik va
himoyaviy potensial bilan belgilanadi va bunda o'yinning faol shakl uslublari
muntazam qo'llaniladi. O'yinchilarning himoyadagi harakatlari ilgarigidan ancha
ixcham, omilkorlik bilan takomillashtirilgan va samaraliroq bo'lib qolgan.
Hujumda ishlatiladigan o'yin vositalari aniq muvozanatlashgan va o'zaro
to'ldirish prinsipiga asoslangandir. Himoya va hujumda jamoa bo'lib
harakatlanishga zo'r berish texnik va taktik jihatdan universallashgan hamda o'z
o'yinlarini yuqori dinamik harakatlarga asoslay oladigan o'yinchilarning
individual harakatlanishi bilan mantiqiy tarzda uyg'unlashuvi muhim omildir.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
23
Ayollar jamoalarining kuch-qudratini oshirish maqsadida mutaxassislar savatga
to'p irg'itishlar sonini oshirish, o'yin davomida va jarimadan to'p irg'itishda
savatni aniq mo'ljalga olish holatlarini ko'paytirish, o'z shchiti va raqib shchitiga
tegib qaytgan to'p uchun kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan
tayyorgarlik vositalari va uslublarini topish uchun faol harakat qilmoqdalar.
Ushbu xildagi uzviy masalalarni hal etish yo'li bilangina o'yinni olib
borishning zamonaviy shakllari qo'llaniladigan va sport maydonlarida bir tekis
muvaffaqqiyatlarni namoyish etuvchi jamoani shakllantirish mumkin.
Har qanday ijtimoiy jarayon singari basketbol ham bosqichma-bosqich
tarzda rivojlanadi: bunda yuksalish davrlari qonuniy ravishda rivojlanishning
nisbatan susayishi bilan uyg'unlashadi. Ba'zi hollarda ushbu o'yin
rivojlanishining bir qarashda yaqqol bo'lib ko'ringan tendensiyasi aslida uning
istiqbollarini qisqagina muddatga belgilab beradi xolos. Va aksincha, dastlab
kam ahamiyatli bo'lib ko'ringan tendensiyalar keyinchalik o'yinni
takomillashtirish ishiga hal qiluvchi hissa qo'shishi mumkin va bu tendensiyalar
ularni ijro etuvchilarga yuqori talablar qo'yishi mumkin.
O'yinni tahlil etar ekanmiz, shuni ta'kidlash joizki, hozirgi davrdagi
basketbol rivojlanishiga xos bo'lgan ba'zi bir tendensiyalar poyoniga etib
bormoqda, masalan kelgusi bir necha yillar mobaynida jahon xavaskorlik
basketboli olamidagi etakchi ayol jamoalarining o'yini umumiy natija, hujumlar
soni, ikkala shchit ostida kurash jarayonida yutilgan matchlar soni singari
ko'rsatkichlarga binoan barqarorlashadi, deyishga barcha asoslar mavjud. O'z-
o'zidan ravshanki, ushbu ko'rsatkichlarga qarab basketbolchi ayollar
tayyorgarligini rejalashtirish kam istiqbolga ega va bunda eng yaqin kelajakni
bashorat qilish mumkin xolos. Shu bilan birga shunday bir jarayon ko'zga
tashlanadiki, yaqin kelajakda mashg'ulotlar intensivligi har tomonlama oshadi,
atletik tayyorgarlikning roli yanada kuchayadi, tezlik texnikasini
takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan mashg'ulotlar mazmuni sifat nuqai
nazaridan yaxshilanadi. Basketbol soxasi mutaxassislari fikricha, hozirgi davrda
eng kuchli ayollar jamoalari o'rtasida faollikning hamda hujumda va himoyada
texnik va taktik harakatlar samaradorligining tenglashuvi kuzatilmoqda. Shu
bilan bir qatorda musobaqalar bilan bog'liq bo'lgan rejimlarga xos jismoniy va
psixologik zo'riqishning anchagina ortishi, ijrochilik mahoratining uzluksiz va
izchil oshishi, o'yinda qatnashuvchi barcha basketbolchi ayollarning jo'shqinligi
va epchilligining taraqqiy etishi, shakllar va sxemalarning qattiqligidagi
o'zgarishlarni engib o'tish hamda tezkor va ko'p hollarda improvizatsiyalashgan
basketbolga o'tilishi yaqqol tashlanadi. Buning boisi shundaki, o'tgan bir necha
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
24
yillar mobaynida ko'pgina kuchli va o'yin yo'nalishi bo'yicha bir-biridan farq
qiluvchi jamoalar paydo bo'ldi. O'yin qoidalarida tez-tez bo'lib turadigan
o'zgarishlar sportchi ayollar, murabbiylar va ilmiy xodimlar tomonidan ijodiy
tashabbusga turtki bo'lib xizmat qilmoqda. O'yin qoidalaridagi so'nggi
o'zgarishlar shu narsalarni bashorat qilishga asos bo'la oladiki, maydonning o'z
yarmisida himoyaning aktiv shakllarini muntazam ishlatgan holda himoyaviy
sifat va samaradorlikni oshirish raqibga doimiy bosim o'tkazish va uni
himoyachi oldindan ko'ra biladigan texnik va taktik harakatlarni bajarishga
majbur qilish bilan birgalikda olib boriladi. Himoyadan faol tizimlar nisbati
oshib borishi tabiiy ravishda o'yin mazmunida sifat o'zgarishlarga olib keladi.
Miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishiga o'tishi aksariyat hollarda portlash, sakrash
xarakteriga ega bo'lib, bunda himoyadagi o'yin ko'zda tutiladi, o'yin tuzilishida
keskin o'zgarishlarga olib keladi. Hozirda himoyadagi o'yin ma'lum bir keskin
davrdan o'tmoqdaki, ushbu davrni engib o'tgandan so'ng eng yaxshi basketbol
jamoalari o'yinining usulan yangi texnik va taktik shakllarini topa olishlari shak-
shubhasizdir.
Basketbolchi ayollar erkak o'yinchilardan tobora ko'proq texnikaviy
usullarni qabul qilib olib ularni yuqori tezliklarda bajarmoqdalar. Ushbu
mulohaza to'pni oshirishga ham, galma-galdan ikkala qo'l bilan driblingni
amalga oshirishga ham tegishlidir. Bundan tashqari, shchit tagida to'p uchun
kurashda ham sezilarli shiddat paydo bo'lgan. Ayollar jamoalari himoyani zudlik
bilan yorib o'tib, o'rta va uzoq masofalardan to'p irg'itishni amalga oshirgan
holda tezkor o'yin olib boradilar. Psixologik muhit ham o'zgarib bormoqda,
jamoalarda zarur bo'lgan atletik xususiyatlarni ishga solgan holda keskin
yakkama-yakka olishuvdan tap tortmasdan kurash olib borilmoqda biroq ayollar
basketbolida o'ziga yarasha qiyinchiliklar ham mavjud. Xususan, himoya bilan
bog'liq bo'lgan harakatlarni har bir murabbiy o'zicha talqin etishi kuzatilmoqda,
terma jamoadagi basketbolchi qizlarda ham o'z navbatida himoyaviy o'yinga
nisbatan turlicha munosabat tushuncha ko'zga tashlanadi. Masalan, ba'zilar
raqibni shchitga yaqin chiziqqa o'tkazib yuborishni mumkin deb hisoblasa,
boshqa birovlar sapchib qaytgan to'p uchun kurashni novcha o'yinchilargina olib
borishi kerak, degan fikrda bo'ladilar, yana boshqa o'yinchilar esa to'pga ega
bo'lgan raqibni passiv holda nazorat qilib turaveradilar.
Ayollar organizmining fiziologik xususiyatlari.
Ayollar va erkaklar organizmi o'rtasidagi tafovut gavda tuzilishi,
harakatlanish xossalarining rivojlanishi, alohida organ va tizimlarning ish
bajarishi, hamda muskullarga tushadigan og'irliklarga moslashishda o'z aksini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
25
topadi. Ayollarning bo'yi, vazni, elka kengligi kamroq, tos suyagi kengrok, qo'l va
oyoq uzunligi kaltaroq bo'ladi. Ayollarda, shuningdek, jism markazi pastroq
joylashgan bo'ladi, buning natijasida ular oyoqlarga suyangan holda
muvozanatni saqlab mashqlar bajarishi mumkin.
Tana tuzilishidagi tafovutlar bolalik davridanoq paydo bo'ladi. 7-8
yoshgacha o'g'il va qiz bolalar o'sishi taxminan bir me'yorda kechadi, ammo
keyingi yillar mobaynida qizlarning o'sishi tezlashadi va 12 yoshga etganda ular
o'g'il bolalarni quvib o'tadilar, 15 yoshga to'lgach esa buning aksi kuzatiladi.
Qizlarning tez o'sishi ularning erta jinsiy etilishi bilan bog'liqdir. Jinsiy tafovutlar
umurtqa pog'onasining tuzilishida ham o'z aksini topadi: ayollardagi ushbu a'zo
erkaklardagiga nisbatan kaltaroq, biroq bo'yin va bel qismlar uzunroq bo'ladi,
shu bois ham umurtqa pog'onasi harakatchanroq bo'ladi. Ayni holat bog'lovchi
apparatning g'oyat egiluvchanligiga bois bo'lib xizmat kiladi. Ayollarda paylar
massasi nisbatan kam bo'ladi, ya'ni tana umumiy vaznining 30-35 foizini, yog'
to'qimasi esa 28-30 foizni tashkil etadi. Mashg'ulotlar natijasi o'laroq ayollarda
pay massasi ortib boradi, biroq bunday o'sish erkaklar uchun xos bo'lgan
me'yorga etmaydi. Ayollarda paylar kuchi erkaklarga nisbatan 10-30 foiz kam
bo'ladi. Ayollarda qayta egiluvchi paylarkuchi erkaklardagiga nisbatan kam
bo'ladi. Garchi pay kuchini bir kilogramm vaznga nisbatan olganda o'rtadagi farq
kamaysa-da, ammo ustunlik erkaklarda qoladi.
Basketbolchi ayollarni tayyorlash uslubiyoti.
Hozirgi davrdagi basketbolda ijrochilik mahorati atletizm va tezlik texnikasi
hamda ushbu omillarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga asoslangan. Shundan
kelib chiqqan holda basketbolchi qizlarni tayyorlash metodologiyasidagi
tayanch nuqtasi sifatida quyidagilarni qayd etish maqsadga muvofiqdir: har
tomonlama intensivlash, ko'p yillik atletik tayyorgarlik, uzluksiz o'yin
tayyorgarliklari, bosqichma-bosqich individuallash.
Intensivlashish-hozirgi davrdagi basketbolda umumiy va etakchi
tendenstiyadir. Ushbu tendensiya o'yin davomida harakatlarning zichligini
oshirishda, ya'ni ma'lum vaqt davomida ularning sonini oshishida, texnik va
taktik usullarini umumiy tarzda va ularning alohida qismlarini bajarishda
namoyon bo'ladi. Shundan e'tiboran mashg'ulot og'irliklari musobaqalar
davomida tushadigan og'irliklarga muvofiq bo'lishi xususidagi asosiy pedagogik
qoidaga rioya qilish borasidagi masala ko'ndalang bo'ladi.
Murabbiylar orasida hozirda ham "ayollar basketbolida intensivlashtirishga
imkoniyat bormi?" degan savol tez-tez qo'yiladi. Birinchidan, ontogenez
xususida mashg'ulotlardagi intensivlikni oqilona va izchil tarzda oshirish haqida
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
26
gap ketadi. Ikkinchidan, basketbolchi qizlarni tayyorlashda intensivlash yo'li
tanlanmas ekan, funksional tayyorgarlik bobida ular o'yin faoliyatining hozirgi
qoida-qonunlarini qabul qilishga qodir bo'lmaydilar.
Basketbolchi qizlarni tayyorlashni intensivlash bilan bog'liq bo'lgan
metodologik yo'l-yo'riqlarini aniq amalga oshirish tayyorgarlikning zamonaviy,
ilg'or uslublarini, birinchi navbatda interval bilan bog'liq bo'lgan uslubni
qo'llashga asoslangan bo'lishi shart. Bunda shu narsani hisobga olish kerakki,
interval usulini qo'llash mobaynida ko'proq o'zgaruvchan element bo'lib dam
olish vaqti xizmat qiladi.
Aylanma qo'shma amaliyot uslubi va kompleks mashg'ulotlar uslubini
kengroq yoyish maqsadga muvofiqdir. Birinchi holda aylanma uslub bo'yicha
ishni tashkil qilish asosida tayyorgarlikning jismoniy, texnikaviy va taktik
jihatlaridan iborat bir necha qirralari rivojlanadi yoki takomillashadi. Kompleks
mashg'ulotlar davomida atletik hamda texnik va taktik tayyorgarlik ustida
navbatma-navbat ish olib boriladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, jismoniy,
yoki zamonaviy til bilan aytganda, atletik tayyorgarlik davomida interval uslub
ustunlikka ega bo'lsa, texnik va taktik tayyorgarlikda asosiy e'tibor texnikaviy
usullarni bajarishning vaqt doiralarini qiskartirishga qaratilmog'i kerak. To'p
irg'itishni tezotarlikni oshirishga mashg'ulotlar yordamida ta'sir o'tkazishning
ikki turi mavjuddir: tahliliy turda alohida fazalarga urg'u berilsa, integral turda
umumiy jihatdan to'p irg'itishga e'tibor qaratiladi. Taktik tayyorgarlik davomida
u yoki bu taktik sxemani amalga oshirishda zamonga va makonga bog'liq bo'lgan
xarakteristikani o'zgartirishga diqqat qaratiladi.
Keyingi uslubiy yunalish atletik tayyorgarlikdan iboratdir. Bolalik yoshda u
majmuiy xarakterga ega bo'lib barcha jismoniy fazilatlarga intensiv ta'sir
ko'rsatadi. Atletik tayyorgarlikning vositalari bo'lib serharakat o'yinlar,
estafetalar va boshqa turli-tuman to'siqlar xizmat qiladi. O'rta yoshda atletik
tayyorgarlik darajalangan xarakterga ega bo'ladi, ya'ni alohida jismoniy
sifatlarga, xususan muskullarning rivojlanishidan ortda qolgan qismlariga ta'sir
o'tkaziladi. Xuddi shu davrda kuchga oid maxsus mashqlar texnikasini egallash
ro'y beradi. Bunda shtanganing engillashtirilgan grifi, engillashtirilgan sport
toshlari, o'rta vaznli gantellar ishlatiladi. Katta yoshda atletik tayyorgarlik
maxsus xarakterga ega bo'lib, ta'bir joiz bo'lsa, o'yin atletizmiga alohida urg'u
beriladi. Kuchga oid sifatlar basketbolda ishlatish uchun xarakterli bo'lgan
yo'nalishda kamol topadi va rivojlanadi kuchning o'zigina emas, balki "tezkor"
kuch. Katta yoshda atletizm bo'yicha mashg'ulotlar turi quyidagilardir: xolis
kuchga oid tayyorgarlik, kompleks tarzdagi mashg'ulotlar davomidagi tutash
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
27
tayyorgarliklar. Qizlar atletik tayyorgarligida akrobatika, gantellar yordamida
mashqlar, trenajyorlarda, xususan "Gerkules"trenajyorida bajariladigan turli xil
mashqlarga alohida o'rin beriladi. Uzluksiz o'yin tayyorgarligi o'yinga xos
musobaqaviy uslubni keng qo'llash, texnik va taktik mashqlarni bajarish
davomida muhit va sharoitlarning o'zgarishi, yaxlit mashqlar va tutash
tayyorgarlikni muntazam qo'llash asosida amalga oshirilmog'i darkor. O'yinga
tayyorgarlik davomida sportchi yoshi va konkret bosqichlarni hisobga olgan
holda 1x1, 2x2 va 3x3 xilidagi mashqlarni keng ko'lamda qo'llashni afzal ko'rish
maqsadga muvofiqdir.
Individuallashish xususida so'z yuritganda shu narsani alohida ta'kidlamoq
lozimki, ushbu omil hech kimda shubha uyg'otmasa-da, biroq uni amaliyotga
tatbiq etish qiyinchiliklar bilan bog'liqdir, negaki uslubiyatga oid adabiyotda
ushbu mavzu xususida umumiy iboralar bilangina cheklangan. Bu holda
o'yinchining "kuchli" tomonlari rivojlantirib, uning zaif tomonlari va
tayyorgarlik jarayonidagi uning tarkibiy qismlarini yo'qotish va aksariyat
hollarda to'ldirish ko'zda tutiladi.
Basketbolchi qizlarni tayyorlash uslubiyatining birlashtiruvchi unsuri bu
rejalashtirishdir. Amaliyotda sportchining formasiga xos holat to'lqinsimon
tarzda o'zgarib turishi xususidagi nazariyaning etakchi qoidasi inkor etiladi.
Dasturga binoan yil-o'n ikki oy davomida og'irlik bir maromda saqlanib boradi,
faqatgina tayyorgarlik turlarining foiz shaklidagi nisbati biroz o'zgarib turadi.
Ayollar jamoalarida ma'lum ish jarayonlariga urg'u berish barobarida
tayyorgarlik vositalari va uslublarini aniq joy-joyiga qo'yish yillik
rejalashtirishga asos qilib olinishi hamda barcha omillar hajm va intensivlikning
aniq meyori bilan uyg'unlashtirilishi kerak.
Xulosa va natijalar
Sport turlarining aksariyat qismida musobaqalar natijasi va uning jarayoni
asosan sportchinig harakatlari siljishlari va buning ortishi bilan belgilanadi.
Aslini olganda tayyorgarlikning barcha turlari jismoniy, texnikaviy, taktik,
musobaqaviy, psixologik va hokazo provardida yagona maqsadga qaratilgan
bo'ladi, bu ham bo'lsa sportchining tezkorlik imkoniyatlarini oshirishga
imkoniyat tug'dirish hamda musobaqa muhitida ularni samaradorlik bilan ishga
solishga oid mahoratini oshirishdir. Binobarin, musobaqa mashqini bajarish
tezligi-bu birinchidan, mahoratning integral sifat tavsifi bo'lsa, ikkinchidan,
butun mashg'ulot jarayonining natijaviy qadami, uchinchidan esa ushbu omil
mazkur jarayonning asosiy mezonidir.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
28
Bizning davrimizda yuqori malakali sportchi deb a'lo texnikaga ega bo'lgan
sportchigina sanalishi mumkin, va bu texnika intensiv harakatlarning yuksak
saviyasida namoyish etilmog'i darkor. Bundan tashqari, bunday texnika uni
takomillashtirish uchun ko'p vaqt va katta kuch-quvvat talab etmasligi va eng
muhimi, uni tubdan qayta qurishga ehtiyoj sezmasligi darkor. Boshqacha qilib
aytganda, ushbu texnikaviy mashg'ulotlarning asosiy vazifasi bo'lmish
musobaqa mashqlarini bajarish tezligini chegaralamaydigan bo'lishi shart.
Binobarin, asosiy maqsadlardan biri bo'lgan ko'p yillik mashg'ulotlar tizimsi
texnikaviy tayyorgarlik vazifalarini o'z vaqtida va reja asosida bajarishni
ta'minlashi kerak. Hozirgi davrda murabbiylar tarkibida nisbatan tor
ixtisoslashuvga moyillik tendenstiyasi kuzatilmoqda: ba'zi murabbiylar ta'lim va
tanlov bilan shug'ullansalar, boshqalari kamolotga erishishning birlamchi
bosqichida mashg'ulotlar o'tkazish, yana boshqalari esa malakali sportchilar
bilan ish olib boradilar. Buni faqat shu holatdagina to'g'ri deb aytish mumkin,
bashartiki bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar o'z faoliyatlariga ko'p yillik
tayyorgarlik vazifa va talablari nuktai nazaridan yondoshsalar hamda yosh
sportchilar bilan ish olib borganida uzviy masalalarni tezda hal qilish ilinjida
yuqori natijalarga erishish borasida sportchi qizlar bilan ko'p yillik ish olib
borish bilan bog'liq bo'lgan asosiy vazifaga ikkinchi darajali masala deb
qaramasalar. Sportchi qizlar mashg'ulotlariga yuqori darajadagi jo'shqinlik ato
etish mashg'ulot jarayonini rag'batlantiruvchi zabardast omil bo'lib xizmat
qiladi. Ushbu yo'nalishda olib boriladigan ish uslublari va shakllari turlicha
bo'lishi mumkin: mashg'ulot topshiriqlarini bajarishda musobaqaviy uslubni
qo'llash, mashg'ulot dasturlarining nihoyatda xilma-xilligi va ularni muntazam
yangilab turish.
Ayollar basketbolida yuqori natijalarga erishish, avvalo, jismoniy, texnik,
taktik va psixologik tayyorgarlikning uyg‘unligiga bog‘liqdir. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, mashg‘ulotlarda intensivlikni oshirish va improvizatsiyalash
usullaridan samarali foydalanish jamoa o‘yinini yanada samarali qiladi. Ayollar
organizmining fiziologik xususiyatlarini hisobga olish esa tayyorgarlik
jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, basketbolchi qizlarni
tayyorlashda interval, aylanma va kompleks mashg‘ulot uslublarini qo‘llash,
individuallashtirishga e’tibor berish hamda tezkorlik va aniqlikni rivojlantirish
kelgusida barqaror natijalarga olib keladi. Umuman olganda, ayollar
basketbolini rivojlantirishning asosiy yo‘li — muntazam, ilmiy asoslangan
tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish va zamonaviy o‘yin talablariga
moslashishdan iboratdir.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
29
Adabiyotlar
1.Sokolova N.D., Ismatullaev X.A., Ganieva F.V., Kurs lekstiy III kursa. T.,OʻzDJTU,
1997 yil
2.Ismatullaev X.A., G‘aniyeva F.V. Metodi i sredstva vospitaniya fizicheskix
kachestv v basketbole. Metod.rekomendatsii. T., 1996 yil
3.Ismatullaev X.A., Ganieva F.V. Basketbol o'yinida hakamlarning joylanishi va
ularni uzaro xarakatlari. Metod.qo'llanma. T., O'zDJTU, 1996
4.Ismatullaev X.A. Bekbol uyining rasmiy koidalari. Metod.qo'llanma. T., O'zDJTU
i TDPU, 20011
