THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
31
SINESTEZIYANING SEMANTIKADAGI O‘RNI
Oripova Mavludaxon Baxriddinovna
ToshDO‘TAU
1-bosqich doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13864725
Annotatsiya
Bizga ma’lumki, hozirda hukmron sanalgan antropasentrik pardigmada til
o‘z egasi bilan birgalikda tadqiq qilinmoqda.Til o‘z egasi bo‘lgan insonni butun
hususiyatlarini, jumladan, ruhiy olamida kechayotgan jarayonlarni va tafakkur
taraqqiyotini o‘zida namoyon qiladi. Murakkab neyropsixologik va kognitiv
jarayon bo‘lgan sinesteziya ham tilda o‘z ifodasini topadi.
Mazkur maqolada sinesteziya neyrologiya, psixologiya va lingvistikaning
o‘rganilish obyekti bo‘lgan murakkab kognitiv jarayon ekanligi hamda
sinesteziyaning leksik ma’no taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan. Sinestezik
metaforalar oddiy o‘xshatishlar emasligi, ular murakkab kognitiv jarayonlar
natijasi ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
sinesteziya, sinestetlar, neyrolingvistika, kognitiv faoliyat,
ma’no taraqqiyoti, fonosemantika,metaforalar.
Annotation
As we know, in the currently dominant anthropocentric paradigm, language
is studied together with it’s owner. Language shows all the characteristics of the
person who owns it, including the processes taking place in the spiritual world
and the development of thinking. Synesthesia, which is result of complex
neuropsychological and cognitive processes, is also expressedin language.
This article reveals that synesthesia is a complex cognitive process and the
role of synesthesia in the development of lexical meaning. It is exsplained that
synesthetic metaphors are not simple analogies, they are the result of complex
cognitive processes.
Keywords:
synesthesia, synesthetes, neurolinguistics, cognitive activity,
development of meaning, phonosemantics, metaphors.
Dunyoning yaxlitligi tushunib bo‘lmaydigan darajada haqiqatdir. Olamni
bilish jarayoni va uning tilda aks etishi ham yaxlit bo‘lib, bu ayni payitda tilda
yangi bilim nazariyalari bilan sug‘orilgan idrok va fikrlash orqali amalga
oshiriladi. Borliqni anglashda idrok va badiiy tafakkurning yaxlit tizimidagi
sezgilarning o‘rni ham ahamiyatli. Sezgilarning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirining
o‘ziga xos shakli bu – sinesteziyadir. Biroq olamni sinestezik anglash
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
32
sinesteziyani o‘rganishning yuqori saviyadagi tadqiqot darajasida olib borishni
talab qiladi. Bunday tadqiqotlar ilmiy tajribalarga asoslangan tarzda olib
borilmasa, sinesteziya, uning tilda aks etishi - idrok etish patalogiyasi deb
qaraladi.
Bizga ma’lumki, antroposentrik tilshunoslikda til o‘z egasi bilan birga
tadqiq qilinmoqda. Boduen de Kurtene ta’kidlaganidek, tillar, nafaqat, tovush va
grammatik tuzilishi bilan farq qiladi, balki turlicha madaniyat, turlicha
dunyoqarash, turlicha yashash tarzi va psixologiyaga ega bo‘lgan sohibining tilga
ta’siri bilan ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Shu nuqtayi nazardan murakkab
neyropsixologik jarayon hisoblangan sinesteziyaning tilda aks etishini o‘rganish
bugungi tilshunoslik uchun ham muhim masala hisoblanadi. Sinesteziya lisoniy
hodisa sifatida o‘zbek tilshunosligida monografik planda tadqiq qilinmagan.
M. Mirtojiyev va M. Yo‘ldashevlar o‘z monografiyalarida sinesteziyaga
asoslangan metaforalarga qisqacha to‘xtalib o‘tishgan bo‘lsa, tilshunos olim
N. Mahmudov “ Tuyg‘ular taloshi yoxud sezgilar hamkorligi manzaralari”
maqolasida Rauf Parfi she’riyatiga murojaat qilib, sinestezik metaforalarning
badiiy tahlilini yoritgan. M. Hakimova “Ma’noni sinesteziya orqali o‘rganish”
ilmiy maqolasida sinesteziyaning fonosemantika va leksik ma’no taraqqiyotidagi
o‘rniga to‘xtalib o‘tgan.
Tadqiqotning maqsadi:
sinesteziya kognitiv, neyropsixologik jarayon
sifatida talqin qilinib, uning tilga ta’siri masalasi tadqiq etiladi. Masalan,
sinesteziyaning fonosemantikaga, nom tanlashga, so‘z ma’no taraqqiyotini
belgilashga, nutqiy ma’nolarning shakllanishiga ilmiy ta’siri masalasi o‘rganiladi.
Sinesteziya va uning obyektiv voqelikni idrok etish va tilda aks ettirishdagi
rolini o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega, chunki u bizga nafaqat turli davrlarda
olamni kognitiv bilishdagi o‘rnini, balki zamonaviy jamiyat muammolarini hal
qilishda, ya’ni zamonaviy texnologik sintez muammosini muhokama qiladi.
Xususan, 1993-yil matematik va yozuvchi V. Vernor VISION -21 simpoziumida
so‘zlagan ma’ruzasida “ Yerni inson paydo bo‘lishi bilan taqqoslaganda biz o‘ta
kuchli o‘zgarishlar yoqasida turibmiz, deb ta’kidlaydi. Ushbu o‘zgarishlarning
sababi shundaki, texnologiyaning rivojlanishi muqarrar ravishda inson aqlidan
yuqori bo‘lgan aqlga ega bo‘lgan subyektlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Kompyuterlar “ongli” bo‘ladi va g‘ayritabiiy aql paydo bo‘ladi. Texnika,
kompyuter tarmoqlari g‘ayritabiiy aqlli mavjudodlar sifatida “o‘zini o‘zi anglay
oladi” [ Буданов,2006: ст 79].
Vernor tomonidan ushbu fikrlar 30 yil avval ilgari surilgan bo‘lsa, bu qisqa
yillar davomida fan va texnika shu darajada shiddat bilan rivojlandiki, inson qo‘li
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
33
bilan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan mehnat faoliyati inson omili tomonidan
yaratilgan “sun’iy intilekt” vositasida amalga oshirilmoqda. Texnika olamga
xukmron bo‘lgan davrda olamni kognitiv anglashga aql - bovar qilmagan
holatlarni , tabiiyki, sezgilar orqali idrok qilinadi va bu tilda akslanadi. Bu inson
omilining borliqda kechayotgan tub o‘zgarishlarga tez moslasha olishini
ta’minlaydi.
Sinesteziya termini grekchadan olingan bo‘lib, birgalikda his qilish degan
ma’noni beradi. Sinesteziya muayyan sezgi a’zolarining ta’sirlanishi orqali
boshqa sezgi a’zolarida ham shunga mos tuyg‘ularning paydo bo‘lishidir
[
Biz sinesteziyani bilishning muhim tarkibiy qismlaridan biri deb qarar
ekanmiz, demak, kognitiv salohiyatni shakllantirishda kognitiv asos vazifasini
o‘taydi va uning asosida “sezish va tushunish” yotadi.
Olamni bilishda sezgilarning ahamiyatini sharqdan yetishib chiqqan
buyuk mutaffakirlardan Farobiy “Fanlar tasnifi” asarida va Ibn Sino “Kitob un-
najot” asarlarida chuqur yoritib o‘tganlar.
Farobiy sezgi a’zolari vositasida hosil qilinadigan bilimlarni hissiy bilish
natijalari – mahsulot deb ataydi va uni atroflicha tasnif qiladi. Uning
fikricha,buyum va hodisalarning muayyan fizik xususiyatlarining sezgi a’zolariga
ta’siri natijasida inson bu buyumlar va ularning xususiyatlari haqida ma’lum bir
bilimga ega bo‘ladi. Bu bilim asosan buyum va hodisalarning tashqi belgilarini,
ya’ni aksidensiyalarini ifodalaydi. Inson hissiy bilish vositasida buyumning
tashqi ko‘rinishi, tuzilishi haqida bilimga ega bo‘ladi, lekin buyumning
mohiyatini bila olmaydi. Bu haqida Farobiy shunday deb yozadi: “Tashqi sezgilar
sof tushunchalarni qabul qilmaydi, ularni (moddiy substrat bilan) aralashtirib
yuboradi va qabul qilayotgan obyekt yo‘qolgandan so‘ng ularni
mustahkamlaydi. Sezgi (masalan) Zaydni insonning sof tushunchasi sifatida
qabul qilmaydi,(real) insonni unga faqat son,sifat, o‘rin, vaziyat va boshqa
(kategoriyalar) emas, balki yanada ko‘p sonli holatlarning taaluqli bo‘lishini
qabul qilmaydi. Agar bu holatlar inson (tushunchasining) haqiqiy mohiyatiga
kirganda , unda ular hamma odamlar uchun umumiy bo‘lardi [ Farobiy,1998:
137-138].
Demak, Farobiyning fikricha inson sezgilar vositasida yakka buyumlarning
juz’iy jihatlarinigina biladi va ular haqida empirik tushuncha hosil qiladi. Lekin
sezgilarning biz tadqiq qilmoqchi bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bir
sezgi boshqa bir sezgiga o‘z vazifasini berish orqali inson olamda mavjud
bo‘lgan ayrim mavhum tushunchalarni kognitiv idrok eta olishi va uni tilda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
34
akslantirishidir. Sezgilarning bunday vazifalari lingvistikaning zamonaviy
yo‘nalishlaridan biri fonosemantikada yaqqol ko‘rinsa, sinestezik metaforalarda
esa murakkab tushunchalar mohiyati sezgilar orqali soda ochiqlanadi.
Sinesteziyaning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri olamda faqatgina eshitish
orqali idrok etish mumkin bo‘lgan holatlarni turli ranglarda ko‘ra olish.Bunda
tovushlar rangli ko‘rinadi.
Sinesteziyaning bu turi
tilshunoslikda
fonosemantikaning rivojiga kata hissa qo‘shgan.
Bugungi kunda fonosemantika tilshunoslikning alohida sohasi bo‘lib,
tovushlarning ma’noga ega ekanligi masalasini ilgari suradi.
Bunda Evropa tilshunosligida tovushlarning rangga, shaklga, hidga,
xarakterga egaligi kabi masalalar va bir qator erishilgan natijalar ham
mavjud.Masalan, rus tilshunosligida tovushlarning turli ranglarga o‘xshatilishini
quyidagi rasmda ham ko‘rish mumkin:
Tovushlarning rangga, hidga, shaklga, xaraktega ega ekanligini biz qabul
qila olmasak ham, onomastika sohasida quyidagi jihatlar e’tiborli. Masalan:
Antroponimlarning o‘zi nomlayotgan shaxsga ta’siri, toponimlar, antroponimlar,
zoonim va gidronimlarning naminatsiya masalasi hamda leksema fonetik
qobig‘ining kishilar ruhiyatiga ta’siri va boshqa masalalar.
Bu o‘rinda tashkilot, korxona va boshqa muassasalarning hamda reklama
matnlarining tovush tomonini xalq ruhiyatiga va tafakkuriga ta’siri masalasi
ham kun tartibiga qo‘yilishi mumkin.
Sinesteziyaning fonosemantikaga ta’siridan tashqari so‘z ma’nosiga
ta’siri, ya’ni leksik ma’no taraqqiyotidagi o‘rni ko‘proq ilmiy ko‘rinish kasb etadi.
Sinesteziya lingvistik birlik sifatida jahon va o‘zbek tilshunosligida ilmiy ishlar
unchalik ko‘p emas. Shvetsariualik tilshunos St. Ulman…so‘z semantik
taraqqiyotida tabu, evfemizm, sinesteziya kabi psixik hodisalar ham o‘z
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
35
ahamiyatiga ega bo‘lgan, deb yozadi. К. Baldinger sinesteziyani psixik hodisa
emas, fiziologik hodisa deb, ma’no taraqqiyotlaridan biri sifatida qaraydi. Rus
tilshunosi V. A. Zveginsev ham so‘z semantik taraqqiyotini mantiqiy-semantik
hodisalar nuqtayi nazaridan turib tahlil qilishni yoqlaydi. Shuningdek, bunga u,
xalq tarixi va tilning tarkibiy xususiyati bilan bog‘liq holda tahlil etishni ilova
qilish kerak, deb hisoblaydi [ Звегинцев, 1957:236 ].
O‘zbek tilshunosligiga doir adabiyotlarda sinesteziyaga metaforaning bir
ko‘rinishi sifatida qarashlar uchraydi. Tilshunos olim M. Mirtojiyev sinesteziyani
metaforaning bir ko‘rinishi deb hisoblaydi.” Sinesteziya metaforaning shunday
bir ko‘rinishiki, unda hosila ma’noning ma’lum sezgi bilan qabul qilingan
referenti hosil qiluvchi ma’noning boshqa sezgi bilan qabul qilingan referentiga
qiyoslangan, o‘xshatilgan bo‘ladi. Referentlar tamoman boshqa-boshqa sezgilar
bilan qabul qilinsa ham ular xusussiyati kishi ongida umumlashtiriladi va bir xil
tasavvur etiladi. Aslida bu o‘xshatilgan hech qanday o‘xshashlikka ham hech
qanday umumiylikka ham ega emas. Masalan, mayin so‘zining genetic ma’nosi
tola yoki u bilan bog‘liq buyumning belgisini ifoda etadi. Bu so‘zning hosila
ma’nosi ovosning ohista va yoqimli belgisini ifodalaydi. Bunda hosil qiluvchi va
hosila ma’no referentlarining umuman sezgiga ta’sir etish xususiyatlari o‘zaro
o‘xshatilgan va shunga ko‘ra hosila ma’no yuzaga keltirilgan, ya’ni sinesteziya
sodir bo‘lgan” [ Mirtojiyev, 2010: 99 ].
Xuddi shu kabi har bir xalq egalarida muayyan sezgi natijasida hosil bo‘lgan
tuyg‘ular boshqa bir tuyg‘uga o‘xshatiladi va bevosita tilda akslanad.. Bu o‘rinda
ikki sezgining o‘zaro qorishiqligi emas, balki xalq ruhiyati va tafakkurining o‘ziga
xosligi haqida gap boradi, ya’ni bu jarayonlar lingvokulturologik yondashuv
asosida ilmiy tahlil etilishi maqsadga muvofiq.
O‘zbek tilida shirin leksemasi ta’m bilish sezgisi orqali his qilinuvchi
tuyg‘uni – belgini ifodalaydi va u iste’mol qilinadigan narsalarga nisbatan
qo‘llanadi. Shirin so‘zini ovozga, ya’ni eshitish orqali his qilinuvchi narsalarga,
hidga, ko‘rinishga nisbatan qo‘llash sinesteziyaga misol bo‘ladi: shirin choy –
(o‘z ma’nosida), shirin ovoz, shirin so‘z – (eshitish sezgisi orqali), shirin bola –
(ko‘rish sezgisi orqali), shirin hid – ( hidlash sezgisi orqali).
1.
Sening birlan
shirin so‘zim
, Zahar yutsam shakar bo‘lg‘ay. ( E. Vohidov)
2.
Hamsuhbatim, Ham ulfatim, Jajji
shirin go‘daklar
. ( E. Vohidov)
Demak, sinestezik metaforalarda umuman o‘xshamagan voqeliklar bir xil
nom bilan aytiladi va xalqning dunyoni ko‘rishdagi, uni nomlashdagi
ijodkorligi namoyon bo‘ladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
36
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tilda millatning ruhiyati yashaydi.
Muayyan bir xalqning ruhiyati, madaniyati, olamni anglashdagi o‘ziga xos
qarashlari uning tiliga, jumladan leksikonida mavjud leksemalarning ma’no
taraqqiyotiga ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Olamni sinestezik bilish orqali ham tilda
muayyan nominatsiyalar yaratilgan hamda u shu xalq ruhiyatini o‘zida aks
ettiradi. Va aksincha, til elementlarining shakli – tovush qobig‘i ham inson
ruhiyatiga ta’sir qila oladi. Nutq jarayoni vaziyatidan kelib chiqib, lisoniy va
nutqiy birliklarni to‘g‘ri qo‘llash, tashkilot va mussasalarning nomlarini to‘g‘ri
tanlash, reklama matnlaridagi so‘zlarning aytilishi va eshitilishi masalalariga
e’tibor qaratish maqsadga erishishda belgilovchi omillardan biri bo‘lishi
mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Зайцева М.Л. “Чуствознание”: когнитивный потенционал
синестезии. Вестник МГУКИ.-2010
2.
Буданов. Б.Г. Синергеическая методология.- 2006
3.
Зайцева М.Л. Синестезийное восприятие произведений искуства:
обогашение и гармонизатция когнитивных процессов.- 2016.
4.
Звегинцев В. Л. Семасиология. – М.: МПУ. 1957. – С. 236-261.
5.
Йўлдошев.
М.
Вячеслав
Ли
шеъриятининг
лингвопоэтик
хусусиятлари.
https://koryo-saram.ru/vyacheslav-li-sheriyatining-
lingvopoetik-hususiyatlari/https://ru.wikipedia.
6.
Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Mumtoz so‘z,
2010. – Б. 5. https://filology.ru
