Авторы

  • Nurbek Ashurov
    TDTUOF “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Ingliz tili o ‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51074

Ключевые слова:

conductor booking commute Pullman car liner room excursion aircraft aircraft carrier shuttle.

Аннотация

Mazkur maqolada ilmiy bilimlar taraqqiyoti jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari olamning lisoniy manzarasida, xususan, terminologiyada yorqin aks etadi. Shuning uchun ham mutaxassislar antropolingvistik tadqiqotlarning obyekti turli tillarning leksik tizimlari, birinchi navbatda terminologiya bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydilar.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

105

TURIZM SOHASIGA OID TERMINLARNI O‘ZLASHMA QATLAMDAGI

MIQDORIY KO‘RSATKICHLARI.

Ashurov Nurbek Oybek o‘g‘li

TDTUOF “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi

Ingliz tili o ‘qituvchisi

shinelord.91@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12792135

Annotatsiya:

Mazkur

maqolada

ilmiy

bilimlar

taraqqiyoti

jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari olamning lisoniy manzarasida, xususan,
terminologiyada yorqin aks etadi. Shuning uchun ham mutaxassislar
antropolingvistik tadqiqotlarning obyekti turli tillarning leksik tizimlari,
birinchi navbatda terminologiya bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydilar.

Kalit so‘zlar:

conductor, booking, commute, Pullman car, liner, room,

excursion, , aircraft, aircraft carrier, shuttle.

Ilmiy bilimlar taraqqiyoti jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari

olamning lisoniy manzarasida, xususan, terminologiyada yorqin aks etadi.
Shuning uchun ham mutaxassislar antropolingvistik tadqiqotlarning obyekti
turli tillarning leksik tizimlari, birinchi navbatda terminologiya bo‘lmog`i
lozimligini ta’kidlaydilar.

1

Ingliz va rus tillarida turizm terminosistemasining shakllanishi insonning
kasbiy faoliyat sohasi sifatida rivojlanishi bilan muvofiq ravishda kechgan.
Iqtisodiy faoliyat turi sifatida turizmning vatani Angliya hisoblanadi. Ingliz
tilida turizm terminologiyasining soha bilan shakllab borishi quyidagi
davrlarga ajratilgan:

2

1-bosqich.Antik davrdan XIX asr boshigacha bo‘lgan davr.

Bu paytda

inglizlar sayohatining asosiy maqsadi savdo, ziyorat, ta’lim, davolanish kabilar
bo‘lgan. Ayni shu bosqichda harakatlanish vositalari, yashash sharoitlariga doir
tushunchalarni ifodalovchi terminlar to‘planishi kuzatilib, ular umumadabiy
tildagi miqdoran uncha ko‘p bo‘lmagan leksik birliklar asosida hosil bo‘lgan:

carriage (yengil arava), board (ijara), excursion (ekskursiya), hotel
(mehmonxona), resort (dam olish joyi), itinerary (ko‘chuvchi)

va boshqalar.

Inglizcha turistik terminlarning 6 foizi shu davrda paydo bo‘lgan.

2-bosqich. XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Bu davrda

turizmning ommaviy rivojlanishi kuzatiladi. Turizmni tashkil qiluvchi
tashkilotlar boshqaruvi, ishlash usuli va moddiy-texnik bazasiga asos solindi.




background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

106

Taxminan 45 foiz turistik terminlarga shu davrda asos solinganligi kuzatiladi.
Ular, asosan, turistik xizmatlarni ifodalovchi terminlar hisoblangan:

conductor,

booking, commute, Pullman car, liner, room, a la carte, table d’hote, buffet, safari,
attraction

kabilar.

Turizm terminologiyasi shakllanishining bu bosqichida fransuz (

coupon,

bivouac, maitre d’hotel

), nemis (

Baedeker

), shved tillaridan (

smorgasbord

)

terminlar o‘zlashtirish boshlangan.

3-bosqich XX asr boshlaridan Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lgan davr.

Bu davrning o‘ziga xos jihati turizm rivojining transport modernizatsiyasi rivoji
bilan parallel ravishda kechganligidir. Turistlarni tashish xizmati bilan bog`liq
terminlar shu davrda paydo bo‘ldi:

leg, aircraft, aircraft carrier, shuttle, airline

va boshqalar. Shuningdek, mehmonxona bisnesi bo‘y ko‘rsata boshladi, shunga
muvofiq ravishda joylashtirish va xonalar (

motel, penthouse, duplex

), shaxslar

(

hotelier, receptionist

), xizmatlar ko‘rinishi (

reservation, room-service

)ni

ifodalovchi yangi terminlar vujudga keldi.
Bu bosqichda transport va mehmonxona terminlari hisobiga inglizcha turistik
terminlarning 25 foizi shakllandi.

4-bosqich. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardan to bugungi
kungacha

. Bu davr maxsus turizm turlarining paydo bo‘lganligi (

agrotourism,

disaster tour, nostalgie tourism, familiarization trip

), mehmonxona

(

condominium, check-in, check-out, boutique hotel

), ijtimoiy ta’minot (

brunch,

catering, stand-up, buffet

), turoperator va turagentlik orasidagi oraliq xizmatlar

(

catchment area, last minute tour, reservation system

) sohalarida turizm

infrastrukturasiga bog`liq ravishda yangi terminlarning, vujudga kelganligi
bilan xarakterlanadi. Shuningdek, turizm terminosistemasi tushunchalar
tizimida paydo bo‘lgan yasama va tarkibli nominatsiyalar (

tour leader/tour

operator/ tour participant

) bilan boyidi, ichki jihatdan murakkablasha bordi.

G`arbiy Yevropa tillari asosida shakllangan xalqaro turizm terminologiyasining
muhim jihatini quyidagicha izohlash mumkin. Yevropa tillaridagi terminlarning
asosini yunon-lotin tillari birliklari, yunoncha-lotincha terminoelementlar
tashkil etadi.
Mutaxassislar yunoncha-lotincha terminoelementlar o‘ziga xos neytral
terminologik fondni tashkil etishini qayd etadilar. “Haqiqatan ham, ular
kunimizda biron-bir tirik tilga mansub emasligi uchun barcha tillarga (kamida,
Yevropa lingvomadaniy arealiga mansub tillarning barchasiga) birday
tegishlidir.

3


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

107

Ayni paytda yunon-lotin tillarining o‘lik tillar ekanligi bu tillar materiallari
asosida yaratilgan terminlarning stabilligi, bir ma’noliligining saqlanishi,
o‘zgarmasligi uchun muhim omildir.
Avvalo, shuni aytish kerakki, yunon-lotin tili materiallari asosidagi termin
yasalishining barchasi qachonlardir shu tillarda voqe bo‘lgan hodisalar emas,
balki fan texnika rivojida paydo bo‘lgan yangi tushunchalarni nomlash
ehtiyojiga ko‘ra u yoki bu tirik tilda o‘sha o‘lik til materiallari asosida so‘z
yasashdir.

Yunon-lotin tillari asosida hosil bo‘lgan turizm terminlariga quyidagilarni

namuna qilib keltirish mumkin:

klass, oferta, registratsiya, adminstratsiya, viza,

villa, gastronom, charter, ekskursiya, ekspeditsiya, emigrant, emigratsiya,
immigrant, immigratsiya, individual, infrastruktura, kurs, kursovka, palata,
aviakompaniya, avialiniya, avtovokzal, avtoralli, agent, vegitarianlik, dendropark

va boshqalar.
Yunoncha-lotincha terminoelementlar aynan neytral terminologik baza
bo‘lganligi uchun ham nafaqat Yevropa tillari, balki dunyodagi boshqa tillar
uchun ham ahamiyat, xalqarolik kasb etib bo‘lgan. Albatta, xususan, o‘zbek tili
uchun ham ular xalqaro terminoelementlar sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Ilgari bunday termin va terminoelementlar o‘zbek, ozarbayjon va boshqa
tillarga, asosan, rus tili orqali qabul qilingan bo‘lsa, bugun ayni paytda Yevropa
tillaridan ham qabul qilinmoqda, bu jarayon jadallashmoqda.

4

Rus tili turizm terminologiyasining shakllanishi o‘ziga xos yo‘nalishda ketgan.
Yevropa xalqlaridan farqli ravishda turizmning xo‘jalik faoliyat turi maqomini
olishi bir necha asrlardan so‘ng ro‘y bergan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mahmudov N.Til tilsimi tadqiqi. – Toshkent: MUMTOZ SO`Z, 2017. – B.128.
2. Гринев-Гриневич С.В., Сорокина Э.А., Скопюк Т.Г. Основы
антрополингвистики. – Москва: Компания Спутник+, 2015. – С.11.
3. Виноградова Л. Терминология туризма английского и русского языков в
синхронном и диахронном аспектах: Aвтореф. дисс. …канд.филол.наук. –
Великий Новгород, 2011. – С.8.
4. Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильевна Н.В. Общая терминология.
Вопросы теории. – Москва: Наука, 1989. – С. 204; Гак В.Г. Сопоставительная
лексикологя. – Москва: Межрународные отношения, 1977. – С. 53.
5. MahmudovN. O’sha asar, 157-bet. Şűkűrova T. Azerbayjan ve özbek dillerinda
műsteqillik dövűnda termin taradícílíğinin esas meyilleri. – Bakí, 2010. – S.178.

Библиографические ссылки

Mahmudov N.Til tilsimi tadqiqi. – Toshkent: MUMTOZ SO`Z, 2017. – B.128.

Гринев-Гриневич С.В., Сорокина Э.А., Скопюк Т.Г. Основы антрополингвистики. – Москва: Компания Спутник+, 2015. – С.11.

Виноградова Л. Терминология туризма английского и русского языков в синхронном и диахронном аспектах: Aвтореф. дисс. …канд.филол.наук. – Великий Новгород, 2011. – С.8.

Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильевна Н.В. Общая терминология. Вопросы теории. – Москва: Наука, 1989. – С. 204; Гак В.Г. Сопоставительная лексикологя. – Москва: Межрународные отношения, 1977. – С. 53.

MahmudovN. O’sha asar, 157-bet. Şűkűrova T. Azerbayjan ve özbek dillerinda műsteqillik dövűnda termin taradícílíğinin esas meyilleri. – Bakí, 2010. – S.178.