THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
108
XOTIN QIZLARGA NISBATAN TAZYIQ LARNI OLDINI OLISHDA
HIMOYA ORDERINING O‘RNI
Abduxalimova Sofiya Normurod qizi
O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12799222
Annotatsiya.
Maqolada xotin qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik
tushunchasi, sabab bo`luvchi omillar va himoya orderi qanday huijjat ekanligi,
unda qanday cheklovlar qo`yilishi mumkinligiga alohida e`tabor qaratilgan
Tayanch
so`zlar:
tazyiq,zo`ravonlik,tazyiq
va
zo`ravonlikdan
jabrlanuvchi,himoya orderi.
Аннотация.
В статье основное внимание уделяется понятию
угнетения и насилия в отношении женщин и девочек, причинным
факторам, каким доказательствам является охранный ордер и какие
ограничения на него могут быть наложены.
Ключевые слова:
притеснение, насилие, жертва притеснения и
насилия, охранный ордер.
Annotation.
The article focuses on the concept of oppression and violence
against women and girls, the causative factors, what kind of evidence a
protection warrant is, and what restrictions can be placed on it.
Key words:
harassment, violence, victim of harassment and violence,
protection order.
Tarixda ayollarni kamsitish evaziga erkaklarning ustunligini namoyon
qilish oddiy hol sifatida qabul qilingan. Hatto erkaklar tomonidan ayollarning
jazolanishi qonunan mustahkamlab qo‘yilgan. Lekin XX asrning 70-yillariga
kelib, oiladagi zo‘ravonlik masalasi muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘la
boshlagan. Shunda ham gap faqat jismoniy zo‘ravonlik xususida borgan. Tarixga
nazar solsak, ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida zo‘ravonlikka
asoslangan munosabatlarni ko‘rish mumkin. Zero zo‘ravonlik ham ijtimoiy
munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida azaldan barcha jamiyatlarda mavjud
bo‘lib kelgan.
Har yili sayyoramiz bo‘ylab yarim milliondan ortiq odam zo‘ravonlikdan
vafot etadi, ko‘pchiligi jamoaviy va shaxslararo nizolar natijasida tan jarohatlari
oladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, zo‘ravonlik dunyo
bo‘ylab 15 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan odamlar o‘limining asosiy
sabablaridan biridir.
Bugungi kunga kelib tazyiq va zo`ravonlik ko`proq oilalarda
kuzatilmoqda.Ayollarga nisbatan turmush o`rtog`i tomonidan zo`ravonlik va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
109
tazyiq o`tkazilishi sog`liqni saqlash va inson huquqlariga jiddiy putur
yetkazmoqda.Shuning uchun ham ayollarga nisbatan qilinayotgan oilaviy
zo`ravonlik global muammolardan biriga aynalib ulgurdi.Yurtimizda ham
oiladagi tazyiq va zo`ravonliklardan ayollarni himoya qilish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.Shu sababli 2019 –yilning 2-sentabrida ilg`or rivojlangan
mamamlakatlar tajribalari asosida ishlab chiqilgan “Xotin qizlarni tazyiq va
zo`ravonlikdan himoya qilish tog`risida”gi O`RQ 561-son Qonun qabul qilindi.
Ushbu Qonuning 3-maddasiga ko`ra,
tazyiq va zo`ravonlikka shunday ta`rif
beriladi:
tazyiq
— sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda
tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat
(harakatsizlik), shilqimlik, ta’qib etish;
zo‘ravonlik
— xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy
ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid
qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va
qonun
bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz
qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi
— o‘ziga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik
natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs.
1
Demak, bizning fikrimizcha“Zo`ravonlik – biror insonga nisbatan jismoniy ,
ruhiy, iqtisodiy va jinsiy ta`sir o`tkazish yoki ta`sir o`tkazish uchun qo`rqitish
orqali ularning sog`lig`i,sha`ni , qadr qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan
boshqa inson huquqlariga tajovuz qiladigan harakat yoki harakatsizlik;Tazyiq
esa- uni sodir etganligi uchun ma`muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda
tutilmagan,insonning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat yoki
harakatsizlik” ekan.
Zo‘ravonlik va tazyiqqa sabab bo‘luvchi umumiy omillarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim va madaniyat darajasining pastligi jinsiy zo‘ravonlikni sodir etish
va jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lish ehtimolini oshiradi;
1
“Хотин қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш тўғрисида”ги ЎРҚ-561-сон
Қонуни. https://lex.uz/docs/4494709
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
110
bolalik davrida zo‘ravonlikni boshdan kechirish zo‘ravonlik qilish va
unga duchor bo‘lish ehtimolini oshiradi;
oilada kuzatilgan zo‘ravonlik tufayli zo‘ravonlik qilish va unga duchor
bo‘lish ehtimoli oshadi;
shaxsning antisotsial jihatdan buzilishi zo‘ravonlik qilish ehtimolini
oshiradi;
spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalarni iste’mol qilish zo‘ravonlik
qilish va unga duchor bo‘lish ehtimolini oshiradi;
erkaklarning zararli odatlari va xulq-atvor normalari, shu jumladan,
ko‘pxotinlilikka moyillik va zo‘ravonlikni oqlaydigan munosabatlar
zo‘ravonlik qilish ehtimolini keskin oshiradi;
erkaklarga imtiyozli yoki yuqori lavozimni, ayollarga esa pastroq
lavozimni belgilovchi ijtimoiy normalar erkaklar tomonidan amalga
oshirilgan zo‘ravonlik holatlarini oqlash va bunga yo‘l ochib berish;
ayollarning ishga joylashishdagi imkoniyatlarining cheklanganligi
ularni tazyiq ostida yashashga ko‘nikishiga sabab bo‘ladi;
gender tengligining quyidarajasi, ya’ni diskriminatsion qoidalar
ayollarning qaram bo‘lib,chidabyashashiga olib keladi.
O`zbekiston Republikasida xotin qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya
qilish ,tazyiq va zo`ravonliklarni oldini olish va ularni tazyiq zo`ravonlikdan
himoya qilish bo`yicha bir qancha normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan
.Ushbu normativ hujjatlarga “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin- qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek,
oilaviymaishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish
choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3827 sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
2
hamda
“Tazyiqva zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berish ijrosini
ta’minlash va monitoringini yuritish to‘g‘risida”gi Nizom kiradi.
Yuqorida qayd etilgan normativ huquqiy hujjatlarga ko`ra,tazyiq va
zo`ravonlikdan jabrlangan shaxslar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Birinchidan, o‘ziga nisbatan tazyiq vazo‘ravonlik sodir etilganligi yoki
ularni sodir etish tahdidi mavjudligi to‘g‘risida ariza bilan tegishli vakolatli
organlar, tashkilotlar yoxud sudga murojaat etish.
2
ISSN:2181-3906 2024 International scientific journal <MODERN SCIENCE AND RESEARCH>VOLUME
3/ISSUE2/ UIF:8.2/MODERNSCIENCE.UZ 585
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
111
Ikkinchidan, maxsus markazlarda, shuningdek, bepul telefon liniyasi orqali tekin
huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi
yordamlar olish.
Uchinchidan, ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi
talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa ularni
bu haqda xabardor qilish;
To‘rtinchidan, sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga
yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon
kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.
“Xotin qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi O`RQ
561-son qonunda xotin qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoyalash maqsadida
himoya orderi
joriy etildi. Qonuning 3-moddasida, “
himoya orderi
— tazyiq va
zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga
tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud
bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish
choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat”deb ta`rif berilgan.
Himoya orderini taqdim etish vakolati hukumat qarori bilan ichki ishlar
organlariga berilgan.Qonunchilik talabiga ko‘ra, order zo‘ravonlikdan jabrlangan
yoki shunday xavf ostida qolgan xotin-qizlarga holat aniqlangan vaqtdan
boshlab 24 soat ichida berilishi kerak va u 30 kungacha amal qiladi. Hujjatning
amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan 30 kungacha
uzaytirilishi mumkin.
Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish
muddati tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan bir
yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Himoya orderi berilgach, xususan, jabrlanuvchining zo‘ravon bilan aloqasi
taqiqlanadi, order amalda bo‘lgan vaqtda ularning bir xonada bo‘lishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Shuningdek, zo‘ravon shaxs zimmasiga (jabrlanuvchilarni davolash,
moddiy va ma’naviy zararni qoplash kabi) majburiyatlarni yuklaydi, uning qurol
saqlash va olib yurish huquqi cheklanadi.
Zo‘ravon ushbu taqiqlarni buzgudek bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori
(BHM)ning bir baravari (28 noyabr holatiga — 300 ming so‘m)dan uch baravari
(900 ming so‘m)gacha bo‘lgan summadagi jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy
qamoq jazosi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin. Takroriy zo‘ravonlik,
shuningdek, taqiq va cheklovlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda
tutilmagan.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
112
Xulosa qilib aytganda
, tazyiq va zo`ravonlik azaldan mavjud bo`lib insonlar
o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning salbiy shakli sifatida ilmiy jihatdan tadqiq
qilininishi maqsadga muvofiq.Bunda tazyiq va zo`ravonlikning vujudga kelish
sabablari va uning oqibatlari,uning jamiyatga ko`rstadigan salbiy ta`siri
o`rganilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada dunyo olimlaring izlanishlari va
ularning olgan natijalarini o`rganish bilan bir qatorda tazyiq va zo`ravonlikning
vujudga kelish sabablaridan biri sifatida o`zimizning milliy va madaniy
xususiyatlarimizni o`rganib o`zimiz ham izlanishlar olib borishimiz
lozim.Jamiyatdagi tazyiq va zo`ravonlikni kamaytirish,ularning oldini olish va
ular sabab vujudga kelgan oqibatlarni bartaraf etish borasida xalqora
tajribalarni o`rganib,ularning qo`llagan amaliyotida yo`l qo`ygan kamchililarni
tahlil qilish orqali o`zimizda ham jamiyatdagi holatni yaxshilash borasida turli
mexanizmlar va amaliy chora–tadbirlar ishlab chiqish imkoni paydo bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy
reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik
ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3827-son qarori. https://lex.uz/ru/ docs/ 3804821
2. “Хотин қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш тўғрисида”ги
ЎРҚ-561-сон Қонуни. https://lex.uz/docs/4494709
3. “Хотин-қизлар ва эркаклар учун тенг ҳуқуқ ҳамда имкониятлар
кафолатлари
тўғрисида”ги
ЎРҚ-562-сон
Қонуни.
https://lex.uz/docs/4494849
4. Родина И.В. Социальная проблематизация насилия в семье в
современной
России.
Диссертация.
2007.
–
355
с.
https://www.dissercat.com/content/sotsialnaya-problematizatsiya-nasiliya-v-
seme-vsovremennoi-rossii
5.
Усмонова
Н.
Хотин-қизлар
ҳимояси
доимий
эътиборда.
https://uza.uz/uz/posts/hotin-qizlarhimoyasi-doimiy-etiborda_2708099.
Страусс А., Корбин Дж. Основы качественного исследования: обоснованная
теория, процедуры и техники. Basics of Qualitative Research: Grounded
Theory Procedures and Techniques. – Москва: Эдиториал УРСС, 2001. – 256 с.