Авторы

  • A. Ziyotova
    SamDAQU. Ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi katta o’qituvhchilari,
  • Q. Mamaraximov
    SamDAQU. Ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi katta o’qituvhchilari,
  • N. Islomova
    SamDAQU. talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51110

Ключевые слова:

xotin-qizlar huquqlari huquqiy madaniyat xalqaro huquq milliy qonunchilik nikoh nikoh yoshi qizlar huquqlari gender tengligi “Ayollar daftari” ayollar tadbirkorligi ijtimoiy kontrakt.

Аннотация

Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini ta’minlashda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi, ayollar faqatgina huquqlari to‘liq ta’minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta’kidlanadi. Muallif maqolada xalqaro va milliy qonunchilikda ayollar huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

111

XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY VA HUQUQIY FAOLLIGINI

OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI

A.Ziyotova

Q.Mamaraximov

SamDAQU. Ijtimoiy va tabiiy fanlar kafedrasi katta o’qituvhchilari,

mkaxramon1979@gmail.com

N.Islomova

talaba

https://doi.org/10.5281/zenodo.12529608

Annotatsiya

Ushbu maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatning ustuvorligini

ta’minlashda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi,
ayollar faqatgina huquqlari to‘liq ta’minlangan jamiyatdagina yuksak huquqiy
madaniyatli farzandlarni tarbiyalashi mumkinligi ta’kidlanadi. Muallif maqolada
xalqaro va milliy qonunchilikda ayollar huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq
normativ-huquqiy

hujjatlarni

tahlil

qilgan.

Shuningdek,

maqolada

mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor
qaratilgan.

Аннотация

В данной статье подчеркивается, что обеспечение прав женщин в

обществе является

социальной

необходимостью

в

обеспечении

приоритета правовой культуры, что женщины могут воспитывать детей с
высокой правовой культурой только в обществе, где их права
полностью гарантированы. Автор анализирует нормативно-правовые
документы, касающиеся защиты прав женщин в международном и
национальном законодательстве. В статье также рассматриваются
приоритеты реформ в сфере обеспечения прав женщин в нашей стране за
последние годы.

Аnnotation

This article emphasizes that ensuring the rights of women in society is a

social necessity in ensuring the priority of legal culture, that women can raise
children with a high legal culture only in a society where their rights are fully
guaranteed. The author analyzes the legal documents related to the protection of
women’s rights in international and national law. The article also examines the
priorities of reforms in the field of ensuring the rights of women in our country
in recent years.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

112

Kalit so‘zlar:

xotin-qizlar huquqlari, huquqiy madaniyat, xalqaro huquq,

milliy qonunchilik, nikoh, nikoh yoshi, qizlar huquqlari, gender tengligi, “Ayollar
daftari”, ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy kontrakt.

Keywords:

rights of women, legal culture, international law, national law,

marriage, marriage age, rights of girls, gender equality, “Women’s Book”,
women’s entrepreneurship, social contract.

Ключевые слова:

права женщин, правовая культура, международное

право, национальное право, брак, возраст вступления в брак, права
девочек,

гендерное

равенство,

«Женскую

тетрадь»,

женское предпринимательство, социальный контракт.
Xotin-qizlar dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil qiladi, ammo
ularning kichik qismi mutanosib ravishda munosib ish bilan ta’minlanadi va
qarorlar qabul qilish jarayonida qatnashadi. Siyosatda va jamiyat hayotining
barcha sohalarida ayollarning to‘liq va teng ishtirokini ta’minlash rivojlanish
uchun juda muhimdir. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish va ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi
ustuvor ahamiyatga ega. Chunki xotin-qizlarning huquqiy madaniyatga, ularning
oilada, jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari, o‘z bilim va salohiyatlarini
namoyon qila olishlari, ham oilaga, ham jamiyat ravnaqi uchun hissa
qo‘shishlarida muhim.
Ayniqsa, xotin-qizlar huquqiy madaniyatining oshirib borilishi bu oilada
huquqiy tarbiyaning o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yilishiga, oila a’zolarining, ayniqsa,
kamol topib ulg‘ayayotgan farzandlar huquqiy madaniyatining shakllanishiga
imkon yaratadi. Zero, ayol oilada ona sifatida ilk huquqiy bilimlarning
targ‘ibotchisi hisoblanadi, faqat huquqlari ta’minlangan ayolgina o‘z
farzandlariga hayotda zaruriy bo‘lgan normalarni to‘g‘ri yetkazib boradi. Shu
o‘rinda, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlashning xalqaro talablariga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning deyarli barchasida xotin-qizlarga erkaklar
bilan teng imkoniyatlar yaratilishiga, ularning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy huquqlarini ta’minlashga, gender tamoyillari orqali jamiyatda
ayollarning faolligini oshirib borishga yo‘naltirilgan talablar o‘z aksini
topganligini

kuzatishimiz

mumkin.

Jumladan,

1948-

yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi,

1966-

yildagi

Iqtisodiy, ijtimoiy

va

madaniy

huquqlar

to‘g‘risidagi

Pakt

hamda

Fu

qarolik

va

siyosiy

huquqlar

to‘g‘risidagi

Pakt

xotin-qizlar huquqlarini inson

huquqlari sifatida tan olib, ularning jamiyatning har bir sohasidagi huquqlarini
belgilagan bo‘lsa, quyidagi xalqaro hujjatlar xotin-qizlarning haq-huquqlarining


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

113

poymol bo‘lishini oldini olishga qaratilgan normalarni belgilaydi. Xususan, 1956-
yildagi

Qullikni

bekor

qilish, qul

savdosi

va

qullikka

o‘xshash

institutlar

va

odatlar

to‘g‘risidagi

qo‘shimcha

Konvensiya

ning

1-2-moddalarida

Konvensiyaga a’zo davlatlarning quyidagi odatlarni tugatish va bartaraf etish
bo‘yicha qonun normalarini ishlab chiqishini talab etadi va ushbu holatlarni
qullikka o‘xshash odat sifatida e’tirof etadi:
birinchidan, ayolga ota-onasi, vasiysi, oilasi yoki boshqa har qanday shaxs
yoki shaxslar guruhi tomonidan pul yoki boshqa turdagi mukofot uchun o‘z
tomonidan rad etish huquqisiz, nikoh uchun va’da qilish yoki berish;
ikkinchidan, ayolning eri, oilasi yoki jamoasi uni boshqa shaxsga badal yoki
boshqa mukofot evaziga o‘zga shaxsga o‘tkazishi;
uchinchidan, erning o‘limidan so‘ng ayol boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tishi.
Bundan tashqari, 1962-yildagi

Nikohga rozilik berish, nikoh yoshi va

nikohlarni qayd etish to‘g‘risidagi Konvensiya

va 1965-yilgi “Nikohga rozilik

berish, eng kam nikoh yoshi va nikohlarni qayd qilish to‘g‘risida tavsiyalar” ham
xotin-qizlarning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqlarining poymol
etilishining oldini olishni ko‘zda tutadi. Nikohga rozilik berish, nikoh yoshi va
nikohlarni qayd etish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 1-3-moddalarida ishtirokchi
davlatlarga nikohning eng kam yoshini belgilaydigan qonunchilikni qabul qilish
majburiyatini yuklagan. Unga binoan, belgilangan yoshga yetmagan shaxsga
turmush qurishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh vakolatli organlar tomonidan qayd
etiladi. Shu o‘rinda milliy qonunchiligimizni tahlil etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar
uchun 18 yosh etib belgilanganligini ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki,
qonunchiligimizga mazkur yangilik O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-
avgustdagi O‘RQ-558-son qonuni bilan kiritilgan.
Kezi kelganda ta’kidlash kerakki, muhokama qilinayotgan mazkur
qonunimiz qabul qilingunga qadar mamlakatimizda nikoh yoshi ayollar uchun
17 yosh va erkaklar uchun 18 yosh bo‘lgan.

1979-yildagi Xotin-qizlar

kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi
Konvensiya

ning 16-moddasi a) va b) bandlarida nikohga kirish erkinligi va

rozilik to‘g‘risida qoida o‘rnatilgan. Shuningdek, mazkur moddaning 2-qismida,
bolaning nikohi va nikohlash rasman yuridik kuchga ega emas, nikohning eng
kam yoshini aniqlash va nikohlarni fuqarolik holati dalolatnomalarida qayd
etishni majburiy qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi
shart, deb belgilangan (O‘zbekiston mazkur Konvensiyani 1995-yil 6-mayda
ratifikatsiya qilgan). O‘z navbatida, 1950-yildagi

Inson huquqlari va


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

114

fundamental erkinliklar to‘g‘risida Yevropa Konvensiya

sining 12-moddasi

esa nikoh yoshiga oid qoidalarni belgilaydi.

1995-yildagi Pekin deklaratsiyasi

va Harakatlar platformasi.

1995-yil 4-15-sentabr kunlari Pekin shahri

(XXR)da bo‘lib o‘tgan Xotin-qizlar holati bo‘yicha to‘rtinchi Butunjahon
konferensiyasida qabul qilingan. Unda davlatlar tomonidan xotin-qizlar
huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilish bo‘yicha majburiyatlar
shakllantirilgan. Bugun Pekin Harakatlar platformasi gender tenglikka
erishishga va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishga
qaratilgan siyosatning oltin standarti hisoblanadi. Unda qat’iy choralar ko‘rish
zarur bo‘lgan 12 ta muhim yo‘nalish belgilangan. Ulardan uchinchi yo‘nalish
sifatida “Ayollar va sog‘liqni saqlash”, shuningdek, o‘n ikkinchi yo‘nalish sifatida
“Qizlar” belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi

[1]

har bir 12 ta yo‘nalish bo‘yicha

chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda

[2]

. Milliy qonunchiligimizni tahlil

qilish natijasida xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlashda quyidagi ustuvor
yo‘nalishlar dolzarb ekanligini kuzatish mumkin:
birinchidan, xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash;
ikkinchidan, xotin-qizlarning gender tengligini ta’minlash;
uchinchidan, xotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlash.
Alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda xotinqizlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga
qaratilgan bir qator imtiyozlar berilmoqda. Xususan, imtiyozli kredit,
mikrokredit, imtiyozli ravishdagi ijara, davlat grantlari va subsidiyalar shular
jumlasidandir.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Xotin-qizlarni qo‘llab-

quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2021-yil 5-martdagi

PQ-5020-sonli qarori

[3]

ga muvofiq, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat

maqsadli jamg‘armasi qayta tashkil etilganligi bu borada olib borilayotgan
islohotlarning amaliy ifodasidir. Mazkur Jamg‘arma har yili AT “Xalq banki”ga
100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larni 2021-yilda Markaziy bankning
asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada, 2022-yildan boshlab esa Markaziy
bankning asosiy stavkasida yo‘naltiradi. O‘z tasarrufiga o‘tayotgan kasb-hunar
ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan qismini tadbirkorlik subyektlariga o‘quv
xonasi va ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun 30 yilgacha bo‘lgan muddatga
imtiyozli ijaraga berish tartibi, shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorlik subyekti
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng 3 oy mobaynida ularga berilgan
bo‘sh turgan binolarning ijara to‘lovlarini Bandlikka ko‘maklashish davlat


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

115

jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10
baravarigacha bo‘lgan miqdorda to‘lab berish, shuningdek, bo‘sh turgan
binolarni 1 yilgacha bo‘lgan muddatda imtiyozli ravishda ijaraga berish tartibi
joriy etildi.

Bundan

tashqari,

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

“Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar

va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”

2020-yil 28-apreldagi 250-son qarori

[4]

bilan “Ayollar

daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning quyidagi chora-
tadbirlari ham belgilab berildi:

birinchidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini

ta’minlash;

ikkinchidan, tomorqadan daromad manbayi sifatida foydalanishga

ko‘maklashish;

uchinchidan, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va kredit olishga

ko‘maklashish;

to‘rtinchidan, moddiy yordam ko‘rsatish va sog‘liqni tiklash;
beshinchidan, turarjoy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish

kabilar belgilab berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Oliy

ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul
ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun
tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”

2020-yil 23-iyundagi 402-sonli

qarori

[5]

asosida Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha

davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish
istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun
tavsiyanoma berish tartibi joriy etildi. O‘z navbatida, mazkur tavsiyanoma kam
ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlarga; to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan,
ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlarga; 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va
undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida
yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlariga; shaxsiy uy-joyga ega
bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalarga; ota-onalardan biri yoki har ikkisi
ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlarida hisobda turganlarga; nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan
chiqqan xotin-qizlarga; oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi
respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

116

bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi
oilalardagi qiz farzandlarga (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan)
berilishi nazarda tutildi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Yoshlar va xotin-

qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali
amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun
mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2021-yil 22-iyundagi

388-sonli qarori

[6]

bilan tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu

jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan,
yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan
shaxslar (qarz oluvchilar) kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-
tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat
qiladi.

Bank ariza kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan kredit

olish bo‘yicha eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish
yuzasidan qarz oluvchiga taklif jo‘natadi. Shunga ko‘ra, bank tomonidan
sertifikat olgan tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, xususan,
yoshlar va

xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil qilish uchun

33 mln so‘mgacha

bo‘lgan miqdorda hamda mikrofirma va kichik korxona tashkil etgan shaxslarga
225 mln so‘mgacha miqdorda

mikrokreditlar

ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Aholini tadbirkorlikka jalb

qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

2021-yil 13-oktabrdagi 4862-sonli

qaroriga ko‘ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish,
kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida joriy yilning 15-
noyabridan boshlab yoshlar va xotinqizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik
ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tartibi
amalga kiritiladi.

Shuningdek, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu

jumladan, yoshlar va

xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun

33

million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi

mikrokreditlar ta’minotsiz

ajratiladi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

“Davlat

mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya,
grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

117

ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi 225-sonli Qarori

[7]

asosida 2021-yil

1-maydan boshlab tuman (shahar) larda tajriba-sinov tariqasida davlat
mablag‘lari hisobidan

subsidiya, grant, nafaqa

va boshqa to‘lovlar ajratilgan

band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar
daftari”ga kiritilgan band bo‘lmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari (aholi
bandligiga ko‘maklashish markazlari) o‘rtasida ajratilayotgan mablag‘larning
maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy mas’uliyatini
belgilovchi

ijtimoiy kontrakt

tuzish amaliyoti joriy etildi.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasida xotinqizlarning
haq-huquqlarini himoya qilish, erkaklar bilan bir qatorda teng imkoniyat va
sharoitlar yaratish, bu borada ularga muayyan imtiyozlarning berilishi, gender
tenglikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlar, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini
yaxshilash bo‘yicha hukumat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning
pirovard maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yanada
ko‘tarish va shu asosda ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy mavqeyi hamda
faolligini oshirish, xotin-qizlarning hayoti bilan bog‘liq muammolarni yechishga
qaratilgan.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Mirziyoev Sh.M , “Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasi”, - Toshkent:
O’zbekiston, 2022 y.
2.https://docviewer.yandex.uz/view/547324644/?page=1&*=J2w
3.https://news.myseldon.com/ru/news/index/238348361
4.https://lex.uz

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M , “Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasi”, - Toshkent: O’zbekiston, 2022 y.