Авторы

  • Shokir Sattorov
    Termiz davlat universiteti erkin tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51119

Ключевые слова:

badiiyati strukturasi shakli ilmiy-nazariy poetik axloqiy-ma’naviy metodik

Аннотация

Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy tomonlariga e’tibor berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli, emotsional tomonlariga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Xalq dostonlari namunalari vositasida o‘quvchilar badiiy adabiyotning xos jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Ular badiiy nutqning, tilning poetik usullaridagi xosliklarni idrok etadilar. O‘zbek xalq dostonlarining matni bu borada  adabiy manba bo‘lib xizmat qiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

137

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA XALQ DOSTONLARINI

О‘QITISHNING ZAMONAVIY TALABLARI

Sattorov Shokir Jabborovich

Termiz davlat universiteti

erkin tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13377717

Annotatsiya:

Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy

tomonlariga e’tibor berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli,
emotsional tomonlariga ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Xalq dostonlari
namunalari vositasida o‘quvchilar badiiy adabiyotning xos jihatlari haqida
tasavvurga ega bo‘ladilar. Ular badiiy nutqning, tilning poetik usullaridagi
xosliklarni idrok etadilar. O‘zbek xalq dostonlarining matni bu borada adabiy
manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

badiiyati, strukturasi, shakli, ilmiy-nazariy, poetik, axloqiy-

ma’naviy, metodik

Xalq dostonlarining oiladan, bog‘chadan, maktabdan boshlab o‘rganilishi xalq
og‘zaki ijodidagi g‘oyaviy-badiiy boylik, rang-baranglikning o‘zlashtirilishiga
zamin bo‘la oladi. Eng muhimi, yuqori sinf o‘quvchilari xalq dostonlaridagi nozik
jihatlarni ilg‘ashlari kerak. Og‘zaki ijod namunalari bilan yozma adabiyot
namunalarining o‘xshash va faqrli jihatlarinni ongli ravishda idrok etishlari
lozim. Xalq dostonlarining boshqa janrlardan farqi haqida tasavvurga ega
bo‘lishlari talab etiladi. Bularning barchasi o‘quvchilarning og‘zaki hamda
yozma nutq malakalarining oshishiga asos bo‘ladi.

Shuning uchun ham ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hozirda mavjud

bo‘lgan ilmiy-nazariy hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ham yaqindan
tanishishlari, ularning mazmun va mohiyatlarini to‘la o‘rganishlari lozim. Shu
asosda ular xalq dostonlarining ta’siri, badiiyati, tili va uslubi xususida to‘liq
ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, yuqori sinf
o‘quvchilari quyidagilar bilan tanishishlari kerak, albatta.

1.

Hozirgi adabiy ta’limda xalq dostonlarini o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari.

2.

Xalq dostonlarining yuqori sinflar dasturida hamda darsliklarida
berilishining ilmiy-uslubiy asoslari.

3.

Xalq dostonlarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining pedagogik-
psixologik asoslari.

4.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq dostonlarini o‘rganishning o‘ziga
xos xususiyatlari.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

138

Adabiyot darslarida xalq dostonlarining tarbiyaviy tomonlariga e’tibor

berish bilan birga, ularning badiiyati, strukturasi, shakli, emotsional tomonlariga
ham jiddiy e’tibor qaratish kerak. Xalq dostonlari namunalari vositasida
o‘quvchilar badiiy adabiyotning xos jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Ular badiiy nutqning, tilning poetik usullaridagi xosliklarni idrok etadilar. O‘zbek
xalq dostonlarining matni bu borada adabiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda xalq dostonlarining badiiy xususuyatlarini o‘rganish

umumta’lim maktablari uchun dastur va darsliklarda ustuvor darajani egallab
kelmoqda. Dostonlarda axloqiy-ma’naviy muammolarning yoritilishi ham
o‘quvchilar dunyoqarashi va qiziqishlariga mos kelmoqda. Xalq dostonlarining
badiiy til xususiyatlarini tahlil qilishga qiziqish ortmoqda.

Ta’lim bosqichlarida adabiyot fanining o‘rni katta. Chunki, adabiyot

zimmasiga buyuk ma’naviyatimizni qadrlash va yanada yuksaltirish, milliy
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash,
zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish mas’uliyati yuklangan.

Vatanimizda mustaqillik bilan bog‘liq holdagina adabiyot fani dasturining

bir necha avlodi yaratildi. Ta’lim tizimidagi о‘zgarishlar davlat ta’lim
standartlarining yaratilishi, yangi о‘quv rejalarining ishlab chiqilganligi, ijtimoiy-
ma’naviy hayotdagi yangilanishlar dasturlarni ham qayta kо‘rib chiqish
shartligini taqozo etmoqda. Ma’lumki, dastur eng muhim davlat hujjati bо‘lib,
uni bajarish majburiydir. О‘qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini
tо‘la va samarali tarzda amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun har bir
о‘qituvchi uni tо‘la bilishi, uning barcha qismlari haqida aniq ma’lumotga ega
bо‘lishi lozim. Dastur о‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir.
Dasturda о‘zlashtirilishi lozim bо‘lish ilmiy-nazariy, adabiy tushunchalar, asarni
о‘rganish, nutq о‘stirish, sinfdan tashqari о‘qitish, asarlar yuzasidan suhbat
uchun ajratiladigan soatlar miqdori, adabiyotdan о‘tkazilishi kо‘zda tutilgan
og‘zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, sinfdan tashqari о‘qishdagi
asarlar rо‘yxati berilgan.

Dastur asosida darslik yaratiladi. Darslik о‘quvchilar bilimini muntazam

va izchil о‘sishiga yordam beradi. Bunda darslikda o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari, o‘tiladigan mavzularning mantiqiy aloqadorligiga e’tibor berishi,
umuminsoniy qadriyatlar targ‘ib qilinishi, о‘quvchilardagi yuksak axloqiy va
estetik didlarning shakllanishi va tarbiyalanishiga xizmat qilmog’i lozim.
Bugungi yangi pedagogik texnologiyani joriy etish, jahondagi iinterfaol о‘qitish
metodlarini qo‘llashga jiddiy zarurati yuzaga kelmoqda.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

139

Davlat ta’lim standarti esa ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini,

uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Davlat ta’lim standarti asosida
yurtimizda faoliyat kо‘rsatayotgan davlat va nodavlat muassasalarida ta’limning
sifat monitoringini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti о‘z
mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar va boshqa
meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.

O‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi hisoblanib, u ta’lim

sohalarini meyorlashni hamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga
asos bо‘ladigan davlat hujjatidir. Tayanch о‘quv rejasi о‘quv predmeti bо‘yicha
beriladigan ta’lim mazmunini о‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv
soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan
о‘quv predmeti bо‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim
mazmunini aniqlashga asos bо‘ladi.

Umumiy о‘rta ta’lim maktablari uchun adabiyot fanidan birinchi marta

davlat ta’lim standarti yaratildi. Shu asosda о‘quv rejalari, fan dasturlari tuzildi.
Bugungi kunda ularga munosib ravishdagi darsliklar ham yaratildi. Umumiy
о‘rta ta’lim “Adabiyot” darsliklariga kiritilgan xalq dostonlari va ulardan berilgan
parchalar о‘quvchining yosh xususiyatlariga mos ravishda tanlangan. Ammo shu
vaqtga qadar qaysi xalq dostoni nechanchi sinfda, nima uchun, qancha va
qanday о‘rganilishi borasida ayrim ishlardan tashqari maxsus ilmiy tadqiqotlar
olib borilmagan

1

. Bu esa, xalq dostonlaridek ulkan xazinani о‘qitishda qator

kamchilik va qiyinchiliklarga sabab bо‘lmoqda, xalq og‘zaki jodi va yozma
adabiyot namunalarining mushtarak ekanligini anglashga yetarli darajada
e’tibor berilmayotganligini ko‘rsatadi.

Maktab o‘quvchilari faqatgina badiiy asar namunalarining darslikda

berilgan parchasini о‘qish bilangina kifoyalanib, cheklanib qolmoqdalar. Badiiy
asar matni bilan tо‘liq tanishib chiqish о‘quvchiga qanday ma’naviy ozuqa, bilim
berishini tushuntirish, kitob mutolaasiga tayyorlashda tо‘g‘ri motivatsiya bera
olish muhim hisoblanadi. Dostondan sо‘ng berilgan savol va topshiriqlarning
aksariyati о‘tilgan mavzuni qayta hikoyalashga qaratilgan. Bu yaxshi, albatta.
Lekin ular о‘quvchining ijodiy fikrlashiga qaratilsa, metodik jihatdan maqsadga
muvofiq bо‘lar edi. Shundagina о‘quvchilar doston о‘tmishning bir
yodgorligigina emas noyob hodisa, estetik tafakkur mahsuli ekanini his qiladilar.

1

Djamaldinova Sh. “Maktab adabiy ta’limida xalq og‘zaki ijodi namunalarini muammoli metod

asosida o’rganish yo’llari”. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Samarqand-2021; Yusifjonova N. “Turkiy xalq
eposlarini qiyosiy-tipologik yondashuv asosida o’qitish texnologiyasi”. Pedagogika fanlari bo’yicha
falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. T.: 2022.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

140

Mavjud muammolar hajman yirik va bir necha variantlarga ega bо‘lgan

xalq dostonlarini о‘qitishning metodik tizimini zamon talablari asosida yanada
takomillashtirishni talab etadi. Maktabda о‘quvchi о‘zi istagan, faqat о‘ziga
yoqqan adibning asarlarini emas, о‘quv dasturiga muvofiq darslikka kiritilgan
barcha mavzularni о‘zlashtirib borishi shart hisoblanadi. “Adabiyot”
darsliklariga kiritilgan mavzular doirasida o‘quvchilar keng bilimga ega
bo‘lishlari kerak.

Umumta’lim maktablarining 5-sinflari uchun 2004-yilda, 6-7-sinflari

uchun 2005-yilda tanlov o‘tkazildi. 8-9-sinflar uchun 2006-yil kelib darsliklar
yaratildi. Darsliklarni kuzatganimizda, ularda, masalan, 5-sinfda “Hikmat
durdonalari”, “Ertaklarning sehrli olami”, “Mumtoz adabiyotga sayohat”,
“Bolalikning beg‘ubor olami”, “Vatanni sevmoq iymondandir”, 7-sinfda “Xalq
og‘zaki ijodidan”, “О‘zbek adabiyoti tarixidan”, “XX asr о‘zbek adabiyotidan”,
“Jahon adabiyotidan” ruknlari mavjud bо‘lsa, 11-sinf Adabiyot darsligida
ma’rifatchilik adabiyoti, jadid adabiyoti, shо‘ro davri adabiyoti, mustaqillik davri
о‘zbek adabiyoti, jahon adabiyoti singari ruknlar mavjud. “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi”da akademik litseylar xususida shunday deyiladi: “Akademik
litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq о‘rta maxsus ta’lim beradi.
О‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning
jadal intellektual rivojlanishi chuqur sohalashtirilgan, kasbga yо‘naltirilgan
ta’lim olishini ta’minlaydi”. Akademik litseyda о‘quvchilar о‘zlari tanlab olgan
ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha (aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, xorijiy filologiya)
savodlarini oshirish hamda fanni chuqur о‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-
hunar kо‘nikmalarini о‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Bu
kо‘nikmalarni ular ma’lum Oliy ta’lim muassasalarida о‘qish mobaynida yoxud
mehnat faoliyatida amalga oshirishlari mumkin.

Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, “ustoz –

shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar,
folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini
har tomonlama rag‘batlantirish, madaniyat va san’at muassasalari qoshida
baxshichilik to‘garaklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib
berish, to‘y-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy
ishtirokini ta’minlash, shu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro
tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, baxshichilik san’atini keng targ‘ib etish uchun
axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan,

televideniye

va

internet

imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

141

variantlarini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir”

2

. Xalq dostonlarini kuylab,

ularga ijodiy yondashib kelayotgan baxshilar va baxshichilikni rivojlantirish,
qo‘llab-quvvatlash hozirgi davrning eng muhim muammolaridan, davlatimizning
ezgu ishlaridan hisoblanadi.
Jahon ta’lim tizimida o‘quvchi shaxsi, “men”ini hurmat qilish yetakchi o‘qin
tutadi. Ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quvchini mustaqil fikrlashga undash
lozim. “Fikrlagan odamgina bu dunyo tashvishlarini yengib, muzyorar kemadek
oldinlab boraveradi, fikrsiz odam esa asta-sekin tanazzul, xorlik, zorlik,
manqurtlik girdobiga g’arq bo‘lajak. Fikrgina shaxs va millatda so‘ngan
shiddatni, sindirilgan shashtni uyg’otadi, qonni qizdiradi, g’urur, or-nomusni
mustahkamlaydi, Allohga topintiradi, ne’matga shukrona ettiradi, sabr va
irodani mustahkamlaydi

3

. Shunday ekan, pedagoglarimiz fikrni rivojlantirishga

qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqishlari lozim. Mustaqil Vatanga mustaqil
fikriga ega bo‘lgan avlodgina munosib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:

1.

Dolimov S., Ubaydullayev H., Ahmedov Q. Adabiyot о‘qitish metodikasi. –

T.: О‘qituvchi, 1967. – 301 b.
2.

Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.-Тошкент: Абдулла

Қодирий номидаги нашриёт, 1993.-89- б.
3.

Ражабова

И.

Касб-ҳунар

коллежлари

адабиёт

дарслари

самарадорлигини оширишда интерфаол усуллардан фойдаланиш ёъллари.
Пед.фан.номз.дисс. – Т.: 2011.
4.

Тўхлиев Б. Бадиий асар таҳлили // Тил ва адабиёт таълимида янги

педагогик технологиялар. 1-қисм. – Т.: ТДПУ, 2006. – 3-6 б.
5.

G’aniyev I. Millat va axloq. T.: Muharrir nashriyoti. B.-112.

6.

Mardonova Lobar Umaraliyevna. (2023). Description of the tragic fate

7.

of the Timurid princesses.Journal of Universal Science Research, 1(5),

1291–1298.

2

Mirziyoyev SH.

Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida so‘zlagan nutqidan.

2019, 6-aprel.

3

G’aniyev I. Millat va axloq. T.: Muharrir nashriyoti. B.-112.

Библиографические ссылки

Dolimov S., Ubaydullayev H., Ahmedov Q. Adabiyot о‘qitish metodikasi. – T.: О‘qituvchi, 1967. – 301 b.

Форобий, Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри.-Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги нашриёт, 1993.-89- б.

Ражабова И. Касб-ҳунар коллежлари адабиёт дарслари самарадорлигини оширишда интерфаол усуллардан фойдаланиш ёъллари. Пед.фан.номз.дисс. – Т.: 2011.

Тўхлиев Б. Бадиий асар таҳлили // Тил ва адабиёт таълимида янги педагогик технологиялар. 1-қисм. – Т.: ТДПУ, 2006. – 3-6 б.

G’aniyev I. Millat va axloq. T.: Muharrir nashriyoti. B.-112.

Mardonova Lobar Umaraliyevna. (2023). Description of the tragic fate

of the Timurid princesses.Journal of Universal Science Research, 1(5), 1291–1298.