Ushbu maqola byudjet mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanishda ichki auditning o'rnini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ichki audit byudjet intizomini mustahkamlash, mablag'lardan samarali foydalanish va suiiste'molliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Muallif ichki audit tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va auditorlar malakasini oshirish bo'yicha tavsiyalar bergan.