Авторы

  • Kumush O`ktamova
    JIDU xalqaro munosabatlar yo`nalishi bitiruvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51160

Ключевые слова:

AQSH Transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy aloqalar zamonaviy tashqi siyosat AQSh-O’zbekiston munosabatlari.

Аннотация

Bugungi kunda xalqaro transmilliy korporatsiyalar (TMK) jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning eng muhim elementi hisoblanganligi sababli ushbu tushuncha xalqaro munosabatlar tizimida katta rol o`ynab kelmoqda. Ularning xalqaro munosabatlardagi nodavlat subyektlari sifatidagi maqomi ularga ilgari milliy davlatlarning vakolatiga taalluqli bo'lgan jahon siyosatining eng muhim masalalari va muammolarini hal qilishda faol ishtirok etish imkonini beradi. AQSH tashqi iqtisodiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda transmilliy korporatsiyalar muhim o`rinni egallaydi hamda ular nafaqat AQSh tashqi siyosatida, balki butun jahon xalqaro munosabatlarida hamda iqtisodiyotida ta`sir eta oladigan kuch hisoblanadi. Aynan ushbu ilmiy maqolada AQSH transmilliy korporatsiyalarining O`zbekistondagi faoliyati tahlil etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

46

AQSH TRANSMILLIY KORPORATSIYALARINING (TMK)

O`ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI O`RNI

O`ktamova Kumush

JIDU xalqaro munosabatlar yo`nalishi bitiruvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12199913

Аnnotаtsiyа.

Bugungi kunda xalqaro transmilliy korporatsiyalar (TMK)

jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning eng
muhim elementi hisoblanganligi sababli ushbu tushuncha xalqaro munosabatlar
tizimida katta rol o`ynab kelmoqda. Ularning xalqaro munosabatlardagi
nodavlat subyektlari sifatidagi maqomi ularga ilgari milliy davlatlarning
vakolatiga taalluqli bo'lgan jahon siyosatining eng muhim masalalari va
muammolarini hal qilishda faol ishtirok etish imkonini beradi. AQSH tashqi
iqtisodiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda transmilliy
korporatsiyalar muhim o`rinni egallaydi hamda ular nafaqat AQSh tashqi
siyosatida, balki butun jahon xalqaro munosabatlarida hamda iqtisodiyotida
ta`sir eta oladigan kuch hisoblanadi. Aynan ushbu ilmiy maqolada AQSH
transmilliy korporatsiyalarining O`zbekistondagi faoliyati tahlil etilgan.

Kalit so’zlar:

AQSH, Transmilliy korporatsiyalar, iqtisodiy aloqalar

zamonaviy tashqi siyosat, AQSh-O’zbekiston munosabatlari.

Аннотация.

На

сегодняшний

день

международные

транснациональные корпорации (ТНК) считаются важнейшим элементом
мировой экономики и развития международных экономических
отношений, поэтому данное понятие играет большую роль в системе
международных отношений. Их статус негосударственных субъектов
международных отношений позволяет им принимать активное участие в
решении важнейших вопросов и проблем мировой политики, ранее
входивших в компетенцию национальных государств. Транснациональные
корпорации играют важную роль в формировании и реализации
внешнеэкономической политики США и являются силой, способной
влиять не только на внешнюю политику США, но и на международные
отношения и экономику всего мира. В данной научной статье
анализируется деятельность транснациональных корпораций США в
Узбекистане.

Ключевые

слова:

США,

транснациональные

корпорации,

экономические отношения, современная внешняя политика, американо-
узбекские отношения.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

47

Mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy negizidan biri bu aholining ish bilan

ta`minlanganlik darajasidir. Aynan ushbu omil mamlakatning rivojlanish
ko`rsatkichlarini aniqlab berishi hech birimizga sir emas. Bilamizki,
mamlakatimiz rivojlanayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Salkam 40 millionga
yaqin aholisi mavjud bo`lgan mamlakat ijtimoiy hayotning har jabhasini birdek
rivojlantirishga harakat qilishi zarur. Iqtisodiy munosabatlar qo’shni
Qozog’iston bilan solishtirganda sustroq, lekin 2011-yildagi O’zbekistonda
tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun bojxona va boshqa invetitsiyalarga
to’siq bo’layotgan qonunlarni qayta ko’rib chiqilishi oqibatida AQSh bilan import
($368 million, 2022), eksport ($69 million, 2022) va to’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar miqdori progressiv ravishda oshib bormoqda.

Bunday tendensiyasini AQShning regionga iqtisodiy qiziqishi ko’proq unda

joylashgan resurslar bilan bog’liqligi bilan tushuntirsa bo’ladi, ya’ni AQSh uchun
O’rta Osiyodagi iste’molchilardan keladigan daromaddan ko’ra, bu hududda
joylashgan qazilma boyliklari ko’proq qiziqroq. AQShning iqtisodiy potensialini
hisobga olsak, bu tushunsa bo’ladigan holat.

Mamlakatimizning AQSHdek rivojlangan mamlakatlar bilan yaqin

hamkorlik qilishi biz uchun iqtisodiy rivojlanishga ko`maklashishi turgan gap.
O`zbekiston va AQSH aloqalari uzoq o`tmishga borib taqalishiga qaramay,
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan AQSH TMKlari soni sanoqlidir. Buning
asosiy sabablaridan biri sifatida dunyo siyosatidagi bir qator vaziyatlarni
keltirishimiz mumkinki, ular, ya`ni bizning azaliy hamkorimiz sanalgan Rossiya
federatsiyasi hamda AQSH o`rtasidagi munosabatlar bizga AQSH bilan
hozirgidan ham keng ko`lamdagi hamkorlikni yo`lga qo`yishda qaysidir ma`noda
to`sqinlik qilgan.

Shunga qaramasdan mamlakatimizda mana bir necha yillardan buyon

AQSHga tegishli bir qator TMKlar o`z faoliyatlarini amalga oshirib kelishmoqda.
AQShning General Motors, Hyatt, Hilton, General Electric, John Deere, Boeing,
Honeywell, Exxon Mobil, Coca-Cola va boshqa kompaniyalari O‘zbekiston bilan
faol hamkorlik qilib kelayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Ushbu kompaniyalarning
mamlakatimiz hududida faoliyat yuritishi natijasida nafaqat davlatimiz
g`aznasini to`lishiga hissa qo`shmoqda, balki 50 000 nafardan ortiq
hamyurtlarimizning doimiy ish bilan ta`minlanishlariga zamin yaratmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda sanoat sohalarida hamkorlik yo`lga qo`yilgan Barents
grupp, Kellog, AIG, Emsi-Ay kabi bir qator kompaniyalar ham mamlakatimiz
biznes olami vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilib, ikki tomonning ham


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

48

moliyaviy maqsadlari o`sishiga, yanada rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shib
kelishmoqda.

Mamlakatimiz va AQSH o`rtasida amalga oshirilayotgan hamkorliklarning

hajmi kengayishi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun sezilarni darajada hissa
qo`shishi turgan gap.

O‘zbekistonning AQSh bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022

yil yakuni bo‘yicha 436,8 million dollarni (eksport – 68,5 million dollar, import –
368,3 million dollar) tashkil etib, 2021 yilga (426,3 million dollar) va 2020 yilga
(277 million dollar) nisbatan oshganligini ko‘rsatmoqda.

TMKlar dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini rovjlantirish, ularni tashqi

bozorlarga olib chiqqan holda YaIM hamda YaMMni kengaytirishga imkoniyat
beradi. AQSH TMKlari Oʻzbekiston iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Ular ish
o‘rinlari, sarmoya va texnologiyani ta’minlash orqali mamlakat iqtisodiy
o‘sishiga hissa qo‘shadi.

AQSH TMKlari Oʻzbekistonda keng koʻlamli tarmoqlarda faol ishlaydi,

jumladan:

Ishlab chiqarish: AQSh TMKlari keng turdagi mahsulotlar, jumladan,

to'qimachilik, oziq-ovqat va elektronika ishlab chiqarishda ishtirok etadi.

Energiya: AQSh TMK kompaniyalari neft va gazni qidirish va qazib olish

bilan shug'ullanadi.

Konchilik: AQSh TMKlari metallar va minerallarni qazib olish bilan

shug'ullanadi.

Xizmatlar: AQSh TMKlari keng ko'lamli xizmatlar, jumladan, bank, sug'urta

va telekommunikatsiyalar bilan shug'ullanadi.

AQSH TMKlarining Oʻzbekistonda boʻlishi mamlakat uchun bir qator

afzalliklarga ega. Bu imtiyozlarga quyidagilarni misob qilib ko`rsatishimiz
mumkin:

Ish o'rinlarini yaratish: AQShning TMKlarida O'zbekiston aholisining katta

qismi faoliyat yuritishadi. Bu ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirishga yordam
berib, aholi turmush tarzining yaxshilanishida muhim rol o`ynaydi.

Investitsiyalar: AQSh TMKlari Oʻzbekistonga milliardlab dollar sarmoya

kiritadi. Bu iqtisodiyotni yuksaltirish va ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Texnologiya: AQSh TMKlari O‘zbekistonga yangi texnologiya olib keladi. Bu

tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish va fuqarolarning hayot sifatini
oshirishga yordam beradi.

AQSh TMKlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli.

Buni bir qator misollar orqali ko`rib chiqishimiz mumkin:

Hamkorlikning AQSH uchun foydasi:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

49

-

Mamlakatimiz rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirganligi uchun,

zamonaviy, rivojlangan mamlakatlarda mavjud tadbirkorlik yo`nalishlari biz
uchun yangi hisoblanib, ularning AQSH TMKlari tomonidan sarmoya kiritilgan
holda tashkil etilishi yuqori istiqbol kafolati mavjudligidan dalolat beradi;

-

Mamlakatimizda ishchi kuchi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda

arzonroq ekanligini hisobga olgan holda, investorlar yoki korxona ta`sischilari
uchun katta mablag` tejalishiga sabab bo`ladi;

-

Mamlakatimiz geografik jihatdan qulay nuqtada joylashganligi sababli,

O`zbekistonda faoliyati yo`lga qo`yilgan TMKlarning xizmat va mahlusotlarini
qiyinchiliksiz qo`shni mamlakatlarga ham yetkazib berish imkoniyati mavjud.

Hamkorlikning O`zbekiston uchun foydasi:

-

Mamlatimiz aholisining bir qismi boshqa mamlakatlarga migrant sifatida

ketishi va ishlashi kamayadi;

-

Mamlakatimizdagi ishsizlik qisqaradi;

-

Mamlakat byudjetiga TMKlar tomonidan katta miqdordagi soliqlar

to`lanadi va shu asnoda byudjet o`sib boradi;

-

Mamlakat tadbirkorlik sohasidagi raqobat o`sib boradi;

-

Mamlakatda import o`rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab

chiqarilishi kengayadi.

AQSh TMKlarining mamlakatimizda faoliay yuritishini bir qator salbiy

jihatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Bular quyidagilar:

-

TMKlar tomonidan yurik sarmoya kiritgan holda yo`lga qo`yilayotgan

tadbirkorlik sohasida monopoliyaning yuzaga kelib, narxlarning oshish ehtimoli
mavjud;

-

Mamlakat hududidagi iqtisodiy kuchning bir qancha xorijiy TMKlar qo`liga

o`tishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti ushbu yirik TMKlarga bog`lanib qolishi
mumkin.

-

Hozirgi kunda jahondagi vaziyatni inobatgga olgan holda, AQSH TMKlari

tomonidan o`zlari hushlamaydigan mamlakat TMKlarniing bozordan siqib
chiqarilishi ham O`zbekiston iqtisodiyotiga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi;

-

TMKlarning faoliyati qazilma boyliklar sohasiga aloqador bo`lsa,

iqtisodiyotning ushbu yirik yo`nalishi boshqa mamlakat korxonalining qo`liga
o`tishi;

-

Mavjud tadbirkorlik subyektlari yangi kirib kelgan yirik TMKlar bilan teng

raqobat qila olmay, bozorga chiqib kasotga uchrashlari mumkin.

Ushbu mumkin bo'lgan kamchiliklarga qaramay, O'zbekistonda AQSh

TMKlarining mavjudligi mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy holatdir. TMKlar


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

50

iqtisodiy o'sish va rivojlanishga yordam beradi. Ular ham o‘zbek xalqi
turmushini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Umuman olganda, O‘zbekistonda AQSh TMKlarining mavjudligi

iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Biroq, hal qilinishi kerak bo'lgan ba'zi salbiy
ta'sirlar mavjud. O‘zbekiston hukumati chet el sarmoyasining foydalari teng
taqsimlanishini va salbiy ta’sirini minimallashtirishni ta’minlashi kerak.

So‘nggi yillarda AQSH TMKlarining O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri

investitsiyalari ortib bormoqda. 2022-yilda AQSh TMKlari O‘zbekistonga 500
million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Ushbu sarmoya mamlakatning iqtisodiy
o'sishi va rivojlanishiga yordam berdi. AQSh TMKlari ham soliqlar orqali
O'zbekiston iqtisodiyotiga hissa qo'shmoqda. 2022-yilda AQSh TMKlari
O‘zbekiston hukumatiga 300 million dollardan ortiq soliq to‘lagan. Ushbu
soliqlar ta'lim, sog'liqni saqlash va infratuzilma kabi muhim xizmatlarni
moliyalashtirishga yordam beradi. Nihoyat, AQShning TMK korxonalari ham
O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratmoqda. 2022-yilda AQSH TMKlari O‘zbekistonda
10 000 dan ortiq kishini ish bilan ta’minladi. Bu ish o'rinlari mamlakatda
ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirishga yordam beradi.

Umuman olganda, AQSH TMKlari Oʻzbekiston iqtisodiyotida muhim rol

oʻynaydi. AQSh TMKlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi
yiliga 1 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi. Ushbu hissa to'g'ridan-to'g'ri
investitsiyalar, soliqlar va ish o'rinlari yaratish shaklida keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.

Эрманова К.Р. Функционирование транснациональных корпораций

на международном финансовом рынке – Т., 2022,
2.

Мальганова

И.Г.

Мировая

экономика

и

международные

экономические отношения. – Казань, 2021.
3.

Eugene Rumer, Richard Sokolsky and Paul Stronski, “U.S. Policy Toward

Central

Asia

3.0”,

Carnegie

Endowment,

January

2016,

http://carnegieendowment.org/.
4.

U.S. Relations With Uzbekistan 26.07.2022 U.S. Relations With Uzbekistan

- United States Department of State

Библиографические ссылки

Эрманова К.Р. Функционирование транснациональных корпораций на международном финансовом рынке – Т., 2022,

Мальганова И.Г. Мировая экономика и международные экономические отношения. – Казань, 2021.

Eugene Rumer, Richard Sokolsky and Paul Stronski, “U.S. Policy Toward Central Asia 3.0”, Carnegie Endowment, January 2016, http://carnegieendowment.org/.

U.S. Relations With Uzbekistan 26.07.2022 U.S. Relations With Uzbekistan - United States Department of State