Авторы

  • Azizbek Tursunboyev
    Andijon Davlat Universiteti Tarix Yo’nalishi 2-Bosqich Magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51163

Ключевые слова:

“Tarbiyai atfol (bolalar tarbiyasi)” “Buxoro maorif jamiyati” “Turon maorif va ilmlar jamiyati” “Barokat” shirkati “Kolesov voqealari” antisovet kuchlari “Turkiston turk genchlari”.

Аннотация

Jadid ma’rifatparvari qatorida muhim o’rin tutgan, Turkiston mustaqilligi uchun umrining oxirigacha kurash olib borgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev hayoti va faoliyatining, amaliy ahamiyati maqolada batafsil ko’rib chiqildi. Uning xotirasini umrbod saqlash, esdaliklarini xalq orasida keng tarqatish va yosh avlodni milliy g’urur ruhida tarbiyalashga  alohida ahamiyat berildi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

25

JADID MA’RIFATPARVARI USMONXO’JA PO’LATXO’JAYEVNING

IJTIMOIY- SIYOSIY FAOLIYATI

Tursunboyev Azizbek Avazbek og’li

Andijon Davlat Universiteti Tarix Yo’nalishi 2-Bosqich Magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292433

Annotatsiya:

Jadid ma’rifatparvari qatorida muhim o’rin tutgan

,

Turkiston mustaqilligi uchun umrining oxirigacha kurash olib borgan
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev hayoti va faoliyatining, amaliy ahamiyati maqolada
batafsil ko’rib chiqildi. Uning xotirasini umrbod saqlash, esdaliklarini xalq
orasida keng tarqatish va yosh avlodni milliy g’urur ruhida tarbiyalashga
alohida ahamiyat berildi.

Kalit so’zlar:

“Tarbiyai atfol (bolalar tarbiyasi)”, “Buxoro maorif jamiyati”,

“Turon maorif va ilmlar jamiyati”, “Barokat” shirkati, “Kolesov voqealari”,
antisovet kuchlari, “Turkiston turk genchlari”.

Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Buxoro
va Turkiston jadidlarining boshqa taniqli vakillari bilan bir paytda tarix
maydoniga chiqdi. U azaldan Buxoroda o‘ziga xos mavqe, huquq va imtiyozga
ega bo‘lgan boy savdogarlardan biri Po‘latxo‘ja Karamatullaxo‘ja o‘g‘li oilasida
dunyoga keldi. Oiladagi mavjud moddiy va ma’naviy imkoniyat tufayli
boshlang‘ich hamda madrasa ta’limini egalladi, diniy va dunyoviy ilmlarga ega
bo‘ldi.Turkiston

mintaqasi

bo‘ylab

qilingan

sayohatlari,

Buxoro

taraqqiyparvarlarinig g‘oya va qarashlari, xorijiy davriy matbuot Usmonxo‘ja
dunyo qarashini shakllanishida muhim nazariy asos bo‘ldi. XX asr boshlarida
jadidchilik harakatida faol ishtirok eta boshlagan Usmonxo‘ja, Abdulvahhob
Burhonov, Hamidxo‘ja Mehri, Mirzo Siroj Hakim, Muhiddin Mansurov, Sadriddin
Ayniy kabilar bilan bir safda turib, Buxoro amirligi va Turkistonda
taraqqiyparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qildi. Ta’kidlash joizki, Usmonxo‘ja “keksa
jadidlar” avlodiga mansub bo‘lib, Buxorodagi yangi usuldagi tatar maktablari va
tatar muallimlari faoliyatini qo‘llab quvvatladi, N. Sobitov hamda X. Burnashev
kabilar tomidan ochilgan jadid maktablaridagi ta’lim-tarbiya asoslari va o‘qitish
usullarini egalladi. 1908 - yilda mahalliy millat vakillari singari jadid maktabi
ochib, uning maktabida Fayzulla Xo‘jayev ham ta’lim oldi. 1908-1909 yillarda
Buxoroda “Tarbiyai atfol(bolalar tarbiyasi)”, “Buxoro maorif jamiyati”, “Turon
maorif va ilmlar jamiyati”, “Barokat” shirkati kabi uyushmalarni tashkil etishda,
yoshlarni Istanbul(Turkiya)ga ta’lim olishga yuborishda Usmonxo‘ja oldingi
saflarda bo‘ldi. 1909-1912 yillarda Istanbulda teologiya, mantiq, aniq fanlardan
ta’lim olib qaytgan Usmonxo‘ja maktabchilik va ma’rifatchilik ishlariga butun


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

26

vujudi bilan kirishib ketdi. 1912-1913 yillarda Buxoro amirligining markazi Eski
Buxoro shahrida Usmonxo‘ja ochgan jadid maktabida 200 tagacha o‘quvchi
ta’lim olardi. Tadqiqotda amin bo‘lindiki, Usmonxo‘janing yangi usul maktabi
o‘quvchilar soni jihatdan Buxoroda eng katta maktab bo‘lgan. Usmonxo‘ja
maktabida sinf-dars tizmi yo‘lga qo‘yilib, yorug‘ xonalarda, stol-stullarda, globus
va xaritalar kabi ko‘rgazmali qurollar orqali darslar orasida tanaffuslar berilib
o‘qitish jarayoni joriy etilgan. Maktabda dunyoviy va diniy ilmlar berilgan,
o‘quvchilar savodi I. Gaspirinskiy maktabidek 40-45 kunda chiqarilgan.Usmon
xo‘ja 1908, 1912-1913 yillarda Bog‘chasaroy(Qrim), Qozon va Ufa(Tatariston va
Boshqirdiston), Istanbul(Turkiya)ga bir necha bor safarlar qilgan, Ismoil
Gaspririnskiy va “Yosh turklar”ning o‘nlab vakillari bilan shaxsiy muloqotlarda
bo‘lgan. Bog‘chasaroy, Qozon, Ufa, Istanbuldan o‘quv qurollari, globus va
xaritalar, o‘quv qo‘llanmalar hamda darsliklar olib kelgan. Birinchi jahon
urushiga qadar Usmonxo‘ja Turkiston jadid munavvarlaridan Mahmudxo‘ja
Behbudiy(Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov(Toshkent), Obidjon
Mahmud (Qo‘qon) kabilar bilan muloqotda bo‘lgan va jadidchilik harakati
vakillari orasida o‘ziga xos mavqe hamda obro‘ga ega edi.
Usmonxo‘ja 1914-yilda “Yosh buxoroliklar” tashkilotini tuzishda, ushbu
uyushma faoliyatini kuchaytirishda va siyosiy partiya darajasiga ko‘tarilishida
Abdulvohid Burxonov, Abdurauf Fitrat bilan bir safda bo‘ldi. 1916-1917- yillarda
Usmonxo‘ja faoliyati doirasi kengayib, 1916-yil Rossiya imperiyasining
mardikorlikka olish siyosatiga qarshi tashviqot va targ‘ibotlar yuritdi, miting va
namoyishlarda nutqlar so‘zladi, xalqni ushbu farmonga bo‘ysunmaslikka da’vat
etdi. 1917-yil 7-apreldagi amir manifesti va 1918-yil martidagi “Kolesov
voqealari”dan so‘ng Usmonxo‘ja Samarqand, Toshkent shaharlarida
muhojirlikda yashadi. U Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Turor Risqulov,
Abdulqodir Muhiddinov, Asadulla Ubaydullaxo‘jayev, Obidjon Mahmud kabilar
bilan bir safda, hammaslak bo‘lib Turkiston musulmon byurosi, Turkiston
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi(TMIQ) faoliyatida qatnashib, milliy kadrlar “milliy
komunistlar”ning murakkab sharoitdagi vazifalari haqida baxslar yuritdi, bu
borada o‘z taklif-tavsiyalarini bildirdi. “Markaz”ning buyuk davlatchilik va
shovinizmdan iborat siyosatiga qarshi kurash olib borgan millat fidoyisiga
aylandi.
Usmonxo‘ja 1920- yil 14 sentyabrda tashkil topgan Buxoro Xalq Nozirlar
Sho‘rosi Hukumatida moliya noziri lavozimiga saylandi. U Buxoro
mehnatkashlarining 1920-yil 6-8- oktyabrda bo‘lib o‘tgan 1-qurultoyi
ishtirokchisi, 2-qurultoyda, 1921- yil 23- sentyabrda Buxoro Xalq Sovet


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

27

Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga (BuxMIQ) raisi qilib saylandi. BuxMIQ
tarkibiga 73 nafar kishi kiritilib, uning 7 kishilik Prezidiumi tarkibida Fayzulla
Xo‘jayev ham bor edi. BuxMIQ raisi bo‘lgunga qadar Usmonxo‘ja harbiya noziri
o‘rinbosari, iqtisodiyot noziri va nozir o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. U
Buxoroda pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda,
“bosmachilar” bilan BXSR milliy hukumatini murosaga keltirishda faol ishlar olib
bordi. Usmonxo‘ja 1921-yil noyabrdan Sharqiy Buxoroga BuxMIQ a’zolaridan 14
kishi bilan birga BXSR vakili qilib yuborildi. Sharqiy Buxoroning Sherobod,
Boysun, Ko‘lob, G‘arm, Dushanbe, Badaxshon viloyatlarida yelib-yugurib
“bosmachilar” bilan qizil askar otryadlarini murosaga keltirishda, xalq orasida
keng tus olgan ocharchilikni bartaraf etishda, tinchlikni o‘rnatishda tinmay
ishladi. Biroq, “Markaz”ning buyuk davlatchilik siyosati, Buxoro mustaqilligining
amalda tan olinmaganligi, qizil armiyaning xalqni talonchilik harakati
Usmonxo‘jani “bosmachilar”, ya’ni sovet rejimiga qarshi kurashayotganlar
tomoniga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Usmonxo‘ja BXSR milliy armiyasini tashkil
qilish, Qizil Armiya qismlarini Buxorodan chiqib ketishi, haqiqiy ma’nodagi
mustaqillik uchun qat’iy kurash maydoniga kirdi. 1922-yil bahoridan boshlab
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev hayotida yangi bosqich boshlandi. Usmonxo‘ja asl
vatanidan uzoqlashishga, muhojirlikka o‘tishga majbur bo‘ldi. U Afg‘onistonda
turib milliy mujodalani davom ettirish maqsadida barcha aksilinqilobiy,
antisovet kuchlarini birlashtirib yangidan jang maydoniga kirmoqchi bo‘ldi.
Afsuski, Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat, “bosmachilar” va ular yo‘lboshchilari
o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar, milliy kuchlar birligiga erisha olmaslik,
inglizlarning harbiy madad berishda quruq va’dalardan nariga o‘tmasligi kabi
omillar tufayli uning ezgu maqsadlari amalga oshmadi.
1923-yil iyun oyi o‘rtalarida Afg‘onistondan Turkiya (Istanbul)ga ko‘chib
o‘tishga majbur bo‘lgan Usmonxo‘ja ushbu mamlakatda o‘zbek (Turkiston)
muhojirlariga bo‘lgan iliq munosabatdan foydalanib, milliy kuchlarni
birlashtirib, xorijdan turib sovet saltanatiga qarshi kurash rejasini tuzdi.
Usmonxo‘ja, Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on, Mustafo Cho‘qay, Buxoro va
Turkistonning 1920-yillarda Germaniya va Turkiyaga yuborilgan sobiq
talabalari hamda ziyolilari birligi hamda tashkilotchiligida 1925yilda Istanbulda
Turkiston Milliy Birligi(TMB) tashkiloti tuzildi. TMB loyihasi va dasturida
Turkiston ozodligi uchun xorijdan turib kurash masalalari kun tartibiga dolzarb
qilib qo‘yildi. TMBning 1927-1930-yillarda Istanbulda bir qator Kongresslari
uyushtirildi. Usmonxo‘ja rahbarligida 1927yilda “Turkiston turk genchlari
(yoshlari)” tashkiloti tuzildi. Ushbu tashkilotga Turkistondagi barcha millat


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

vakillari a’zo bo‘lib kirdi. TMB va “Turkiston turk genchlari” uyushmasiga
maxsus qasamyod bilan a’zolar qabul qilindi.
Usmonxo‘ja 1922-yilda Afg‘oniston chegarasiga o‘tar ekan, ajdodlari yurti
O‘zbekistonga bir kun qaytib kelish orzusi bilan bir umr yashadi. U sovet
hokimiyati “qum ustida” qurilgan davlat, bu davlat tezda qulaydi, Turkiston ozod
bo‘ladi deb o‘yladi. Aksincha, sovet hokimiyati yashovchan bo‘lib chiqdi, 75 yillik
umri davomida bu tuzum tufayli millionlab vatanparvar, millatparvar kishilar
qatag‘on qurboni bo‘ldilar, muhojirlikda, o‘zga yurtda vatan hasrati bilan
dunyoni tark etgan Usmonxo‘ja vataniga qaytganida ham 1937-1938
yillargachayetib bormasdi. U xorijda yashadi, o‘z e’tiqodi va Vatan ozodligi
uchun kurashdi, oqil farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Uning zurriyotlari,
farzand va nabiralari o‘zlari yashab turgan mamlakatlarning ilm-fani,
iqtisodiyoti, madaniyati rivojida imkon qadar xizmat qilib kelmoqdalar.
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning Turkiston ozodlik harakati yo‘lboshchilari va
Anvar posho bilan o‘zaro yozishmalari, memorandumlari, xorijiy nashrlarda
(“Yeni Turkiston”, “Yosh Turkiston”, “Yaqin tariximiz”) chop etilgan maqolalari
hamda xotira parchalarini alohida kitob holida nashr etish muhimdir.
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev Buxoroda oilasi bilan istiqomat qilgan uy-hovli
o‘rnida “Buxoro jadidlari tarixi” memorial muzeyini ochish lozim.
Buxoro va Turkiston taraqqiyparvarlari, milliy mustaqillik uchun kurash
namoyondalari hamda Usmonxo‘ja o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga oid
ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi, Buxoro tarixiga oid o‘quv qo‘llanmalar yangi
avlodini yaratishda foydalanish O‘zbekiston milliy davlatchiligi uchun kurash
sahifalari tarixini yanada to‘ldirishga xizmat qiladi. 2028-yilda Usmonxo‘ja
Po‘latxo‘jayev tavalludiga 150 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan xorijiy olimlar
ishtirokida xalqaro miqyosda “Usmonxo‘ja – inson, taraqqiyparvar, milliy
mustaqillik uchun tolmas kurashchi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
tashkil etish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash

(XVIII- XX asr boshi). – T: Sharq; 1998. – 476 b.
2.

Inoyatov S. Fayzulla Xo‘jayevning safdoshi va hukumatining faol vakili/

“Fayzulla Xo‘jayev – inson, siyosat arbobi va millat fidoyisi” mavzusidagi
Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy konferensiya (Xalqaro miqyosdagi olimlar
ishtirokida). – Buxoro 2018.
3.

Inoyatov X.Sh. Narodы Sredney Azii v borbe protiv interventov i

vnutrennoy kontrrevolyutsii. –M: Mыsl,1984.
4.

Irzayev B. O‘zbek yoshlari va horijiy ta’lim. T: Akademnashr, 2018.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

29

5.

Karimov N. Istiqlolni uyg‘otgan shoir. – T: Ma’naviyat, 2000.

6.

Karimov N. Cho‘lpon. Ma’rifiy roman. – T: Sharq. 2003. – 464 b.

Библиографические ссылки

Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash (XVIII- XX asr boshi). – T: Sharq; 1998. – 476 b.

Inoyatov S. Fayzulla Xo‘jayevning safdoshi va hukumatining faol vakili/ “Fayzulla Xo‘jayev – inson, siyosat arbobi va millat fidoyisi” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy konferensiya (Xalqaro miqyosdagi olimlar ishtirokida). – Buxoro 2018.

Inoyatov X.Sh. Narodы Sredney Azii v borbe protiv interventov i vnutrennoy kontrrevolyutsii. –M: Mыsl,1984.

Irzayev B. O‘zbek yoshlari va horijiy ta’lim. T: Akademnashr, 2018.

Karimov N. Istiqlolni uyg‘otgan shoir. – T: Ma’naviyat, 2000.

Karimov N. Cho‘lpon. Ma’rifiy roman. – T: Sharq. 2003. – 464 b.